Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Kitob nuri

kitob_nuri
"Peshqadam bo‘lish tomon harakat qilayotgan aqlning kaliti kitob o‘qishdir. Xalqlar va millatlarning uyg‘onish siri kitobdir!" Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139
Subscribers
29 226
24 hours
-1
30 days
656
Post views
2 558
ER
8,75%
Posts (30d)
47
Characters in post
1 386
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Books
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Language Teaching
Summary
October 26, 05:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

🌸
JOY QOLDIRING!
Imom Buxoriy rohimahullohning "Adabul mufrad" kitobida keladi:
"Umar ibn Xattob roziyollohu anhu aytadi:
"
Muhabbating haddan ortiq bo‘lmasin. Nafrating narigi tomonni halok qiladigan darajada qattiq bo‘lmasin!
".
Sevsangiz aqlingizdan voz kechar darajada sevmang. Chunki qalb o‘zgaruvchandir.
Ehtiyot bo‘ling! Ko‘pchilik ko‘pincha ishongan va kafolatlangan joylaridan zarba yeydi.
O‘nta barmog‘ini o‘zgalar uchun sham o‘laroq kuydirganlar kelajakda afsusdan tishlash uchun bitta ham barmoq topa olmay qolishlari mumkin!
Birovni yomon ko‘rsangiz sulh uchun joy qoldiring. Chunki holat o‘zgaruvchandir.
Janjallashganda raqibining yo‘llariga tikan sochganlar kuni kelib o‘sha yo‘ldan yalangoyoq o‘tishlariga to‘g‘ri kelib qoladi.
Hamma ko‘prikni buzib tashlamang. Kuni kelib o‘tishga yo‘l topa olmay qolishingiz mumkin.
Devorni baland ko‘tarib yubormang. Kuni kelib uning tepasiga chiqishga majbur bo‘lib qolishingiz mumkin!
📚
@kitob_nuri

October 24, 10:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Baxtiyor_oila
Abu Ayyub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «To'rt narsa Rasulllarning sunnatlaridandir: hayo, xushbo'y sepish, misvok va nikoh», dedilar».
Ahmad va Termiziy hasan sanad ila rivoyat qilganlar.
Alloh taoloning Rasullari U Zot yaratgan bandalarning eng sarasidirlar. Ular turli zamonlarda turli xalqlar ichidan tanlab olingan yetuk insonlar hisoblanadilar. Payg'ambarlar Allohning inoyati ila ilohiy ko'rsatmalarni bandalarga yetkazib, ularni hayotda turli xato va gunohlardan Alloh taoloning O'zi saqlab turgan va u zotlarning hayotlari ummatlariga o'rnak bo'lgan.
​Shuning uchun ularning sunnatlariga, xususan, barchalariga xos bo'lgan sunnatlarga amal qilish har birimiz uchun o'ta muhimdir.
​Ushbu hadisi sharifda Odam alayhissalomdan tortib, Muhammad sollallohu alayhi vasallamgacha – barcha Payg'ambar alayhissalomlarning sunnatlari bo'lgan to'rt narsa haqida so'z ketmoqda:
​
1. Hayo.
Hayo insonni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan ulug' sifatlardan biridir. Hayo insonga ziynat hisoblanib, u payg'ambarlarning hammalariga xos mushtarak sifat bo'lgan.
​Shuning uchun har bir mo'min hayoli bo'lishga harakat qilmog'i lozim.
​
2. Xushbo'y sepish.
Xushbo'ylik kishiga zavq beradi, ochiq tabiatlilik, quvonch keltiradi. Xushbo'ylik inson tabiatiga ijobiy ta'sir etadigan narsadir.
​Islomda har bir narsaning xushbo'y bo'lishiga katta e'tibor beriladi, qo‘lansa hidni yo'qotishga harakat qilinadi. Chunki bu barcha Payg'ambar alayhissalomlarning, jumladan, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridir.
​3. Sivok.
Sivok, ya'ni og'izni, tishni tozalab yurish barcha Payg'ambar alayhissalomlarning sunnatlari ekanini bilmog'imiz lozim. Bu ish ham har bir sof tabiatli inson uchun kerakli bo'lgan ishlardan. Shuning uchun ham uni Alloh taoloning O'zi Nabiyga ravo ko'rgan.
4. Nikoh.
Alloh taoloning barcha Anbiyo alayhimussalomlarini birlashtirib turuvchi sunnatlardan yana biri nikohdir. Bu ish eng muhim sunnatlardan hisoblanganidan Alloh taolo uni hamma Payg'ambarlariga ravo ko'rmas edi. Bu esa o'z navbatida nikohga alohida ahamiyat berish lozimligini bildiradi.
​Hanafiy mazhabining eng yirik ulamolaridan bo'lgan Ibn Obidin rahimahulloh aytadilar: «Odam alayhissalomdan to qiyomatgacha ibodat qilib belgilangan hamda oxiratda jannatda ham davom etadigan amal ikkitadir: iymon va nikoh».
​Islomda nikohga targ'ib qilish bilan birga, undan bosh tortish qattiq qoralanadi.
✍️
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
📖
«Baxtiyor oila» kitobidan
📚
@kitob_nuri

