Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Ko’rinmas Qo’l

korinmas_qol
Shahzod Yo’ldoshboyev Iqtisodiyot va jamiyat mavzularidagi mulohazalarim.
Подписчики
1 058
24 часа
1
30 дней
89
Просмотры
3 345
ER
316,16%
Посты (30д)
1
Символов в посте
1 081
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
July 10, 20:11

Bugun juda qiziq bir iqtibosga ko’zim tushdi va uni shu yerda qoldirgim keldi:
“Uzoq vaqt menga hayot hademay boshlanadigandek tuyulardi - chinakam hayot. Biroq yo’limda hamisha bir to’siq turardi: avval yengib o’tishim kerak bir narsa, chala qolgan bir ish, hali o’tashim lozim bir muddat, uzishim kerak bir qarz. Mana shulardan keyin hayotim boshlanardi, go’yo. Nihoyat anglab yetdim: aslida shu to’siqlarning o’zi - mening hayotim ekan.”
- Alfred d’Souza

June 18, 00:45

​​
​​​​​​
Futbol
bizga sun’iy intellekt davridagi ehtimoliy taqdirimiz haqida nima deydi?
Bugun biz uchun tarixiy kun: O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ilk o‘yinini o‘tkazadi.
Har bir muxlis sifatida men ham o‘zimga oddiy savol berdim: “
O‘zbekiston Kolumbiyadek kuchli jamoani mag‘lub etishi uchun nima talab etiladi?”
Javob oddiy:
hech qaysi pozitsiyadagi o‘yinchimiz katta xatoga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Yarim himoyachilar zo‘r o‘ynasa-yu, hujumchilar imkoniyatlardan foydalana olmasa, gol ura olmaymiz. Hujum zo‘r ishlasa-yu, himoya yoki darvozabon sust bo‘lsa, baribir yutqazishimiz mumkin.
Demak, futbol jamoasining natijasi ko‘pincha eng kuchli yulduz bilan emas, eng zaif bo‘g‘in bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotda bunga yaqin g‘oya
O-ring modeli
deb ataladi.
Nom 1986-yildagi
Challenger falokatidan
olingan: ulkan kosmik missiya kichik bir detal (O-ring) nosozligi sababli barbod bo‘lgan va 7 nafar ekipajning o’limiga olib kelgan. Modelning mazmuni shuki: ayrim tizimlarda natija hamma muhim bo‘g‘in birdek ishlashiga bog‘liq.
Bitta bo‘g‘in uzilsa, butun tizim qulaydi.
Futbol shunday tizim. Jamoa 11 ta alohida odamning yig‘indisi emas. U - minglab mayda qarorlar zanjiri.
Endi buni sun’iy intellektga bog‘laylik.
AI bo‘yicha eng katta qo‘rquv shuki: biz AGI maqomiga yetadigan modellarni barpo etsak, ular inson mehnatini mukammal o’rinbosariga aylanib, odamlarni keraksiz qilib qo’yadi.
Iqtisodiyotdagi mashhur
Cobb-Douglas modeli
esa odatda mehnat va kapital birgalikda mahsulot yaratishini tushuntiradi. Kapital yig’indisi oshsa, ishlab chiqarish oshadi. Ammo kapital inson o’rnini “silliq” ravishda almashtirsa, unda kapitalning o’zi ham har bir mahsulot va xizmatni ishlab chiqarish uchun yetarli bo’ladi. Hech qanday inson ishtirokisiz.
Agar dunyo shunday ishlasa, kelajak haqiqatdan qo‘rqinchli: AI maqolalar yozadi, tahlil qiladi, soch oladi, ovqat pishiradi, mashina boshqaradi. Inson esa asta-sekin chetga chiqadi.
Lekin O-ring talqini boshqacha.
Ko‘plab ishlar alohida vazifalar yig‘indisi emas
. Ular futbol jamoasiga o‘xshaydi: natija koordinatsiya, kontekst, hukm va mas’uliyatga bog‘liq.
- AI matn yozishi mumkin. Lekin qaysi fikr muhimligini kim belgilaydi?
- AI kod yozishi mumkin. Lekin qaysi mahsulot kerakligini kim hal qiladi?
- AI tahlil qilishi mumkin. Lekin natija uchun javobgarlikni kim oladi?
O-ring dunyosida esa inson yo‘qolmaydi. Uning roli o‘zgaradi: u alohida vazifani bajaruvchi emas, tizimni ishlatadigan, kontekstni tushunadigan va javobgarlikni oladigan bo‘g‘inga aylanadi.
Biz hammamiz ishsiz va keraksiz bo‘lib qolishimiz ehtimoli past. Chunki
inson faoliyatining katta qismi
oddiy konveyerga emas, futbol jamoasiga o‘xshaydi.
Bugun Oq Bo’rilar maydonga tushganda, biz bir narsani eslashimiz kerak:
bizning hayotimiz futbol jamoasi kabi murakkab tizimlardan iborat. Bunday tizimlarni to’laqonlicha hech qachon avtomatlashtirib bo’lmaydi.

