
O‘qituvchilar | Kreativ Pedagog
‼️
Bir yarim stavka dars olgan oʻqituvchilarning bir stavkadan ortiq boʻlgan darslari vakant sifatida qayd etilmaydi
✅
Vazirlar Mahkamasining
275-sonli
qarori bilan tasdiqlangan nizomning
3-ilovasiga
«Oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxati asosida oʻqituvchilarga bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq boʻlgan qismi boʻsh ish oʻrinlari sifatida qayd etilmaydi»
, - degan band qoʻshilgan.
Yaʼni, umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga bir yarim stavkagacha ajratilgan dars soatlari
vakant dars soat sifatida
tuman
(shahar)
aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga beriladigan har oylik
hisobotlarga kiritilmaydi
. Shu sababli bir yarim stavka dars olgan oʻqituvchilar
“Endi darsimni olib qoʻyishadi”
degan xadikda boʻlmasa ham boʻladi.
✔️
@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!
🚀
YANGI O‘QUV YILI — YANGI G‘OYALAR, YANGI IMKONIYATLAR!
Assalomu alaykum, aziz Kreativ Pedagoglar!
🇺🇿
Yurtimiz Mustaqilligining 35 yillik shukuhi bilan kirib kelayotgan 2026–2027-o‘quv yili va Bilimlar kuni bilan barchangizni «Kreativ Pedagog» jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
✨
Yangi o‘quv yili — yangi sahifa.
💡
Yangi sahifa esa — yangi g‘oyalar uchun ajoyib imkoniyat!
Har bir darsingizda yangicha yondashuv, har bir metodingizda ijodkorlik, har bir so‘zingizda esa o‘quvchiga beriladigan ilhom mujassam bo‘lsin!
🎯
Bu yil darslaringiz yanada qiziqarli, sinfxonalaringiz yanada faol, o‘quvchilaringiz esa yanada izlanuvchan bo‘lsin!
Aziz ustozlar, siz oddiygina bilim bermaysiz. Siz kelajakni tarbiyalaysiz!
Shuning uchun yangi o‘quv yilida sizga:
🖱️
cheksiz kreativ g‘oyalar,
🖱️
yangicha fikrlash,
🖱️
mazmunli va samarali darslar,
🖱️
kasbingizga bo‘lgan mehr,
🖱️
katta natijalar va yutuqlar tilaymiz!
🌱
Har bir kichik g‘oyangiz katta natijaga, har bir mehnatingiz o‘quvchingizning yorqin kelajagiga sabab bo‘lsin!
Keling, bu o‘quv yilini birgalikda oddiy emas, KREATIV boshlaymiz!
📚
Bilimlar kuni muborak bo‘lsin!
2026–2027-o‘quv yili barchamiz uchun yangi marralar, ulkan zafarlar va unutilmas yutuqlar yili bo‘lsin!
❤️
Hurmat bilan, «Kreativ Pedagog» jamoasi
✔️
@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!
⚡️
Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!
🇺🇿
Mustaqillik biz uchun hayotimizning ma’no-mazmunini butunlay o‘zgartirgan, tariximizda yangi sahifa ochgan buyuk voqea bo‘lib, Vatanimizni, xalqimizni, farovon hayot barpo etish yo‘lini ochib bergani bilan qadrli va mo‘tabardir!
Kreativ pedagog jamoasi barchani bayram bilan qutlaydi!
👉
@Kreativ_pedagog
- Kreativ o'qituvchilar kanali
❄️
O'quvchilaringizga psixologik ta'sir ko'rsating!
➡️
Uzr so‘ramang, minnatdor bo‘ling
;
Agar darsga biroz kechiksangiz "Kechirasizlar, kechikdim" emas, o‘rniga "kutganingiz uchun tashakkur" deb ayting. Siz o'quvchilar eʼtiborini o‘z aybingiz emas, balki o'zlarining yaxshi xislatlariga qaratgan bo'lasiz.
