Kitob nuri
#Tafakkur
Men oltmish yashar qizman. Uch avlod ustida ko‘prik bo‘lib umrim o‘tdi. Muhabbat nimaligini, turmushga chiqish neligini bilmay o‘tdim.
O‘n yoshimda ukamni ko‘tarar, unga qo‘shiqlar aytib berar edim. O‘ttiz yoshimda shu ukam uylandi. Endi uning bolalarini ko‘tara boshladim. Uning bolalari ham uylandi. Endi horigan ko‘ksim ustida ularning bolalari yotar edi. Qolgan umrim shular bilan o‘tadi shekilli...
Siz oltmish yil chanqoq holda qirg‘oqda yashash neligini bilmaysiz. Buni anglashingiz mumkin emas. Chunki siz buni tajriba qilib ko‘rmagansiz. Siz erkak kishisiz.
Yoshligimda erkaklar ko‘cha, maktab uchun yaratilgan. Ayollar esa oshxona uchun yaratilgan deyishar edi.
Otamning iqtisodiy holatlari o‘rtacha edi. Farzandlarini universtitetda o‘qitishni orzu qilar edilar. Onam vafot etganlaridan so‘ng bu orzuning badali men bo‘ldim. Uydan chiqa olmay qoldim. Pishirar edim, yuvar edim, kafellarni artar edim. Qisqasi xodimaga beriladigan maoshni saqlab qolib otamga yordam berar va uning orzularini amalga oshishiga ko‘maklashar edim. Yosh avlod universtitetga kirishi, ta’lim olishi va "biz erkaklarmiz" deyishi uchun go‘sht va qonidan to‘laydigan to‘lov bo‘ldim.
Men bu fidokorlikdan baxtiyor edim. Men ko‘ksimda tarbiya topgan uch avlodning bokira onasi edim.
Ammo hozir atrofimdagi olam o‘zgarib qolgan. O‘zimni begona olamdagi begona insondek his qilayapman. Bunda safsata, g‘urur, sevgi, xudosizlik va boylik liq to‘la.
O‘zim tarbiya qilgan, yoshligimni va umrimni ularga bergan qizlar va bolalar menga bir buyum va eski narsa singari boqishadi. Meni masxara qilishadi. Chunki men ularning zamonidan, siyosatdan, sevgidan bexabarman. Ustimdan kulishadi.
Oshxonadagi hukmronligim ham tugagan. Uni yangi oshpaz egallagan. Deraza oldiga kelib hech kimga sezdirmasdan yig‘lab olaman. Bitta narsaga ega bo‘lishni hohlar edim. U qadr...
Ammo shunga ham ega bo‘la olmadim. Qanchalar baxtsizman...
--------------------------
Doktor Mustafo Mahmud bu ayolga javob beradi:
"Aziz ona! Zamonadan, siyosatdan va muhabbatdan xabardor qizlaringiz aslida muhabbatdan hech narsani tushunmas ekan. Ular sizga xizmatkor bo‘lishga ham loyiq emaslar. Muhabbat bu siz, ey ona! Siz sharafsiz, fidokorliksiz va fazilatsiz. Siz yangi avlod uchun to‘lov bo‘lishga rozi bo‘ldingiz. Ular sizning qo‘lingizdan olgan ilm, madaniyat va hurriyat sarmoyasiga badal bo‘ldingiz. Bu safsatalar barisi sizning dasturxoningizdagi uvoqlardir. Agar ulardan aziyat ko‘rgan bo‘lsangiz, ular sizga oq bo‘lishgan bo‘lsa siz ularni kechiring. Bu payg‘ambarlar odati va ziynatidir . Sizga buyuk narsa bunyod qilgan ayol ekaningizni his qilishingizni o‘zi kifoya qiladi. Men sizga ta’zim qilib qo‘lingizni o‘paman, ey pokiza Maryam!
©️
Mustafo Mahmud. "Muhabbat madrasasi" kitobidan.
