Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Kitoblar ombori

kitob_ombori
Boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: https://taplink.cc/kitobombori Hamkorlik va reklama uchun: @rubicon1 Qahwaga erimoqchi bo'lsangiz: https://taps.so/kitobombori/d
Подписчики
14 311
24 часа
—
30 дней
-64
Просмотры
2 613
ER
18,26%
Посты (30д)
138
Символов в посте
1 226
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Книги
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 28, 19:05

“Rasululloh (s.a.v.) adashmas edilar, chunki u zotga Alloh yo‘l ko‘rsatardi. Hozirgi paytda vaxiy to‘xtagan, biz chiqargan hukmni hech kim “bu Allohning hukmi” demasin. Biz Alloh nomidan gapirishga da’vo qilmaymiz. Alloh hech kimni ilm bilan ne’matlantirib xoslab qo‘ygani yo‘q.
Agar shunday bo‘lganida, shunday odam bo‘lganida, o‘sha odamga qarshi chiqsangiz, Allohga qarshi chiqqandek bo‘lib qolardingiz. Natijada, uning fikriga qo‘shilmagan kofirlikda ayblangan bo‘lardi. Qon to‘kilishiga ham sababchi bo‘lar, bu esa ummatning falokatiga sabab bo‘lardi.
Bir masalada odamlarning fikri turlicha bo‘lishi mumkin, bugun bir muammoga bir yechim topilsa, ertasiga boshqa yo‘l yaxshiroq ko‘rinadi. Shu sababdan maslahatlashib chiqarilgan qaror eng to‘g‘risi bo‘ladi.
Bir masalada o‘z aqlimga tayanib xukm chiqardim va bir odamning “bu Allohning va Umarning hukmi “deganini eshitdim. Bu gapi uchun uni jazolamoqchi bo‘ldim. Chunki u yomon gap aytgandi. O‘sha hukm bor yo‘g‘i Umarning fikridir, agar to‘g‘ri bo‘lsa, Allohdandir, yanglish bo‘lsa, bunga faqat Umar aybdor”
“Umar ibn Hattob” serialidan
@kitob_ombori

October 28, 06:19

Kitob sotib olish bu hobbiy.
A uni o'qish esa boshqa bir hobbiy.
Ikkalasi alohida-alohida narsalar demoqchiman xD

October 27, 18:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bir qayta o‘qishlik narsada
😁
​
#
🔞
Ko‘nglingiz nozik bo‘lsa va ta'sirchan bo‘lsangiz iltimos o‘qimang!
1. Qizimni uxlashi uchun karovatiga yotqizdim, shunda u: «Dada, karovatning tagini tekshiring», dedi. Uni ovutish uchun karovat tagiga qaradim. Ne koʼz bilan koʼrayki, karovat tagida qizcham daxshatga tushgan koʼzlari bilan menga jovdirab turar va titroq ovozda gapirardi: «Dada, mening karovatim ustida kimdir oʼtiribdi»...
• • •
2. Derazaning taqqillashidan uygʼonib ketdim. Dastlab, kimdir derazamni taqqillatdi, deb oʼyladim. Soʼng yana taqqillagan ovoz eshitdim... Bu taqqillash endi koʼzgudan eshitilardi...
• • •
3. Yotoqxonam derazasi ortida, qorongʼulikdan menga tabassum qilib turgan yuz koʼrindi. Men 14chi qavatda yashayman...
• • •
4. Onam meni oshxonadan chaqirganligini eshitdim va oshxona tomonga yurdim. Yoʼlakdagi boshqa xonadan onamning shivirlagan ovozi eshitildi: «Men ham eshitdim u ovozni, u yoqqa borma»...
• • •
5. Tongda uygʼonib telefonimga qaradim. Uxlayotganim suratga tushirilgan. Men uyda yolgʼiz yashayman...
• • •
6. Koʼzguga qarab soqolimni olayotgan edim, oynadagi aksim menga koʼzini qisdi...
• • •
7. U nega ikkita soya turganini hecham tushunolmasdi. Chunki, xonada bor yoʼgʼi bitta lampochka bor edi...
• • •
8. Ishdan yarim kechada charchagan axvolda uyga qaytdim. Chiroqni yoqish uchun "vklyuchatel"ni paypaslab qidirdim. "Vklyuchatel" oʼrnida kimningdir qoʼllari turar edi...
• • •
9. Yarim tun. Qattiq uyquga ketganman. Nogoh, kimdir mening ismimni aytib shivirladi. Men uyda yolgʼiz yashardim...
• • •
10. Uyga kelganimda oshxonadan onam chaqirdi: «Ovqatga kel».., va shu paytning oʼzida telefonimga onamdan SMS keldi: «Uyga kech qaytaman, ovqat muzlatgichda turibdi...
@kitob_ombori

