
KASBI YOSHLARI | RASMIY
Yoshlar marafoni san’atkorlari Shahrisabz shahrida
Eslatib o’tamiz
“Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!”
shiori ostida bo‘lib o‘tadigan yirik gala-konsert dasturi
15-iyun kuni 18
:
00
da Shahrisabz shahri, Oqsaroy maydonida bo’lib o’tadi.
Kirish mutlaqo bepul!
Bizning sahifalarimiz:
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📺
YouTube
🇺🇿
“Jasorat maktabi”
loyihasi doirasida IIB profilaktik hisobida turuvchi viloyatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan
150
nafar dan ortiq
ishtirokchi yoshlar 3-17-iyungacha Muborak tumanida joylashgan harbiy qismda bo‘lishdi.
✅
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad uyushmagan, IIB profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashdir.
🔍
Loyiha davomida ishtirokchilar Milliy kurash, voleybol, mini-futbol, harbiy estafeta, arqon tortish, turnik tortilish, shaxmat-shashka hamda zakovat musobaqalarida o‘zaro kuch sinashishdi. Shu o‘rinda yoshlar harbiy qismda intizom, qonun qoidalarga rioya qilish, ota-onasini e’zozlash, vatanimizda bo‘layotgan o‘zagarishlarda o‘z xissalarini qo‘shish kerakligini tushinib yetishdi. Loyiha doirasida Rahbar va yoshlar uchrashuvi o’tkazilib yoshlarning taklif va murojaatlari o’rganildi. Yopilish marosimida o’tkazilgan musobaqa g‘oliblari diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📺
YouTube
⚡️
“Yoshlar tashabbuslari marafoni” Qashqadaryoga yetib keldi!
Yoshlarning bilim, tajriba va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik marafon estafetasi o‘zining navbatdagi manzili —
Qashqadaryo viloyatida
davom etadi.
Marafon doirasida
tadbirkorlik, bandlik, innovatsiya, robototexnika, kitobxonlik, xorijiy tillar, ekologiya, sport va madaniyat yo‘nalishlarida maxsus pavilyonlar
faoliyat yuritadi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topib, yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari mumkin.
🗓
15-iyun
⏰
09:00
📍
Shahrisabz shahri, Oqsaroy maydoni
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:
yoshlar.gov.uz
Bizning sahifalarimiz:
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📺
YouTube
Qashqadaryo viloyati DXX rahbari “Jasorat maktabi” ishtirokchilari bilan uchrashdi
Muborak tumanidagi harbiy qismda “Jasorat maktabi” loyihasi doirasida 10 kun davomida viloyatning barcha hududlaridan jalb etilgan 150 nafar yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Loyiha davomida ishtirokchilar vatanparvarlik, sport va intellektual tanlovlarda faol qatnashib, mutaxassislar tomonidan turli kasblar hamda tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.
Uchrashuvda yoshlar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi. Bildirilgan masalalar tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Tadbir davomida loyihada faol va namunali ishtirok etgan, musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar munosib taqdirlandi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📺
YouTube
📣
Aziz Qashqadaryo
yoshlar
i
!
Yozning ajoyib kunlarini mazmunli o‘tkazishga tayyormisiz? Barchangizni
“Yoshlar tashabbusi marafoni”
ga chorlaymiz.
Marafon doirasida
tadbirkorlik, bandlik, innovatsiya, robototexnika, kitobxonlik, xorijiy tillar, ekologiya, sport va madaniyat
yo‘nalishlarida maxsus pavilyonlar faoliyat yuritadi.
Bu yerda siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topib, yangi bilim va foydali imkoniyatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
🇺🇿
“Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi”
shiori ostida bo‘lib o‘tadigan katta gala-konsert dasturida
Bojalar guruhi, Benom guruhi, Ulug‘bek Yo‘lchiyev hamda Shoxruhxon
ishtirok etadi.
🗓
15-iyun
⏰
19:00
📍
Shahrisabz tumani, Oqsaroy maydoni
Konsert dasturiga kirish mutlaqo bepul!
🏆
Kasbi tumanida “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasining tuman bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan musobaqa yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Taqdirlash marosimida yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, ularga viloyat bosqichida ham omad tilandi.
📌
Kasbi tuman 1-son texnikumida bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan sayyor qabul tashkil etildi.
Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Mansur Amirov, Yoshlar ishlari agentligi vakillari hamda texnikum ma’muriyati ishtirok etdi.
Tadbir davomida bitiruvchi yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Yoshlar bandligini ta’minlash va ularning kelajakdagi muvaffaqiyatli faoliyatiga ko‘maklashish ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.
🏆
Kasbi tumanida “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasining tuman bosqichi g‘oliblari taqdirlandi
Bugun Kasbi tumanida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasining tuman bosqichi yakunlanib, g‘olib va sovrindor jamoalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.
Taqdirlash marosimida musobaqa davomida yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarga viloyat bosqichida ham omad va muvaffaqiyatlar tilandi.
👏
G‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz hamda keyingi bosqichlarda ularga ulkan zafarlar tilaymiz!
⚽
🏆
🇺🇿
https://t.me/kasbi_yoshlar_ishlari_agentligi
HAFTA DAYJESTI
✔
️Xorazm viloyatida “Yoshlar tashabbuslari marafoni
”ga start berildi. Forumlar, tanlovlar va motivatsion uchrashuvlar tashkil etildi.
✔️
Bo‘stonliq tumanida “
Yetakchi Camp”ning 5-mavsumi
muvaffaqiyatli yakunlanib, yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
✔️
Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Yoshlar tashabbuslari marafoni” doirasidagi tadbirlar hamda “
Ijodkor yoshlar yetakchisi
” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
✔️
Marafonning navbatdagi
manzili Buxoro viloyati bo‘lib
, yoshlar yetakchilari ishtirokida forum va uchrashuvlar tashkil etildi.
✔️
Buxoro viloyatida “
Yoshlar yetakchilari forumi” va “Ijodkor yoshlar yetakchisi
” tanlovi muvaffaqiyatli tashkil etildi hamda g‘oliblar taqdirlandi.
✔️
Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator
Alisher Sa’dullayev Buxoro shahridagi yoshlar yetakchilari pavilioniga tashrif
buyurib, yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
✔
️Yoshlar yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazishga chorlab qolamiz
, Yoshlar ishlari agentligining ta’lim loyihalari orqali bepul bilim olish imkoniyatlari targ‘ib qilindi.
Yangiliklarni kuzatib boring:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
|
✅
Youtube
|
✅
Facebook
|
✅
X
📌
Yoshlar masalalari — doimiy e’tiborda
🇺🇿
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi
Yoshlar maslahat guruhi a’zolari
ishtirokida yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi
Sh. Sharopov
tomonidan O‘zbekiston Respublikasining
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonuni
mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Xususan, qonunda belgilangan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, yoshlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan mexanizmlar haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, uchrashuvda Yoshlar maslahat guruhi a’zolarining hududlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni aniqlab, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi vazifalari muhokama qilindi.
✅
Yakunda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, ularni Kengash faoliyatiga keng jalb etish va yoshlar manfaatlariga daxldor masalalarni tizimli ravishda o‘rganib borish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
😀
Bizni kuzatishda davom eting!
😎
Telegram /
😎
Facebook /
😎
Instagram /
😎
You Tube