Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

mahallavaoila_instituti
“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti https://t.me/mahallavaoila_instituti facebook.com/oilavaxotinqizlarinstituti www.instagram.com/oilavaxotinqizlarinstituti/
Подписчики
1 438
24 часа
-1
30 дней
-3
Просмотры
310
ER
21,56%
Посты (30д)
45
Символов в посте
1 344
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Исследования и академия
Краткое описание
October 27, 16:58
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Davlatimiz rahbari Olimpiya shaharchasida Prezident Olimpiadasining tantanali ochilish marosimida
ishtirok etdi
.
➡️
Bizni kuzatib boring:
💳
WEB-saytimiz
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
✍
️Ilmiy loyihalarimiz

October 27, 06:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
”O‘zligimizdan kuch olib, bugungi hayotimizni teran anglab, milliy kinomizning yangi sahifasini birgalikda yarata olamiz“.
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«Черпая силы в нашей идентичности и глубоко осмысливая сегодняшнюю жизнь, мы вместе сможем открыть новую страницу национального кинематографа».
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 27, 05:04
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi
ga ko‘ra, 3 yoshga to‘lmagan farzandi bor, budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotda ishlaydigan ota-onadan biri uchun haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti belgilanadi.
✅
Eng qizig‘i, ish vaqti qisqargani uchun xodimning ish haqi kamaytirilmaydi!
👨‍👩‍👧
Bu huquq faqat onalarga emas, otalarga ham tegishli! Ya’ni ushbu kafolatdan ota-onadan biri yoki vasiy foydalanishi mumkin.
📌
Muhim:
xususiy tashkilotlarda bunday qisqartirilgan ish vaqti jamoa shartnomasi yoki tegishli ichki hujjatlarda belgilanishi mumkin.
📖
Huquqiy asos:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 397-moddasi.
⚖️
Farzand tarbiyasi va mehnat faoliyatini birgalikda olib borish uchun qonunchilikda muhim kafolatlar mavjud!
➡️
Bizni kuzatib boring:
💳
WEB-saytimiz
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
✍
️Ilmiy loyihalarimiz

October 27, 04:40
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

‼️
HURMATLI IZLANUVCHILAR!
📢
2026-yil 28-oktabr kuni 13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon bo'lib o'tadi.
🕙
Boshlanish vaqti: 10:00.
📍
O‘tkazilish joyi: institutning kengash zali.
Imtihonda ishtirok etuvchi izlanuvchilardan belgilangan vaqtda yetib kelishlari so‘raladi.
➡️
Bizni kuzatib boring:
💳
WEB-saytimiz
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
✍
️Ilmiy loyihalarimiz