October 24, 09:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇬🇧
Ingliz tilini o‘rganish endi yanada oson!
🚀
Ezabon
bilan ingliz tilini yangi va qiziqarli usulda o‘rganing!
✨
AI Chat
— sun’iy intellekt bilan ingliz tilida suhbatlashing.
💬
Tandem Chat
— yangi do‘stlar toping va ingliz tilida muloqot qiling.
📝
Grammar & Vocabulary
— grammatik qoidalarni o‘rganing va yangi inglizcha so‘zlarni o‘zlashtiring.
🔊
Tarjima va talaffuz
— so‘z va iboralarning ma’nosini tushuning, tarjimalar hamda talaffuz orqali o‘rganishingizni boyiting.
📚
Stories
— foydali ma’lumotlar va qiziqarli yangiliklarni kuzating.
👨‍🏫
Teacher Support
— tajribali o‘qituvchilardan yordam oling.
Har kuni ozgina mashq — katta natijalar sari bir qadam!
💪
🌍
Ezabon
— ingliz tilini birgalikda o‘rganamiz!
👉
Hoziroq
Ezabon
’ga qo‘shiling va ingliz tilida gapirishni boshlang!
www.ezabon.com
Telegram

October 24, 08:42
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

​​
Ayollar tarixni o‘zgartirdilar, ammo tarix ayol zotini o‘zgartirolmadi!
©️
Bernard Shou
📚
@kitob_nuri

