Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

mahallavaoila_instituti
“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti https://t.me/mahallavaoila_instituti facebook.com/oilavaxotinqizlarinstituti www.instagram.com/oilavaxotinqizlarinstituti/
Subscribers
1 485
24 hours
-1
30 days
75
Post views
292
ER
19,66%
Posts (30d)
65
Characters in post
1 038
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Research & Academia
Summary
July 28, 11:54
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

Avval xabar qilganimizdek, oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ularning muammolarini kompleks o‘rganish hamda manzilli hal etish maqsadida respublika bo‘ylab "Xotin-qizlar balansi"ni shakllantirish ishlari boshlangan.
⚡️
Ushbu vazifalarning mantiqiy davomi sifatida joriy yilning 28-iyul kuni Navoiy viloyatiga biriktirilgan vakil, "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti direktori
N.Egamberdiyeva
ishtirokida Xatirchi tuman hokimligida mas’ul tashkilotlar rahbarlari va mahalla xotin-qizlar faollari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
⚡️
Yig‘ilishda "Xotin-qizlar balansi"ni shakllantirish jarayonini sifatli tashkil etish, ma’lumotlarni to‘liq va ishonchli yig‘ish, har bir xotin-qizning ijtimoiy holatini chuqur tahlil qilish hamda aniqlangan muammolarni manzilli hal etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
⚡️
Shuningdek, har bir mas’ul tashkilotga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aniq vazifalar yuklatilib, ma’lumotlarni o‘z vaqtida va sifatli shakllantirish hamda ijroni ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Belgilangan vazifalarning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

➡️
Bizni kuzating:
💳
WEB-saytimiz
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
✍️
Ilmiy loyihalarimiz

July 28, 05:33
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Har bir ayol e’tiborda
Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining topshirig‘iga muvofiq, oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ularning muammolarini kompleks o‘rganish hamda manzilli hal etish maqsadida har bir hududda "Xotin-qizlar balansi"ni shakllantirish ishlari amalga oshirilmoqda.
✔️
Shu munosabat bilan Navoiy viloyatiga biriktirilgan vakil, "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti direktori
N.Egamberdiyeva
hamda Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i
M.Mamadiyarova
ishtirokida Navoiy shahar hokimligi binosida mas’ul tashkilotlar rahbarlari va mahalla xotin-qizlar faollari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
✔️
Yig‘ilish davomida
"Xotin-qizlar balansi"
ni shakllantirishning maqsad va vazifalari, ma’lumotlarni to‘liq va xolis shakllantirish, har bir xotin-qizning ijtimoiy holatini chuqur tahlil qilish hamda aniqlangan muammolarni manzilli hal etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
✔️
Shuningdek, har bir mas’ul tashkilotga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi hamda topshiriqlar ijrosini sifatli va belgilangan muddatlarda ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Belgilangan vazifalarning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.
➡️
Bizni kuzating:
💳
WEB-saytimiz
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
✍️
Ilmiy loyihalarimiz

July 27, 06:03
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#BRM
#SDG2
#Gender
BRM 2-maqsad.
2-maqsad "Ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ovqatlanishni yaxshilash
".
📌
Maqsad:
2030-yilgacha barcha insonlar, ayniqsa, go‘daklar, o‘smir qizlar, homilador va emizuvchi xotin-qizlar, keksa insonlar hamda ijtimoiy zaif guruhlarning yil davomida xavfsiz, to‘yimli va yetarli oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
Mazkur yo‘nalish quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi:
✔️
Oziq-ovqat tanqisligining tarqalishi
✔️
O‘rtacha yoki og‘ir oziq-ovqat xavfsizligidan aziyat chekayotgan aholining ulushi
✔️
5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida o‘sishning sustlashishi
✔️
5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida ozg‘inlik va ortiqcha vazn holatlari
✔️
Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarining jinsi, daromadi va resurslardan foydalanish imkoniyati
🌐
Global holat qanday?
2024-yilda dunyo bo‘yicha
673 million kishi ochlikdan aziyat chekkan
. Shuningdek,
2,3 milliard kishi
o‘rtacha yoki og‘ir darajadagi oziq-ovqat xavfsizligi muammosini boshdan kechirgan.
Bolalar orasida ham vaziyat dolzarb: 2024-yilda 5 yoshgacha bo‘lgan
150,2 million bola o‘sishi sust
,
42,8 million bola ozg‘in
,
35,5 million bola esa ortiqcha vaznli
deb baholangan.
📉
Gender tafovuti nimada ko‘rinadi?
2024-yilda ayollarning
26,1 foizi
, erkaklarning esa
24,2 foizi
o‘rtacha yoki og‘ir oziq-ovqat xavfsizligi muammosiga duch kelgan. Bu ayollar va erkaklar o‘rtasida
1,9 foiz punktlik tafovut
mavjudligini ko‘rsatadi.
Boshqacha aytganda, global miqyosda oziq-ovqat tanqisligi ayollar hayotiga nisbatan kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2024-yilda erkaklarga nisbatan
taxminan 64 million ko‘proq ayol
oziq-ovqat xavfsizligidan aziyat chekkan.
➡️
Bizni kuzating:
💳
WEB-saytimiz
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
✍️
Ilmiy loyihalarimiz

