Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

O‘qituvchilar | Kreativ Pedagog

kreativ_pedagog
📌 Kreativ pedagog — Kreativ o‘qituvchilar kanali 🔹 Kursga yozilish: @Krepeduz_admin 📲 Reklama uchun: @Edumedia_reklama
Подписчики
39 382
24 часа
-45
30 дней
-1 718
Просмотры
2 675
ER
6,79%
Посты (30д)
23
Символов в посте
1 082
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
July 26, 18:05
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

‼️
Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?
Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda
davlat grantini
ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.
👉
Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
🔹
Davlat grantini tanlasa
— tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;
🔹
Ta’lim yo’nalishini tanlasa
— avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q,
asosiysi davlat grantiga kirishim kerak"
, desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart,
kontraktga kirsam ham roziman
" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.
Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.
➡️
Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Mandat chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi.
✔️
@ Kreativ_pedagog -
Kreativ ustozlar kanali
!

July 26, 16:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🚨
MAKTAB BOSHLANISHIGA ATIGI 1 OY QOLDI!
📚
Oldinda yangi o'quv yili, yangi sinflar va katta mas'uliyat kutmoqda.

Siz 1 yillik "jang"ga tayyormisiz?
📖
Sizga "Upgrade ustoz" loyihasini taklif qilamiz, u yerda siz quyidagilarni o'rganasiz:
🔹
Ustozlik falsafasi va professional kompetensiyalar;
🔹
Darsni rejalashtirish va samarali metodika;
🔹
O'quvchi psixologiyasi;
🔹
AI va zamonaviy raqamli vositalar;
🔹
Nutq, imidj va shaxsiy brend;
🔹
Ota-onalar bilan samarali muloqot;
🔹
Baholash va sifatli feedback;
🔹
Liderlik va jamoa bilan ishlash;
🔹
Shaxsiy va kasbiy rivojlanish.
⚔️
Har bir ustozning eng kuchli quroli — METODIKA!
🎁
Upgrade Ustoz loyihasiga qo'shilgan ustozlarga BEPUL:

100+ zamonaviy metodikalar bazasi;

Dars uchun eng samarali enerjayzerlar;

Ustozlar uchun 100+ ilmiy va badiiy adabiyotlar bazasi.
🎉
Bundan tashqari, hozir ayni fursat!
Upgrade Ustoz loyihasiga 30% CHEGIRMA e'lon qilindi!
Alohida xarid qilmoqchi bo'lsangiz:
📌
Metodikalar + enerjayzerlar bazasi — 30 000 so'm
📌
Har bir ustoz o'qishi kerak bo'lgan ilmiy va badiiy adabiyotlar bazasi — 30 000 so'm
📌
Metodikalar + adabiyotlar bazasi (ikkala kanal) — 50 000 so'm
🔥
Loyiha ishtirokchilari esa barcha bonuslar mutlaqo bepul.
📩
Hoziroq
@Karimaxon_Khusanova
ga yozing.
Sentabrgacha o'zingizga qilgan eng yaxshi investitsiyangiz aynan shu bo'lishi mumkin

July 25, 14:48
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram



Sinf xonalarida parta va stollar qanday joylashtirilishi kerak bilasizmi?
Yangi o‘quv yilida eʼtiborli bo‘ling!

Sinf xonalaridagi parta stol-stullar quyidagi tartibda joylashtirilishi kerak:
1️⃣
2 o’rinli stollar qatoridagi  masofa 60 sm dan kam bo’lmasligi kerak;
2️⃣
Parta qatorlari bilan tashqi devor orasidagi masofa 50—70 sm;
3️⃣
Parta qatorlari bilan ichki devor, to’siq, shkaf orasidagi masofa 50 sm;
4️⃣
Oxirgi parta bilan devor orasi 70 sm;
5️⃣
Doska bilan birinchi parta orasi   240 sm;
6️⃣
Doska bilan oxirgi parta orasidagi masofa 860 sm;
7️⃣
Doskani pastki tomoni bilan pol orasidagi masofa 70-90 sm bo’lishi kerak.
🟤
Maktab guruhingizga tashlab qo‘ysangiz, boshqalarga foydali bo‘ladi
🚀
O‘quvchilaringizga ham ulashing!
✔️
@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!

July 24, 05:33
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎁
200 ta esse namunasi
jamlangan
KITOB (PDF)
📥
Yuklab oling va foydalaning!
Manfaatli boʻldi deganlar "
🔥
" bosamiz
.
Manba
🚀
Maktab guruhingizga tashlab qo‘ysangiz, boshqalarga foydali bo‘ladi
✔️
@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!

