
Ko’rinmas Qo’l
O’zbekistonda "ta’lim tengligi" aslida yomon xabarmi?
PISA 2022da
O’zbekiston dunyodagi eng “teng” ta’lim tizimlaridan biri bo’lib e'tirof etilgan edi. O’quvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy holati matematika natijalardagi farqning juda kichik qismini tushuntirgan.
PISA 2025da
ham xuddi shu manzara: tabiiy fanlarda ijtimoiy-iqtisodiy holat natijalar farqining atigi 1.3%ini tushuntiradi. Bu PISAda qatnashgan davlatlar orasidagi eng past ko’rsatkichlardan biri.
Ko’pchilik buni yaxshi yangilik deb qabul qildi. Lekin bu raqam nimani anglatadi?
Oddiy qilib aytganda,
O’zbekistonda bolaning boyroq oilada tug’ilishi uning PISAda yaxshiroq natija ko’rsatishini deyarli bashorat qilmaydi
.
Buni ikki xil talqin qilish mumkin.
Birinchisi: kam ta'minlangan oilalarning bolalari ham boy oilalarning bolalari kabi yaxshi imkoniyatlarga ega.
Ikkinchisi: hatto boy oilalar ham o’z pullarini yaxshi ta’lim natijasiga aylantirishmayapti.
Men ijtimoiy-iqtisodiy holatning natijalardagi muhimlik ko'rsatkichini mamlakatlarning aholi jon boshiga YaIMi bilan solishtirib ko’rdim. Qiziq bog’liqlik chiqdi:
grafik teskari U shakliga o’xshaydi
.
Bu nima degani?
Rivojlanishning dastlabki bosqichida ta’lim tizimining fundamental muammolari juda katta: yaxshi o’qituvchilar yetishmaydi, infratuzilma zaif, sifatli ta’lim xizmatlari kam va jamiyat ta’limning iqtisodiy qiymatiga yetarlicha ishonmasligi mumkin.
Bunday sharoitda hatto boy ota-ona ham puliga yaxshi ta’lim natijasini “sotib” olishi qiyin.
Mamlakat rivojlangani sari vaziyat o’zgaradi. Yaxshi maktablar, repetitorlar, universitetlar va boshqa imkoniyatlar ko’payadi. Ota-onalar ta’limning qaytimini ko’ra boshlaydi. Shunda boy oilalar farzandining ta’limiga faolroq investitsiya qiladi va ta’limdagi tengsizlik oshadi.
Rivojlanishning yanada yuqori bosqichida esa, davlat muassasalaridagi ta’limi sifati oshib, kam ta’minlangan bolalar ham ilgari faqat boylarga mavjud bo’lgan imkoniyatlardan foydalana boshlaydi. Tengsizlik yana kamayadi.
Shunday bo'lsa ham, O’zbekistonning grafikdagi o’rni juda qiziq.
Biz hatto daromad darajamizdan kelib chiqib kutiladigan ko’rsatkichdan ancha "tengroqmiz"
. Ya'ni, rivojlanish darajasi O'zbekiston bilan bir xil bo'lgan mamlakatlarda boyroq qatlam yaxshiroq ta'lim sifatiga erisha oladi.
O'ylashimcha, buning sababi ta’limga bo’lgan juda past ishonchdir. Ya’ni,
hatto puli bor oilalarni aksari ta’limga sarmoya qilish orqali farzandining hayot davomidagi natijalarini sezilarli yaxshilash mumkinligiga ishonmaydi
.
Boy va kambag’al bolalar bir xil darajada yomon o’qishi - ta’limdagi tenglikning biz istaydigan turi emas.
O
’zbekistonning iqtisodiy o’sishi juda qimmat
2025-yildagi O’zbekistonning real YaIM o’sishi 7.7%ni tashkil qildi. Mintaqada bundan yaxshi natija misollari kam. Lekin bu o'sish bizga arzon kelmadi.
Muhim savol:
bir foiz o’sish uchun biz YaIMning necha foizini sarmoyaga kiritishimiz kerak?
Buni o’lchaydigan ko’rsatkich
ICOR (incremental capital output ratio)
deb ataladi. Uni hisoblash oddiy: investitsiyaning YaIMdagi ulushini o'sish sur'atiga bo'lamiz. 2025-yilda O'zbekiston uchun bu 38.4% : 7.7% =
5.0
.