July 25, 10:28
Media unavailable
2
Show in Telegram

#OAV_biz_haqimizda
📱
"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan "Kitoblar karvoni" loyihasi doirasida Buxoro viloyati Oila va xotin-qizlar bo‘limlari, xotin-qizlar faollari uchun metodik materiallar yetkazib berildi. Bu haqida "Buxoro" telekanalining "Xabar" dasturida lavha efirga uzatildi.
➡️
Bizni kuzating:
💳
WEB-saytimiz
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
✍️
Ilmiy loyihalarimiz

July 25, 07:31
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#malaka_oshirish_kurslari
🧐
“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan malaka oshirish kurslari davom etmoqda.
✔️
Tizim xodimlari va mahalla xotin-qizlar faollari uchun tashkil etilgan kurslarda institut katta ilmiy xodimi
R.Hojiyev
"Xotin-qizlar tizimida murojaatlar bilan samarali muloqatni yo'lga qo'yish" va "Oila-turmush munosabatlari doirasida ayollar jinoyatchiligi: sabablar, oqibatlar profilaktika mexanizmlari"
mavzularida ma'ruza qildi.
✔️
Shuningdek, institut xodimi
O.Qodirova
"Boshqaruv psixologiyasida xodimlarni motivatsiyasini oshirish: nazariy va amaliy asoslar"
mavzusida ma'ruza o'qidi.
➡️
Bizni kuzating:
💳
WEB-saytimiz
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
✍️
Ilmiy loyihalarimiz

July 24, 12:39
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

#malaka_oshirish_kurslari
🧐
“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan malaka oshirish kurslari davom etmoqda.
✔️
Tizim xodimlari va mahalla xotin-qizlar faollari uchun tashkil etilgan kurslarda institut direktori oʻrinbosari
H.Abduramanov
"Jamiyatda nikoh institutining roli va ahamiyatu" va "Sog'lom turmush tarzi-farovon oila asosi"
mavzlarida ma'ruza qildi.
✔️
Shuningdek, institut xodimi
O.Qodirova
"Psixologik muloqot va stresni boshqarish; nizoli vaziyatlarda neytrallik, barqarorlik va professoional nahorat" va "Nizoli va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ishlash tizimi"
mavzusida ma'ruza o'qidi.
➡️
Bizni kuzating:
💳
WEB-saytimiz
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
✍️
Ilmiy loyihalarimiz

July 24, 05:09
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

I
mkoniyatlar tengmi yoki stereotiplar hanuz saqlanib qolganmi?
Davlat xizmatida gender tengligi nafaqat qonunchilik, balki kundalik amaliyotda ham muhim masala hisoblanadi.
Sotsiologik tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, aksariyat respondentlar ishga qabul qilish jarayonlarini ijobiy baholagan bo‘lsa-da, ayrim yashirin stereotiplar va xavf omillari hali ham mavjud.
📊
Tadqiqot nimani ko‘rsatdi?
⚡️
Respondentlarning
96,2 %i
ishga qabul qilishda asosiy mezon malaka va tajriba bo‘lishi kerakligini qo‘llab-quvvatlagan.
⚡️
75 %
respondent davlat xizmatida diskriminatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi, deb hisoblaydi.
⚡️
85,1%
respondent tanlovdan o‘ta olmagan nomzodlarga rad etish sabablari tushuntirilishini bildirgan.
Bu ko‘rsatkichlar tizimda adolat tamoyillari mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi.
⚠️
Shu bilan birga...
🔹
Respondentlarning
43,7 %i
nomzodning ayol yoki erkak ekani ayrim hollarda qarorga ta'sir qilishi mumkinligini inkor etmagan.
🔹
40,1 %
respondent oila holati yoki farzand borligi ishga qabul qilish qaroriga ta'sir qilishi mumkinligini qayd etgan.
🔹
23,1 %
respondent suhbatlarda barcha nomzodlarga bir xil savollar berilishiga ishonch bildirmagan.
🔹
Tadqiqot davomida ayrim respondentlar ayollardan homiladorlik yoki kichik yoshdagi farzandlari haqida savollar berilishi, shuningdek, "bu ish erkaklarga mos" yoki "ayollar uchun emas" kabi stereotiplar uchrashini ham qayd etgan.
💡
Xulosa:
✔️
Malaka va professional kompetensiya har qanday qarorning asosiy mezoni bo‘lishi kerak.
✔️
Jins, oila holati yoki stereotiplarga asoslangan qarorlar teng imkoniyatlar tamoyiliga zid.
✔️
Suhbat va baholash mezonlarini standartlashtirish adolatni kuchaytiradi.
✔️
Gender tengligi faqat qonunda emas, amaliyotda ham to‘liq ta'minlangandagina samarali natija beradi.
Sizningcha, davlat xizmatida gender tengligini yanada mustahkamlash uchun eng muhim qadam nima bo‘lishi kerak?
➡️
Bizni kuzating:
💳
WEB-saytimiz
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
✍️
Ilmiy loyihalarimiz

July 24, 03:25
Media unavailable
3
Show in Telegram

Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident!
Facebook
|
Instagram
|
X

July 23, 16:18
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#kitoblar_karvoni
Buxoro viloyatidagi mahalla xotin-qizlar faollari uchun 7 812 nusxadagi uslubiy-metodik qo’llanmalar yetkazib berildi
.
🧐
"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Buxoro viloyatida o’tkazilgan mahalla xotin-qizlar faollari malakasini oshirish kurslari hamda “Kitoblar karvoni” loyihasi doirasida turli mavzudagi metodik va maʼrifiy materiallar tarqatildi.
✔️
Jumladan, psixologik sogʻlom oila qurish, yoshlarni hayotga tayyorlash, oilaviy nizolarning barvaqt oldini olish va ularga oqilona yechim topish, taʼlimda hamda oilada gender tenglikni taʼminlash, stereotiplarga barham berish va barcha turdagi zoʻravonlikka (ruhiy bosim, bolalar va keksalarga nisbatan zoʻravonlikka) qarshi murosasizlik muhitini shakllantirishga oid jami 14 nomdagi amaliy va metodik qoʻllanmalar, ilmiy risolalar, broshyura hamda flayerlar mahallalarga yetkazildi.
✔️
Mazkur maʼrifiy-uslubiy materiallar mahalla xotin-qizlar faollarining oilalar bilan ishlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, nizoli vaziyatlarni barvaqt aniqlash, zoʻravonlik profilaktikasi hamda aholining huquqiy va psixologik savodxonligini oshirish boʻyicha faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
➡️
Bizni kuzating:
💳
WEB-saytimiz
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
✍️
Ilmiy loyihalarimiz

July 23, 07:37
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

#malaka_oshirish_kurslari
📌
“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan malaka oshirish kurslari davom etmoqda.
✔️
Tizim xodimlari va mahalla xotin-qizlar faollari uchun tashkil etilgan kurslarda institut direktori oʻrinbosari
H.Abduramanov
"Erta nikoh erta tug'ruq va yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikohning ijtimoiy-huquqiy oqibatlari" va "Oilaviy ajirimlarni keltirib chqaruvchi sabablar va ularning barvaqt aniqlash mexanizmlari"
mavzlarida ma'ruza qildi.
✔️
Shuningdek, institut xodimi
A.Shaymardanov
"
Oilalarning iqtisodiy farovonligini oshirish" va "Ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta'minlash"
mavzusida ma'ruza o'qidi.
➡️
Bizni kuzating:
💳
WEB-saytimiz
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
✍️
Ilmiy loyihalarimiz