
Kogon tuman hokimligi |Rasmiy kanal
Taraqqiyot MFY|
Tomorqadan unumli foydalanish – mo‘l hosil va barqaror daromad manbai!
Bugungi kunda tumanda aholini sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash, tomorqa yerlaridan samarali foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish hamda xonadonlar daromadini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, tomorqa va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmini ko‘paytirish va oilalar farovonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur sa’y-harakatlar natijasida tomorqa yerlaridan oqilona foydalanib, mo‘l hosil yetishtirayotgan fuqarolar safi tobora kengayib bormoqda. Ana shunday tashabbuskor va mehnatkash fuqarolardan biri Taraqqiyot mahallasi, Taraqqiyot ko‘chasida istiqomat qiluvchi Hafizov Hikmatdir.
U o‘z tomorqasining 2 sotix maydonida issiqxona tashkil etib, pomidor yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda. Issiqxonada agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ekinlarni parvarishlash hamda zarur sharoitlarni yaratish natijasida hosildorlik yuqori bo‘lib, bugungi kunda pomidorlar pishib yetilgan va yig‘im-terim ishlari davom etmoqda.
Yetishtirilayotgan mahsulotlar nafaqat oilaning ehtiyojini qondirishga, balki mahalliy bozorlarga chiqarilib, aholini yangi va sifatli sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlashga ham xizmat qilmoqda. Bu esa ichki bozorlarda mahsulotlar mo‘l-ko‘lligini ta’minlash bilan birga, tomorqa egasiga qo‘shimcha daromad manbai yaratmoqda.
— Tomorqada ishlashning o‘ziga yarasha mashaqqati bor. Biroq mehnatning natijasi ham shunga yarasha bo‘ladi. Hozirgi hosildan 15 million so‘mdan ortiq daromad olishni rejalashtiryapman, — deydi Hikmat Hafizov.
|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali
Telegram
|
facebook
|
Youtube
"Olg'a, O'zbekiston!"
|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali
Telegram
|
facebook
|
Youtube
⚡️
NAVBATDAGI “SIYOSIY-MA'RIFAT” SOATI BO‘LIB O‘TDI
Xabaringiz bor, haftaning har juma kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va shuningdek, barcha tuman va shaharlar hokimliklari xodimlari uchun siyosiy ma’rifat soati tashkil etilmoqda.
Bugun, 12-iyun kuni Kogon tuman hokimligining kichik majlislar zalida “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Siyosiy-ma’rifiy o‘quv soatida tuman hokimligi apparati xodimlari, aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, siyosiy ma’rifat soati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali
Telegram
|
facebook
|
Youtube
📌
2026-2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul 20-iyun kuni soat 09:00 dan boshlanadi
🔆
Elektron arizalarni vazirlikning
my.maktab.uz
elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali —
my.gov.uz
orqali yuborish mumkin.
➡️
Elektron qabul yuzasidan savollar tug‘ilganda quyidagi call-markaz raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
☎️
71-203-07-04
☎️
71-203-04-03
📲
Shuningdek, Telegramdagi
@mymaktab_uz
rasmiy kanali orqali ham zarur ma’lumot va maslahatlarni olishingiz mumkin.
📌
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda barcha tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari huzurida ham 1-sinfga qabul jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi maxsus shtablar tashkil etilgan.
💠
Fuqarolar quyidagi mas’ul telefon raqamlari orqali ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin:
✅
Buxoro shahri — 90 635 98 96
✅
Kogon shahri — 93 665 33 36
✅
Buxoro tumani — 91 311 91 17
✅
Vobkent tumani — 99 065 70 42
✅
Jondor tumani —
+998 99 700 43 75
✅
Kogon tumani — 93 689 69 39
✅
Olot tumani — 93 471 17 27
✅
Peshku tumani — 99 702 32 74
✅
Romitan tumani — 99 590 04 75
✅
Shofirkon tumani — 95 191 06 09
✅
Qorako‘l tumani — 93 458 38 40
✅
Qorovulbozor tumani — 91 649 18 70
✅
Gʻijduvon tumani — 90 512 81 15
⚡️
Hurmatli ota-onalar! Farzandingizning ta’lim olishi bilan bog‘liq muhim jarayonlarda elektron xizmatlardan unumli foydalaning hamda zarurat tug‘ilganda yuqoridagi aloqa vositalari orqali mutaxassislardan maslahat oling.