January 25, 05:45

Assalam alaykum!
I created this channel to help students navigate college admissions abroad, especially when the process feels opaque and overwhelming.
I won’t pretend there’s one formula, as admissions decisions live in the details. But I’ll share what I’ve learned from my own path through American universities and from working with students applying to top schools.
This channel will mostly focus on
US, UK, and Canadian
admissions. I love learning, so I’ll also share thoughts on less talked-about education destinations that are often overlooked.
We start with Bismillah and take it seriously.
Let’s see where consistency takes us, in sha Allah.
You can check the channel info to learn more about my background.
Stay tuned!
I've got some incredible projects coming along ....

December 15, 13:48

Havo ifloslanishi va aqliy qobiliyat
NBER da chop etilgan yangi tadqiqot
Kenyada odamlar
kognitiv test
topshirayotgan paytning o‘zida
portativ qurilmalar bilan PM2.5 konsentratsiyasini real vaqtda o‘lchab
, havo sifati bilan test natijalari orasidagi bog’liqlikni o’rganadi.
Tadqiqot shuni ko’rsatadiki, PM2.5 konsentratsiyasi 10 µg/m³ oshishi, test natijalarini 2.6% standart chetlanishga pasaytirar ekan.
Demak,
PM2.5ning 300 µg/m³
atrofidagi ko’rsatkichi (Toshkentda yaqinda kuzatilgandek)
miya uchun “bir kecha uyqusizlik”ga
yaqin shokka teng
.
Bir kecha uxlamasangiz, ertangi kuni o‘zingizni qanday his qilasiz?
Charchoq, diqqatning tarqalishi, xotira sustlashishi, “tilga so‘z kelmay qolishi”, oddiy qarorlar ham og‘ir tuyulishi kabi holatlar hammamizga tanish bo’lsa kerak.
Toshkent shahrida Noyabr oyida kuzatilgan havo sifati
bir necha soatning o’zida
odamlarda xuddi shunday salbiy oqibatlarga sabab bo’lar ekan. Bu rostdan ham hayratlanarli.
Havo ifloslanishi butun shaharlar miqyosida aqliy salohiyatni pasaytirishi daxshatli va qimmat iqtisodiy harajatlarni keltirib chiqarishi haqida ko’proq o’ylashimiz kerak.

October 11, 11:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Shu juda muhim va meni ko’p o’ylantiradigan g’oya

September 26, 08:32

2016 yilda Jeffri Xinton "biz hozir radiologlarni (rentgentchi/ bizni xalqda esa "uzichi" degan kasb) tayyorlashni to‘xtatishimiz kerak, chunki SI tez orada ulardan yaxshiroq bo'ladi" deb aytgan edi.
Uning gapida jon bor edi: Sunʼiy Intellekt bugungi kunga kelib rentgenologlarni mahoratida ortda qoldirdi.
Shunga qaramay, radiologiya bo‘yicha ish o‘rinlar rekord darajada yuqori va aqshda ularni oyliklari 250 ming dollardan boshlanadi. Nega shunday bo‘ldi degan savolga yaxshi javob berishibdi.
https://worksinprogress.co/issue/the-algorithm-will-see-you-now/
O‘zi umuman shu texnologiyalarni o‘rganadigan insonlar sal bo‘lsa ham ijtimoiy fanlardan boxabar bo‘lsalar yaxshi bo‘lar edi. Texnologiyalarni rivojlanishi, odatda, o‘sha ishga bo'lgan talabni oshiradi, kamaytirmaydi. Bankomatlar o‘ylab topilishi natijasida, bank xizmatlarini qiladigan insonlarga talab oshgan, tushmagan. Yaʼni texnologiyalar faqatgina ishchi o‘rnini bosib uni alishtirib qo‘ymaydi, texnologiyalar ko‘p mehnat turlari uchun to‘ldiruvchi(?) - komplementar vosita bo‘lib ishlaydi. Buni ustiga yangi xizmatlarga yo‘l ochib beradi. Menimcha, shuning uchun ham,
x yildan keyin y narsaga talab yo‘q bo‘lib ketadi
degan mulohazalarda, sal pal ijtimoiy fanlardagi diskussiya ham kerak. Texnologik progress natijasida mehnatga talab oshishi ehtimoli odatda balandroq. Ya’ni rivojlanish ko’proq mehnat talab etadi.