➡️
Agar siz o'quvchini tanqid qilmoqchi bo‘lsangiz, avvalo
maqtov bilan gapiring,
keyin tanqidni ayting - va yana maqtov, ana o‘shanda sizning so‘zlaringiz negativ tarzda qabul qilinishi kamayadi.
➡️
Tinglang
;
O'quvchini gapirishiga yo‘l bering. Agar u to‘xtab qolsa - biroz kuting. U o‘z-o‘zidan sukunatni to‘ldirishni istaydi va qayta gapiradi, mavzuni rivojlantirishni boshlaydi.
➡️
Munozara davomida barcha o'quvchilar bilan kelishilgan narsalarni toping va faqatgina
asosiy muammolarni
muhokama qiling.
☝️
Yuqoridagi ko'nikmalar sizni o'quvchilar oldida
hurmatingizni yanada oshiradi
, shuningdek ular sizda "
stressli
" vaziyatlar kelib chiqishini oldini oladi!
😎
Kreativ Pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!
❗️
Diqqat! Yangi oʻquv yiliga tayyormisiz?
Bir necha kundan so‘ng,
darsni shovqinsiz
oʻtish, dars jarayonini
qiziqarli
qilish va barcha uchun
sevimli ustoz
boʻlishni istaysiz! Lekin biror bir zamonaviy metod bilmasangiz bu orzularni tushingizda koʻravering.)
🎁
Shu vaziyatda sizga, “Kreativ pedagog” intensiv kursi orqali “
qiziqarli video shaklidagi metodlarni oʻrganishni tavsiya etamiz
!" Bu orqali siz:
— Yangi oʻquv yilida
sinfni 1 daqiqada tinchlantirish;
—
Sayohat metodi
orqali qiyin mavzuni oson tushuntirish;
—
Avtofokus metodi
bilan barchaning diqqatini darsga qaratishni oʻrganasiz!
🥰
Xullas, oʻquvchilaringizdan har dars soʻngida «
darsimiz juda tez tugab qoldi
” degan fikrlarini eshitaverib, “
mazza
” qilasiz!
Buning uchun hoziroq
@Krepeduz_admin
profiliga “Metodlarni oʻrganmoqchiman” deb yozing.
Kanalimiz
👉
@Kreativ_pedagog
‼️
Yangi o‘quv yilida maktablarda intizomli bo'lishning foydalari haqida:
1️⃣
Vaqtida kelish – samaradorlikni oshiradi
.
Tadqiqotlarga ko‘ra, darsga kechikmay keladigan o‘quvchilarning o‘zlashtirishi 15–20% ga yuqori bo‘ladi.
🕒
Intizomli o‘quvchi vaqtni qadrlaydi – bu esa hayotdagi katta muvaffaqiyatlarga tayyorgarlikdir.
2️⃣
Telefonni dars vaqtida o‘chirib qo‘yish – e’tiborni jamlashga yordam beradi.
O‘quvchilar dars vaqtida telefon ishlatmaganda, ularning eslab qolish darajasi 25% ko‘proq bo‘ladi.
📵
Intizomli sinf – chalg‘ituvchi omillarsiz bilim olish uchun eng qulay muhit.
3️⃣
K
iyim-boshga e’tibor – mas’uliyat hissini oshiradi.
Maktab formasini intizom bilan kiyadigan o‘quvchilarda o‘ziga nisbatan ishonch yuqori bo‘ladi.
👔
Tashqi ko‘rinishdagi intizom – ichki tartibning belgisi.
4️⃣
O‘qituvchiga hurmat bilan muomala qilish – sog‘lom muhitni ta’minlaydi.
Hurmatli muhitda o‘quvchilar o‘z fikrlarini bemalol bildiradi va darsga qiziqish ortadi.
👩🏫
Intizom – o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ishonch ko‘prigidir.
5️⃣
Uy vazifasini vaqtida bajarish – mustaqil fikrlashni rivojlantiradi.
Muntazam uy vazifasini bajaradigan o‘quvchilar test va imtihonlarda 30% yuqori natija ko‘rsatadi.
📚
Bu odat – hayotdagi boshqa muammolarga mas’uliyat bilan yondashishga o‘rgatadi.
