
KASBI YOSHLARI | RASMIY
🎁
5 daqiqa kitob o‘qiganga iPhone 18 Pro sovg‘a qilamiz!
30-oktabr “Mutolaa”da navbatdagi “
Omadli kun
” va bu kunda har bir kitobxon xursand bo‘ladi!
😊
“Mutolaa” ilovasida 30-oktabr kuni istalgan kitobni kamida 5 daqiqa o‘qigan har
bir kitobxonga 1 haftalik bepul Mutolaa Premium
hamda 1 kitobxonimizga random tarzda
iPhone 18 Pro
smartfonini sovg‘a qilamiz!
• Qalay, sovg’amiz yoqdimi? Ha bo’lsa,
bitta “
❤️🔥
” bosib qoldiring)
Mutolaa ilovasini yuklab oling
Qashqadaryo aholisi ko‘paygani sari
zamonaviy uy-joylarga talab ham ortib bormoqda.
Shu bois,
Qarshi shahri, Ko‘kdala
va Q
arshi tumani chegarasida 5 ming gektar maydonda 500 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Qarshi shahri
barpo etiladi. Qarshi tumanidagi kanal bo‘yida esa
235 gektarlik “Yangi Nasaf” ekomajmuasining
qurilishi boshlanadi.
Nufuzli arxitektura kompaniyalari
jalb etilib, ikki oyda
ilg‘or shaharsozlik yechimlarini qamrab olgan bosh reja
ishlab chiqiladi. Uni tayyorlash uchun dastlab
20 milliard so‘m
ajratiladi. Yangi hududlarda
ko‘p qavatli binolar, savdo va biznes markazlari, uy-joylar “yashil” va “aqlli” shahar tamoyillari asosida quriladi.
Viloyatda
ko‘chat ekish va yashil hududlarni ko‘paytirish bo‘yicha ham “Qashqadaryo tajribasi”
yaratiladi. Har yili
Navro‘z arafasida “Eng yashil mahalla” tanlovi
o‘tkazilib,
g‘oliblar elektromobil hamda boshqa qimmatbaho sovg‘alar
bilan taqdirlanadi.
Yig‘ilish yakunida viloyat va tumanlar hokimlarining axboroti tinglandi, faollar bilan muloqot qilindi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Qashqadaryoda yilning to‘qqiz oyida
sanoat 8,4 foiz, xizmatlar 16,6 foiz, qishloq xo‘jaligi 4,9 foizga
o‘sdi. Shu bilan birga, davlatimiz rahbari
hozirgi natijalar bilan viloyatning mavjud salohiyati o‘rtasida hali katta farq
borligini ko‘rsatib o‘tdi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari bo‘yicha viloyat
respublikada
yettinchi,
xizmatlar bo‘yicha
to‘qqizinchi,
qishloq xo‘jaligi va qurilish hajmi bo‘yicha
o‘n birinchi o‘rinda.
Prezidentimiz tuman hokimlari va banklar
“bilimga – rag‘bat, mehnatga – imkoniyat, tashabbusga – madad” beradigan muhit
yaratsa,
Qashqadaryo bir-ikki yilda eng ilg‘or hududlar qatoriga chiqishi mumkinligini
ta’kidladi.
Sanoatda yangi bosqichga o‘tish uchun viloyatda yetarli resurs bor.
Gaz, elektr va yer osti boyliklarini daromadli ish o‘rinlari hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga aylantirish
vazifasi qo‘yildi.
“GTL” zavodida
qiymati
300 million dollar bo‘lgan uchta yirik loyiha
tayyor. Zavoddan olinadigan
430 ming tonna nafta
asosida
yangi polimerlar va neft-kimyo mahsulotlari
ishlab chiqarish bo‘yicha
1,5 milliard dollarlik loyihani
amalga oshirish mumkin.
Dehqonobod kaliy zavodi
quvvatini
365 ming tonnadan 600 ming tonnaga yetkazish
imkoniyati,
kichik tonnajli kimyo yo‘nalishida esa 830 million dollarlik 30 dan ortiq loyihaviy taklif
bor.
Viloyatga tayinlangan loyiha menejeri va boshqa mas’ullarga
20 milliard dollarlik loyihalar va 50 ming ish o‘rnini
qamrab oladigan
uch yillik dastur
tayyorlash topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Davlatimiz rahbari
“Sultonteks” klasteri rahbari Nurbek Ergashevning
energiya va suvni tejaydigan zamonaviy korxonasi faoliyati bilan tanishganini aytdi. Tadbirkorning 2028-yilgacha
yana 30 ming kishini ish bilan ta’minlash
, ayniqsa, ayollar uchun ko‘proq imkoniyat yaratish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Prezidentimiz Nurbek Ergashevga
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish
to‘g‘risidagi farmonga imzo qo‘yganini bildirdi.
Qamashi tumanidagi Chim mahallasida
sulolaviy limonchilik maktabini yaratib, aholi daromadini oshirishga hissa qo‘shayotgan
Abdumannop Xudoyberdiyevga ham “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” unvoni
beriladi.
Qashqadaryoda ma’rifatni targ‘ib etayotgan
“Mutolaa” loyihasining bosh muharriri Javlon Jovliyevning
mehnati ham e’tirof etildi. Unga, shuningdek,
“Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi g‘oliblari Baxtishod Rashidov
va
E’zoza Xushvaqtovaga Toshkent shahridan ikki xonali yangi xonadonlar sovg‘a qilinishi
aytildi.
Davlatimiz rahbari mazkur mukofotlarni shu yerning o‘zida topshirishni taklif etdi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish
o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari
hosil yig‘ishtirish ishlari qizg‘in kechayotgan kunlarda qashqadaryoliklar bilan uchrashib turganidan mamnunligini
bildirdi.
Mamlakatimiz yetakchisi yig‘ilish ishtirokchilarini
O‘zbek tili bayrami
bilan tabriklab,
Qashqadaryo farzandi, O‘zbekiston Qahramoni va davlat madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovni
yodga oldi.
Bir necha yil avval
eng murakkab vaziyatdagi hududlardan biri
bo‘lgan
Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish
maqsad qilingan. Davlatimiz rahbari bu natijaga erishish uchun
aniq hisob-kitoblar
mavjudligini qayd etdi.
– Kecha viloyatning shahar va tumanlarida, mahallalarida bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rib, tadbirkor, investor, yoshlarning ko‘zlaridagi shijoatni ko‘rib,
juda katta kuch oldim
,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va aholi bandligini taʼminlash choralari bilan
tanishdi
.
#Mirziyoyev
#safar
#Qashqadaryo
#mahalla
Davlatimiz rahbari Qashqadaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va uning negizida tashkil etilgan “Kasblar shaharchasi” faoliyati bilan
tanishdi
.
Davlatimiz rahbari Qashqadaryodagi qiymati 6 milliard dollardan ziyod obyektlarning faoliyati va qurilishini boshlab berdi.
🇺🇿
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami
!
Dunyoda har ikki haftada bir til yo‘qolib bormoqda. Til yo‘qolsa, xalqning asrlik xotirasi va tajribasi ham yo‘qoladi. O‘zbek tili esa millionlab insonlar uchun muloqot vositasi, tariximiz va o‘zligimiz ifodasidir.
2019-yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi, 2020-yilda esa tegishli qonun qabul qilindi. Shundan buyon tilimiz nufuzini oshirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
"
Mutolaa
" loyihasi orqali 5,2 million kitobxonlar 4000 ga yaqin elektron va audio kitoblarni 21,5 million marotaba tinglab o'qimoqdalar.
• “
Yoshlar uchun ming kitob
” loyihasida 100 dan ortiq asar tanlandi, 47 tasi nashr etilib, 140 ming nusxada kutubxona va OTMlarga yetkazildi. Loyiha 30 mingdan ortiq yoshni qamrab oldi.
• “
WikiMarafon
” orqali o‘zbekcha Vikipediyadagi maqolalar 2022-yildagi 140 mingdan 367 mingga yetdi, o‘zbek tili jahon reytingida 60-o‘rindan 39-o‘ringa ko‘tarildi. Maqolalar yiliga 300 million marta ko‘rilmoqda.
•
“
Ibrat farzandlari
”
loyihasidagi o‘zbek tili darslari 2,3 million marta ko‘rildi,
LearnUzbek.ai
platformasidan 105 mingdan ortiq kishi foydalanmoqda. Ibrat Academy ilovasida esa 22 ta xorijiy til o‘zbek tili orqali o‘rgatilyapti.
•
“
Bek va Lola
” multfilmining 52 ta qismi 621 milliondan ortiq marta ko‘rildi, kunlik ko‘rishlar 4 milliondan oshdi.
• “
Gen AI Office
” o‘zbek tilida 500 dan ortiq media mahsulot yaratdi, ular so‘nggi 30 kunda 200 milliondan ortiq marta ko‘rildi.
• “
Kitobxonlik jamg‘armasi
”
tanlovlarida 418 nafar ijodkor ishtirok etdi, iste’dodli mualliflarga 3,4 milliard so‘m mukofot berildi.
•
“
Oltin ovozlar
”
loyihasi doirasida O‘zbekistondagi ilk professional dublyaj maktabi tashkil etilmoqda.
O‘zbek tilidagi texnologik startaplar ham “Yoshlar Ventures” jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilmoqda:
•
“
NavAI startapi
”
jamg‘armadan 80 ming dollar investitsiya jalb qildi. O‘zbek nutqini eng aniq taniydigan tizim sifatida 100 mingdan ortiq qo‘ng‘iroqni qayta ishladi, GSMA M360 Eurasia tanlovida 1-o‘rinni egalladi va President Tech Award’da 50 ming dollar grant yutdi.
•
“
Tilmoch AI startapi
“ 2025-yilda jamg‘armadan 50 ming dollar sarmoya oldi va AQSh, MDH hamda Markaziy Osiyo bozoriga chiqdi. Bugun uning oylik daromadi 20 ming dollardan oshadi.
Bugun o‘zbek tilida
60 milliondan ortiq
inson so‘zlashadi, u
50 dan ortiq
xorijiy ta’lim muassasasida o‘qitiladi. 2025-yilda Oksford universitetida o‘zbek tili bo‘yicha bepul kurs ochildi.
Bu miqyos tilimizning iqtisodiy imkoniyatlarini ham ko‘rsatadi. O‘zbek tilida sifatli video, onlayn kurs, kitob, mobil ilova va startaplar yaratish orqali keng auditoriyaga chiqish mumkin. Har bir yangi tarjima, maqola va raqamli mahsulot tilimiz imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yoshlarni ona tilimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga, o‘zbek tilida yangi bilim yaratishga va ijod qilishga chaqiraman. Ajdodlarimiz qoldirgan merosni asrash va yangi yutuqlar bilan boyitish bizning zimmamizda.
Barchangizni O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!
#OnaTilimFaxrim
#21Oktabr
@alisher_sadullaev