September 06, 15:45

Rossiyada yuz bergan holatga TIVning tezkor reaksiyasi yaxshi bo‘ldi. Biroq umumiy fon shuni ko‘rsatadiki, Rossiya jamoatchiligi, OAV va ayrim siyosatchilar orasida migrantlarga, xususan o‘zbekistonliklarga nisbatan noto‘g‘ri tasavvur keng tarqalgan. Go‘yoki ko‘pchilik vatandoshlarimiz Rossiyada ishlab, yurtiga pul yuborgani sababli “biz Rossiyaga qarammiz”, hatto “ular bizni boqayapti” degan iddao paydo bo‘ladi. Rossiya televideniyasi va ijtimoiy tarmoqlarida ham shunga o‘xshash bayonotlar eshitilib turadi.
Aslida masala boshqacha. O‘zbekistonliklar Rossiyadan milliardlab dollar jo‘natishadi - to'g'ri. Lekin bu — rossiyaliklarning sadaqasi yoki xayriyasi emas; bu vatandoshlarimizning mashaqqatli mehnati evaziga olingan halol ish haqi. Ish haqqi odatda xodim yaratgan qiymatdan past bo‘ladi; aks holda, u ishga olinmagan bo‘lardi. Demak, agar o‘zbekistonliklar Rossiyada bir milliard dollar ish haqi olgan bo‘lsa, ular bundan ham katta iqtisodiy qiymat yaratishgan. Qolaversa, barcha pul uyga yuborilmaydi: Rossiyaning o‘zida iste’mol: tovarlar va xizmatlar ko‘rinishida sarflanadi, buni ustiga, jamg‘arma va investitsiyalar hisobiga Rossiya iqtisodiyotida qoladi. Bularning barchasi iqtisodiyotda ijobiy multiplikativ ta’sir beradi. Shu bois vatandoshlarimizning Rossiya iqtisodiyotiga va aholi farovonligiga qo‘shgan hissasi juda yuqori. Menimcha, ko'pchilik tasavvuridan ancha katta multiplikativ ta'sirga ega.
Buni Rossiyada tushunadigan mutaxassislar mavjud. Iqtisodiyot bilan, yoki makroiqtisodiyotga zarracha aloqasi bor odam bundan xabardor. Demografik masala Rossiyaning kelajagi uchun hal qiluvchi: aholi qarimoqda, yoshlar ulushi kichraymoqda, tug‘ilishlar kam. Shu sharoitda o‘zbekistonliklar (umuman Markaziy Osiyo migrantlari) qishloq xo‘jaligi, transport-logistika, xizmatlar, oziq-ovqat va sanoat kabi tarmoqlarda yuzaga kelgan “demografik bo‘shliq”ni to‘ldirib turadigan tayanch ustun bo'lib turishibdi. Ularning ishlashi, soliq to‘lashi va qiymat yaratishi Rossiya uchun katta foyda keltiradi. Qandaydir ma'noda inqirozda qutqarib ham turibdi.
Muzokaralarda va ayniqsa ijtimoiy mulohazamizda ham ana shu faktlarni bilishimiz lozim. Ular ham bilib qolishadi.
Qisqasi, ko'p O'zbeklar muhojir bo'lgani uchun, biz Rossiyaga qaram emasmiz; aksincha, Rossiya iqtisodiyoti bizni mehnat kuchiga sezilarli darajada tayanishga majbur. Ikki taraflama foydali almashuv-bu, lekin ularda bizdan ko'ra yoqotadigan zarari kattaroq. Alternativa ularda kamroq.
Biz kabi, til biladigan, moslashuvchan, kontekstni tushunadigan va madaniy jihatdan yaqin mehnat qo'llarini, ular o‘rta muddatda boshqa manbadan topa olishmaydi va tezda almashtira olishmaydi. Shuning uchun muhojirlarga to‘siq qo‘yishdan ko‘proq zarar ko‘radigan tomon, aynan Rossiya. Ularni hukumatning ayrim amnistiya va yumshatish choralarini ham o‘zbeklarga “g‘amxo‘rlik”dan ko‘ra, real iqtisodiy ehtiyoj — ishchi kuchiga kuchli bog‘liqligidan kelib chiqmoda. Buni unutmasligimiz kerak. Urush ham, bu masalada ham demografik ravishda, ham iqtisodiy ravishda, muzokaralarda bizni nisbiy kuchimizni ko'paytirmoqda.

August 07, 18:10
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Va yana bir bor

August 07, 17:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

OpenAI dan ma’lumotlarning grafik manipulyatsiyasi

April 08, 15:03
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Qatar va AQShda $390,000lik ta’lim: Qaysi kasb orqali $1 million topish mumkin?
🔥
iF ijtimoiy tarmoqlarida podkastlar rukni yo'lga qo'yildi!
Ilk podkastimizning mehmoni Shahzod Yo‘ldoshboyev. Mehmonimiz jami $390 ming grant asosida "Georgetown" va "Tufts" universitetlarida tahsil olganlar.
Bu epizodda biz quyidagilar haqida gaplashamiz:
- Qatar va AQShda ta’lim olishning farqlari
- Iqtisodiyot yo‘nalishi aslida nima? Regression modellar qanday qilib yirik muammolarni yechishga yordam beradi?
- Top universitetlarga topshirishda eng muhim 5 ta omil
- Portfolio uchun qanday qilib samarali tadqiqot (research) qilish mumkin?
- Top universitet bitiruvchilari eng ko‘p qaysi sohalarda ishlaydi?
- Qanday kasb orqali $1 million daromadga erishish mumkin?
- Sun’iy intellekt (AI)dan qanday qilib samarali foydalanish mumkin?
📢
Podkast bugun soat 20:15 da YouTube sahifamizda e'lon qilinadi!
🔗
Tomosha qilish:
Youtebe sahifaga o'tish
@if_platform