Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Jasurbek Hasanov

khasanovjasurbek
Dizayn va YouTube haqida bir chekkadan gaplashamiz. Art direktor – Creative Dprt Biznes & ta'lim uchun youtube muqovalar: be.net/creative_dprt Hamkorlik uchun: @creative_dprt
Subscribers
1 583
24 hours
-1
30 days
-7
Post views
916
ER
57,86%
Posts (30d)
10
Characters in post
533
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
MAMarketing
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Marketing & Sales
Summary
July 29, 12:30

obunachilar qadri tushyapti
bu TikTok'da boshlangandi. kirishingiz bilan sizga lentani ochib beradi. va ularni ko'rasiz.
obuna bo'lgan odamlarni emas, lenta tavsiya qilgan videolarni ko'rasiz. ya'ni kreatorlarni tanlamaysiz, tanlab berishadi.
va uni siz follow qilib, kuzatishni xohlamagansiz. lekin videolari sizga ko'rinaveradi.
mantiq shundaki, follow qilish keyinroq yana uni qo'ygan kontentini qayta ko'rish edi.
hozir esa umuman ahamiyatsiz narsaga aylangan. ko'rishlarga umuman ta'sir qilmaydi.
endi kreator sifatida o'z auditoriyangizni qurmayapsiz, xuddiki uni arendaga olyapsiz.
bular o'zining auditoriyasini qurishni va produkt yaratishni qiyinlashtiradi.
youtube esa aksincha, uzun videolari sabab, buni qadrini ushlab turibdi. chunki oxir-oqibat videoni ko'rishni tomoshabin tanlaydi.
faqat bu yerda ham obunachilarni soni videolarni ko'proq ko'rilishiga
ta'sir qilmaydi.
hozircha telegram legendaligini saqlab turibdi)
@khasanovjasurbek

July 25, 15:12

vaqt boshqarish haqidagi bitta videoni ko'rib, o'ylab qoldim:
dizayner yoki kreatorni real kuni qanday o'tadi?
nima ko'proq ilhomlantiradi? kuniga qancha vaqt band o'tadi? qancha dizayn tayyorlaydi?
sizda shular qanday, kommentga yozing)
@khasanovjasurbek

July 17, 21:34

shit in, shit out
odam yaxshini yomondan ajrata olmasa, bu didi yomonligidan emas. o'lchovi yo'qligidan.
o'lchov esa faqat ko'rganlaridan yig'iladi. boshqa yo'l yo'q.
shuning uchun buyuk ishlar bilan o'rab olish, ularni ko'rish, eshitish kerak. (chunki, shit in...)
bu faqat ijodiy ishlarda emas, kundalik hayotda ham shunday: kim bilan do'stlashish, kim bilan suhbat qurish, kim bilan ishlash...
buyuk ishlar udek bo'lishni o'rgatmaydi. o'rgatishi shart ham emas.
ular shunaqa daraja borligini ko'rsatadi.
shundan keyin o'z ishingizga qarasangiz, u oldingidek ko'rinmaydi.
bu shovqinga to'la zamonda, o'zingizga yaxshilarini emas, buyuklarini ravo ko'ring.
o'zimga maslahatlardan
🔪
@khasanovjasurbek

July 16, 14:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

e'tibor tortish yo'li
lentada hamma dizayn flat. bir xil uslub ko'p ko'rinsa odam zerikadi. tanlov qilolmaydi.
muqova esa tanlovdagi eng muhim narsa.
shunga flat uslubdan chiqdik. POV, bird's eye view, high angle, close up rakurslarni sinab ko'rdik. bularning hammasi bitta g'oyani boshqacharoq ko'rsatish usuli.
yurak markazi loyihasida kanalning o'rtacha ko'rishi 300-400 ta edi. bitta video 4k yig'di.
lekin soch mavzusidagi kanalda xuddi shu narsa ishlamadi.
demak rakursni o'zgartirish kafolatli yo'l emas. faqat imkoniyatiyani oshirishi mumkin.
@khasanovjasurbek

