
DARVESHONA
***
Uyg‘ondingmi, sahar muborak!
Demak hayot – o‘limla kurash.
...Yuragingni to‘kib yuborar,
Avtobusda bir o‘tli qarash.
Qizil chiroq. To‘xtaydi qatnov,
Yo‘lni kesib o‘ta boshlaysan.
Bilib-bilmay bir qizga nogoh,
Mehr to‘la nigoh tashlaysan.
Kutib olar ishxonang seni,
Takroriy kun qo‘zg‘aydi g‘ashing.
Jaranglatib soxta kulguni,
Kirishasan ishga bosh qashib.
Tarqoqlashib boraverar o‘y,
Xona, stol ortiq yarashmas.
Radiodan yangrar sohir kuy:
"Avtobus, yo‘l, o‘tli qarashlar..."
"Jonga tegdi qolipda yashash!"
...Boshliq sezmas eshik yopganing.
A-asta chiqib ketasan, otash
Nigohlarni izlab topgani...
19.07.2017
Jontemir
@Jontemir_t
Xafa qilishsa, janjallashsam, haqoratlashsa, foydalanishsa... tez unutaman. Juda tez! Ichimda olib yurmayman. Lekin bu takrorlangan sari ozgina charcharkansan. Hammasidan, hammadan qo‘lni yuvib, qo‘ltiqqa urar lahza tomon shoshyapmiz.
Foydasi yo‘q. Baribir o‘zini o‘ylaydi hamma. Sanga ishsiz paytim kerakman, unga boy paytim, bu yolg‘iz payti, anavi uysiz payti eslaydi... Xullas karvonsaroy! Axlatquti! Seni bo‘lsa bag‘ring, eshiging doim ochiq! Senga kerak bo‘lganda sichqonni ini ming dollir!
Hammaga yordam berishga urungan odam — qadrsizlantiriladi.
Menda shunday kasallik bor. Hammaga, pryam hammaga yordam qib keturaman...
Tupuramiz va g‘oyib bo‘lamiz nasib. Yana biroz jinnilik qilib turaylik. Yana biroz ahmoq qilib turinglar.
Zulfiya yana bir nima tanlovlarga tavsiyanoma yozib bering deguvchilar ko‘paydi. Mani tavsiyam unaqa rasmiy narsalarga o‘tmaydi. Unaqa hujjatlarni rasmiy odamlardan olsangiz ishingiz besh bo‘ladi.
Keyin hali yosh bolaman. Tavsiyalarni oqsollar yozadi.
Kamiga mukofot, unvonlarga jiddiy qaramayman!
Mukofot uchun hujjat taxlashdan kulgili ish yo‘q!
Mukofot, unvonni beruvchilar kuzatib, tanlab berishi kerak o‘zi.
Sizga sheʼr kerakmi yo unvon?! Unvon kerak bo‘lsa, adabiyotda balo bormi?
Manaman degan unvon, mukofotu mansab ham seni zo‘r shoirga aylantirib qo‘yolmaydi!
Shoirmisiz? Xudodan o‘lmas, go‘zal, toza sheʼrlar so‘rang. Qolgan narsalarni o‘z obro‘larini ko‘tarish uchun sizga berishsin.
Unvon olgani uchun shoir emas,
Shoirga berilgani uchun o‘sha unvonning obro‘si oshsin!
*** Dalli ruhim firib ohang Tosh ko‘zaga solib qo‘yding. Qayda vodiy? Qayda voha? Mani mandan olib qo‘yding. Ichkari keng, tashqari tor, Sumambarim chalib chiltor, Ozor bermay turib dildor, Mani mandan olib qo‘yding. Gʻilmon aksi husningda jam, Jazavaga…
*** Jonim igna uchinda, Igna quduq ichinda. Quduq qumga bo‘kkandir, Qumni sahro to‘kkandir. Sahro sening ko‘zlaring – Yosh to‘lmaydi, Tangrimoov. Boshim xarsang taginda, Xarsang tog‘ etaginda. Tog‘ devlarning makoni, Devlar qayg‘u paykoni. Qayg‘u sening…
#Nihohat
Yaxshi yangilik. Sheʼriy kecha uchun yangi joy ko‘rib keldim.
Toshkentda. Alisher Navoiy universitetidagilar piyoda kelishi mumkin. Rakat mahallada chunki.
Hovli. Eski hovli. Muzeyga aylantirilgan. Ajoyib joy. O‘zimga juda maʼqul. Keluvchilarga yoqishi aniq. Nega sizga ham yoqadi deyapman, chunki o‘quvchilarim didini biroz bilan.
Xullas hovli. Ochiq osmon osti. Muzey kamiga.
Tomosha ham qilish mumkin.
Xullas estetik makon!
Biroz salqin tushadi. Balki kechga qolmay qilarmiz vaqtini. Yoki issiqroq kiyinib kelarsiz
O‘zini oshxonasi ham bor. Qo‘lbola ichimliklar tayyorlashadi. O‘choqda ovqat. May-sharob ham. Istovchilar ho‘plaaab tinglashi mumkin. Chekish ham mumkin. Halal bermasdan boshqalarga.
Kecha juda oddiy bo‘ladi. Suhbat. Sheʼr. Taʼbga ko‘ra biroz musiqa. Balki raqs ham. Imkon qadar sodda lekin...
Xo‘sh, u joy bilan narxi, vaqtini kelishib olgacha, qachon bo‘lishi, chiptalar, hammasini aniq eʼlon qilaman.
@Jontemir_t
Janubiy Afrikalik yozuvchi Koral Hart sunʼiy intellekt yordamida 370 dan ortiq kitob yozib, sotib boyib ham ketibdi!
Endi bag‘i janjal!
Yozuvchilar unga qarshi. U esa buni oqlayabdi.
Xush kelibsiz texno olamga!
Mani hayron qoldirgani, tabiiy, tirik matn bilan sunʼiy matnni fatqiga bormay qolyapti odamlar.
Undanam qizig‘i, sunʼiyligini bilsa ham o‘qishyapti. Yaʼni demak shuni qabul qiladigan, sunʼiy matndan ham taʼsirlanadigan auditoriya shakllandi.
Sumʼiy ozuqa bilan o‘sgan, yashayotgan odam uchun albatta sunʼiy ijod tabiiy ko‘rinadi. Sunʼiy odamni sunʼiy ijodkor tushunadi.
Lekin umri qisqa. Masturbatsiya kabi. O‘sha lahzada qisqa lazzat beradi xolos manimcha. Keyinroq esa unutiladi.
Buni sunʼiy intellekt yaratgan qo‘shiqlar ommalashganida ham ko‘rsa bo‘ladi. Biir ko‘tariladi. Saldan so‘g‘in yo‘qoladi. Chunki joni yo‘q. U yashashi ichun tabiiy tug‘ulishi kerak.
@Jontemir_t
Live stream finished (1 hour)
Live stream started