📚
@kitob_nuri
Agar senga kitob o’qish - shunchaki vaqt o‘tkazish emas, balki fikr, falsafa, ichki savollar manbai bo‘lsa, unda bu kanal sen uchun:
👉🏻
@islom_nurmurod
#Kitob
✍️
Imom G‘azzoliy
📖
"Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi"
Qalb shunday narsaki, agar inson uni tanisa, batahqiq, o‘zini tanibdi. Agar o‘zini tanisa, batahqiq, Robbini tanibdi. Qalb shunday narsaki, agar inson uni tanimasa, o‘zini ham tanimabdi, agar o‘zini tanimasa, Robbini ham tanimabdi. Kim qalbiga johil bo‘lsa, boshqalarga undan ham johilroqdir. Zero, insonlarning ko‘plari qalblari va nafslarini bilmaydilar hamda o‘zlari bilan nafslari o‘rtasiga parda tortilgan. Albatta Alloh taolo kishi bilan uning qalbi o‘rtasini to‘sib qo‘yadi. To‘sib qo‘yishi O’zini mushohada qilish, O’zi bilan muroqaba etish va sifatlarini tanishdan Rahmon (o‘ziga xos) barmoqlaridan ikki barmoq orasida o‘zgarish kayfiyatidan man qilmog‘i bilandir. Bir bor asfalasofilinga tushib, shaytonlarning yo‘liga egilgan inson qanday qilib ikkinchi bor yuqori Illiyyinga ko‘tarilib, muqarrab farishtalar olamiga yuksaladi?!
Qalbni tanish va uning sifatlari haqiqati dinning negizi hamda solihlar yo‘lining poydevoridir.
📚
@kitob_nuri
Siz sog’inib kutgan “UmmulMaryam”19kunlik intensiv “tajvid va Quron”darsiga qabul ochdi To’lovi 490.000 Muddati 19kun Haftada 6kun
⚡️
KOTTA CHEGIRMA BILAN YA’NI
⚡️
72soat qabul ochiq 1-24soat ichida 490ming emas 137ming 2-24soat ichida 490ming…
Siz sog’inib kutgan “UmmulMaryam”19kunlik intensiv
“tajvid va Quron”
darsiga qabul ochdi
To’lovi 490.000
Muddati 19kun
Haftada 6kun
⚡️
KOTTA CHEGIRMA BILAN YA’NI
⚡️
72soat qabul ochiq
1-24soat ichida 490ming emas 137ming
2-24soat ichida 490ming emas 177ming
3-24soat ichida 490ming emas 287ming
Keyinchalik qo’shilmoqchilar 490ming
Ushbu kurs sizga nimalarni o’rgatadi?
-tajvid nima?uning manosi? Harflar talaffuzi,uning shakli,adadi,tafhim tarqiq,mad harflari,oyatlardan parchalar.
Darajangiz qanaqa bo’lishi kerak?
-0daraja,umuman Hech nima bilmaydigan,bilsa ham Oyatlarni o’qiy olmaydiganlar uchun.
Necha yoshdan mumkin?
-14yoshdan 72yoshgacha
Darslar qay tarzda bo’ladi?
-online,telegrammda yoki zoomda jonli tarzda bo’ladi
Tolibalar natijasi:
https://t.me/+cKEkeIRs-TgxMzUx
Qabulxona
https://t.me/+pyt10Sm3ZDY4ZDBi
Murojaat uchun
@menejer_qoriahayot
ga
tajvid
so’zi yozib qoldirasiz. Karta beriladi tolov qilib chek yuborasiz guruhga qo’shilish silkasi beriladi.
To’lov 100% oldindan Aniq maqsad bilan yozing,Vaqtimizga zulm qilmang.
#Tafakkur
Uch ming yil muqaddam Fir’avning donishmandi aytgan ekan: "Qayerga borsang ham ayollarga yaqinlashishdan ehtiyot bo‘l. Shunday sabab ila minglarcha erkaklar yo‘llarini yo‘qotganlar. U tush kabi bir necha lahza bo‘ladi, ammo ortidan uzoq pushaymonlik keltiradi".
