
LOGO SCHOOL
⁉️
Qachon zudlik bilan murojaat qilish kerak?
Quyidagi holatlarda kutib yurmaslik kerak:
• bola 18 oyligida ma’noli so‘z aytmasa;
• 2 yoshida ikki so‘zli iboralar bo‘lmasa;
• ilgari aytgan so‘zlari yo‘qolib qolsa;
• ismiga yoki ovozga javob bermasa;
• ko‘z bilan aloqa juda kam bo‘lsa;
• oddiy topshiriqlarni tushunmasa;
• imo-ishora va muloqotdan foydalanmasa;
• tutqanoq, harakat buzilishi yoki boshqa nevrologik belgilar bo‘lsa.
“Keyin o‘zi gapirib ketadi” deb uzoq kutish to‘g‘ri emas. Erta baholash va erta mashg‘ulotlar odatda bolaning rivojlanish imkoniyatlarini yaxshilaydi. ZRRning aniq tashxisi bolaning yoshi, tushunish qobiliyati, eshitishi, muloqoti va umumiy rivojlanishi birgalikda baholangandan keyin qo‘yiladi.
https://t.me/logoped77
❕
Davolash va yordam
ZRR uchun bitta universal dori mavjud emas. Yordam bolaning sababiga qarab belgilanadi. Odatda kompleks yondashuv qo‘llanadi:
• muntazam logopedik mashg‘ulotlar;
• ota-ona bilan kundalik faol muloqot;
• mayda va yirik motorikani rivojlantiruvchi o‘yinlar;
• rasm, predmet va harakatlarni nomlash;
• kitob o‘qish va rasmlar asosida suhbatlashish;
• bolaning so‘zini to‘g‘rilashdan ko‘ra, to‘g‘ri variantni takrorlab berish;
• ekran vaqtini kamaytirish;
• eshitish yoki boshqa tibbiy muammo bo‘lsa, uni davolash.
Uy sharoitidagi oddiy mashqlar
• Bola bilan yuzma-yuz, qisqa va aniq gapiring.
• Harakatlarni so‘z bilan bog‘lang: “qo‘l yuvamiz”, “to‘pni ol”.
• Bola bir so‘z aytsa, siz uni kengaytiring: “mashina” — “qizil mashina ketyapti”.
• Har kuni 10–15 daqiqa rasmli kitob ko‘ring.
• “Bu nima?”, “Qayerda?”, “Kim keldi?” kabi sodda savollar bering.
• Javob berish uchun bolaga vaqt bering; darhol javobini o‘zingiz aytib qo‘ymang.
• Telefonni bolaning gapirtirish vositasi sifatida ishlatmang.
• So‘zlarni majburlab takrorlatishdan ko‘ra, o‘yin orqali muloqot qiling.
https://t.me/logoped77
❓
Qanday tekshiruvlar kerak? Bola nutqida kechikish sezilsa, quyidagi mutaxassislarga murojaat qilish maqsadga muvofiq:
✅
Pediatr — bolaning umumiy sog‘lig‘ini baholaydi.
✅
Bolalar nevrologi — asab tizimi va rivojlanish holatini tekshiradi.
✅
Surdolog yoki LOR shifokori — eshitishni tekshiradi.
✅
Logoped — nutq, talaffuz, lug‘at va gap tuzishni baholaydi.
✅
Bolalar psixologi yoki rivojlanish bo‘yicha mutaxassis — diqqat, tafakkur, xotira va muloqotni tekshiradi.
✅
Zarur bo‘lsa, bolalar psixiatri yoki boshqa tor mutaxassis. Eshitishni tekshirtirish ayniqsa muhim, chunki bola tovushlarni yaxshi eshitmasa, so‘zlarni to‘g‘ri o‘zlashtira olmaydi.
https://t.me/logoped77
📍
ZRR sabablari
Nutq kechikishi bitta sabab bilan bog‘liq bo‘lmasligi mumkin. Eng ko‘p uchraydigan omillar:
• Eshitish qobiliyatining pasayishi.
• Homiladorlik yoki tug‘ruq vaqtida kislorod yetishmasligi.
• Muddatidan oldin tug‘ilish.
• Asab tizimi yoki miya rivojlanishi bilan bog‘liq muammolar.
• Genetik va irsiy omillar.
• Tez-tez yoki og‘ir kechgan kasalliklar.
• Artikulyatsiya a’zolari, til yoki tanglaydagi anatomik xususiyatlar.
• Bola bilan kam gaplashish va kam kitob o‘qish.
• Haddan tashqari telefon, planshet yoki televizor ishlatish.
