Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

KOICA public channel

koica_info
Koreya xalqaro hamkorlik agaentligi (KOICA) ning O'zbekistondagi vakolatxonasi rasmiy kanali / Official public channel of the KOICA office in Uzbekistan Facebook : https://www.facebook.com/koica.uzbek Veb-sahifa: https://linktr.ee/uz_koica
Подписчики
1 744
24 часа
-1
30 дней
-16
Просмотры
519
ER
29,76%
Посты (30д)
9
Символов в посте
3 029
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 20, 05:40
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

✨
AI Connects, Culture Bonds!
🇰🇷
🇺🇿
Please take a look at the highlights from the 2026 KOICA Uzbekistan Alumni Networking Even
t
, held on October 16!
🎬
✨
✨
Sun’iy intellekt bog‘laydi, madaniyat birlashtiradi!
🇰🇷
🇺🇿
16-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan 2026-yilgi KOICA O‘zbekiston bitiruvchilari uchrashuvidan yorqin lahzalarni tomosha qiling!
🎬
✨
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram

October 19, 05:15

KOICA Uzbekistan Office Hosts “2026 KOICA Alumni Networking” to Strengthen Alumni Ties and Cultural Exchange
The Korea International Cooperation Agency (KOICA) Uzbekistan Office hosted the “2026 KOICA Alumni Networking” event under the theme “AI Connects, Culture Bonds
”
at U-Enter in Tashkent on October 16, bringing together more than 100 KOICA alumni and representatives from partner organizations to strengthen alumni networks and promote cultural exchange between Korea and Uzbekistan.
The event was attended by H.E. Won Do Yeon, Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Republic of Korea to Uzbekistan, Kim Myong Jin, Country Director of KOICA Uzbekistan Office, and representatives from key partner institutions, including the Ministry of Investment, Industry and Trade, the Ministry of Foreign Affairs, the Institute of Advanced Training of the Ministry of Internal Affairs, and others.
In his congratulatory remarks, Ambassador Won highlighted the important role of KOICA alumni as bridges of friendship and mutual understanding between Korea and Uzbekistan. He also noted that the connections built through their experiences in Korea serve as a valuable foundation for strengthening mutual trust and deepening the longstanding partnership between the two countries.
KOICA Uzbekistan shared its major development cooperation achievements in 2026 and reflected on the activities of the first executive committee of the KOICA Uzbekistan Alumni Association (UzKAP), established in 2024.
A key highlight of the event was the transition to the second executive committee of UzKAP for the 2026–2028 term. The new committee, led by Jafar Khidirov of the Center for Economic Research and Reforms, introduced its vision for strengthening alumni engagement, promoting knowledge-sharing, and expanding cooperation among KOICA training program graduates.
Another session featured a variety of cultural performances and interactive activities, including a traditional Korean
daegeum
(bamboo flute) performance by KOICA project volunteers, a traditional Uzbek performance, and Korean cultural experiences such as
tuho
(arrow toss),
ddakji
(paper tile flipping),
jegichagi
(shuttlecock kicking), and
hanbok
(traditional Korean clothing) try-ons. Participants also enjoyed a selection of traditional Korean and Uzbek dishes, strengthening friendships through food and cultural exchange.
Since the establishment of the KOICA Uzbekistan Office in 1995, KOICA has supported Uzbekistan's development through various grant-aid projects and capacity-building programs,
providing training and scholarship opportunities in Korea to approximately 3,300 Uzbek professionals.
The Alumni Association, founded in 2024, has served as a platform for connecting KOICA training programs’ graduates, facilitating knowledge-sharing, and promoting sustainable partnerships between the two countries.
Reflecting on the event, Country Director Kim Myong Jin emphasized that the true value of KOICA's CIAT (Capacity Improvement and Advancement for Tomorrow) programs lies in translating knowledge and experiences gained in Korea into meaningful contributions to Uzbekistan's development. She also reaffirmed KOICA's commitment to supporting the continued growth of the alumni association as a platform for knowledge-sharing, professional networking, and lasting cooperation between the two countries.
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram

October 19, 05:15
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

October 19, 05:15

KOICAning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi Bitiruvchilar O‘rtasidagi Aloqalarni Mustahkamlash va Madaniy Almashinuvni Rivojlantirish Maqsadida “2026 KOICA Bitiruvchilari Uchrashuvi” Tadbirini O‘tkazdi
.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi 16-oktabr kuni Toshkent shahridagi U-Enter majmuasida “Sun’iy intellekt bog‘laydi, madaniyat birlashtiradi” mavzusida “2026-yilgi KOICA bitiruvchilari uchrashuvi”ni tashkil etdi. Tadbirda KOICA bitiruvchilari va turli tashkilotlar vakillaridan iborat 100 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Tadbirning asosiy maqsadi bitiruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy almashinuvni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Won Do Yeon, KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Kim Myong Jin, shuningdek, O‘zbekistonning qator muhim davlat tashkilotlari, jumladan, Investitsiyalar, Sanoat va Savdo vazirligi, Tashqi va Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti vakillari ishtirok etdi.
Elchi Won Do Yeon o‘z tabrik nutqida KOICA bitiruvchilari Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashda muhim ko‘prik vazifasini bajarishini ta’kidladi. Shuningdek, u Koreyada orttirilgan tajriba davomida shakllangan aloqalar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlash va uzoq yillik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun qimmatli asos bo‘lib xizmat qilishini qayd etdi.
Tadbirning birinchi sessiyasida KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 2026-yilda rivojlanish sohasidagi hamkorlik doirasida erishilgan asosiy natijalar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, 2024-yilda tashkil etilgan KOICA O‘zbekiston bitiruvchilari assotsiatsiyasi (UzKAP) birinchi Ijroiya qo‘mitasining faoliyati sarhisob qilindi.
Tadbirning muhim voqealaridan biri UzKAPning 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan ikkinchi Ijroiya qo‘mitasiga vakolatlarni topshirish bo‘ldi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi vakili Jafar Xidirov boshchiligidagi yangi qo‘mita bitiruvchilarning faolligini kuchaytirish, bilim almashinuvini rivojlantirish hamda KOICA o‘quv dasturlari bitiruvchilari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan o‘z qarashlarini taqdim etdi.
Tadbirning ikkinchi sessiyasida turli madaniy chiqishlar va interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi. Jumladan, KOICA loyihalari doirasida faoliyat yuritayotgan ko‘ngillilar tomonidan koreys milliy cholg‘usi —
tegum
(bambuk nay) ijrosida an’anaviy musiqa namoyish etildi, shuningdek, o‘zbek milliy san’ati namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar
tuho
(nishonga o‘q uloqtirish),
ddakji
(qog‘oz bo‘laklarini bir-biriga urib ag‘darish o‘yini) va
jegichagi
(oyoq bilan volan tepish) kabi an’anaviy koreys o‘yinlarida qatnashish, shuningdek, koreys milliy kiyimi — hanbokni kiyib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, ishtirokchilarga koreys va o‘zbek milliy taomlari tortiq etildi. Taomlar va madaniy almashinuv orqali do‘stona aloqalar yanada mustahkamlandi.
KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 1995-yilda tashkil etilganidan buyon agentlik turli loyihalar va salohiyatni oshirish dasturlari orqali O‘zbekiston taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Shu vaqt mobaynida qariyb 3 300 nafar o‘zbekistonlik mutaxassisga Koreyada malaka oshirish va stipendiya dasturlarida ishtirok etish imkoniyati yaratildi. 2024-yilda tashkil etilgan Bitiruvchilar assotsiatsiyasi KOICA o‘quv dasturlari bitiruvchilarini birlashtirish, bilim almashinuviga ko‘maklashish hamda ikki mamlakat o‘rtasida barqaror hamkorlikni rivojlantirish uchun platforma bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Tadbir yakunlari haqida fikr bildirar ekan, KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Kim Myong Jin KOICAning CIAT (Capacity Improvement and Advancement for Tomorrow — Kelajak uchun salohiyatni oshirish va rivojlantirish) dasturlarining asl ahamiyati Koreyada olingan bilim va tajribalarni O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan amaliy natijalarga aylantirishda ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u bitiruvchilar assotsiatsiyasining bilim almashish, professional aloqalarni rivojlantirish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi platforma sifatida izchil rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash borasida KOICAning qat’iy intilishini yana bir bor tasdiqladi.
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram

October 16, 18:49

October 06, 12:41
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

October 06, 12:41

KOICA and UWED Advance Cooperation Toward a Cyber University
On October 6, 2026, the University of World Economy and Diplomacy (UWED) hosted the first Project Steering Committee (PSC) Meeting under the KOICA-supported “Project for Enhancement of Online Education System and Creating an Environment for the Establishment of a Cyber University at the UWED in Uzbekistan.” The meeting was attended by UWED Rector Sodiq Safoev, KOICA Uzbekistan Country Director Kim Myong Jin, Project Manager Ilyong Cheong, as well as senior representatives of UWED, KOICA and the PMC team.
During the meeting, the participants reviewed the overall progress of the project and discussed further implementation plans. Particular attention was given to the Master Plan for the development of e-learning at UWED, which sets out a mid- and long-term roadmap for strengthening digital education, developing e-learning content and platforms, building the capacity of faculty and staff, and establishing the necessary studios and digital infrastructure.
Both sides emphasized that the initiative should contribute to a broader institutional transformation, including stronger digital infrastructure, enhanced human resources, effective governance mechanisms, and sustainable in-house expertise. The parties reaffirmed their commitment to close cooperation and to the successful development of UWED’s online education system, as well as its long-term vision for the establishment of a Cyber University.
~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
KOICA va JIDU Kiberuniversitet tashkil etish yo‘lida hamkorlikni rivojlantirmoqda
2026-yil 6-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) KOICA ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda JIDUning onlayn ta’lim tizimini takomillashtirish va Kiberuniversitet tashkil etish uchun muhit yaratish loyihasi” doirasida Loyihani boshqarish qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda JIDU rektori Sodiq Safoev, KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Kim Myong Jin, loyiha menejeri Ilyong Cheong, shuningdek, JIDU, KOICA hamda Loyihani boshqarish bo‘yicha maslahatchilar jamoasining rahbar xodimlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida ishtirokchilar loyihaning umumiy amalga oshirilish jarayonini ko‘rib chiqdilar va kelgusidagi rejalarni muhokama qildilar. JIDUda elektron ta’limni rivojlantirish bo‘yicha Bosh rejaga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur hujjat raqamli ta’limni mustahkamlash, elektron ta’lim kontenti va platformalarini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va xodimlar salohiyatini oshirish, shuningdek, zarur studiyalar va raqamli infratuzilmani yaratish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli yo‘l xaritasini belgilaydi.
Tomonlar ushbu tashabbus yanada keng ko‘lamli institutsional transformatsiyaga, jumladan, raqamli infratuzilmani mustahkamlash, inson resurslari salohiyatini oshirish, samarali boshqaruv mexanizmlarini joriy etish hamda universitetning barqaror ichki ekspert salohiyatini shakllantirishga xizmat qilishi lozimligini ta’kidladilar. Tomonlar yaqin hamkorlikni davom ettirish, JIDUning onlayn ta’lim tizimini muvaffaqiyatli rivojlantirish hamda universitetning Kiberuniversitet tashkil etish bo‘yicha uzoq muddatli istiqbolini ro‘yobga chiqarishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladilar.
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram

September 25, 11:34

2026-yilgi ICT WEEK: Hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi imkoniyat
22–25-sentyabr kunlari Toshkent shahridagi "Central Asia Expo Center" (CAEX) majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tashkillashtirgan "ICT WEEK" (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi) bo‘lib o‘tdi. Faxriy mehmonlar qatorida KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Kim Myong Jin 2026-yil 22-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida ishtirok etdi va Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovga tadbir muvaffaqiyatli o‘tishini tilab, ezgu tilaklarini bildirdi.
Joriy yilgi "ICT WEEK" O‘zbekistonning AKT ekotizimini yanada yaxshilash va yangi hamkorlarni jalb qilishga qaratilgan ko‘plab qo‘shimcha tadbirlarni o‘z ichiga oldi. 23-sentyabr kuni xalqaro hamkorlar hamda davlat va xususiy sektor vakillarini bir joyga jamlagan
“Raqamli investitsiya forumi”
asosiy diqqatga sazovor tadbirlardan biri bo‘ldi. Ushbu forum davomida KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktor o‘rinbosari Park Seolri taqdimot qildi.
“Kelajak uchun hamkorlik”
deb nomlangan taqdimotda KOICA va Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘rtasida mustahkam, uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo'yishda amalga oshirilgan ishlar yoritib berildi. Unda vazirlik xodimlarining fidokorona mehnatini e'tirof etgan holda, KOICA ning
"O‘zbekistonda yoshlarning IT-ta’lim ekotizimini rivojlantirish orqali bandlik va tadbirkorlik salohiyatini oshirish"
(2026–2032, 14 million dollar) grant loyihasini ishlab chiqish tarixi batafsil ko'rsatildi. Kelajakka nazar tashlar ekan, KOICA tashkiloti O‘zbekiston kelgusida Markaziy Osiyoning raqamli chegaralarini kengaytirishiga chin dildan umid bildiradi va bu yo‘lda asosiy hamkor sifatida mamnuniyat bilan birga qadam tashlaydi.
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram