
Kitob tumani hokimligi| RASMIY🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida”
gi
Farmoni
—
Указ
Президента Республики Узбекистан
«О награждении группы сотрудников в связи с Днем сотрудников органов внутренних дел»
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
“Jadidlar izidan” tanlovining Kitob tuman bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi
Kitob tumanida yosh avlodning tarixiy bilimlarini oshirish, jadid bobolarimizning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish hamda o‘quvchilarda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan
“Jadidlar izidan” respublika tanlovining tuman bosqichi
o‘tkazildi.
Tanlov
Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda “Kelajak markazi”
hamkorligida tashkil etilib, unda tuman umumta’lim maktablarining bilimga chanqoq, faol va iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etdi.
Tanlov jarayonida ishtirokchilar
test sinovi hamda savol-javob
shartlari asosida jadidchilik harakati, ma’rifatparvarlik g‘oyalari, jadid namoyandalarining hayoti va ijodiga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
🏆
Tanlov yakunlariga ko‘ra:
7–8–9-sinflar o‘rtasida:
🥇
1-o‘rin
— Raxmonova Shaxrizoda, 26-maktab
🥈
2-o‘rin
— Xudoyberdiyev Bunyod, 49-maktab
🥉
3-o‘rin
— Salimova Gulzebo, 20-maktab
9–10-sinflar o‘rtasida:
🥇
1-o‘rin
— Musurmonova Ozoda, 97-maktab
🥈
2-o‘rin
— Fayzullayeva Dilnoza, 28-maktab
🥉
3-o‘rin
— Mashrabova Zaxro, 49-maktab
G‘olib va sovrindor o‘quvchilar
faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari
bilan taqdirlandi.
“Jadidlar izidan” tanlovi yoshlarni jadid bobolarimizning ilm-ma’rifat yo‘lidagi fidoyiligidan ibrat olishga, milliy tariximiz va ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganishga, shuningdek,
ilmga intilish va Vatanga munosib farzand bo‘lish
ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
🔍
Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling
👇
👇
👇
❤
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h
✅
Facebook
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web sayt
|
✈
Telegram
|
🕊
Twitter
|
📹
YouTube
Kitob tumaniga Germaniya va Avstriyadan naslli qoramollar olib kelinmoqda
Kitob tumanidagi
“Dustboy chorva”
chorvachilik fermer xo‘jaligi tomonidan chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish, nasl sifatini yaxshilash va mahsuldorlikni oshirish maqsadida Germaniya hamda Avstriya davlatlaridan
“Golshteyn”
va
“Shved”
zotli naslli qoramollar olib kelinmoqda.
Loyihaning dastlabki bosqichida
40 bosh naslli qoramol
Kitob tumaniga yetib keldi. Shuningdek, joriy oy yakuniga qadar
Germaniya
va
Avstriyadan
yana
125 bosh
xuddi shu zotdagi naslli qoramollar olib kelinishi rejalashtirilgan.
Mazkur tashabbus tumanda chorvachilikni rivojlantirish, yuqori mahsuldor naslli qoramollar sonini ko‘paytirish hamda aholiga sifatli chorvachilik mahsulotlari yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
🔍
Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling
👇
👇
👇
❤
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h
✅
Facebook
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web sayt
|
✈
Telegram
|
🕊
Twitter
|
📹
YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga tashrifi: bilimga rag‘bat, mehnatga imkoniyat, tashabbusga madad berish orqali vohaning yuksak salohiyati va boy resurslarini daromadli ish o‘rinlari va qo‘shilgan qiymatga aylantirish yo‘lida.
—
Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Кашкадарью: поддержать стремление к знаниям, открыть возможности для труда, дать ход инициативам, чтобы богатые ресурсы края приносили людям доход, а экономике – высокую добавленную стоимость.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezidentimiz ishtirokidagi yig‘ilishda Qashqadaryoni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
—
На совещании с участием Президента нашей страны обсуждены вопросы развития Кашкадарьи.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bagʻishlangan
yigʻilish oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев
провел совещание,
посвященное социально-экономическому развитию Кашкадарьинской области.
