
Kitoblar ombori
Bugun yakshanba, sizlardan ikki kunlik chiqmagan hikoya qarzim bor. O'zi buni o'qiyotganlar bormi? Bor bo'lsa postni
❤️
bilan qizartiringlarchi. Qiziqish katta bo'lsa alohida vaqt ajrataman
Bugun yakshanba, sizlardan ikki kunlik chiqmagan hikoya qarzim bor. O'zi buni o'qiyotganlar bormi?
Bor bo'lsa postni
❤️
bilan qizartiringlarchi. Qiziqish katta bo'lsa alohida vaqt ajrataman
Kam ye, tanangni chiniqtir, yugurib tur, chigil yoz va ibodat qil.
Yasa, sot, yoz, yarat, sarmoya kirit va egalik qil.
O'qi, tafakkur qil, sev, haqiqatni izla va jamiyatga e'tibor berma.
Bularni odatga aylantir. Qolgan barchasini rad et.
Qarz, qamoq, qaramlik, sharmandalik, qisqa yo'llar va mediadan uzoq yur.
Xotirjam bo'l. G'alaba kafolatlangan.
«Bugungi yoshlarning koʻpi ish topa olmasligini pesh qilib nolishadi. Bu — xato! Atrofga qarang — biz imkoniyatlar asrida yashayapmiz! Sizning eng kuchli jihatingiz bor — siz yoshsiz!» — Jek Ma
«Mening badavlat otam boʻlmagan. Uch yil urinib universitetga kira olmaganman. Harvardga kirish uchun oʻn yil urindim, ular meni xohlashmadi. Oxir-oqibat oʻqituvchilar tayyorlaydigan kollej talabasi boʻldim. Oʻsha kezlarda ish topish muammo edi. 1994-yillarda oʻqituvchilar oʻn dollar evaziga bir oy ishlashga rozi edilar. Oʻttizta idoraning eshigini qoqib bordim. Birortasi meni ishga qabul qilmadi. Maktabda ingliz tilidan saboq berar ekanman, hayotimni oʻzgartirishga boʻlgan orzular menga tinchlik bermas edi. Shunda internet degan yangilik haqida eshitib qoldim. Koʻpchilik uning nimaligini bilmas edi. Men esa kun-tun oʻrgandim, unga oid manbalarni oʻqidim, istiqbolini oʻrgandim.
Shunda menda internet orqali buyurtma olib, Xitoyda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yetkazib berishda vositachilik qiladigan kompaniya ochish fikri tugʻildi. Atrofimdagilar mening ustimdan kulishar, gʻalati va boʻlmagʻur fikrlar xayolimga qayerdan kelishini aytib, kalaka qilishar edi.
Ish boshlashim uchun bankdan uch ming dollar olishga uch oy vaqtim ketdi. “Alibaba” kompaniyasi toʻgʻrisidagi maqsadlarim xomxayol ekanini aytib, koʻplab sarmoyadorlar meni rad etishdi. Men oldinda meni ulkan muvaffaqiyat kutib turganini sezar edim. Qattiq mehnat qildim. Oxir-oqibat ming mashaqqat bilan oʻn sakkizta sarmoyadordan ellik ming AQSH dollari toʻplashga erishdim.
“Alibaba” uch yil mobaynida hattoki bir dollar ham foyda keltirmagan. Ammo meni nima ruhlantirgani qiziq boʻlsa kerak? Bu — bizga maktub yoʻllayotgan mijozlar edi. Ular hozircha bizga katta miqdorda toʻlov toʻlay olmasliklari, ammo bu ishimiz ulkan gʻoya ekani, kelajagimiz oldindaligini yozishar edi. Ular koʻpincha “Hozir bizga yordam bersangiz, biz kun kelib rivojlanamiz, oʻshanda biz sizga yordam beramiz, siz ham kuchli kompaniyaga aylanasiz”, deb yozishar edi. Kichik foydamiz, sekin-asta kattalasha boshladi.
Chindan ham, oʻn olti yil oʻtib, bizda hamma narsa bor edi: savdo platformalaridan tortib, elektron toʻlov tizimlari va dunyo boʻylab millionlab mijozlar va yetakchi mahsulot ishlab chiqaruvchilar.
Muvaffaqiyatli insonlardagi bosh umumiylik nima? Ijobiylik! Ular kelajak sari doimo ijobiy kayfiyatda borishadi. Ijobiylik odamga imkoniyatni yorqinroq koʻrishga yordam beradi. Bugungi yoshlarning koʻpi ish topa olmasligini pesh qilib nolishadi. Bu — xato! Atrofga qarang — biz imkoniyatlar asrida yashayapmiz! Sizning eng kuchli jihatingiz bor — siz yoshsiz! Bu imkoniyatlar orasida nimanidir boshqacha qila olishingizga ishonsangiz, bu toʻgʻrisida oʻqib-oʻrganishdan erinmang.
Haqiqiy tadbirkorlik — mehnat degani. Muvaffaqiyat qozonishni istasangiz, boshqalar uxlab yotganda siz oʻrganing, tong saharda shahar uyqudaligida siz imkoniyatlaringizni kengaytirish uchun ertaroq uygʻoning. Hayotda yiqilishdan qoʻrqmaslik kerak. Ayniqsa, yoshlikda! Yiqilasiz, yana oyoqqa turasiz. Har qanday xato — beqiyos foyda!
Har bir inson uchun erta — bu zabt etilmagan kelajak. Olgʻa borish kerak, harakat qilish kerak. Atrofdagilar sizga ishonsa-ishonmasalar, siz oʻz orzularingiz roʻyobiga ishoning, jamoani bunga ishontiring!
Yashashni ham unutmang. Biz hayotga ishlash uchun emas, baxtiyor boʻlish uchun kelganmiz. Puldan qaygʻurmang! Agar siz orzularingiz ortidan quvsangiz, pul sizning ortingizdan quvadi!»
Jek Ma,
Alibaba
kompaniyasi
asoschisi
@kitob_ombori
Kulish uchun sabab topib ber,
Yigʻlash uchun bahonam bisyor...
Umida Abduhakimova
@xayol_chechaklari
Yaxshi maqola o'qidim va uni sizlarga ham ulashishni lozim deb topdim:
https://kitobombori.substack.com/p/38-yoshli-insondan-20-30-yoshlilarga?r=5rym9p&utm_campaign=post&utm_medium=web&showWelcomeOnShare=true
Saudiyaga borganda boriş albatta şart bölgan joy nomlarini yozib ketinglar. Men bilganlarim:
Makkada:
Aqaba masjidi: Mino vodiysi yaqinida joylaşgan bu joy Islom tarixidagi eng buriliş nuqtalaridan biridir. Birinçi va ikkinçi Aqaba bay’atlari (yasribliklarning Islomni qabul qilib, Payğambarimizni himoya qilişga qasamyod qilişi) aynan şu yerda bölib ötgan. Bu joy Madinaga hijrat uçun siyosiy va ijtimoiy poydevor vazifasini ötagan.
Jannatul Mu’allo: Makkaning qadimiy qabristoni. Bu yerda Payğambarimiz (s.a.v.)ning suyukli rafiqalari Xadiça binti Xuvaylid (r.a.), bobolari Abdulmuttalib, amakilari Abu Tolib va ilk musulmonlardan köpçiligi dafn etilgan.
Hiro ğori: Islom tarixining boşlaniş nuqtasi. Ilk vahiy ("Iqro" surasining oyatlari) tuşgan joy. Toğga kötariliş jarayonida Rasululloh (s.a.v.)ning Makkadagi butparastlik jamiyatidan qanday qilib yiroqlaşib, tafakkurga berilganliklarini anglaş osonlaşadi.
Arafot toği: Odam (a.s.) va Momo Havo yer yuzida ilk bor topişgan va tavbalari qabul bölgan toğ. Eng muhimi, bu yerda Payğambarimiz (s.a.v.) 100 mingdan ortiq sahobalar oldida özlarining maşhur Vidolaşuv xutbasini qilib, Islom ahkomlarini yakunlaganlar.
Masjid al-Khayf: Mino vodiysining janubiy qismida joylaşgan. Rivoyatlarga köra, Payğambarimiz (s.a.v.) va ulardan oldin ötgan 70 ta payğambar namoz öqigan muqaddas makon. Vidolaşuv hajida Rasululloh (s.a.v.) aynan şu masjid örnida çodir tikkanlar.
Madinada:
Masjid al-Qiblatayn: Musulmonlar tarixidagi ulkan özgariş guvohi bölgan maskan. Namoz öqilayotgan vaqtda qiblani Quddusdagi Masjidul Aqsodan Makkadagi Masjidul Haramga özgartiriş haqidagi oyat aynan şu masjidda nozil bölgan.
Uhud toği va Kamonçilar tepaligi: Tarixdagi eng oğir janglardan biri bölgan Uhud jangi maydoni. Kamonçilar tepaligiga çiqib, butun jang xaritasini, Xolid ibn Validning qanday aylanib ötib zarba berganini kitoblarda öqiganingizdek tasavvur qilişingiz mumkin. Bu yerda Islomning buyuk pahlavoni Hamza (r.a.) va boşqa 70 nafar sahoba dafn etilgan qabriston bor.
Xandaq jangi maydoni: Silsila toğlari etagidagi bu hududda Ahzob jangi bölib ötgan. Garçi hozir xandaq kömilgan bölsa-da, öşa paytda qömondonlik nuqtalari bölgan joylarda qurilgan masjidlar (Fath masjidi, Salmon Forsiy masjidi) saqlanib qolgan. Fath masjidi Payğambarimiz (s.a.v.)ning duolari ijobat bölib, ittifoqçilar qöşini mağlub etilgan joy hisoblanadi.
Jannatul Baqiy qabristoni: Masjidun Nabaviyning yonida joylaşgan qabriston. Bu yerda 10 mingdan ortiq sahobalar, jumladan onalarimiz (Oişa (r.a.) va boşqalar), Payğambarimizning qizlari Fotimay-u Zuhrodan tortib, uçinçi xalifa Usmon (r.a.) va imomlar dafn etilgan.