Ya’ni, biz har bir qo’shimcha $1 real o’sish uchun iqtisodiyotga $5 sarmoya kiritishimiz zarur. Bu ko’rsatkich 2018-yilda 3ga teng bo’lgan. Demak,
7 yil ichida, bizning sarmoya samaradorligimiz 67%ga pasaygan
.
Taqqoslaydigan bo’lsak, Qozog’iston, Vetnam, Armaniston va Gruziya bizdan sarmoya jihatidan samaradorroq. Muhimi esa, “iqtisodiy mo’jiza”ga erishgan Xitoy va Janubiy Koreya o’z rivojlanish davrlarida 3.7 va 3.1 ICOR ko’rsatkichlariga ega bo’lgan.
Sabab nimada?
Past samaradorlikning uchta asosiy sababi bor:
1. Subsidiyalangan ipoteka.
2024-yilda berilgan ipoteka kreditlarining 56% markazlashtirilgan davlat mablag'lari hisobidan moliyalashtirilgan. Natijasi ko'rinib turibdi: Markaziy bank baholashicha, uy-joy narxlari haqiqiy qiymatdan 28% yuqori.
2. Yo’naltirilgan kreditlash.
Bank kreditlarining 24% imtiyozli dasturlar doirasida beriladi. Davlat banklari tizim aktivlarining 65% nazorat qilishini hisobga olsak, bizning bank sektor kredit sifatini emas, davlat rejasini bajarishga kattaroq ahamiyat beradi. Bu, o’z o’rnida, past sifatli kreditlarni keltirib chiqadi.
3
.
Tashqi qarz taqsimoti.
Sarmoyaning asosiy qismi (66%) chet eldan keladi. Qaysi loyiha davlat tomonidan kafolatlanadi, va qaysi biri kutadi - buni bozor emas, davlatning fiskal va ijtimoiy siyosati hal qiladi.
Biz chet eldan qarz olib, uni samaradorligi past bo’lgan sohalarga yo’naltiryabmiz.
Buning asl sababi esa - iqtisodiyotga sarmoya kiritilishi bozor mantiqiga emas, balki markazlashgan qarorlarga asoslanganligi
.
Bu holatni to’g’irlamasak, bizning nafaqat o’sish istiqbolimiz xavf ostida qoladi, balki undan kattaroq muammolar ham chiqib kelishi mumkin.
Qarzni valyutada jalb qilib, valyutada daromad topmaydigan iqtisodiy sohalarga yo’naltirishni davom etaversak -
har qanday valyuta kursiga ekzogen shok
(masalan, jahon bozoridagi oltin narxi keskin qulashi, yoki Rossiyadagi inqiroz)
biz uchun hayot va mamot masalasi bo’lishi mumkin
. Bizga bog’liq bo’lmagan omillarga kelajagimizni tikmasligimiz zarur.
Jamiyatdagi o’yinlar muvozanati haqida
Inson faoliyatini qo’pol qilib ikki turga ajratish mumkin:
1.
Nol yig’indili o’yinlar
(zero-sum games)
Bu yerda yutuq miqdori oldindan belgilangan. Kimdir yutsa, boshqa birov albatta yutqazishi shart.
Misollar: bitta bo’sh lavozim uchun kurashayotgan uch nomzod, fan olimpiadalari, sport musobaqalari, saylovlar, sinfdagi “eng yaxshi o’quvchi” unvoni, universitetdagi cheklangan grant o’rinlari, vhkz.
2.
Musbat yig’indili o’yinlar
(positive-sum games)
Bu yerda ishtirokchilar ko’paygani sayin umumiy foyda ham ortadi. Biron-bir insonning yutug’i birovning yoqotishi hisobiga kelmaydi.
Misollar: do’stlar bilan kino ko’rish, kitobxonlar yoki shaxmat klubi, yugurish guruhi, birgalikda til o’rganish, qo’shnilar bilan hasharga chiqish.
Nol yig’indili o’yinlar
jamiyatga kerak. Aynan raqobat bizni charxlaydi: iste’dodni yuzaga chiqaradi, zo’rlarni aniqlab, ularni mukofotlashga yordam beradi. Bu esa, o’z o’rnida,
jamiyatdagi samaradorlik darajasini oshiradi
.
Musbat yig’indili o’yinlar
esa boshqa narsani beradi:
ijtimoiy birdamlikni
. Ishonch, do’stlik va “biz” degan tuyg’u faqat shu yerdan o’sadi.
Nol yig’indili o’yinlarning nisbiy darajasi oshib ketsa - jamiyatdagi uyg’unlik pasayadi. Va, aksiga, musbat yig’indili o’yinlar avj olib ketsa - samaradorlik tushib ketadi.