#Mirziyoyev
#safar
#Qashqadaryo
#yigilish
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Qashqadaryo aholisi ko‘paygani sari
zamonaviy uy-joylarga talab ham ortib bormoqda.
Shu bois,
Qarshi shahri, Ko‘kdala
va Q
arshi tumani chegarasida 5 ming gektar maydonda 500 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Qarshi shahri
barpo etiladi. Qarshi tumanidagi kanal bo‘yida esa
235 gektarlik “Yangi Nasaf” ekomajmuasining
qurilishi boshlanadi.
Nufuzli arxitektura kompaniyalari
jalb etilib, ikki oyda
ilg‘or shaharsozlik yechimlarini qamrab olgan bosh reja
ishlab chiqiladi. Uni tayyorlash uchun dastlab
20 milliard so‘m
ajratiladi. Yangi hududlarda
ko‘p qavatli binolar, savdo va biznes markazlari, uy-joylar “yashil” va “aqlli” shahar tamoyillari asosida quriladi.
Viloyatda
ko‘chat ekish va yashil hududlarni ko‘paytirish bo‘yicha ham “Qashqadaryo tajribasi”
yaratiladi. Har yili
Navro‘z arafasida “Eng yashil mahalla” tanlovi
o‘tkazilib,
g‘oliblar elektromobil hamda boshqa qimmatbaho sovg‘alar
bilan taqdirlanadi.
Yig‘ilish yakunida viloyat va tumanlar hokimlarining axboroti tinglandi, faollar bilan muloqot qilindi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Qashqadaryo yoshlari taʼlim va intellektual musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda.
Qarshi shahridagi Prezident maktabi “Cambridge” imtihonlarida
98 foiz natija bilan respublikada birinchi bo‘ldi.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari
“Zakovat” turnirida g‘olib chiqdi.
Kosonlik 11-sinf o‘quvchisi Murodjon Xalimov SAT imtihonida maksimal 1600 ballni
qo‘lga kiritdi. Davlatimiz rahbari bunday iqtidorli yoshlar ko‘pligini, ularga
aniq fanlarni xorijiy tillarda o‘rgatish imkoniyati yaratilsa, yuqori natijalar har bir tumanda bo‘lishini taʼkidladi
. Kelasi yildan
barcha tumanlarda bittadan maktabda aniq fanlarni chet tilida o‘qitish boshlanadi.
Shu bilan birga, o‘zbekistonlik yoshlar
robototexnika bo‘yicha jahon chempioni
bo‘ldi. Yil yakunigacha
har bir tumanda robototexnika to‘garagi ochilib, jihozlanadi.
Har yili mart oyida
o‘quvchilar o‘rtasida viloyat chempionati
o‘tkaziladi. Birinchi o‘rin egasiga
30 million,
ikkinchi o‘ringa
20 million,
uchinchi o‘ringa
10 million so‘m mukofot
beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz
Qarshi shahridagi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi
tajribasiga to‘xtaldi. Uning
32 nafar ustasi yaqinda Germaniyada malaka oshirib qaytdi
va hozir viloyatdagi
57 ta texnikum ustalariga o‘z bilimlarini yetkazmoqda.
Har yili
10-11-sinflarning 2,5 ming nafar o‘quvchisi mazkur texnikumda hunar o‘rganib, attestat bilan birga kasbiy sertifikat ham oladi
. Germaniyalik o‘qituvchilar esa yiliga
1,5 ming yoshga nemis tili va kasb o‘rgatmoqda.
Davlatimiz rahbari loyihaning
birinchi bitiruvchilari bilan suhbatlashganini
aytdi. Ularga
Yevropada oyiga 3-5 ming yevro maosh to‘lanadigan ish o‘rinlari
taklif qilinmoqda.
Endi tumanlardagi maktab o‘quvchilarini Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va yangicha metodika asosida ishlayotgan 57 ta texnikumga jalb qilishning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqishga topshiriq berildi.
Facebook
|
Instagram
|
X