July 23, 03:08
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram



Oʻquvchilar uchun yagona maktab formasi talabi bekor qilingan
​Yangi o‘quv yilida o‘quvchilar uchun yagona maktab formasini kiyish
majburiy talab emas
.
​Ota-onalar va jamoatchilik orasida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan ushbu masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniq huquqiy qaror qabul qilingan.
📝

Asosiy qonunchilik hujjati:

Qaror:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 3-oktabrdagi
558-sonli qarori.
​​​​
To‘liq nomi:
"Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"
gi qaror.
❇️
Qarorning mazmuni va talablari:
​​​​
Majburiyatning bekor qilinishi:
Mazkur hujjatga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida o‘quvchilar uchun tasdiqlangan shakldagi yagona maktab formasini
to‘liq va majburiy tarzda joriy etish talabi rasman bekor qilindi
.
✔️
@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!

July 17, 15:10
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#vakansiya


Pedagog platformasida “Bo‘sh ish o‘rinlari” bo‘limi ishga tushirildi
Endilikda
Pedagog
platformasi orqali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumta’lim maktablaridagi mavjud
bo‘sh ish o‘rinlari (vakansiyalar)
bilan tanishish va ularga
onlayn ariza topshirish
mumkin.
Yangi bo‘lim imkoniyatlari:

Fan va hudud bo‘yicha mos vakansiyalarni qidirish;

Tanlangan vakansiyaga onlayn ariza yuborish;

Ish qidirish jarayonini soddalashtirish;

Vaqtni tejash va ishga qabul qilish jarayonining shaffofligini ta’minlash.
Pedagoglar platformadagi shaxsiy kabineti orqali respublika bo‘ylab mavjud ochiq vakansiyalar bilan tanishishlari mumkin:
👉
https://pedagog.uzedu.uz
Eslatma:
Yangi tashkil etilayotgan hamda faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan maktablardagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun hujjatlar qabuli avvalgidek quyidagi platforma orqali davom etmoqda:
👉
https://vacancy.piima.uz
✔️
@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!

July 16, 16:40
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#ai
#kreativ


2026-yilda o‘qituvchilar uchun ta’limni yaxshilashga qaratilgan 12 ta sun’iy intellekt
Sun’iy intellekt texnologiyasidan to‘g‘ri foydalanish sizning pedagogik uslubingizni tubdan o‘zgartirishi va talabalar tajribasini yanada boyitishi mumkin.
O‘qituvchilar uchun 12 ta sun’iy intellekt vositalari
1️⃣
MagicSchool AI —
bu platforma bir nechta sun’iy intellekt vositalarini bitta joyda jamlab beradi: dars rejasi tuzish, baholash me’yorlari generatsiyasi, turli darajadagi talabalar uchun moslashtirilgan materiallar, shuningdek darslarni interaktiv o‘tkazish uchun g‘oyalar.
2️⃣
Undetectable AI —
o‘qituvchilar uchun muhim vosita. U nafaqat AI tomonidan yaratilgan matnni aniqlay oladi, balki kerak bo‘lganda uni tabiiy, o‘qilishi qulay shaklga qayta yozadi. Bu talabalar ishlaridagi plagiat yoki AI yordamida tayyorlangan matnlarni aniqlash va oldini olishda foydali bo‘ladi.
3️⃣
Otter.ai
(
Otter.ai
/ OtterPilot) —
masofaviy darslar, uchrashuvlar yoki onlayn seminarlar paytida avtomatik ravishda suhbat matni, ta’riflar, slaydlar yozuvini tayyorlaydi. Shuningdek, keyingi uchrashuvlar uchun muhim eslatmalarni beradi.
4️⃣
Canva Classroom Magic —
vizual materiallar, slaydlar, infografika, animatsiyalar yaratishda qulay. Bu vosita yordamida darslarni yanada qiziqarli va tushunarli qilishingiz mumkin.
5️⃣
Grammarly
— imlo, uslub, grammatika va matn aniq-ravonligini tekshirishda foydali. Bundan tashqari, AI asosida tavsiyalar beradi, iqtiboslar va formatlashda yordam beradi — bu referat, esse, tadqiqot ishlari tayyorlayotganda ayniqsa foydali.
6️⃣
SlidesAI.io
— dars yoki prezentatsiyalar uchun slaydlar tayyorlashni soddalashtiradi: matn yoki mavzuni kiritsangiz yetarli — slaydlar tezda generatsiya qilinadi.
7️⃣
Quizizz
— test, viktorina yoki interaktiv sinovlar yaratish uchun qulay platforma. U orqali talabalar o‘z bilimini sinab ko‘rib, siz esa ularning holatini kuzatishingiz mumkin.
8️⃣
Education Copilot —
dars rejalari, o‘quv materiallari, baholash shablonlari va boshqa ko‘plab pedagogik materiallarni tezda tayyorlash imkonini beradi.
9️⃣
ChatGPT
— asosiy generativ AI vosita sifatida: dars g‘oyalari, mavzular, topshiriqlar, muammolar va ijodiy mashqlar yaratishda yordami katta.
1️⃣
0️⃣
PowerPoint Speaker Coach
— agar siz dars yoki taqdimot qilayotgan bo‘lsangiz — bu vosita nutq va prezentatsiyangizni yaxshilashga yordam beradi: nutq tempi, ravonligi, tushunarli bo‘lishi bo‘yicha tahlil beradi.
1️⃣
1️⃣
Design.com
— plakatlar, videolar, vizual materiallar, e’lonlar va boshqa ko‘rgazmali materiallar tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Bu sizga dars, tadbir yoki maktab faoliyati uchun sifatli grafikalar yaratishni soddalashtiradi.
1️⃣
2️⃣
BrandCrowd
— sinf, maktab klubi, tadbirlar yoki jamoalar uchun logotiplar, reklama materiallari, grafikalar va bannerlar yaratishda foydalanish mumkin bo‘lgan platforma. Foydalanish juda sodda — kalit so‘zlar kiritsangiz, tayyor shablonlardan tanlaysiz.
🚀
Hamkasb ustozlarga ham yuborib qo'ying, boshqalarga ham foydali bo'lsin
✔️
@Kreativ_Pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!