• Oiladagi kuchli stress yoki bolaning ruhiy jarohati.
• Ikki tilli muhitning noto‘g‘ri tashkil qilinishi.
📎
Muhim jihat: ikki tillilikning o‘zi nutq kechikishiga sabab bo‘lmaydi. Biroq bola ikkala tilda ham muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishi va kattalar u bilan faol gaplashishi kerak.
https://t.me/logoped77
📌
Asosiy belgilar
✅
Go‘daklik davrida
Quyidagi belgilar kuzatilishi mumkin:
• 2–5 oylikda guvillash yoki tovush chiqarishning kamligi.
• 6–9 oylikda bolaning tovushlarga taqlid qilmasligi.
• Ismi aytilganda qaramasligi yoki ovozga sust javob berishi.
• 9 oylikda “ma-ma”, “ba-ba” kabi bo‘g‘inlarni aytmasligi.
• Kattalar bilan ko‘z orqali aloqa qilishning kamligi.
• O‘yinchoq yoki kerakli narsani imo-ishora bilan ko‘rsatmasligi.
• Oddiy tovush va so‘zlarni takrorlashga qiziqmasligi.
✅
1–2 yoshda
• 12–18 oylikda birorta ham ma’noli so‘z aytmaslik.
• 18 oylikda bir necha oddiy so‘zdan foydalanmaslik.
• “Ber”, “kel”, “olib kel” kabi oddiy topshiriqlarni tushunmaslik.
• Tana a’zolarini ko‘rsatmaslik.
• Istagini so‘z bilan emas, faqat yig‘i yoki tortish orqali bildirish.
• So‘z boyligi juda kam bo‘lishi.
Agar bola 18 oyligida umuman ma’noli so‘z aytmasa, bu mutaxassisga murojaat qilish uchun muhim signal hisoblanadi
✅
2–3 yoshda
• Ikki yoki uchta so‘zdan iborat gap tuza olmaslik.
• Oddiy savollarga javob bermaslik.
• Rasmda ko‘rsatilgan narsalarni nomlamaslik.
• Nutqni yaqinlari ham qiyin tushunishi.
• Bir xil tovush yoki so‘zlarni doimiy takrorlash.
• So‘zlarni juda qisqartirib yoki buzib aytish.
• Ertak yoki qisqa hikoyaning mazmunini tushunmaslik.
✅
3 yoshdan keyin
• Gap o‘rniga faqat alohida so‘zlardan foydalanish.
• Fikrini imo-ishora bilan ifodalash.
• Ko‘pchilik tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish.
• Savol berilganda javob bermaslik yoki mavzuga aloqasiz javob berish.
• O‘rgangan so‘zlarini faol ishlatmaslik.
• Muloqotga qiziqishning juda kamligi.
https://t.me/logoped77
ZRR nima?
ZRR odatda ruscha “ЗРР — задержка речевого развития”, ya’ni nutq rivojlanishining kechikishi degan ma’noni anglatadi. Bu bolaning o‘z yoshiga mos ravishda gapirish, so‘z boyligini oshirish, gap tuzish yoki nutqni tushunish ko‘nikmalarini egallashi sekinlashgan holatdir.
Ba’zan ZPRR atamasi ham ishlatiladi. U psixo-nutq rivojlanishining kechikishi bo‘lib, nutqdan tashqari tafakkur, diqqat, xotira, hissiy va boshqa rivojlanish sohalarida ham kechikish bo‘lishi mumkin.
https://t.me/logoped77
📱
Телефон ва кўз
Телефон ва телевизор катталар кўзини хиралаштириши унчалик хақиқатга яқин эмас. Толиқтириши бор гап.
➖
Аммо болалар кўз соққаси 20 ёшгача шаклланади. Кўз соққасининг диаметри ўртача 24 мм бўлиши керак. Телефон ва тв ни яқиндан кўриш натижасида кўз соққаси зўриқади ва каттароқ бўлиб шаклланади.
➖
Каттароқ шаклланган кўз соққаси адаптация ва аккомодация қийинроқ бўлади ва кейинчалик миопия ривожланади. Ана ўшанда кўзойнакли болажонга эга бўласиз.
➖
Миопия бу нарса ва буюмларни яқиндан яхшироқ кўриш хасталиги хисобланади.
Ўртача масофа 25-40 см бўлиши керак. Диққатли бўлинг.
Боласига телефон берадиган беетибор оналарга жонатинг
https://t.me/logoped77
кўргинг келган инсонни кўриб қолишдан қўрқасан баъзан