October 26, 04:36
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#psixolog_tavsiyasi
🧠
PANIK ATAKA — BU ODDIY STRESS EMAS!
Tasavvur qiling: siz odatdagidek kundalik ishlaringiz bilan bandsiz. Birdan yuragingiz tez ura boshlaydi, nafasingiz qisadi, qo‘llaringiz titraydi. Sizni kuchli qo‘rquv qamrab oladi. Go‘yo hozir qandaydir dahshatli hodisa yuz beradigandek tuyuladi.
Bu
panik ataka — vahima xuruji
belgisi bo‘lishi mumkin.
🔹
Panik ataka nima?
Panik ataka — to‘satdan yuzaga keladigan va qisqa vaqt ichida kuchayadigan kuchli qo‘rquv yoki xavotir xurujidir. Bunday paytda inson o‘zini nazorat qila olmayotgandek, hatto hayoti xavf ostida qolgandek his qilishi mumkin.
Aslida, vahima xuruji vaqtida organizmning xavfga qarshi himoya reaksiyasi faollashadi. Bu holat ba’zan aniq tashqi xavf bo‘lmagan vaziyatda ham yuz berishi mumkin.
💡
Vahima xuruji paytida o‘zingizga qanday yordam berishingiz mumkin?
🧊
1. Sovuq yordamida diqqatingizni jamlang
Qo‘lingizga sovuq buyum oling yoki bilaklaringizni salqin suvda yuving. Sovuqlikni his qilishga e’tibor qarating. Bu usul diqqatingizni qo‘rqinchli fikrlardan chalg‘itib, hozirgi vaziyatga qaytishga yordam berishi mumkin.
🛡
2. O‘zingizni xavfsiz joyda tasavvur qiling
Ko‘z oldingizga o‘zingizni xotirjam va xavfsiz his qiladigan joyni keltiring. Bu dengiz bo‘yi, sokin bog‘ yoki uyingizdagi sevimli joyingiz bo‘lishi mumkin. O‘sha joydagi ranglar, tovushlar va yoqimli manzaralarni tasavvur qiling.
🤲
3. Barmoqlar yordamida nafas mashqini bajaring
Bir qo‘lingizni ochib, barmoqlaringizni yoying. Ikkinchi qo‘lingizning ko‘rsatkich barmog‘i bilan ochiq qo‘lingiz barmoqlarining chetlari bo‘ylab harakatlaning.
Barmoq bo‘ylab yuqoriga harakatlanganda sekin nafas oling, pastga tushganda esa sekin nafas chiqaring. Shu tarzda barcha besh barmoq bo‘ylab mashqni takrorlang.
Nafasni chuqur olishga majburlamang. Muhimi, o‘zingizga qulay va tabiiy nafas ritmini saqlashdir.
🎨
4. Xotirjamlikni his qilishga harakat qiling
Tasavvur qiling, hozir sizdan hech kim hech narsa talab qilmayapti. Boshqalarning kutganlariga moslashishingiz yoki o‘zingizni kimlargadir isbotlashingiz shart emas.
Siz shunchaki tinch joydasiz. Atrofingiz osoyishta. O‘zingizga bir oz vaqt ajrating va xotirjamlikni his qilishga harakat qiling.
☑️
UNUTMANG!
Vahima xuruji paytida qo‘rquv juda kuchli bo‘lishi mumkin. Biroq uning alomatlari odatda vaqt o‘tishi bilan susayadi.
Shunday vaziyatda o‘zingizga quyidagilarni eslatishingiz mumkin:
💬
«Men hozir kuchli xavotirni his qilyapman. Bu holat vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. Men o‘zimga yordam berishga va asta-sekin tinchlanishga harakat qilaman».
❗️
Muhim:
Ushbu mashqlar vahima xurujini yengillashtirishga yordam berishi mumkin, ammo professional davolanishning o‘rnini bosmaydi. Agar xurujlar takrorlansa, mutaxassisga murojaat qiling. Kuchli ko‘krak og‘rig‘i, hushdan ketish yoki jiddiy nafas qisilishi kuzatilsa, shoshilinch tibbiy yordam chaqiring.
☑️
Vahima xuruji — zaiflik belgisi emas.
Uni tushunish, alomatlarini boshqarishni o‘rganish va zarur yordamni olish mumkin.
➡️
Bizni kuzatib boring:
💳
WEB-saytimiz
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
✍
️Ilmiy loyihalarimiz

October 23, 05:37
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

Xalqaro forumda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ma’ruza bilan qatnashdi
✔️
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti hamda Qozog‘iston Respublikasi Perinatal psixologlar va psixoterapevtlar assotsiatsiyasi hamkorligida "Bolalar farovonligi yo‘lida” mavzusidagi Xaqlaro forum o‘tkazilmoqda.
✔️
Mazkur anjumanda Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining bo‘lim boshlig‘i yuridik fanlari doktori, dotsent Xurshida Saydivaliyeva-“
Bolalarga nisbatan kiberbullingning oldini olishning ijtimoiy-huquqiy jihatlari”
mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada kiberbullingning asosiy ko‘rinishlari, uning bolalar ruhiy salomatligiga salbiy ta’siri, bolalarni himoya qilishning huquqiy asoslari hamda kiberbullingning oldini olishda oila, ta’lim muassasalari va jamiyatning o‘rni atroflicha tahlil qilindi.
✔️
Shuningdek, Institut bo'lim boshlig'i falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori Rasulbek Xojiyev -
“Bolalarni zo‘ravonlik va shafqatsiz muomalaning barcha shakllaridan himoya qilishning ijtimoiy-huquqiy masalalari”
mavzusida ma’ruza bilan chiqish qildi.
Tadqiqotchi o‘z ma’ruzasida bolalar huquqlarini ta’minlash, ularga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish hamda bu borada ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish masalalariga alohida to‘xtaldi.
✔️
Institut ilmiy xodimi Nigina Beknazarova esa “Ota-ona-farzand munosabatlarini erta bolalikdan sog’lom shakllantirish va psixologik xavfsizlikni ta’minlash” mavzusida ma’ruza qildi.
➡️
Bizni kuzatib boring:
💳
WEB-saytimiz
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
✍
️Ilmiy loyihalarimiz

October 23, 04:35
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Shaxsiy mulk: qaysi mol-mulk umumiy hisoblanmaydi?
Oila kodeksining 25-moddasi er va xotinning shaxsiy mulki bo‘lgan mol-mulklar chegarasini aniq belgilaydi.
Quyidagilar er yoki xotinning shaxsiy mulki hisoblanadi:
Nikoh tuzilgunga qadar egallangan mol-mulk;
Nikoh davomida hadya, meros yoki boshqa bepul bitimlar asosida olingan mol-mulk.
Ushbu mol-mulk umumiy mulk rejimiga tushmaydi. Uni egasi mustaqil ravishda tasarruf eta oladi va ikkinchi tomonning roziligi talab qilinmaydi
(qonunda belgilangan ayrim istisnolar bundan mustasno)
.
💡
Tahlil:
Bu norma xotin-qizlarning nikohdan oldingi mulkiy mustaqilligini va meros yoki hadya orqali olgan mol-mulkini daxlsiz saqlashini ta'minlaydi. Amaliyotda ko‘p nizolar aynan shaxsiy va umumiy mulk o‘rtasidagi chegarani aniqlashda yuzaga keladi.
📖
Manba: Oila kodeksi 25-modda (
lex.uz
)
➡️
Bizni kuzatib boring:
💳
WEB-saytimiz
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
✍
️Ilmiy loyihalarimiz

October 22, 13:16
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📚
BO‘LIMLARARO DISSERTATSIYA ISHLARI MUHOKAMASI
🗓
2026-yil 23-oktyabr
🕙
Soat 10:00
Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutida tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya ishlari yuzasidan bo‘limlararo ilmiy muhokama o‘tkaziladi.
🔹
Saitova Muattar Ulug‘bek qizi
— institutning 3-kurs tayanch doktoranti (PhD).
📌
Ixtisosligi: 13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika.
Mavzu:
«Alohida ehtiyojli bolalarning familistik kompetentligini shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari».
🔹
Yakubov Odiljon Tolibjon o‘g‘li
— institutning 3-kurs tayanch doktoranti (PhD).
📌
Ixtisosligi: 13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika.
Mavzu:
«Oilada maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiy ongini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlari».
🔹
Pulatova Dilfuza Baxramovna
— institutning 2-kurs mustaqil izlanuvchisi (PhD).
📌
Ixtisosligi: 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Mavzu:
«Turli yoshdagi ayollarda optimizm va emotsional barqarorlikning o‘zaro aloqadorligining psixologik sabablari».
🎓
Ilmiy muhokamalar soat 10:00 da boshlanadi.
Barcha ilmiy muhokamalar tadqiqot ishlarining mazmuni, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyatini ko‘rib chiqishga qaratilgan.
➡️
Bizni kuzatib boring:
💳
WEB-saytimiz
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
✍
️Ilmiy loyihalarimiz

