Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar
📃 “Zomin — 2022” ishtirokchisi O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan chop etilgan “Taskin” nomli she’riy kitob muallifi Mahliyo Karimova
Subscribers
1 338
24 hours
-3
30 days
-94
Post views
274
ER
20,48%
Posts (30d)
20
Characters in post
536
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Art & Culture
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Design & Creative Arts
Summary
October 27, 19:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

* * *
Ol dedim — qalbimni ilindim
Qol dedim — qalbimni ilindim,
Bu otash bir meni yoqmasin
Yon dedim — qalbimni ilindim…
Yondingmi — ko’zlaring olovli
Yondingmi — so’zlaring olovli,
Qarasam borliq ham olovrang
Kuzlaring, kuzlaring olovli…
Olovli bir umr muborak
Qiyinmi? Baribir muborak!
Bu ishq sir — ikkimiz bilguvchi
Olovli o’sha sir muborak!
Yondingmi…!?
✍🏻
Mahliyo Karimova
@mahliyo_karimova_official

October 27, 17:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kun oxiri
…
Taqqillaydi xayollaring eshigi
Ostonada o’sha senga tanish savollar
…
Va qayerlardadir, hech qachon eshik qoqmaydigan javoblar
Ayt
Bu eshikni ochmaslikning chorasi bormi
…
✍🏻
Mahliyo Karimova
@mahliyo_karimova_official

October 25, 18:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

Sizga yoqqim kelgan edi…
✍🏻
Islom Ali
Aytolmadim
Tilim so’zdan judo bo’ldi
Bunga umr fido bo’ldi,
Xato bo’ldi, xato bo’ldi
Sizga yoqqim kelgan edi…
Ichim-ichimdan kuyib ketdim
Ich-ichimdan suyib ketdim,
Dilga armon o’yib ketdim
Sizga yoqqim kelgan edi…
Yuzni yuvmay ko’z yoshida
Ezilmasdan g’am toshida,
Gul umrimning gul yoshida
Sizga yoqqim kelgan edi…
Tan olmay qismat shartini
Tan olmay qismat dardini,
Yoqmay hech kimning qalbini
Sizga yoqqim kelgan edi…
Mana aytdim barin bir-bir
Balki to’ldi, toshdi sabr,
Men bir umr, men bir umr
Sizga yoqqim kelgan edi…
Haa
Qalbdan Sizni o’chirsin-u
Menga darmon ichirsin-u,
Xudo meni kechirsin-u
Sizga yoqqim kelgan edi…
Sizga yoqqim kelgan edi…
✍🏻
Mahliyo Karimova
@mahliyo_karimova_official

October 23, 10:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

* * *
Ha
Meni ham charchatgan seni charchatgan hayot
Armonli dunyo axir — kimga oson sevgilim,
Yaralarning ustuni, tabassumga bo’yaymiz
Boshiga tosh yog’sa ham chidar inson sevgilim…
Qismat bilan kurashdik — gohi to'g’ri, goh xato
Hammasi o’sha-o'sha qoidalar buzilmagan,
Bu yolg’onchi dunyoga mag’lub bo’lishga keldik
Hech kimning manglayiga g’oliblik yozilmagan…
Sevgilim!
Kurashma…
Biri kam dunyo bu…
✍🏻
Mahliyo Karimova
@mahliyo_karimova_official