October 23, 05:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Baxtiyor_oila
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Uch kishilik guruh Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zavjalarining uylariga Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ibodatlari haqida so'rab keldi. Ularga (bu haqda) xabar berilganida xuddi u(ibodat)ni oz sanaganday bo'ldilar. Shunda ular: «Biz qayeda-yu, Nabiy sollallohu alayhi vasallam qayerdalar, u zotning o'tganu qolgan gunohlari mag'firat qilingan», dedilar. Ulardan biri: «Men abadul abad tunlarni namoz o'qish bilan o'tkazaman», dedi. Boshqasi esa: «Men umrbod ro'za tutaman, og'zim ochiq yurmayman», dedi. Yana boshqa biri: «Men ayollardan chetda bo'laman, abadul abad uylanmayman», dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning oldilariga kelib: «Shunday, shunday, deganlar sizlarmi?! Allohga qasamki, men Allohdan eng qo'rquvchirog'ingizman va Unga eng taqvodoringizman. Lekin ro'za ham tutaman, og'zim ochiq ham bo'ladi. Namoz ham o'qiyman, uxlayman ham, ayollarga uylanaman ham. Kim mening sunnatimdan yuz o'girsa, mendan emas», dedilar».
Ikki shayx va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Bu hadisi sharifda uylanish, oilali bo'lish «ibodat», «taqvodorlik» va «Allohdan qo'rqish» ma'nolariga zid emasligi bayon etilmoqda. Uylanish Alloh taolodan eng qo'rquvchi banda bo'lgan Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridir.
​Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim mening sunnatimdan yuz o'girsa, mendan emas» deganlari imkoni bo'la turib nikohda bo'lmaslik, oila qurmaslik mo'min-musulmon uchun mutlaqo to'g'ri kelmasligini ayon etadi. Uylanmay, oila qurmay yurish musulmonlarga xos ish emas. Chunki Alloh taolo inson zotini yaratgan chog'ida erkakni ham, ayolni ham jinsiy rag'bat bilan yaratgan. Bu rag'bat inson uchun, uning baxt-saodati uchun, insoniyat kelajagi uchun kerakli narsadir. Bo'lmasa, Alloh taolo insonni bunday qilib yaratmas edi.
​Ana shu jinsiy maylni pok yo'l bilan qondirish zarur. Bu esa shar'iy nikoh orqali amalga oshiriladi. Aksincha bo'lsa, turli noqulayliklar, zararlar kelib chiqadi.
Uylanmay, oila qurmay, jinsiy maylni qondirmay yurish inson tabiatiga zid va zararlidir. O'zini jinsiy aloqadan olib qochgan kishilar o'z sog'liqlariga zarar yetkazibgina qolmay, inson naslining qirqilishiga, dunyoning xarob bo'lishiga sabab bo'ladilar.
​Shuningdek, jinsiy maylini pok yo'l bilan emas, harom yo'l bilan qondirib yurganlar ham o'zlari va o'zgalar boshiga, butun insoniyat boshiga turli balo-ofatlar kelishiga sabab bo'ladilar. Shuning uchun ham Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilib, nikohda bo'lishga, halol-pok yo'l bilan oila qurishga harakat qilish kerak. Aks holda, u zotning yo'llaridan boshqa yo'lda yurilgan hisoblanadi.
✍️
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
📖
«Baxtiyor oila» kitobidan
📚
@kitob_nuri

October 23, 04:04
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🤩
ngliz tilini o‘rganishda sizni ham shu kabi muammolar qiynayaptimi?
⚡️
"Hammasini tushunaman, lekin gapira olmayman..."
⚡️
"Kurslarga borishga ortiqcha vaqtim yo‘q..."
⚡️
"Aynan nimadan va qanday boshlashni bilmayapman..."
🤩
o‘xtang! Bu muammolarning barchasiga yechim
quyidagi kanalda
!!!
⚡️
Ushbu kanalda 0 dan boshlab erkin muloqotgacha bo‘lgan yo‘lni birgalikda bosib o‘tamiz:
• Tekin va foydali darslar va kunlik yuboriladigan qiziqarli ma’lumotlar
• Darajangizga mos kitoblar va jonli savol-javoblar
• Qiziqarli viktorinalar va sovg‘alar
• Eng faol o’quvchiga
ikkinchi oy tekin o’qish imkoniyati
🤩
archasi quyidagi kanalda Imkoniyatni qo’ldan boy bermang!!!
https://t.me/+Bjd2eguC5MY2ZGEy
https://t.me/+Bjd2eguC5MY2ZGEy
https://t.me/+Bjd2eguC5MY2ZGEy

October 23, 03:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Tafakkur
«Paygʻambarimiz alayhissalom dunyoga kelganida yetim edi. Iffatli va yoshgina ona Ominaning va bobosi Abdulmutallibning yetimi Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) edi. Ammo yetim Muhammadning homiysi Alloh edi. Bu haqida Qur'oni karimda ham aytib oʻtilgan.
​Ha, otasi yoʻq edi.
Biz u zot sollallohu alayhi vasallamning yetim qolishi bilan yetimlarning homiysi Alloh taolo ekanligini oʻrgandik
. Bu ulugʻ Allohning nazorati ostidagi bolalikdir».
📖
Murod To'sin: "Olim tarbiyalagan otalar" kitobidan
📚
@kitob_nuri

October 22, 05:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Tafakkur
«Allohdan mag‘firat so‘ragan holatda shuni aytishim mumkinki, osiy bo‘lgan qizlar haqida Qur'onda oyat topa olmaysiz. Qur'oni karimdagi qissalarga nazar solsangiz, osiy, gunohkor farzandlarning hammasi o‘g‘il farzandlar ekanini ko‘rasiz. Payg‘ambar bo‘lgan eriga osiylik qilib, kofir bo‘lgan ayollar bor. Ammo biror payg‘ambarning osiy qizi yo‘q. Buning hikmatini Alloh biladi».
📖
Murod To'sin: "Olim tarbiyalagan otalar" kitobidan
📚
@kitob_nuri

October 21, 16:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

#mutolaa
Zulm nima? Kim kimga zulm qiladi? Odatda kuchli odam zaif odamga zulm qiladi, baʼzan boshliq qoʻl ostidagilarga zulm qiladi.
Lekin baʼzida buning aksi ham boʻlishi mumkin. Bunga biroz izoh kerak. Biz hozir shu holat haqida gaplashmoqchimiz.
Erning ayolga zulm qilishini barchamiz koʻz oldimizga keltira olamiz, ammo ayolning eriga zulm qilishini koʻpchilik aqliga sigʻdira olmaydi. Shunday holatlar uchrab turishiga amin boʻlishingiz uchun bir necha misollar keltiraman:
⏺
Ayolning eriga itoat qilmay qoʻyishi, unga boʻysunmasligi.
Erga itoat qilishni Alloh va Uning Rasuli vojib qilgan. Bu ishni qilmagan ayol erining haqqini poymol qilib, eriga zulm qilgan boʻladi. Erining xizmatini qilmaslik, eridan oʻzini katta tutish ham erga boʻysunmaslik boʻlib, erning oʻziga boʻysunmayotgan ayolga gap uqtirish uchun vaqt ketkazishi ham bunga kiradi, chunki erning vaqtini bekorga sarflash ham unga zulm qilishdir.
⏺
Uydan erining ruxsatisiz chiqish.
Erita itoatli ayol hech qachon erining ruxsatisiz koʻchaga chiqmaydi. Ayol buning aksini qilsa, zimmasidagi erning haqqini poymol qilgan boʻladi.
Shuningdek, erining ruxsatisiz, eri yoqtirmasligini bilib turib biron kishini uyga kiritish ham erning haqqini poymol qilish, erga zulm boʻladi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «
Xotinlaringizning zimmasidagi haqqingiz – siz yoqtirmaydigan kishini uyingizga kirgizmasligidir
», deganlar.
⏺
Ayolning eriga xunuk muomala qilishi, beodoblik qilishi.
Gap bilan boʻlsin, biron nomaqbul harakat bilan boʻlsin yoki boshqa yoʻllar bilan aziyat etkazish boʻlsin – farqi yoʻq. Bu bilan ayol erining haqqini poymol qilgan boʻladi, eriga zulm qilgan boʻladi, natijada qattiq iqobga qoladi.
⏺
Jiddiy uzri boʻlmay turib, erining yaqinlik qilishiga yoʻl qoʻymaslik.
Bu ham erga nisbatan bir necha jihatdan zulm boʻladi. Eri istagan vaqtida yaqinlik qilishdan bosh tortishi – oddiy itoatsizlik emas. Bundan qilgan ayol erining boshqalarga qiziqishiga, koʻzini tiymasligiga yoʻl ochib beradi. Alloh asrasin, oxir-oqibatda bu ish erni zino qilishgacha olib borishi ham mumkin. Agar shunday boʻlib qolsa, koʻzini tiyishda, iffatini saqlashda eriga yordam bermaganligi uchun bu gunohga oʻsha ayol ham sherik boʻladi.
⏺
Erining gʻam-gʻussaga tushib qolishiga sabab boʻlish ham erga zulmdir.
Hatto erining ruxsatisiz nafl roʻza tutish ham zulmdir. Zero, er ehtiyojini qondirishni xohlaganda ayol bunga imkon bermasa, erning haqqi poymol boʻladi.
⏺
Eridan ranjigan paytida erining yaxshiliklarini inkor qilib, yoʻqqa chiqarish, minnatdor boʻlmaslik ham zulmdir.
⏺
Behayolik, dinda sust boʻlish ham zulmdir. Ayol begona erkaklar bilan koʻz urishtirib, ularning oldida oʻziga oro berib yursa, ular bilan gaplashishdan uyalmasa, bu ayol ham eriga qattiq zulm qilayotgan boʻladi.
⏺
Farzand tarbiyasiga beparvo boʻlish ham zulmdir. Xotin kishi bolalarning sogʻligi, tozaligi va tarbiyasiga katta eʼtibor berishi kerak. Eriga yomon muomala qilib, bolalariga uni yomonlab, uning hurmatini er bilan bir qilib, oxir-oqibat ota bilan farzandlarining orasini buzish ham zulmdir.
⏺
Erni keragidan ortiq sarf-xarajat qilishga majburlash ham zulmdir. Buning natijasida er toʻlay olmaydigan qarzlarga botib qolishi yoki harom yoʻllar bilan mol topishga kirib ketishi mumkin.
⏺
Erini boshqalar oldida gʻiybat qilish.
⏺
Eri va farzandlari orasida yoki erining aka-ukalari, opa-singillari orasida chaqimchilik qilish. Bu yaramas ish qarindoshlik aloqalarini uzib yuborishi, qarindoshlar orasida ahillikni yoʻq qilib yuborishi mumkin.
⏺
Xotinning barcha haqlari toʻliq ado qilib qoʻyilgan erining mol-mulkiga tajovuz qilishi. Masalan, erining pulidan yashirincha oʻgʻirlashi, aytganini qilib bermaguncha eriga bosim oʻtkazish – bularning hammasi erning mol-mulkiga tajovuz qilib, unga zulm qilishdir.
⏺
Erida yoki erining uyida biron noxush holatni koʻrib turib, beparvo boʻlish. Xotin erini yaxshilikka boshlab, yomonlikdan qaytarmas ekan, unga zulm qilgan boʻladi.
⏺
Sharʼiy sababsiz eridan taloq talab qilish.
📖
«Oila – saodat maskani» kitobidan
📚
@kitob_nuri

October 21, 15:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔊
Allohning kalomini o’rganish maqsad qilgan ayol qizlar uchun “Noldan Qur’ongacha”Kursimizga qabul ochildi
Ushbu kursda o’rganasiz
⤵️
🪧
Harf tanish – Qur’oni Karim harflarini noldan boshlab o‘rganish
🪧
Tajvid qoidalari – Qur’onni to‘g‘ri va chiroyli o‘qish qoidalari
🪧
Sahih o‘qish – Harflarni to‘g‘ri talaffuz qilish va xatolarning oldini olish
🪧
O‘qish mashqlari – Qur’on oyatlarini ravon o‘qish
🪧
Kurs tugatib imtixon qilinib shahodatnoma bilan taqdirlanadi
Ustoza UmmulMaryam
🪶
To’lovlar rasmda yozilingan
🪶
Davomiyligi 25 kun
🪶
Dars vaqti guruhda aytiladi
🪶
Haftada 6kun
🪶
To’lov 21-22-oktyabr kunlari 280.000 23-oktyabrdan boshlab 480.000bilan kursga yozilasiz , 25kun uchun 1marta to’lov 0dan Quronni o’qiy oladigan darajada bo’lasiz
🏠
Bilim olishni kechiktirmang, bugunoq boshlang!
🏠
Ortingizdan farishtalar duo qiladigan amalni biz bilan o’rganing
🔖
Toliba natijasi
https://t.me/+cKEkeIRs-TgxMzUx
🔖
Batafsil
@qoriahayot_bot
|
@menejer_qoriahayot
ga “964” so’zini yozing