Har bir muvaffaqiyatli jamiyat shu ikki tur o’yinlarning orasida muvozanatni yaratish haqida o’ylashi kerak.
Bugun juda qiziq bir iqtibosga ko’zim tushdi va uni shu yerda qoldirgim keldi:
“Uzoq vaqt menga hayot hademay boshlanadigandek tuyulardi - chinakam hayot. Biroq yo’limda hamisha bir to’siq turardi: avval yengib o’tishim kerak bir narsa, chala qolgan bir ish, hali o’tashim lozim bir muddat, uzishim kerak bir qarz. Mana shulardan keyin hayotim boshlanardi, go’yo. Nihoyat anglab yetdim: aslida shu to’siqlarning o’zi - mening hayotim ekan.”
- Alfred d’Souza
Futbol
bizga sun’iy intellekt davridagi ehtimoliy taqdirimiz haqida nima deydi?
Bugun biz uchun tarixiy kun: O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ilk o‘yinini o‘tkazadi.
Har bir muxlis sifatida men ham o‘zimga oddiy savol berdim: “
O‘zbekiston Kolumbiyadek kuchli jamoani mag‘lub etishi uchun nima talab etiladi?”
Javob oddiy:
hech qaysi pozitsiyadagi o‘yinchimiz katta xatoga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Yarim himoyachilar zo‘r o‘ynasa-yu, hujumchilar imkoniyatlardan foydalana olmasa, gol ura olmaymiz. Hujum zo‘r ishlasa-yu, himoya yoki darvozabon sust bo‘lsa, baribir yutqazishimiz mumkin.
Demak, futbol jamoasining natijasi ko‘pincha eng kuchli yulduz bilan emas, eng zaif bo‘g‘in bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotda bunga yaqin g‘oya
O-ring modeli
deb ataladi.
Nom 1986-yildagi
Challenger falokatidan
olingan: ulkan kosmik missiya kichik bir detal (O-ring) nosozligi sababli barbod bo‘lgan va 7 nafar ekipajning o’limiga olib kelgan. Modelning mazmuni shuki: ayrim tizimlarda natija hamma muhim bo‘g‘in birdek ishlashiga bog‘liq.
Bitta bo‘g‘in uzilsa, butun tizim qulaydi.
Futbol shunday tizim. Jamoa 11 ta alohida odamning yig‘indisi emas. U - minglab mayda qarorlar zanjiri.
Endi buni sun’iy intellektga bog‘laylik.
AI bo‘yicha eng katta qo‘rquv shuki: biz AGI maqomiga yetadigan modellarni barpo etsak, ular inson mehnatini mukammal o’rinbosariga aylanib, odamlarni keraksiz qilib qo’yadi.
Iqtisodiyotdagi mashhur
Cobb-Douglas modeli
esa odatda mehnat va kapital birgalikda mahsulot yaratishini tushuntiradi. Kapital yig’indisi oshsa, ishlab chiqarish oshadi. Ammo kapital inson o’rnini “silliq” ravishda almashtirsa, unda kapitalning o’zi ham har bir mahsulot va xizmatni ishlab chiqarish uchun yetarli bo’ladi. Hech qanday inson ishtirokisiz.
Agar dunyo shunday ishlasa, kelajak haqiqatdan qo‘rqinchli: AI maqolalar yozadi, tahlil qiladi, soch oladi, ovqat pishiradi, mashina boshqaradi. Inson esa asta-sekin chetga chiqadi.
Lekin O-ring talqini boshqacha.
Ko‘plab ishlar alohida vazifalar yig‘indisi emas
. Ular futbol jamoasiga o‘xshaydi: natija koordinatsiya, kontekst, hukm va mas’uliyatga bog‘liq.
- AI matn yozishi mumkin. Lekin qaysi fikr muhimligini kim belgilaydi?
- AI kod yozishi mumkin. Lekin qaysi mahsulot kerakligini kim hal qiladi?
- AI tahlil qilishi mumkin. Lekin natija uchun javobgarlikni kim oladi?
O-ring dunyosida esa inson yo‘qolmaydi. Uning roli o‘zgaradi: u alohida vazifani bajaruvchi emas, tizimni ishlatadigan, kontekstni tushunadigan va javobgarlikni oladigan bo‘g‘inga aylanadi.
Biz hammamiz ishsiz va keraksiz bo‘lib qolishimiz ehtimoli past. Chunki
inson faoliyatining katta qismi
oddiy konveyerga emas, futbol jamoasiga o‘xshaydi.
