Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Kogon tuman hokimligi |Rasmiy kanal

kogontumanhokimligi
🇺🇿 Kogon tumani hokimligining rasmiy telegram kanali. Murojaatlar uchun/Для обращений: https://t.me/+9EqgYbBmC2lmN2Qy ✅ Axborot xizmati rahbari: @AzizQahhorov
Subscribers
3 801
24 hours
-2
30 days
-27
Post views
508
ER
13,36%
Posts (30d)
350
Characters in post
1 133
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 27, 06:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yer uchastkalarini
E-auksion.uz
savdolaridan sotib oling!!!
📍
Buxoro tumanda
➖
424 ta
📍
Kogon shaharda
➖
41 ta
📍
Kogon tumanda
➖
409 tа
📍
Vobkent tumanda
➖
126 tа
📍
G'ijduvon tumanda
➖
192 tа
📍
Jondor tumanda
➖
1048 tа
📍
Olot tumanda
➖
574 tа
📍
Qoroko'l tumanda
➖
746 tа
📍
Peshko' tumanda
➖
210 tа
📍
Romitan tumanda
➖
611 tа
📍
Shofirkon tuman
➖
328 tа
📍
Qorovulbozor tumanda
➖
785 tа
Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma
(
ko'rish
)
+998992072604
+998992073604
+998773757420
|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali
Telegram
|
facebook
|
Youtube

October 27, 03:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

#kun_hikmati
Halol mehnat va rozilik bilan topilgan rizqda biz bilmagan va ko'ra olmaydigan buyuk hikmat bor.
|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali
Telegram
|
facebook
|
Youtube

October 26, 13:05
Media unavailable
9
Show in Telegram

Kogon tumani sportchilari "Prezident Olimpiadasi" sari yo‘l oldi
Kogon tumani sportchilari nufuzli “Prezident olimpiadasi” sport musobaqalarida ishtirok etish uchun tantanali ravishda kuzatildi.
Yoshlar markazida tuman sharafini himoya qiladigan sportchilar delegatsiyasini kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi ishtirok etib, sportchilar bilan samimiy muloqot qildi. Tuman hokimi o‘z nutqida mamlakatimizda sportni rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda sportchilar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, sportchilarga musobaqalarda yuqori natijalarga erishish, o‘z mahorat va salohiyatlarini to‘liq namoyon etish hamda viloyat sharafini munosib himoya qilishlarida omad va zafarlar tilandi.
|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali
Telegram
|
facebook
|
Youtube

October 26, 12:46
Media unavailable
4
Show in Telegram

KOGON TUMAN HOKIMLIGI RAHBARIYATINING NAVBATDAGI SHAXSIY QABULI O‘TKAZILDI
Avval xabar berilganidek  tasdiqlangan reja-grafik asosida Kogon tuman hokimligi rahbariyati tomonidan Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi. Unda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinib, tegishli tartibda ko‘rib chiqildi.
Jumladan, tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M. Shamsiyev ishtirokida fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Telegram
|
facebook
|
Youtube

October 26, 11:18
Media unavailable
4
Show in Telegram

🔴
Is gazi — ko‘rinmas xavf: o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling!
Is gazi (uglerod oksidi – CO) — rangsiz, hidsiz va ta’msiz zaharli gaz. Uni inson sezgi organlari orqali aniqlay olmaydi. Shu bois gazdan zaharlanish xavfi ko‘pincha kech payqaladi. Is gazi yoqilg‘ining to‘liq yonmasligi natijasida hosil bo‘ladi. Nosoz gaz jihozlari, isitish pechlari, dudburon va mo‘rilarning noto‘g‘ri ishlashi, shuningdek, avtomobil dvigateli yoki ko‘chma generatorni yopiq joyda ishlatish zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin.
❗️
Zaharlanishning dastlabki alomatlariga befarq bo‘lmang!
Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, nafas qisishi va ko‘krak sohasidagi og‘riq is gazidan zaharlanish belgisi bo‘lishi mumkin. Og‘ir holatlarda hushdan ketish, ongning chalkashishi va tirishish kuzatiladi. Bunday alomatlar paydo bo‘lsa, ularni oddiy charchoq yoki shamollash bilan adashtirmang.
📌
Zaharlanishning oldini olish uchun:
🔷
Isitish mavsumi boshlanishidan avval gaz jihozlari, isitish uskunalari, suv isitkichlar, mo‘ri va dudburonlarni mutaxassislarga tekshirtiring.
🔷
Xonadagi havo almashinuvi va shamollatish tizimining sozligini ta’minlang. Mo‘ri va ventilyatsiya yo‘llarini berkitib qo‘ymang.
🔷
Ko‘chma generator, barbekyu va ko‘mir yoqiladigan moslamalardan uy, garaj yoki boshqa yopiq joylarda foydalanmang. Avtomobil dvigatelini yopiq garajda ishlab turgan holda qoldirmang.
🔷
Gaz plitasi yoki duxovkadan xonani isitish maqsadida foydalanmang.
🔷
Imkon qadar uyga, ayniqsa, yotoqxonalar yaqiniga is gazini aniqlovchi maxsus signalizatorlar o‘rnating va ularning sozligini muntazam tekshirib turing.
❓
Is gazidan zaharlanish gumon qilinsa, nima qilish kerak?
✔️
Darhol barcha odamlarni, jumladan, bolalar va keksalarni xavfli hududdan tashqariga — toza havoga olib chiqing.
✔️
Zudlik bilan 103 yoki 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tez tibbiy yordam chaqiring.
✔️
Jabrlangan shaxsni shifokor ko‘rigidan o‘tkazing. Alomatlar yengillashgan taqdirda ham tibbiy yordamni kechiktirmang.
✔️
Mutaxassislar bino xavfsizligini tasdiqlamaguncha ichkariga qaytmang.
❗️
Unutmang: is gazining hidi yo‘q, ammo xavfi juda katta. Ehtiyot choralariga rioya qilish — o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrashning muhim sharti!
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 11:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔴
Elektr energiyasidan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling!
Sovuq kunlarda xonadonlarni isitish va qulaylikni ta’minlash maqsadida elektr energiyasiga boʻlgan talab keskin ortadi. Bu esa elektr tarmoqlariga tushadigan yuklama oshishiga olib keladi. Shu bois, har bir iste’molchi elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishi, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishi muhimdir. Zero, elektr energiyasini tejash — barqaror elektr ta’minoti va xavfsizlikka qoʻshilgan hissadir!
❗️
Iste’molchilarga
tavsiyalar
:
💡
Elektr jihozlaridan foydalanishda ishlab chiqaruvchining yoʻriqnomalariga amal qiling.
💡
Bir vaqtning oʻzida koʻplab elektr jihozlarini bitta rozetkaga ulamang.
💡
Shikastlangan elektr simlari, nosoz rozetkalar va uzaytirgichlardan foydalanmang.
💡
Elektr jihozlarini nam qoʻl bilan ushlamang va ularni suvdan uzoqda saqlang.
💡
Elektr jihozlarini, ayniqsa, isitish moslamalarini yoqilgan holda nazoratsiz qoldirmang.
💡
Elektr tarmoqlari, hisoblagichlar va elektr jihozlarini oʻzboshimchalik bilan ta’mirlamang.
💡
Bolalarni ochiq elektr simlari va rozetkalardan ehtiyot qiling.
💡
Uzilgan elektr simlariga yaqinlashmang va ularga tegmang. Bunday holat haqida tegishli elektr ta’minoti tashkilotiga xabar bering.
⚡️
Energiyani tejang! Foydalanilmayotgan chiroq va elektr jihozlarini oʻchirib, elektr energiyasidan oqilona foydalaning.
⛔
Unutmang: elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilish — hayotingiz va yaqinlaringiz xavfsizligining muhim garovidir!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha iste’molchilarni elektr energiyasidan xavfsiz va oqilona foydalanishga chaqiradi.
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 11:00
Media unavailable
2
Show in Telegram

Buxoro viloyatidan
E-auksion.uz
savdolarida bo'lgan mol-mulklar bilan tanishing!
➖
Davlat aktivlari
➖
75 tа
➖
Davlat mulki
ijarasi
➖
146 ta
➖
Ko'chmas mulk
➖
305 ta
➖
Tijorat bank mulklari
➖
199 ta
➖
Dehqon xo‘jaligi
yuritish uchun
➖
422 ta
➖
Qishloq xo‘jaligiga
yuritish uchun
➖
24 ta
➖
Yer uchastkalari
➖
5498 ta
➖
Avtotransport
➖
359 ta
➖
Ko'chma savdo
joylari
➖
1857 ta
➖
"Oʻzagrokimyohimoya"
AJ mulklari
➖
3 ta
➖
Bankrot korxona
mulklari
➖
336 ta
➖
Buyurtmachilar
mulklari
➖
8 ta
➖
Boshqa mulklar
➖
503 ta
➖
Chorvachilik
➖
2 ta
+998992072604
+998992073604
+998773757420
|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali
Telegram
|
facebook
|
Youtube

October 26, 09:27
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🔵
Kogon tumanida zamonaviy jamoat maskani barpo etilmoqda
✅
Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi va mazmunli hordiq chiqarishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasida Kogon tumanida ham izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday sa’y-harakatlar natijasida ayni kunlarda Niyozhoji mahallasida zamonaviy jamoat maskani barpo etilmoqda.
🔍
Yaqin-yaqingacha qarovsiz, qamishzor va obodonlashtirishga muhtoj bo‘lgan hudud bugun yangi qiyofa kasb etmoqda. Bu yerda aholi uchun sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish imkonini beruvchi obod maskan tashkil etilmoqda.
📄
Ayni paytda mahalla hududidan o‘tuvchi «Kurjan» kollektorining 700 metrlik qismida obodonlashtirish hamda zamonaviy infratuzilmani yaratishga qaratilgan qurilish-montaj ishlari yakuniy bosqichga yetgan.
📎
Loyiha doirasida aholining mazmunli dam olishi va faol turmush tarzini olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Jumladan, hududda vorkaut maydonchasi, bolalar o‘yingohi, zamonaviy o‘rindiqlar hamda usti yopiq ayvon barpo etildi. Shuningdek, kollektorning ikki qirg‘og‘ini bog‘lovchi zamonaviy ko‘prik qurilib, piyodalar uchun qulayliklar yaratildi.
🏷
Hududni tungi vaqtlarda ham yoritish maqsadida muqobil energiya manbalari orqali quvvatlanadigan zamonaviy LED chiroqlar o‘rnatildi. Bu esa aholiga kechki paytlarda ham maskanda bemalol sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish va hordiq chiqarish imkonini beradi.
💳
Umumiy qiymati 3 milliard 400 million so‘m bo‘lgan mazkur loyiha mahalla infratuzilmasini yaxshilash, kollektor atrofini obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz jamoat muhitini shakllantirishga qaratilgan.
⚡️
Eng muhimi, yangi maskan bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda mahallada ahillik va faol jamoatchilik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 09:27
Media unavailable
10
Show in Telegram

October 26, 09:27
Media unavailable
3
Show in Telegram