✅
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling
👇
Telegram
|
Facebook
Ko'chma savdo joylari "E-auksion" elektron savdo platformasida 36 oy muddatga sotiladi.
▪️
Buxoro shahrida
➖
6 ta
🔘
Kogon shahrida
➖
355 tа
▪️
Buxoro tumanida
➖
174 tа
🔘
Kogon tumanida
➖
40 tа
▪️
Vobkent tumanida
➖
81 tа
🔘
Romitan tumanida
➖
282 tа
▪️
Gʻijduvon tumanida
➖
371 tа
🔘
Jondor tumanida
➖
80 tа
▪️
Qorovulbozor tumanida
➖
107 tа
🔘
Qorako‘l tumanida
➖
195 tа
▪️
Olot tumanida
➖
109 tа
🔘
Peshku tumanida
➖
60 tа
▪️
Shofirkon tumanida
➖
108 tа
Eslatma!
Savdolarda jismoniy shaxslar ishtirok eta olmaydilar. Har qanday yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor ishtirok etishlari mumkin.
Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (
ko'rish
)
+998992072604
+998992073604
+998773757420
|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali
Telegram
|
facebook
|
Youtube
#Kun_hikmati
Rejalaring haqida hech kimga aytma. Shunday harakatlanginki, odamlar seni hech narsa qilmayapti, deb o‘ylasin.
|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali
Telegram
|
facebook
|
Youtube
"Sarayon" mahallasida keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari amalga
oshirilmoqda
Xabaringiz bor, Kogon tumanida bugungi kunda keng ko‘lamli bunyodkorlik, qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Xususan, tuman hududida zamonaviy ijtimoiy soha obyektlari barpo etilib, ichki va mahalliy yo‘llar ta’mirlanmoqda, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari yangilanmoqda hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qator loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Jumladan tumanning "Sarayon" mahallasi infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda hududni obod va zamonaviy maskanga aylantirish maqsadida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentabrdagi PQ-5246-sonli “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida qishloq joylarni barqaror rivojlantirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida hududdagi mavjud ta’lim muassasalari mukammal ta'mirlanib, ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda. Shuningdek, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida zamonaviy talablarga javob beradigan oilaviy shifokorlik punkti qayta bunyod etilmoqda.
Bundan tashqari, mahallada ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, elektr energiyasi ta’minotining barqarorligini oshirish, ichki yo'llarni asfaltlashtirish kabi mahalla infratuzilmasini yaxshilash ishlari olib borildi.
|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali
Telegram
|
facebook
|
Youtube
KOGON TUMANIDA “ILK QADAM” MILLIY O‘QUV DASTURI BO‘YICHA O‘QUV KURSLARINING BIRINCHI BOSQICHI YAKUNLANDI
Kogon tumanida maktabgacha ta’lim tizimida sifatli ta’lim muhitini yanada takomillashtirish hamda pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mazkur Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNICEF hamkorligida amalga oshirilgan o'quv kursida tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari va mentor-trenerlari ishtirok etdi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida tinglovchilar “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturining mazmuni, uni ta’lim jarayonlariga samarali tatbiq etish mexanizmlari, bolalar bilan ishlashning zamonaviy pedagogik yondashuvlari hamda innovatsion metodlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar. Kurs yakunida o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Ta’kidlash joizki, ushbu loyiha maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda ta’lim tizimiga ilg‘or yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qiladi.
|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali
Telegram
|
facebook
|
Youtube