
DARVESHONA
#Шавкат_Раҳмон
https://youtu.be/xVRqaJ3gHxg?si=aMlFNWPWfNY8sDvI
Biz havasda o‘sgan haqiqiy shoir Shavkat Rahmon dunyoga kelgan bugun.
Sentyabr o‘zi ayamay shoir tuqqan. Bugunning o‘zida uch shoir. Hamma gap kuzdami? Sumbuladami?
Yovvoyi istaklaring boshinga yetadi! Iflos odamsan. Odam emas. Shunaqasan! Xo‘p, iflosligim rost, lekin odam emas. Sen odammisan? Ha! Men esa yo‘q. Aytolmaysanmi, qanday qilib odam bo‘lish mumkin? Masalan eshshak tug‘ilgandayoq eshshak bo‘ladi. It it bo‘lib tug‘iladi. Odamchi? Yo‘o‘q, do‘stim. Kechir, o‘zimga yaqin olib do‘st dedim, bilaman senga bu yoqmaydi, men kabi bir iflos... Bilarkansan o‘zingni menga yaqin olma! Yaxshi, xullas odam ham tug‘ilgandayoq odam bo‘ladimi? Shunday. Menimcha unday emas. Men hali odam bo‘lmadim. Odamlik maqomiga yetmadim. Qizig‘i u maqomga qanday yetishni ham bilmayman. Har teshigu har eshikka bosh suqib ko‘rganim ko‘rgan — maqsad odamlik! Vallohki sen aytgan ifloslikdan ko‘tarilolmayapman. Oqlama o‘zingni. Boshni gangitib. Mayli, eshitma, o‘zim bilan gaplashganday gapiraveraman. Kimgadir nimanidir uqtirayotganda o‘zimga tushuntirayotgan bo‘laman. O‘zim esa o‘zimdan o‘zib ketolmaydi. Qani, sen, bo‘yingdan baland sakrab ko‘rchi? Ahmoq qilyapsanmi? Ahmoqlik endi boshqa daraja. Mendagi ifloslikni ko‘ra olgan ekansan ahmoqqa o‘xshamaysan. Kamiga menga o‘xshaysan ham. O‘zinga o‘xshatma dedim! O‘zingni bos. Xo‘p, mendan toza va balandsan, nima bo‘pti? Odamlik belgisi kimdandir balandlikmi? Unda bobolarning tuproq bo‘ling, bosib o‘tishsin degan gaplari qayda qoladi? Kel, menga yo‘l ko‘rsat. Yo‘lki, odamlikka eltsin. Yurilmagan yo‘l bormi? Qo‘y, takror istamam. Ifloslikning asosi shu — ming to‘g‘ri yo go‘zal bo‘lsin — o‘tilgan yo‘ldan yurgim yo‘q. To‘g‘ri, baribir kimdir o‘tgan yo‘ldan yuribmiz. Qisqasi chalkashtirib tashlayman yo‘llarni. Keyin jilovlash — ehtirosni, hislarni jilovlashni eplolmayman. Umuman nimaga jilovlashim kerak? Zarar bermasa. Ular shu qadar kuchliki menda, og‘zimni yopsam ko‘zimdan, ko‘zimni yumsam qulog‘imdan, hammayoqdan to‘ssam yozganlarimdan varqillab chiqaveradi. Ko‘p kaltak keltiradi boshimga. Baribir. Kitoblarda o‘qiganimday bir odamga bir umr oshiq bo‘lib o‘tgim keladi. Qanday romantik hayot. Bir joyda uzoq turolmas ruhiyat feʼli bo‘lsa butunlay teskari xayoliy xohishga. Shunda aybdormanmi? Ilonni zahri borligi uchun sud qilamizmi? O, kechir, ilon ham toza! U qanday bo‘lsa shunday yashaydi. Men qandayman o‘zi? Hayitni ikki karra ikki to‘rtday jo‘n qabul qilish uchun nahot bola bo‘lib qolishdan o‘zga yo‘l bo‘lmasa? Bozorga borib katta so‘mkalarda bozorlik qilayotganlarni kuzataman. Hafta bo‘yi ishlashadi. Dam olish kuni bozorga chiqishadi. Ovqatlanib, televizor ko‘rib uxlashadi. Odamman deb ishonishadi o‘zlarini. Mana, sen, odam emasmisan yo? Ko‘p valdirama! Ko‘rding. Sen ham aniq ishonasan odamliginga. Men ishonolmayman. Ishongim keladi. Har baloga savollarsiz ishonish ahmoqlik bo‘lsayam yashashni osonlashtiradi axir. Oy ikkiga bo‘lingan! Shubhasiz ishonasan. Dengiz ikkiga bo‘lingan. Ishonasan. Yer dumaloq. Ishonasan. Xullas savol bermay ishonaverasan. Oson. Miyang zo‘riqmaydi. Agar rostan olam markazi odam bo‘lsa, qaysi odam? Men emasligim aniq. Butun olam uyoqda tursin anavi chivin ham menga tupurgan bo‘lardi. Hamma narsa men uchun yaratilganiga ishonolmayman. Balki chumoli ham shunday o‘ylar. Hozircha ularning tilini bilmaymiz. Kitoblarini o‘qimaganmiz. Nima balo toming ketganmi? Chumoli yoza oladimi, tentak? Savollarsiz ishon bunga ham. Aqlimiz yetmas narsa bo‘lishi mumkin emas chegarasidan o‘tolmaydi xolos. Xassa ajdarga aylangan ekan, nega endi quyosh gapirmasin? Baribir boshinga yetasan bir kun. O‘z boshiga o‘zi yetmoq! Jarangdor. O‘zini o‘zi tuqqan deganday. O‘zini o‘zi ko‘mgan. Gaplaring to‘g‘ri. O‘zimga o‘xshagan odamni (odam deyapman g‘ashing kelmasin uchun) ko‘rsam, o‘zimam chidolmasdim. Sen tarafman. Senga sen taraf bo‘lishim ham yoqmaydi. Tarozi bo‘lsayu meni ochiq, iflosga aylantirgan, seni bostirilgan, qamalgan istaklaringni qo‘ysak. Kimniki og‘ir tosh bosardi deb o‘ylaysan? Meni o‘zinga solishtirma! Uzr. Kel, bir bag‘rimga bosay, zora tozaliging yuqsa. Zora odamlashsam. Tegma, iflos!
Jontemir
@Jontemir_t
* * * Kuzdan naridayu kuzdan berida Na kuy bor, na ohang, na ulug‘vorlik. Amallab befahm, johil eriga Chidagan ayoldek kun ko‘rar borliq. Kuzdan naridayu kuzdan berida Hayot hayot emas, o‘lim-da o‘lim. Oy xomush, bechora quyosh (zerikar) – Ichiga musallas…
* * *
Kuzdan naridayu kuzdan berida
Na kuy bor, na ohang, na ulug‘vorlik.
Amallab befahm, johil eriga
Chidagan ayoldek kun ko‘rar borliq.
Kuzdan naridayu kuzdan berida
Hayot hayot emas, o‘lim-da o‘lim.
Oy xomush, bechora quyosh (zerikar) –
Ichiga musallas quyilgan tulum.
Kuzdan naridayu kuzdan berida
Ekilgan muhabbat, hissiyotlar xom.
Bukchayib yelkasi yag‘ir cho‘riday,
Shahar ko‘chalarin supurar ilhom.
Kuzdan naridayu kuzdan berida
Iztirob yurakni qilarmi tavof?
Kuzdan naridayu kuzdan berida
Ishq yo‘qdir, so‘z yo‘qdir, men yo‘qman, tamom.
Jontemir
@Jontemir_t
Live stream finished (12 minutes)
Live stream started
Menga anonim xabar yuboring:
t.me/QuestionUz_Robot?start=00c29e67f6624f
Ikki kundan keyin Toshken sitidagi yangi (suratlar sotiladigan) galeriyaning ochilishida chiqishimiz bor.
Balki ertaga lokatsiyasini ham qo‘yarman. Ko‘ngillilar kelishi mumkin. Manimcha tekin.
Xursand bo‘lganim shunaqa joylar sheʼriyatga yaqinlashib, so‘z qudratini his qila boshlagani.
Va albatta bu chiqish tekin emas, gonorar evaziga.
Sheʼr+musiqa+raqs birgalikda. Jonli. Garmoniya.
Oldinroq ham bir katta fondning taqdimotida chiqish qilgan edim. Qizig‘i, u yerda boshqa millatlar ko‘p edi. Lekin mazza qilib eshitishdi! Odamlar sheʼrdan uzoq emas. Hatto til o‘zga bo‘lsa ham ohang yurakka yetadi.
Masalan Germaniyada tarjimonim sheʼrimni o‘qishi yoqmay o‘zim o‘qiganimda, nemislar chayqalib "meditation, meditation" degancha tinglagani esimda.
Xullas hokim, qaysidir biznesmen, qo‘shiqchi emas, aynan chuqurroq sheʼriy ijroni istar odamlar ko‘payib boryapti.
O‘zim ham sheʼr o‘qiyotgan paytim o‘qiyapman deb o‘ylamayman. Kuylayapman deyman. Bu qo‘shiq ham emas. Lekin qo‘shiqmas ham emas. Jarayondagi ohang sehrlaydi ruhimni. Tinglovchilarga qanday eshitilishi xayolimga kelmaydi ham.
Balki endi sheʼr, musiqa, raqs jo‘rligida "Darvesh kechalar" uyushtirib turarman...
@Jontemir_t