October 27, 16:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Hamma bookbloger maqtayotgan, alqayotgan, oʻqiyotgan Dostoyevskiyning “Oʻsmir”ning bosh gʻoyasi nimada oʻzi? Kitob haqida ikki ogʻiz ma’lumot:
“O‘smir” — yozuvchi Fyodor Dostoyevskiyning mashhur beshta shoh asaridan to‘rtinchisi bo‘lib, uning eng yirik asari hisoblangan «Aka-uka Karamazovlar» romaniga olib boruvchi so‘nggi zinadir.
Romanning bosh qahramoni — Arkadiy Dolgorukiy ismli yosh yigit.
Uch qismdan iborat bo‘lgan bu asarning boshida u dunyodagi eng boy odam bo‘lishni orzu qiladi (tarixdagi ilk millarder Rotshild kabi).
Ikkinchi qismda u dabdabali hayot va qimor o‘yinlari girdobiga tushib, aristokratlar hayotida yashab ko'radi.
Uchinchi qismga kelib esa, Arkadiy asta-sekin o‘z xatolarini anglab yetadi, tavba qiladi va barcha qilmishlarini ochiq tan olishni boshlaydi (ha, ha. Roskolnikov, Mishkin kabi u ham evriladi).
Endilikda uning ongidagi faqatgina boylikka intilish o‘rnini iymon, e'tiqod hamda insoniylik hissi egallaydi. Yigit aynan mana shu tariqa ruhan ulg‘ayadi.
Romanning oʻquvchiga beradigan message faqatgina bir insonning emas, balki butun insoniyatning eng katta fojiasini ko‘rsatib berishdir. Bu fojia — odamlarning bir-biridan va Yaratgandan uzoqlashgani, o‘rtadagi mehr-oqibat va ma'naviy rishtalarning uzilib qolganidir.
Yozuvchining xulosasiga ko'ra, faqatgina ana shu yo‘qolgan ishonch va mehrni tiklash orqali butun insoniyat ruhan ulg‘ayishi va aqli kirmagan “jamoaviy o‘smir” holatidan qutulishi mumkin.
Xoʻsh, bir soʻz bilan aytganda bu kitob oʻqishga arziydimi? Ha, arziydi ammo romanning asl magʻzini chaqishga faqat sabrli, mulohazali va e’tiqotli oʻquvchigagina nasib qiladi.
Yana bilmadim.
Sizga roman qiziq tuyilyaptimi oʻzi?

October 27, 04:45

Heç kim "juda band" bölmaydi, gap şunçaki prioritetda

October 27, 03:30

Quriliş qilib, bozorga bordim. Taxta bozor. Ustalar "5*3 reka kerak", dedi. Bozordan reka qaradim. Narxi 5500 söm ekan. Bir sotuvçi aytdi "aka, sizga 5*3 kerakmi? Bular 5*3 degani bilan şunça çiqmaydi. Mana...", deb ölçab berdi. Haqiqatda 4*2 ekan. 5*3 oliş uçun 6*4 deganidan oliş kerak ekan. Rozi bölib, 6*4 oldim. Ustalar böyini 6 metrlik bölsin degan edi. 6 metrlik söradim. "Mana", deb darrov yuklaşni boşladi. Birdan kallaga fikr kelib qoldi. "uka, metrni oling", dedimda ölçadim. 6 metr deb sotilgan reka 5*70 ekan. Ham enidan, ham böyidan....
Yurtda baraka yöq. Savdo yöq. Qimmatçilik....
Ustalar bilan ğişt urişga şartnoma qildim. Ğiştni urganidan emas, maşinada kelganidan sanar ekan. Zilda kelgan ğiştni erinmay donalab sanadim. 2500 ta deyilgan ğiştdan insofligi 200 ta, standarti 350 ta kam kelar ekan. Usta şuni bilgani uçun urganidan emas, kelganidan Hisob olar ekan. Ham maşinada kelganidan, ham ustadan olib yeysiz.
Yurtda baraka yöq. Savdo yöq. Qimmatçilik...
Ustalar hammasi "dom stroy"ga (quriliş materiallari sotadigan katta dökon) yetaklaydi. Ustalar u yerdan karta oçib olgan. Plastikka öxşagan. Uyni egasi borib savdo qiladi. Ustaga ön foiz kartasiga pul kelib tuşadi.
Yurtda baraka yöq. Qimmatçilik....
Bir aka antifriz çiqardilar. Antifriz qoğozda yozilgani kabi -20 gradus va -40 graduslik çiqdi. Bozordagi hamma mahalliy antifrizdan qimmat. Sababini tuşunmay, hamma antifrizlarni olib kelib, -5 gradus xolodilnikka qöyilgan. Uç soatda hamma antifriz taxta bölib qolgan. Işlab çiqaruvçilarga holat videoga olib yuborilgan. Hoji akalar parvoyiga ham olmagan.
Yurtda baraka yöq. Qimmatçilik.... ekanini aytişadi.
Örtoğim benzin zapravkada işlaydi. Eng insoflik zapravka öniga bir litr, qolganlari ikki litr urar ekan. "Meni bilganim urmaydigani yöq", deydi. Hamma bilar ekan şundayligini.
Yurtda baraka yöq, hammayoq qimmatçilik emiş.
Boşqa bir tanişimni işi porasiz, otkatsiz bitmas emiş. Pora bermasa, davlat taşkilotlari olmas emiş.
Aytişiça, Yurtda baraka yöq. Avvalgiday savdo yöq emiş.
Uyfuruşlarga uyingizni sotmoqçi ekanligingizni aytasiz. Böldi, naqdga özimiz olamiz, deb baholaydi. Tabiiyki siz qimmatroq narx xohlaysiz. Uyoğiga tuzoğiga tuşganingiz şu. Kanalida e’lon beradi uyingiz sotilişi haqida. Siz klient kutasiz. Uyingizni olmoqçi bölgan xaridor uyfuruşga telefon qiladi. Uyfuruş u uy sotilganini, istasa boşqa uy borligini aytadi. Sizga esa hamtovoğini jönatadi. Hamtovoq uyingizni körib, dastlabki uyfuriş aytgan narxdan ança past baho aytadi. Şu tariqa uçinçisi, törtinçisi kelib arzon narx aytaveradi. Toqatingiz toq bölib, birinçi aytgan narxingizga özingiz olib qöya qoling, deysiz. Hop, deydi deb öylaysizmi? Sodda bölmang. Endi uyingizni birov olmayotganini. Boşida berganda mayli deb olişini, hozir esa yana beş yuz yoki ming arzonga olib qolişini aytadi. Pul zarurligidan rozi bölib yuborasiz. Bu priyomni hammaga ham qilmaydi. Pul zarur, "pojar" degan odamlar "jirniy" klient.
Ha, aytgança, juma kuni makler akalarimiz işlaşmaydi. Dam oliş kuni.
Bozorda kabelçilar bor. Davlat muassasalariga, quriliş obyektlariga sim sotişadi. Ulgurji. Zavoddan kabelni olib, çözişadi. Xato eşitmadingiz. Eşiladi. 2*2.5 kabel, 2*2 yoki undan ham kamroqqa, metri köproqqa aylanadi. Zavodni upakovkasini qaytadan qilib, sizga berişadi. Butun boşli katta zavodlar qurib, kabel sotib yotişibdi. Sexda qilingan, birortasi aytilgan talabga javob bermaydigan kabellar. Lekin tonnalab, navbatga qöyib sotişadi. Otkat bor ekan, kabel sotilaveradi.
Lekin Avvalgiday savdo yöq. Baraka yöq ekan.
Bu kabi işlarni sanoği yöq. Oddiy soda bor. Sovet davridan beri 500 gmlik qadoqda bölar edi. Grami kamayib, kamayib, 250 gmga tuşgan. Bilmagan "haqiqiysi falonçida qimmat ekan, mana bu arzon sotadi", deb olaveradi. Içi töla böladigan gugurt yarim bölib qolgan. Santimetrlab, milligramlab urilaveradi. Kamayaveradi.
Sementga qum qöşayotganlar, sutga suv qöşayotganlar heç kimga sir bölmay qolgan.
Maşina bozorga çiqsangiz hamma maşinani doktor yoki öqituvçi mingan. Işga borib kelgan böladi. Uç marta dumalagan maşinada ozgina petno böladi. Bozorda dumalagan, qattiq zarba yegan maşina yöq. Siz yöllarda körgan dumalab ketgan, paçoqlanib, majoqlanib ketgan maşinalar bozorga kirmaydi. Metallolomga ketadi.
Olx, avto e’lon kabi narsalar savdoni öldirganmiş. Baraka yöq emiş.
Qöqonda maşhur zapçast bozor bor. Bozorga çiqib, ulgurji sotadiganlardan narx sörasangiz, begonaga narx aytmay qöyibdi. Nimaga, deb tanişdan qiziqdim. Menga konkurentlarim odam yuborib, narx sörayapti. Narxni aytsam, Xitoyga borib, xuddi şu narsani sifati past, lekin narxi arzon qilib çiqarib kelib, tagimdan qöyyapti, deyapti.
Zapçastda ham avvalgiday baraka yöq emiş. Savdo ölgan emiş.
Men burnimni tiqmagan, yuqorida keltirmagan işlarni, sohalarni siz yaxşi bilasiz.
@kitob_ombori

October 26, 11:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Chorsu atrofida oldinda ketayotgan yigitning orqa choʻntagida mana shu kitobni qistirib ketayotganini koʻrsangiz bilinki u menman.
Faqat menga sovgʻa qiling demasangiz boʻldi. Hali oxiriga yetkazmadim. Selfi va qahvaga yoʻq demayman lekin
😅

October 26, 11:20

Pul saqlash uchun eng ishonchli variantlar:
1. Ayangiz;
2. Xotiningiz
Boshqa "invest"lar bekor bularning oldida

October 26, 10:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 26, 10:43
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram