
KOICA public channel
📣
KOICA Uzbekistan is now on Instagram.
We are pleased to announce the official launch of the KOICA Uzbekistan Instagram page.
Through this channel, we will share:
📍
Stories & Impact — Insights and stories from our ODA projects across Uzbekistan.
📍
Events & Opportunities — Updates on upcoming events, programs, and announcements.
📍
Life at KOICA — Regular updates from our activities and engagements.
Follow us to stay informed:
@koica_uz
(
Link:
https://www.instagram.com/koica_uz?igsi=MWw3eHBzaGVvOXV4bg==
)
Thank you for your continued interest and support!
~~~
📣
KOICA O'zbekiston vakolatxonasi endi Instagram’da!
Sizlarga KOICA O'zbekiston vakolatxonasining rasmiy Instagram sahifasi ochilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.
Ushbu sahifa orqali quyidagilarni muntazam ulashib boramiz:
📍
Yangiliklar va natijalar — O‘zbekistondagi ODA loyihalarimiz doirasidagi muhim ma’lumotlar, yangiliklar va natijalar.
📍
Tadbirlar va imkoniyatlar — Yaqinlashib kelayotgan tadbirlar, dasturlar va muhim e’lonlar.
📍
KOICA hayoti — Faoliyatimiz va ishtirokimiz haqida so'nggi xabarlar.
Yangiliklardan xabardor bo‘lib borish uchun bizni kuzatib boring:
@koica_uz
(
Havola:
https://www.instagram.com/koica_uz?igsi=MWw3eHBzaGVvOXV4bg==
)
Doimiy e'tiboringiz va qo‘llab-quvvatlashingiz uchun rahmat!
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
📣
The 19th Seoul ODA International Conference is coming!
📣
The 19th Seoul ODA International Conference will take place on September 18, 2026, at Conrad Seoul, bringing together experts, policymakers, and development practitioners to explore how Artificial Intelligence (AI) can contribute to more inclusive and sustainable development.
Under the theme
“Harnessing AI for Inclusive and Sustainable Development
,” the conference will feature discussions on:
🔸
Designing Development Cooperation in the AI Era
🔸
The Practical Implementation of AI in Development Cooperation
🔸
Forging Strategic Partnership to Scale Up Korea-Central Asia AI ODA
In conjunction with the Korea-Central Asia Summit on September 16–17, the third session will focus specifically on strengthening strategic partnerships for AI-based development cooperation between Korea and Central Asia.
Representatives and experts from Central Asian countries will also join the discussion, including Mr. Obidjon Akhmedov, Head of the AI Education Department at the Digital Education Development Center under the Ministry of Digital Technologies of the Republic of Uzbekistan.
⏱️
Date: September 18, 2026 | 09:30–17:00 (KST)
📍
Venue: Conrad Seoul
▶️
YouTube Live Streaming: Please scan the QR code in the poster to watch the conference live.
🗣
Language: Korean/English with simultaneous interpretation and multilingual AI interpretation
Join the discussion on the future of AI, development cooperation, and Korea-Central Asia partnerships!
🇺🇿
🤝
🇰🇷
~~~
📣
Seul ODA xalqaro konferensiyasining 19-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi!
📣
Seul ODA xalqaro konferensiyasining 19-yig‘ilishi 2026-yil 18-sentabr kuni Conrad Seoul mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Konferensiyada ekspertlar, siyosatchilar va taraqqiyot sohasidagi mutaxassislar ishtirok etib, sun’iy intellekt (AI) yanada inklyuziv va barqaror rivojlanishga qanday hissa qo‘shishi mumkinligini muhokama qiladilar.
“Inklyuziv va barqaror rivojlanish uchun sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish”
mavzusidagi konferensiya doirasida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
🔸
AI davrida rivojlanish bo‘yicha hamkorlikni shakllantirish
🔸
Rivojlanish bo‘yicha hamkorlikda AI texnologiyalarini amaliyotga joriy etish
🔸
Koreya va Markaziy Osiyo o‘rtasida AI asosidagi ODA hamkorligini kengaytirish uchun strategik sheriklikni rivojlantirish
16–17-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan
Koreya–Markaziy Osiyo sammiti
bilan bir qatorda, konferensiyaning uchinchi sessiyasi Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida AI asosidagi rivojlanish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga qaratiladi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan vakillar va ekspertlar ham muhokamada ishtirok etadilar. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi AI ta’limi bo‘limi boshlig‘i Obidjon Akhmedov ham konferensiyada ishtirok etadi.