July 16, 15:01
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

‼️
#DIQQAT
#ELON
‼️
🎓
"ZAMONAVIY TA’LIM ISLOHOTLARI TASHABBUSKORI"
antologiyasiga qabul boshlandi!
🔥
Ayni paytda 50% CHEGIRMA amal qilmoqda!

Taklif cheklangan muddat uchun!
⚠️
Qabul soni ham CHEKLANGAN!

O‘zingizning ilmiy maqolangiz, metodik ishlanmangiz yoki ijodiy ishingizni xalqaro nashrda chop ettirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
🎁
Ishtirokchilarga beriladigan imkoniyatlar:
👑
Esdalik nishoni
📜
Nishon uchun rasmiy guvohnoma (bosma)
📄
Sertifikat (bosma)
💌
Tashakkurnoma (bosma)
📖
Maqolalar va ijodiy ishlar jamlangan KITOB (bosma shaklda)
🌍
Kitob xalqaro nufuzli nashriyotda chop etiladi!
🎉
Rasmiy taqdirlash marosimi:
🇺🇿
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan
📍
Toshkent shahrida
📺
OAV ishtirokida tantanali tarzda
📅
Avgust oyida o‘tkaziladi!
📢
Qo‘shimcha imkoniyat:
✍️
Maqola yozish xizmati ham mavjud!
📲
Bog‘lanish uchun:
📩
Telegram:
@Mukhammad_Ali_Ruzibayev
📞
Tel:
+998888657722
ILM YO‘LIDA BIRGA QADAM TASHLAYLIK!
🌐
Kanal:
@Millat_Ziyolilari
🌐
Kanal:
@Millat_Ziyolilari
❗️
Bugunoq ro‘yxatdan o‘ting va 50% chegirmadan foydalanishga ulgurib qoling!

July 15, 14:10
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#Diqqat
‼️
O'qituvchilar endi qaysi maktabda bo'sh ish o'rni bor ekan, deb qidirib yurishmaydi
Chunki ular uchun «Pedagog» platformasida bo'sh ish o'rinlari bo'limi ishga tushirildi. Endi ishga onlayn tarzda ham ariza topshirishlari mumkin.
🚀
O'qituvchi hamkasb tanishlarga yuborib qo'yamiz
✔️
@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!

July 14, 16:29
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram



Kasbiy sertifikatlash sinovlariga murojaat yuborish 31-iyulgacha davom etadi

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qaroriga muvofiq, umumiy o‘rta ta'lim tashkilotlariga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-o‘qituvchilar hamda tegishli malaka toifasiga ega bo‘lmagan pedagoglar kasbiy sertifikatlash sinovlarida ishtirok etishi belgilangan.
📌
Murojaatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.
‼️
Hujjat topshirish 31-iyul (shu kuni ham) yakuniga qadar davom etadi.

Kasbiy sertifikatlash sinovlarida quyidagilar ham ishtirok etishi mumkin:
• Joriy yilning mart–iyun oylaridagi sinovlarda 56 balldan kam natija olgan stajyor-o‘qituvchilar;
• Sinovlarda umuman ishtirok etmagan pedagoglar;
• Uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan pedagoglar;
• O‘z xohishiga ko‘ra sertifikatlash sinovida qatnashishni istagan talabgorlar
✔️
@Kreativ_pedagog
-
Kreativ ustozlar kanali!