OTA ONALARGA YUBORIB QO‘YING
Manba
✔️
@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!
Sentyabrga tayyormisiz?
O‘quv yilining birinchi haftasi — butun yilga ta’sir qiladigan muhim davr.
Boshida yo‘l qo‘yilgan xatolarni keyinchalik tuzatish qiyin.
Shu sababli Zamonaviy Pedagog jamoasi o‘qituvchilar uchun
1 haftalik BEPUL “Professional Start”
darslarini tayyorladi.
Siz sentyabrni samarali boshlash uchun tayyor metod va amaliy uslublarni o‘rganasiz.
🎁
Qo‘shilish vaqti cheklangan. Shoshiling.
👇
Qo‘shiling:
@professionalstart_bot
@professionalstart_bot
⚡
⚡
Sertifikatga ega o’qituvchilar attestatsiyadan ozod qilinadi
Tegishli sertifikatga ega bo’lgan o’qituvchilarga attestatsiyada o’zining mutaxassislik fanidan maksimal ball beriladi.
Mazkur tartib haqidagi batafsil ma’lumotlar videoda.
Mavzuga oid qo’shimcha savollaringizni video ostidagi izohlarda yozib qoldiring.
📝
Izoh yozish
✔️
@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!
⚡
⚡
Oʻqituvchilar majburiy tibbiy koʻrikdan bepul oʻtkazilishi haqida vazirlik topshiriq berdi
❇️
2026/2027-oʻquv yili oldidan pedagoglarning majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi bilan bogʻliq muhim tartib eslatildi. Qonunchilikka muvofiq bepul tibbiy koʻrikdan oʻtish huquqiga ega pedagoglardan ushbu xizmat uchun pul undirilmasligi haqida topshiriq berildi.
👆
Yuqoridagi fotodagi koʻrsatmaga koʻra, maktabgacha va maktab taʼlimining hududiy boʻlinmalari tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning tegishli maʼlumotlar bilan birga roʻyxatini shakllantirishi va ushbu roʻyxatni tibbiy koʻrikni oʻtkazuvchi davolash-profilaktika muassasalariga taqdim etishi kerak
🚀
Barcha hamkasblarga yuborib qo'ying, foydali bo'lsin
✔️
@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!
#abituriyent_2026
🎤
Vakant (bo‘sh) o‘rinlar bo‘yicha eng ko‘p so‘ralgan savollarga javoblar
❓
Kimlar hujjat topshira oladi?
Kirish imtihonlarida ishtirok etgan va minimal 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin oʻqishga kira olmagan abitiruyentlar va qabulning tanlov bosqichida OTM va yoʻnalish tanlamagan abituriyentlar bo’sh o’rinlar uchun hujjat topshirishi mumkin.
❓
Nechtagacha yoʻnalish tanlash mumkin?
Fanlar majmuangizga mos keladigan yoʻnalishlarda boʻsh oʻrin boʻlsa, 5 tagacha yoʻnalish, oliy ta’lim muassasasi va istalgan ta’lim shakli – kunduzgi, kechki va masofaviydan birini tanlashi mumkin.
❓
Boʻsh oʻrin uchun qayerdan ariza qoldiraman?
Bilimni baholash agentligining
my.uzbmb.uz
saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali “vakant oʻrinlar uchun ariza berish” boʻlimida ariza topshiriladi.
❓
Balim yetsa, grantga kiramanmi yoki kontrakt?
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.
❓
Qabul qachongacha davom etadi?
Vakant oʻrinlar uchun arizalar 22-avgustdan 28-avgustgacha davom etadi. Mandat qabul yakunlangach bir hafta ichida e’lon qilinadi.
❓
Nega men tanlagan yoʻnalishda boʻsh oʻrin chiqmayapti?
Chunki ayrim yoʻnalishlarda kvota toʻlib boʻlgan va bunday holatda qoʻshimcha oʻringa qabul boʻlmaydi. Faqatgina toʻlmay qolgan oʻrinlar uchun hujjat topshirish
mumkin.
✔️
@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!