⏱️
Sana: 2026-yil 18-sentabr | 09:30–17:00 (KST)
📍
Manzil
:
Conrad Seoul
▶️
YouTube orqali jonli efir: konferensiyani jonli tomosha qilish uchun posterdagi QR-kodni skanerlang.
🗣
Tillar: koreys va ingliz tillarida sinxron tarjima hamda ko‘p tilli AI tarjimasi taqdim etiladi.
AI, rivojlanish bo‘yicha hamkorlik hamda Koreya–Markaziy Osiyo sherikligining kelajagiga oid muhim mavzularni birgalikda kuzatib boring!
🇺🇿
🤝
🇰🇷
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
KOICA and Uzbekistan’s MOFA Discuss Future Development Cooperation Priorities
On September 3, 2026, the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan (MOFA) and the Korea International Cooperation Agency (KOICA) Office in Uzbekistan held a meeting to discuss ongoing cooperation and priority areas for future partnership. The meeting was led by Ms. Munira Aminova, Advisor to the Minister of Foreign Affairs, and attended by Ms. Kim Myong Jin, Country Director of KOICA Uzbekistan Office, together with representatives of both sides.
During the meeting, the parties discussed Korea’s evolving ODA policy, prospects for new KOICA projects, and priority areas to be considered in the preparation of KOICA’s new five-year Country Program Document for Uzbekistan. Particular attention was given to artificial intelligence, cybersecurity, digital transformation, public administration, healthcare, smart agriculture, climate change, water management, school education, and vocational education.
Both sides reaffirmed their commitment to strengthening Korea–Uzbekistan development cooperation, ensuring the effective implementation of ongoing initiatives, and maintaining close coordination on future programs and projects that support Uzbekistan’s national development priorities.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
KOICA va Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qildi
2026-yil 3-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (TIV) va Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi amaldagi hamkorlik hamda kelgusidagi sheriklikning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova, KOICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Kim Myong Jin hamda ikki tomon vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Koreyaning rivojlanish maqsadidagi rasmiy yordam (ODA) siyosatidagi yangi yoʻnalishlar, KOICAning istiqboldagi yangi loyihalari hamda Oʻzbekiston uchun yangi besh yillik hamkorlik dasturini tayyorlashda e’tiborga olinadigan ustuvor sohalarni muhokama qildilar. Sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamli transformatsiya, davlat boshqaruvi, sogʻliqni saqlash, aqlli qishloq xoʻjaligi, iqlim oʻzgarishi, suv resurslarini boshqarish, o'rta ta'lim va kasb-hunarga o'qitishga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar Koreya va Oʻzbekiston o‘rtasidagi rivojlanish hamkorligini yanada mustahkamlash, amaldagi tashabbuslarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda Oʻzbekistonning milliy rivojlanish ustuvorliklarini qoʻllab-quvvatlovchi kelgusidagi dastur va loyihalarni muvofiqlashtirishni davom ettirishga hayrihohligini bildirdilar.
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
🇺🇿
🇰🇷
KOICA-supported Vocational Training in Uzbekistan Highlighted in Yonhap News
Ahead of the Korea–Central Asia Summit, to be held in Seoul on September 16–17, Yonhap News, one of Korea’s major media outlets, published an in-depth article on skilled workforce development and labor mobility between Central Asia and Korea.
The article highlights how vocational training supported through Korea’s ODA has contributed to developing skilled professionals in Uzbekistan and strengthening links between training and industry. The KOICA-supported Tashkent VTC is featured as a key example of Korea–Uzbekistan cooperation in vocational education and skills development.
🔗
Read the full article below. (
Please note that the article is available in Korean only.