July 15, 15:06

bu gapni avval o'zimga aytishim kerak.
ofisda ishlaganimda art direktorim bor edi. uni art direktor darajasida deb bilmasdim. shunga kelishib ishlamaganmiz. aytganlarini xohlamay qilardim.
nima o'rgangan bo'lsam, o'zimdan deb yurardim.
keyin o'zim art direktor bo'ldim. va yonimda o'zimdek bitta dizayner chiqdi. aytgan gapim unga umuman kirmadi. hozir ishlariga qarasam, o'sha darajada turibdi. o'smagan.
shunda ikkita narsa tushundim:
1/ o'sha ofisda man ham xuddi shu shunaqa bo'lgan ekanman
2/ odam havas qilmagan odamdan o'rgana olmasakansan
@khasanovjasurbek

July 12, 15:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

Mushugimni 1 kunga MENEJER qildim

July 12, 12:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

oxirgi hafta davomida tayyorlangan dizaynlar
ekspriment qilib ko'rish manga doim yoqqan. har safar yangicharoq, videoni boshqa tarafdan ochib beradigan qilishga harakat qilamiz.
bu safar ham shulardan bir parcha)
@khasanovjasurbek

July 07, 16:46
Media unavailable
1
Show in Telegram

yana bir chellenjimiz yakunlandi
🔥
yigitlardan qiziq g'oyalar bo'ldi. ulardan TOP 8 tasini ko'rsangiz bo'ladi
dizaynerlar:

G'oyibnazarov Usmonxon

UMARJONOV BILOLIDDIN

Ilyosbek Nishonboyev

Asadbek Sharipov

Akbarov Davron

Abdurahmon Qo'chqoraliyev

Benjamin design

Ergashov Ilhom
agar youtube muqovalar bo'yicha tajriba orttirishni xohlasangiz,
guruhdagi
yangi chellenjda qatnashsangiz bo'ladi.
undan tashqari guruhda doimiy g'oyalar muqovalar bo'yicha g'oyalarni dizaynerlar o'zaro almashishadi.
youtuber bo'lib, shunaqa zo'r natijalar olmoqchi bo'lsangiz, homiylik qilishingiz mumkin:
@khasanov_jasurbek
@khasanovjasurbek

July 04, 17:49

sizga yoqmasa, ayting
dizayner bo'lib ofisda ishlagan paytlarim ko'pchilik menejeridan yoki ishlaridan nolib yurardi.
it's okay. ichidagini chiqarish uchun kimgadir gapirib olish, mayli.
lekin yoqmasa, buni menejerning o'ziga aytish kerak. u siz nima his qilayotganingizni tashqaridan bila olmaydi.
berkinib/yopilib olish esa faqat zararga ishlaydi. u o'sha uslubda ishlayveradi. siz yoqmagan ishda asabiylashib yuraverasiz.
keyin "bo'ldi, boshqa ish qidiraman." fikri paydo bo'ladi.
qizig'i, yangi joyda ham xuddi shu takrorlanadi. keyin yana yangi ish. keyin yana.
o'ziga mos uslubdagi odam chiqquncha o'zgartiraverishadi. qachon chiqadi, xudo biladi.
bu paytdagi shortcut: nima yoqmasa, nimani o'zgartirish yaxshiroq bo'lishini taklif qiling.
keyin hayotga rang kirishni boshlaydi)
@khasanovjasurbek

July 02, 15:32

Thumbnail Kitchen challengelarida qatnashish dizayner sifatida nima beradi?
• Amaliyot orqali mahoratingizni oshirasiz.
• Shaxsiy brendingizni rivojlantirib, portfoliongizni kuchaytirasiz.
• Feedback olib, tezroq rivojlanasiz.
• Boshqa dizaynerlar uchun ilhom va o’rnak bo’lasiz.
• Sovrinlar uchun kurashib, o’zingizni sinab ko’rasiz.
• Ish beruvchilar e’tiboriga tushish imkoniyatiga ega bo’lasiz. (
guruhimizda
mijozlar ham kuzatib borishadi)
• Eng yaxshi ishtirokchilar Creative Dprt jamoasiga taklif qilinadi.
9-chellenj
uchun start olgan. Dedlayn yakshanba kunigacha berilgan.
@khasanovjasurbek