Bugun Oq Bo’rilar maydonga tushganda, biz bir narsani eslashimiz kerak:
bizning hayotimiz futbol jamoasi kabi murakkab tizimlardan iborat. Bunday tizimlarni to’laqonlicha hech qachon avtomatlashtirib bo’lmaydi.
Assalam alaykum!
I created this channel to help students navigate college admissions abroad, especially when the process feels opaque and overwhelming.
I won’t pretend there’s one formula, as admissions decisions live in the details. But I’ll share what I’ve learned from my own path through American universities and from working with students applying to top schools.
This channel will mostly focus on
US, UK, and Canadian
admissions. I love learning, so I’ll also share thoughts on less talked-about education destinations that are often overlooked.
We start with Bismillah and take it seriously.
Let’s see where consistency takes us, in sha Allah.
You can check the channel info to learn more about my background.
Stay tuned!
I've got some incredible projects coming along ....
Havo ifloslanishi va aqliy qobiliyat
NBER da chop etilgan yangi tadqiqot
Kenyada odamlar
kognitiv test
topshirayotgan paytning o‘zida
portativ qurilmalar bilan PM2.5 konsentratsiyasini real vaqtda o‘lchab
, havo sifati bilan test natijalari orasidagi bog’liqlikni o’rganadi.
Tadqiqot shuni ko’rsatadiki, PM2.5 konsentratsiyasi 10 µg/m³ oshishi, test natijalarini 2.6% standart chetlanishga pasaytirar ekan.
Demak,
PM2.5ning 300 µg/m³
atrofidagi ko’rsatkichi (Toshkentda yaqinda kuzatilgandek)
miya uchun “bir kecha uyqusizlik”ga
yaqin shokka teng
.
Bir kecha uxlamasangiz, ertangi kuni o‘zingizni qanday his qilasiz?
Charchoq, diqqatning tarqalishi, xotira sustlashishi, “tilga so‘z kelmay qolishi”, oddiy qarorlar ham og‘ir tuyulishi kabi holatlar hammamizga tanish bo’lsa kerak.
Toshkent shahrida Noyabr oyida kuzatilgan havo sifati
bir necha soatning o’zida
odamlarda xuddi shunday salbiy oqibatlarga sabab bo’lar ekan. Bu rostdan ham hayratlanarli.
Havo ifloslanishi butun shaharlar miqyosida aqliy salohiyatni pasaytirishi daxshatli va qimmat iqtisodiy harajatlarni keltirib chiqarishi haqida ko’proq o’ylashimiz kerak.
Shu juda muhim va meni ko’p o’ylantiradigan g’oya
2016 yilda Jeffri Xinton "biz hozir radiologlarni (rentgentchi/ bizni xalqda esa "uzichi" degan kasb) tayyorlashni to‘xtatishimiz kerak, chunki SI tez orada ulardan yaxshiroq bo'ladi" deb aytgan edi.
Uning gapida jon bor edi: Sunʼiy Intellekt bugungi kunga kelib rentgenologlarni mahoratida ortda qoldirdi.
Shunga qaramay, radiologiya bo‘yicha ish o‘rinlar rekord darajada yuqori va aqshda ularni oyliklari 250 ming dollardan boshlanadi. Nega shunday bo‘ldi degan savolga yaxshi javob berishibdi.
https://worksinprogress.co/issue/the-algorithm-will-see-you-now/
O‘zi umuman shu texnologiyalarni o‘rganadigan insonlar sal bo‘lsa ham ijtimoiy fanlardan boxabar bo‘lsalar yaxshi bo‘lar edi. Texnologiyalarni rivojlanishi, odatda, o‘sha ishga bo'lgan talabni oshiradi, kamaytirmaydi. Bankomatlar o‘ylab topilishi natijasida, bank xizmatlarini qiladigan insonlarga talab oshgan, tushmagan. Yaʼni texnologiyalar faqatgina ishchi o‘rnini bosib uni alishtirib qo‘ymaydi, texnologiyalar ko‘p mehnat turlari uchun to‘ldiruvchi(?) - komplementar vosita bo‘lib ishlaydi. Buni ustiga yangi xizmatlarga yo‘l ochib beradi. Menimcha, shuning uchun ham,
x yildan keyin y narsaga talab yo‘q bo‘lib ketadi
degan mulohazalarda, sal pal ijtimoiy fanlardagi diskussiya ham kerak. Texnologik progress natijasida mehnatga talab oshishi ehtimoli odatda balandroq. Ya’ni rivojlanish ko’proq mehnat talab etadi.
Rossiyada yuz bergan holatga TIVning tezkor reaksiyasi yaxshi bo‘ldi. Biroq umumiy fon shuni ko‘rsatadiki, Rossiya jamoatchiligi, OAV va ayrim siyosatchilar orasida migrantlarga, xususan o‘zbekistonliklarga nisbatan noto‘g‘ri tasavvur keng tarqalgan. Go‘yoki ko‘pchilik vatandoshlarimiz Rossiyada ishlab, yurtiga pul yuborgani sababli “biz Rossiyaga qarammiz”, hatto “ular bizni boqayapti” degan iddao paydo bo‘ladi. Rossiya televideniyasi va ijtimoiy tarmoqlarida ham shunga o‘xshash bayonotlar eshitilib turadi.
Aslida masala boshqacha. O‘zbekistonliklar Rossiyadan milliardlab dollar jo‘natishadi - to'g'ri. Lekin bu — rossiyaliklarning sadaqasi yoki xayriyasi emas; bu vatandoshlarimizning mashaqqatli mehnati evaziga olingan halol ish haqi. Ish haqqi odatda xodim yaratgan qiymatdan past bo‘ladi; aks holda, u ishga olinmagan bo‘lardi. Demak, agar o‘zbekistonliklar Rossiyada bir milliard dollar ish haqi olgan bo‘lsa, ular bundan ham katta iqtisodiy qiymat yaratishgan. Qolaversa, barcha pul uyga yuborilmaydi: Rossiyaning o‘zida iste’mol: tovarlar va xizmatlar ko‘rinishida sarflanadi, buni ustiga, jamg‘arma va investitsiyalar hisobiga Rossiya iqtisodiyotida qoladi. Bularning barchasi iqtisodiyotda ijobiy multiplikativ ta’sir beradi. Shu bois vatandoshlarimizning Rossiya iqtisodiyotiga va aholi farovonligiga qo‘shgan hissasi juda yuqori. Menimcha, ko'pchilik tasavvuridan ancha katta multiplikativ ta'sirga ega.
Buni Rossiyada tushunadigan mutaxassislar mavjud. Iqtisodiyot bilan, yoki makroiqtisodiyotga zarracha aloqasi bor odam bundan xabardor. Demografik masala Rossiyaning kelajagi uchun hal qiluvchi: aholi qarimoqda, yoshlar ulushi kichraymoqda, tug‘ilishlar kam. Shu sharoitda o‘zbekistonliklar (umuman Markaziy Osiyo migrantlari) qishloq xo‘jaligi, transport-logistika, xizmatlar, oziq-ovqat va sanoat kabi tarmoqlarda yuzaga kelgan “demografik bo‘shliq”ni to‘ldirib turadigan tayanch ustun bo'lib turishibdi. Ularning ishlashi, soliq to‘lashi va qiymat yaratishi Rossiya uchun katta foyda keltiradi. Qandaydir ma'noda inqirozda qutqarib ham turibdi.
Muzokaralarda va ayniqsa ijtimoiy mulohazamizda ham ana shu faktlarni bilishimiz lozim. Ular ham bilib qolishadi.
Qisqasi, ko'p O'zbeklar muhojir bo'lgani uchun, biz Rossiyaga qaram emasmiz; aksincha, Rossiya iqtisodiyoti bizni mehnat kuchiga sezilarli darajada tayanishga majbur. Ikki taraflama foydali almashuv-bu, lekin ularda bizdan ko'ra yoqotadigan zarari kattaroq. Alternativa ularda kamroq.
Biz kabi, til biladigan, moslashuvchan, kontekstni tushunadigan va madaniy jihatdan yaqin mehnat qo'llarini, ular o‘rta muddatda boshqa manbadan topa olishmaydi va tezda almashtira olishmaydi. Shuning uchun muhojirlarga to‘siq qo‘yishdan ko‘proq zarar ko‘radigan tomon, aynan Rossiya. Ularni hukumatning ayrim amnistiya va yumshatish choralarini ham o‘zbeklarga “g‘amxo‘rlik”dan ko‘ra, real iqtisodiy ehtiyoj — ishchi kuchiga kuchli bog‘liqligidan kelib chiqmoda. Buni unutmasligimiz kerak. Urush ham, bu masalada ham demografik ravishda, ham iqtisodiy ravishda, muzokaralarda bizni nisbiy kuchimizni ko'paytirmoqda.