
Jasurbek Hasanov
Yangi kanal ochib, bir xil videoda 350 view’dan 2,3K ga oldik
Eski kanalimizda 4K atrofida obunachi bor edi. Lekin yangi videolar 200–400 view’dan nariga o‘tmasdi.
Sababi
“o‘ldirilgan obunachilar”
.
Auditoriya bir paytlar yig‘ilgan, keyin sekin-asta arvohga aylangan.
Shuning uchun yangi kanal ochdik va bir xil videoni ikkala kanalga joyladik:
• Eski kanal: ~350 view
• Yangi kanal: 2,3K view
Videoning kam ko‘rilishini har doim muqova, sarlavha, ssenariy yoki montajdan qidiramiz.
Ba’zan muammo kanalning o‘zida bo'ladi.
@khasanovjasurbek
Oldin muqova bilan ishlamaganlarni odatda, bu yo'nalishga olib kiramiz.
Har doim ham bu o'xshab ketavermaydi.
Shunda ancha avval ish boshlagan paytimizda, dizaynerlarga berilgan qisqa tutoriallar esimga kelib qoldi.
Unda qanaqa qilib ishlashimiz tushuntirib berilgan.
Dizayner tezroq qanaqa uslubda odamni bo'yash kerak, qanaqa upscale qilish kerak, bilib oladi.
Va buni anchadan beri ishlatmayotgan edik. Shunga dizaynerlarni olish jarayoni cho'zilib ketayotgandi.
Komron bu g'oyani yanayam kengaytirishga yordam berdi.
Bu bo'yicha katta kompaniyalar qanday yondashishini o'rganib chiqib, bir xulosaga keldim:
Muammo odatda, dizaynerda emas. Ko'pincha, uni moslashishiga sharoit yo'qligida ekan.
Agar bir xil tizimni ushlab qololmayotgan bo'lsangiz, on-boarding jarayonini qo'shing.
Dizaynerlar uslubi bir yo'lga tusha boshlaydi. (buni Wise maromiga keltirib
qilgan
)
@khasanovjasurbek
Sahna ortidagi ishlarni ochishda davom etyapmiz
Loyihani maqsadi dizaynerlar o'z ish jarayonlari ko'rsatib, jarayonlardagi ilmlarni tarqatish.
Kimdirni natija chiqarishdagi uslubi boshqacharoq bo'lgani uchun boshqa dizayner undan o'rganadi.
Hozirgacha mana 7 xil uslubdagi ishlaydigan dizaynerlarni ishlarini ko'rdik:
•
Usmonjon
– TK #06 uchun tayyorlagan
ishi bilan
•
Azimxon
– "Maqsad" kanali uchun tayyorlagan
ishi bilan
(Video YouTube'da 346k ko'rishlar yig'gan)
•
Abdurahmon
– TK #03 uchun tayyorlagan
ishi bilan
•
Siroj
– Abdullajon kanali uchun tayyorlagan
ishi bilan
(Video YouTube'da 406k ko'rishlar yig'gan)
•
Shamshod
– TK #08 uchun tayyorlagan
ishi bilan
•
Javohir
– "UzChess" kanali uchun tayyorlagan
ishi bilan
(Video YouTube'da 6.5k ko'rishlar yig'gan)
Sizga qaysi biri ko'proq yoqdi?
@khasanovjasurbek
Avgust oyi bozorni titkilash bilan o‘tdi)
Bo‘sh vaqtim bo‘lsa, yaxshi potensiali bor dizaynerlarni qarab yuraman, note qilib qo‘yaman.
Ba’zilarini holatini kuzatib boraman, ba’zilarini esa birga ishlashga taklif qilaman.
Lekin jamoaga kirgan odam birdaniga katta loyihalarga tushib qolmaydi.
Avval kuzatamiz: o‘sayaptimi yoki qotib qolganmi?
Agar dizaynerning o‘sishi sekinlashsa, aynan hard skillari yetmaydigan ishlarni beramiz.
Maqsad – qiynash emas, keyingi bosqichga olib chiqish.
Shu sababli asosiy dizaynerlarni ham doimiy kuzatib boraman.
Chunki kuchli jamoa shunchaki kuchli odamlarni yig‘ish bilan emas, ularning doimiy o‘sishi bilan quriladi.
Shu oy yangi talantlarni izlash bilan o‘tdi. Topa oldikmi? Hali to‘liq emas.
Haliyam dizaynerlar qidiryapmiz.
Agar rasmdagidek ishlarni bemalol qila olsangiz va birga o‘sishni xohlasangiz, portfolioingizni izohlarda qoldiring. O‘zimiz aloqaga chiqamiz.
@khasanovjasurbek
Istalgan odam bilan ishlashning eng oson yo‘li
Bir tanishim mijoz topa olmayotganini aytib qoldi.
O‘zim ishlatib ko‘rgan bir nechta usullarni aytdim. Keyin bitta takrolanishni sezdim:
Mijozning o‘ziga chiqish shart emas. Uni biladigan odam bilan aloqa o‘rnatish ham yetarli.
Masalan, Aziz Rahimov bilan ishlashimni olaylik.
Agar
Ibrohim
mening ishimni ko‘rmaganda, Aziz aka bilan
ishlash
ehtimolim juda past bo‘lardi.
Yoki Murad Nazarov.
Agar men
Shohboz
aka
bilan tanish bo‘lsam, Murod aka bilan
ishlashgacha
bo‘lgan masofa ancha qisqaradi.
Gap shundaki, kerakli odam sizdan bir yoki ikki qo‘l uzoqlikda bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun ba’zida mijoz qidirishdan ko‘ra, mijozni taniydigan odamlarni topish osonroq.
@khasanovjasurbek
Aziz Rahimovdagi oldingi videolar uchun muqovalarni yangilaymiz.
O'zingizga yoqqan, eski muqovadagi videoni tanlab, unga dizayn qiling.
ko'p kuzatib qolaman, dizaynda 5 yildan beri ishlaydi.
va shunga o'zini o'smayotgandek his qilaveradi.
uni sinab ko'radi, buni sinab ko'radi. keyingi bosqich haqida o'ylab yurishadi.
odatda, dizayner uchun keyingi bosqichlar, menejmentga o'tish bo'ladi. lekin bunga dizayn skillari yetmaydi.
endi boshqa ko'nikmalarni shakllantirish kerak. boshqacha fikrlash talab qilinadi.
shuni yechish uchun bir blog boshlangan,
@artdirektordan
dizaynerlarga keyingi bosqichga o'tish uchun.
qachon art direktorlikka o'tiladi, qanday o'tiladi, bozordagi o'rni va shunga o'xshash mavzular bo'lishib boriladi.
@khasanovjasurbek
kommunityda bo'lish foydasi
ishdan ketganimdan keyin tez ish topa olmaganman.
tanishlar ham ko'p bo'lmagan. uyoq-buyoqdan ishlar qarab turganman.
keyin bir kompaniyadan dizayn bo'yicha ish chiqib qolgan. topshirib ko'rganman.
ko'p o'tmasdan suhbatga chaqirishgan.
ishga tez olinib ketganman. keyinroq aytib berishgan edi. suhbatda qatnashgan odam bilan bitta kommunityda bo'lgan ekanmiz.
doimiy aktiv bo'lib, nima fikr, yangilik bo'lsa bo'lishib turardim.
ular ham fikrlashimni, sohaviy tajribamni o'sha joyda tanishgan. va ishga olayotganda ham suhbat oson o'tgan.
yo'lingizni osonlashtirish uchun qiyin bo'lgan yo'ldan yurishingizga to'g'ri keladi.
kommunityda aktiv bo'lib, fikrlar bilan bo'lishib tursangiz, guruhdagilar orasida tanilishni boshlaysiz.
bu ertaga foyda beradigan narsa emas, uzoq muddatda natijasini ko'rsatadigan yo'l.
youtube va muqova dizaynlari bo'yicha
@thumbnail_kitchen
kommunitiysi bor.
tavsiya qilaman! sizga ham foydasi tegib qoladi.
@khasanovjasurbek