October 22, 05:21
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📊
XOTIN-QIZLARNING IQTISODIY IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH BO‘YICHA TADQIQOT NATIJALARI
O‘zbekistonda 2025-yilda jami bandlar tarkibida xotin-qizlar ulushi 43,1 foizni tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 0,4 foiz punktga oshgan.
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari xotin-qizlarning iqtisodiy faolligi va tadbirkorlik imkoniyatlariga moliyaviy resurslardan foydalanish, oilaviy qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy savodxonlik, kasbiy bilim va ko‘nikmalar, shuningdek, trening va mentorlik dasturlarida ishtirok etish kabi omillar ta’sir ko‘rsatishini aniqladi.
📌
Tadqiqot haqida
Joriy yilda Institut tomonidan respublikaning barcha hududlarida 2 398 nafar xotin-qiz ishtirokida sotsiologik so‘rov o‘tkazildi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, respondentlarning 7,7 foizi hozirda o‘z biznesini yuritmoqda, 51,7 foizi esa biznes ochish istagini bildirgan. Bu amaldagi tadbirkorlar soniga nisbatan taxminan 6,7 baravar yuqori bo‘lgan yashirin tadbirkorlik salohiyati mavjudligini ko‘rsatadi.
🔹
Oilaviy qo‘llab-quvvatlash va bandlik
Turmush o‘rtog‘ining qo‘llab-quvvatlashi xotin-qizlarning iqtisodiy faollik ehtimolini 2,64 baravar oshirgan.
Umumiy oilaviy qo‘llab-quvvatlash indeksi bandlik imkoniyatini 1,49 baravar oshirgan bo‘lsa, oilaviy qarshilik ishga joylashish ehtimolini 66,3 foizga kamaytirgan.
Haftasiga 6–12 soat qo‘shimcha uy mehnati bandlik ehtimolini 54,1 foizga, 12 soatdan ortiq uy mehnati esa 75,4 foizga pasaytirgan. Har bir qo‘shimcha uy mehnati soati to‘liq bandlik ehtimolini o‘rtacha 6,4 foizga kamaytirishi aniqlangan.
🔹
Moliyaviy resurslar va tadbirkorlik
Kreditga ehtiyoj bildirgan xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlash ehtimoli boshqa respondentlarga nisbatan 5,15 baravar yuqori bo‘lgan.
Oilaviy qo‘llab-quvvatlash tadbirkorlikka kirish imkoniyatini 2,06 baravar oshirgan. Shaharda yashash tadbirkorlik istagini 1,33 baravar oshirgan bo‘lsa, Farg‘ona vodiysida ushbu ko‘rsatkich boshqa hududlarga nisbatan 46,3 foiz past bo‘lgan.
🔹
Moliyaviy savodxonlikning ahamiyati
Moliyaviy savodxonlik indeksidagi har bir ballga o‘sish biznesni davom ettirish ehtimolini 2,2 foizga, faoliyatni kengaytirish rejasiga ega bo‘lish ehtimolini esa 2,5 foizga oshirgan.
Indeksning 10 ballga ko‘tarilishi biznes barqarorligi ehtimolini 24,6 foizga, faoliyatni kengaytirish ehtimolini 28,4 foizga oshirgan.
🔹
Trening va mentorlik dasturlari
Tadbirkorlik treninglarida ishtirok etgan respondentlarning biznesni kengaytirish rejasiga ega bo‘lish ehtimoli boshqa respondentlarga nisbatan 4,69 baravar yuqori bo‘lgan.
Mentorlikning alohida ta’siri statistik jihatdan ahamiyatli bo‘lmagan. Biroq trening va mentorlik xizmatlarining intensivligi oshgani sari biznesni rivojlantirish ehtimoli 2,48 baravargacha ko‘paygan.
🔹
Qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida xabardorlik
Dasturlar haqida oddiy xabardorlik ulardan foydalanishga sezilarli ta’sir ko‘rsatmagan. Biroq dastur samaradorligiga ishonch ulardan foydalanish ehtimolini 40,5 foizga, axborotning tushunarli va aniq yetkazilishi esa 28,3 foizga oshirgan.
🔹
Daromadni mustaqil boshqarish imkoniyati
Qishloqda yashovchi xotin-qizlarning o‘z daromadini mustaqil boshqarish ehtimoli shahar ayollariga nisbatan 1,87 baravar yuqori bo‘lgan.
Bandlik daromadni mustaqil boshqarish ehtimolini 2,19 baravar, oliy ma’lumot esa 1,43 baravar oshirgan.
📍
Tadqiqotning asosiy xulosalari
Tahlil natijalari oilaviy qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy savodxonlik, ta’lim va tadbirkorlik ko‘nikmalarining rivojlanishi xotin-qizlarning biznesni kengaytirish salohiyati bilan ijobiy bog‘liqligini ko‘rsatdi.
Mazkur tendensiyalar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va ularning tadbirkorlik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun muhim imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi.
➡️
Bizni kuzatib boring:
💳
WEB-saytimiz
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
✍
️Ilmiy loyihalarimiz

October 21, 10:04
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

#tadbir
21-23 oktabr kunlari Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti va Qozog‘iston Respublikasi perenatal psixologlar va psixoterapevtlar assosiatsiyasi hamkorligida psixologik forumi o‘tkazilmoqda.
Forumning asosiy mavzusi zamonaviy jamiyatning eng dolzarb muammolaridan biri — insonga nisbatan zo‘ravonlik masalasiga bag‘ishlangan.
Forum shiori - "Tengdosh - Tendoshga!"
Unda psixologlar va psixoterapevtlar, ijtimoiy xodimlar va bolalar, o‘smirlar va oilalar bilan ishlaydigan boshqa mutaxassislar ishtirok etadi. Forumning ochilish marosimida “Oila va gender” ilmiy tadqiqot instituti bo’lim boshliqlari X.Saydivalieyva, R. Hojiey, ilmiy xodimlar G.Tleuova, N.Beknazarova va boshqa spikerlar ishtirok etdi.
➡️
Bizni kuzatib boring:
💳
WEB-saytimiz
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
✍
️Ilmiy loyihalarimiz