)
https://www.yna.co.kr/view/AKR20260827193700371?section=search
~~~
KOICA ko‘magida amalga oshirilayotgan kasb-hunar ta’limi Yonhap News maqolasida yoritildi
16–17-sentabr kunlari Seulda bo‘lib o‘tadigan Koreya–Markaziy Osiyo sammiti arafasida Koreyaning yirik axborot agentliklaridan biri Yonhap News Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasida malakali kadrlar tayyorlash va mehnat mobilligi masalalariga bag‘ishlangan batafsil maqola chop etildi.
Maqolada Koreyaning ODA ko‘magida amalga oshirilayotgan kasb-hunar ta’limi O‘zbekistonda malakali mutaxassislar tayyorlash va ta’lim bilan sanoat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qanday hissa qo‘shayotgani yoritilgan. KOICA ko‘magidagi Toshkent VTC Koreya va O‘zbekistonning kasb-hunar ta’limi va malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorligining muhim namunasi sifatida ko‘rsatilgan.
🔗
Maqolani to‘liq o‘qish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
Eslatma: maqola faqat koreys tilida mavjud.
https://www.yna.co.kr/view/AKR20260827193700371?section=search
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
Uzbekistan Delegation Participates in Invitational Workshop on Intellectual Property Public Administration in Korea
During August 31 - to 5 September 2026, a delegation of public officials from the Republic of Uzbekistan participated in the Task Force Team Invitational Workshop in the Republic of Korea under the project “Improvement on Intellectual Property Public Administration System in Uzbekistan.” The project is being implemented in cooperation between the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan and KOICA Uzbekistan Office, with the participation of Korean partner institutions.
The workshop aimed to strengthen practical cooperation between Uzbek and Korean specialists in the field of intellectual property, digital public services, and IP data management. During the program, participants will study Korea’s experience in operating advanced IP administration systems, improving data quality, and applying digital technologies to enhance the efficiency and accuracy of public administration.
As part of the workshop, the Uzbek delegation will participate in technical meetings on the development of the Intellectual Property Protection Portal, data cleansing, and system enhancement requirements. The participants also attended the International Patent Information Expo (PATINEX), where they explored the latest global trends in patent information, artificial intelligence, and the convergence of AI and intellectual property.
The intensive program also includes lectures on Korea’s IP data operation, management and utilization strategies, as well as Korea’s experience in applying AI technologies in intellectual property administration.
The workshop will provide an important opportunity for both sides to exchange expertise, deepen mutual understanding, and further strengthen the foundation for long-term cooperation in modernizing Uzbekistan’s intellectual property public administration system.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
O‘zbekiston delegatsiyasi Koreyada intellektual mulk sohasidagi davlat boshqaruvi bo‘yicha seminar-treningda ishtirok etmoqda
2026-yil 31-avgustdan 5-sentabrgacha O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari vakillaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida “O‘zbekistonda intellektual mulk sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan seminar-treningida ishtirok etmoqda. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida, koreyalik hamkor tashkilotlar ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Ushbu seminar intellektual mulk, raqamli davlat xizmatlari va intellektual mulk ma’lumotlarini boshqarish sohalarida o‘zbekistonlik va koreyalik mutaxassislar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Dastur davomida ishtirokchilar Koreyaning ilg‘or intellektual mulk boshqaruvi tizimlarini yuritish, ma’lumotlar sifatini yaxshilash hamda davlat boshqaruvining samaradorligi va aniqligini oshirish uchun raqamli texnologiyalarni qo‘llash borasidagi tajribasini o‘rganadilar.
Seminar doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Intellectual Mulk muhofazasi portalini rivojlantirish, ma’lumotlarni tozalash hamda tizimni takomillashtirish talablari bo‘yicha texnik uchrashuvlarda ishtirok etadi. Shuningdek, ishtirokchilar International Patent Information Expo (PATINEX) xalqaro patent axboroti ko‘rgazmasida qatnashib, patent axboroti, sun’iy intellekt hamda sun’iy intellekt va intellektual mulk uyg‘unlashuvi sohasidagi eng so‘nggi global tendensiyalar bilan tanishdilar.
Mazkur intensiv dastur Koreyaning intellektual mulk ma’lumotlarini yuritish, boshqarish va ulardan foydalanish strategiyalari, shuningdek, intellektual mulk boshqaruvida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash tajribasiga bag‘ishlangan ma’ruzalarni ham o‘z ichiga oladi.
Seminar-trening har ikki tomon uchun tajriba almashish, o‘zaro anglashuvni chuqurlashtirish hamda O‘zbekistonda intellektual mulk sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlik poydevorini yanada mustahkamlash uchun muhim imkoniyat yaratadi.
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
UNCCD COP17da O'zbekistondagi KOICA loyihasi natijalari taqdim etildi
O‘zbekistonda KOICA ko‘magida amalga oshirilayotgan o‘rmonlarni tiklash va cho‘llanishga qarshi kurashish loyihasi tajribasi Mongoliyada bo'lib o'tgan BMTning Cho'llanishga qarshi kurashish to'g'risidagi konvensiyasi (UNCCD) 17-sessiyasida (COP17) xalqaro ishtirokchilarga taqdim etildi.
18-avgust kuni Koreyaning o'rmonlarni tiklash sohasida ixtisoslashgan
SUPPRO Co., Ltd.
kompaniyasi Ulan-Bator shahridagi “UNCCD COP17”ning Blue Zone hududida joylashgan Changwon Initiative Pavilion maydonida «Osiyoning yashil mo‘jizasi: Koreyaning global o‘rmonlarni tiklash borasidagi tajribasi, natijalari va istiqboldagi vazifalari»
mavzusida maxsus tadbir o'tkazdi.
Tadbir davomida SUPPRO kompaniyasi KOICA bilan hamkorlikda O'zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida amalga oshirilgan cho'llanishga qarshi kurashish va o'rmonlarni tiklash loyihalari tajribasini taqdim etdi. Xususan, quruq iqlimli hududlarda qo'llanilayotgan aqlli ko'chatxona texnologiyalari, samarali suv boshqaruvi va zamonaviy o'rmon barpo etish yondashuvlari haqida ma'lumot berildi.
O'zbekistonda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida joriy etilgan ushbu yondashuvlar o'rmonlarni tiklash, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishiga chidamlilikni oshirishda zamonaviy texnologiyalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish muhimligini ko'rsatmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, loyihaning navbatdagi muhim natijasi sifatida O‘zbekistonda tashkil etilgan 13 ta aqlli ko‘chatxonani 2026-yil 20-oktabr kuni O‘zbekiston va Koreya hukumatlarining yuqori martabali vakillari ishtirokida rasman ishga tushirish rejalashtirilgan. Mazkur ko‘chatxonalar sifatli ko‘chatlar yetishtirishni rivojlantirish hamda mamlakatda o‘rmonlarni tiklash va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha uzoq muddatli sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
KOICA-Supported Forestry Project in Uzbekistan Highlighted at UNCCD COP17
The experience of a forest restoration and desertification prevention project being implemented in Uzbekistan with KOICA’s support was presented to international participants at the 17th Session of the United Nations Convention to Combat Desertification (UNCCD COP17), held in Mongolia.
On August 18, SUPPRO Co., Ltd., a Korean forestry restoration company, held a special side event at the Changwon Initiative Pavilion in the Blue Zone of “UNCCD COP17” under the theme
“Beyond Asia’s Green Miracle: Achievements and Challenges of Korean Global Forest Restoration.”
The event brought together government and institutional representatives, international organizations, and experts in forestry and environmental fields.
During the event, SUPPRO shared its experience in implementing KOICA-supported desertification prevention and forest restoration projects in Uzbekistan and other Central Asian countries. In particular, the presentation introduced smart nursery technologies, efficient water management and other approaches applied to forestry restoration in dryland areas.
The experience gained through the project in Uzbekistan demonstrates the potential of smart technologies and locally adapted forestry solutions to contribute to sustainable land restoration and climate resilience.
For information, as another important outcome of the project, the 13 smart nurseries established in Uzbekistan are scheduled to be officially launched on October 20, 2026, with the participation of high-level representatives of the Governments of Uzbekistan and the Republic of Korea. These nurseries will contribute to the development of quality seedling production and support Uzbekistan’s long-term efforts to restore forests and promote urban greening.
Telegram
|
Facebook
|
Youtube