Mustafo Mahmud, "Maymunlar zamoni" kitobidan
📚
@kitob_nuri
"Hamma mazlum rolini zo‘r o‘ynaydi... hatto zolim ham".
©️
📚
@kitob_nuri
#Tarbiya
«Onalar farzandlarni adolatparvar, haqparvar qilib tarbiyalashi kerak. Farzandlar go‘zal axloqli, oliyjanob, oliyhimmat bo‘lsin. Faqat qoshiga, labiga, ko‘ziga qaraydigan shaklparast odam bo‘lmasin. Insonning axloqiga, odamiyligiga qarab baho berishga o‘tishimiz kerak. Jasadparast bo‘lmasligimiz kerak».
©️
Husayn Buxoriy
📚
@kitob_nuri
Zamon Allohning lashkarlaridan biridir
Mendan «Nega zamon bunaqa o‘zi, tinchlik va omonlik bormi?», deb so‘raysan.
Men senga aytaman:
Zamon Allohning lashkarlaridan biridir. Uni insonlar orasida aylantiradi. U bandalariga O‘zidan boshqa hech narsa o‘z holida qolmasligini ko‘rsatib turadi.
Fir’avn kishilarga zulm qilib shunday der edi:
«Misr diyori va mana bu oyog‘im ostidan oqayotgan daryo meniki emasmi?!».
Alloh taolo zamonni bir aylantirdi, o‘sha daryo uning ustidan oqdi. Qani endi senda bir paytlar uning saroyida emizishlarini istab yig‘lagan chaqaloq bo‘lmish Muso alayhis salomning ko‘z o‘ngida Jabroil alayhissalom Fir’avnning og‘ziga loy tiqayotganini ko‘rish imkoni bo‘lganida edi!
«Namrud «men tiriltiraman, men o‘ldiraman!», der edi. Zamonni Alloh bir aylantirdi va unga bir kichkina pashshani yubordi. Pashsha uning qulog‘iga kirib hayotini ostin-ustun qilib tashladi. Uning boshiga bir xodimi kovushi bilan urib tursa og‘rig‘i pasayar edi. Bu xodim kechagina unga sajda qilayotgan edi!
Quraysh Nabiy sallollohu alayhi va sallamni qatl qilish uchun har qabiladan bittadan yigitni tanladi. Maqsadi Nabiy sallollohu alayhi va sallamning qonlarini barcha qabilaga tarqatish edi. Shu sabab Rasululloh sallollohu alayhi va sallam kecha qorong‘usida Makkadan Madina tomon chiqib ketdilar.
So‘ngra Alloh zamonni aylantirdi. O‘z payg‘ambarini g‘olib holda Makkaga qaytardi!
Agar sen Bilol ibn Rabohni xo‘jayini Umayya qaynoq qumga yotqizib ustiga og‘ir toshni qo‘yib azob berganini ko‘rganingda bu azoblarning oxiri bormikin, der eding.
So‘ngra Alloh zamonni aylantirdi. Ikki guruh uchrashdi. Bilol roziyallohu anhu Umayyaning ko‘ksiga qilich sanchdi. Allohning hikmati zamonni aylantirishda ekan!
Do‘stim! Kunlar aylanaveradi. Gohida sog‘lik, goho bemorlik. Gohida faqirlik, goho boylik. Gohida shodlik, goho mahzunlik...
Toinki, kuchli mag‘rur bo‘lmasin, zaif umidsiz bo‘lmasin. Boy zulm qilmasin, faqir noumid bo‘lmasin.
Alloh bandalarini qadar kamoni bilan otadi. Sen otuvchi tomonida bo‘l, salomat bo‘lasan!
©️
Abdulqodir Polvonov
📚
@kitob_nuri
#Tafakkur
Qisqa umrimdan qisqa xulosa:
Nafs va oila tarbiyasida atrof-muhitning ta’siri katta. Lekin odam o‘zi uchun o‘zi astoydil harakat qilmasa, Makkada ham o‘nglanmaydi.
©️
Ikrom Sharif
📚
@kitob_nuri