October 22, 13:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

Haliyam o‘zimni o‘sha kichkina qizaloqday his qilaman...
Haliyam ko‘chadan uyga kirsam, buvim: “Mohim, keldingmi qizim?” deb kutib oladiganday...
Haliyam bobom: “Munchoq qizim” deb erkalab, peshonamdan o‘padiganday...
Haliyam
Otamning kalkulyatorini qo‘shni bolaga ko‘rsatib, “Qara, bu telefon” deb ishontirishga astoydil harakat qilib, ishonmagani uchun u bilan janjal qiladiganday...
Haliyam tut daraxtiga chiqib, yiqilib tushib, onamdan dakki eshitadiganday...
Va haliyam onam bilan chizgan rasmlarimni bo‘yayotganimizda: “Olmani nega qizil ranga bo‘yayapmiz, axir olma yashil bo‘ladi-ku?” deydiganday...
Haliyam maktabga ketayotib, ariqlar yoqalab moychechak terib ketadiganday...
Haliyam maktabdan qaytayotib, dugonalarim bilan nordan dovchalarga kissamizni to‘ldirib keladiganday...
Haliyam
o
lgan besh baholarimni bobo-buvimga, ota-onamga ko‘rsatib, qanday maqtanishimni o‘ylab, kundalikni uyga kelgunimcha qo‘limda ushlab keladiganday...
Haliyam televizorda chiqadigan diktor opalarga ko'zimni katta-katta ochib mahliyo bo'lib o'tiradiganday...
Haliyam kechki ovqatdan keyin yana ko‘chaga qanday qochib qolishni reja qiladiganday...
Haliyam arilarning inini buzib qochib, ularga talanadiganday...
Haliyam yomg‘ir yog‘ganda shalabbo bo‘lishni intiqib kutadiganday...
Haliyam ukam bilan birga karra-karra jadvalini yodlaydiganday...
Va haliyam... birinchi she’r yozganimdagi o‘sha ta’riflab bo‘lmas hayajonni yana his qiladigandayman...
✍🏻
Mahliyo Karimova
@mahliyo_karimova_official

October 19, 16:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

* * *
Umr o’tayotir — kutib, kuttirib…
Umr o’tayotir botib sog’inchga,
O’ngidan kelolmas tushga o’xshaysan
O’xshayman o’ngidan kelolmas tushga…
Ha! Balki umringni bir kami menman
Kamimsan — yo’lingni kutib bo’lmaydi,
Sen menga qo’l cho’zib yeta olmaysan
Senga ham qo’l cho’zib yetib bo’lmaydi…
Afsus…
Manziling boshqadir, manzilim boshqa
Tutashgan yo’llarni tilagandim-ku,
Qanoti yo’qmidi duolarimning
Men seni Xudodan so’ragandim-ku…
So’ramaganmiding…?
✍🏻
Mahliyo Karimova
@mahliyo_karimova_official

October 16, 18:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

Baxt berding — o’ynadim, kuldim Xudoyim
Dard berding — to’kildim, to’ldim Xudoyim,
Va bergan baxting ham, darding ham asli
Sevganingdan ekan, bildim Xudoyim…
✍🏻
Mahliyo Karimova
@mahliyo_karimova_official

October 13, 16:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

* * *
"Sevganim yolg'ondir, kutganim yolg'on
Sog'inganim deymi — bari quruq gap,
Soat sanamadim, kun sanamadim
Rosti yashamadim yo'lingga qarab.
Sen uchun to'kilgan ko'z yoshlar yolg'on
Seni deb hech qachon g'amga to'lmadim,
Tushunayapsanmi? Bir kun, bir lahza
Men senga hech qachon oshiq bo'lmadim.
Xayollar surmadim sen haqda. Aslo
O'zingni bekorga tashvishga solma,
She'rlarim — sen haqda emasdir ular
O'qiganlaringni ko'nglinga olma..."
Ishonayapsanmi?
✍🏻
Mahliyo Karimova
@mahliyo_karimova_official

October 10, 16:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

* * *
Yo’llar olis, yo’llar xatarli
Yurmoq senga yo mening xatom,
Sen tomonga o’tib olishga
Chorrahalar qidirdim mudom…
Yonaverdi qizil chiroqlar
Yashillarga tushmadi ko’zim,
Yo men yanglish yo’llarda kezdim
Yo taqdirga o’tmadi so’zim…
Bilolmadim, savollarim ko’p
Sen ham darddan ezilganmisan?
Men tomonga o’tmoqlik uchun
Chorrahalar qidirganmisan…?
✍🏻
Mahliyo Karimova
@mahliyo_karimova_official

October 08, 14:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

* * *
To'xta!
Men senga sitamlar keltirgum
Yuraging alamga to’ldirgum,
Eng og’ir sinovga ko’ndirgum
Sevma...
Adolat bo'lmagay sevgida
Ko'zlaring kulmagay sevgida,
Pushaymon bo’lursan so’ngida
Sevma...
Baxtlilik tuyulgay gumonday
Xatolar tizilgay marjonday,
Tuyulgay har narsa yolg'onday
Sevma...
Men senga muhabbat berolmam
Men senga kelmayman, kelolmam,
Bu kuygan qalb bilan sevolmam
Sevma...
✍🏻
Mahliyo Karimova
@mahliyo_karimova_official