
O'zbek milliy musiqasi
Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar.
Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim.
Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi.
Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.
Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman.
Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!
—
Наконец исправлена многолетняя историческая ошибка. Сегодня наш Президент подписал закон о совершенствовании узбекского алфавита, основанного на латинской графике.
Этот вопрос вызывал споры на протяжении многих лет, и конца им не было видно. Выступая 11 декабря 2023 года на конференции, посвящённой наследию джадидов, я выдвинула инициативу по доработке алфавита и высказала мнение, что пришло время поставить точку в этих дискуссиях.
Конечно, перемены всегда даются нелегко, и совершенно естественно, что они могут вызывать возражения или опасения. Но, поверьте, иного пути устранить недостатки нашей письменности и укрепить позиции родного языка в цифровом пространстве у нас не было
Придётся ли теперь менять все документы? Вовсе нет. Мы выбрали путь минимизации затрат: все действующие документы, национальная валюта и ценные бумаги сохранят свою силу, а учебники, вывески и указатели будут заменяться поэтапно, по мере истечения срока их службы.
Принятие этого закона именно 21 октября несёт в себе глубокий символический смысл. Уверена, что наш усовершенствованный алфавит послужит воплощению мечты предков-просветителей — повышению грамотности молодёжи и укреплению авторитета нашего языка.
Поздравляю всех вас с Днём узбекского языка!
https://www.kultura.uz/view_6_r_23902.html
🎙
"San'atdan baxtini topganlar" media loyihasi
.
✅
Ko‘rsatuvimizning ilk soni mehmoni — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti “Vokal va cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq artisti
Zamira Suyunova
.
✅
San’at, ijod yo‘li, hayotiy tajriba va unutilmas xotiralar haqida samimiy suhbat.
📺
Ko‘rsatuvni tomosha qilish uchun
😁
O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐
uzmmsi.uz
|
✈️
Telegram
|
📒
Facebook
|
📷
Instagram
|
🖤
YouTube
|
📚
ARM EK
Maqom va mumtoz adabiyot — mushtarak ma’no va uyg‘unlik
Maqom va mumtoz adabiyotning shakllanishi, rivojlanish yo‘li va uslublari, ayniqsa, ma’no jihatidan qanday uyg‘unlik kasb etadi?
Musiqashunos, maqom tadqiqotchisi, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor Soyibjon Mahmudovich Begmatov bilan suhbatdan.
@ZiyolilarMinbari
O‘ZBEK KOMPOZITORLIK SAN’ATI OG‘IR JUDOLIKKA UCHRADI O‘zbekiston musiqa madaniyatining yirik namoyandasi, taniqli kompozitor Feliks Markovich Yanov-Yanovskiyning vafoti milliy musiqa san’atimiz uchun katta yo‘qotishdir. Feliks Yanov-Yanovskiy o‘zining serqirra…
O‘ZBEK KOMPOZITORLIK SAN’ATI OG‘IR JUDOLIKKA UCHRADI
O‘zbekiston musiqa madaniyatining yirik namoyandasi, taniqli kompozitor
Feliks Markovich Yanov-Yanovskiy
ning vafoti milliy musiqa san’atimiz uchun katta yo‘qotishdir.
Feliks Yanov-Yanovskiy o‘zining serqirra ijodi, betakror musiqiy tafakkuri va yuksak kasbiy mahorati bilan o‘zbek kompozitorlik maktabi rivojiga munosib hissa qo‘shgan ijodkorlardan biridir.
Uning simfonik, kamer-cholg‘u, vokal va sahna musiqasi yo‘nalishlaridagi ijodiy izlanishlari zamonaviy o‘zbek akademik musiqasining badiiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi.
Feliks Yanov-Yanovskiyning boy ijodiy merosi, o‘zbek musiqa san’ati taraqqiyotidagi xizmatlari va o‘ziga xos ijodiy maktabi musiqa jamoatchiligi xotirasida abadiy saqlanib qoladi.
Marhumning oila a’zolari, yaqinlari, shogirdlari hamda butun musiqa jamoatchiligiga chuqur hamdardlik bildiramiz.
@maqomot
📚
Bizning nashrlar
📰
Tojikiston Respublikasi Hukumatining rasmiy nashri –
“Народная газета” gazetasining veb-saytida
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent
Abduvali Abdurashidovning “Shashmaqom: saqlashdan rivojlanish sari”
(
«Шашмаком: от сохранения к развитию»
) nomli maqolasi e’lon qilindi.
🔶
Nashr manzili:
“Народная газета” rasmiy veb-sayti, 2026-yil 8-oktabr.
🔗
Maqolani o'qish:
https://narodnaya.tj/2026/10/08/shashmakom-ot-sohranenija-k-razvitiju/
#olimgapirsin
#elektronkutubxona
🌍
icrich.uz|
🕊
Telegram|
📱
Facebook|
📱
Instagram|
🕊
X|
📺
YouTube
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, musiqa san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan taniqli kompozitor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Feliks Markovich Yanov-Yanovskiy bu olamni tark etdi.
Uning ko‘p yillik samarali mehnati va san’atga bo‘lgan sadoqati O‘zbekiston musiqa hayotida o‘chmas iz qoldirdi. Feliks Markovich o‘ziga xos ijodiy tafakkur va betakror musiqiy uslub sohibi bo‘lib, san’atni yangi ifoda vositalari va o‘z musiqiy uslubini izlashga qaratilgan uzluksiz ijodiy jarayon sifatida qabul qilgan. Uning asarlarida jahon mumtoz musiqasi an’analari, zamonaviy musiqaning novatorlik tamoyillari hamda milliy madaniyatimizning boyligi o‘zaro uyg‘unlashgan. Bastakor ijodida teran tafakkur, shakl va ifoda vositalarini nozik his etish, chinakam badiiy go‘zalikka intilish bor edi.
Feliks Markovich hayotida pedagogik faoliyat alohida o‘rin tutgan. U ko‘plab iste’dodli bastakorlarni tarbiyalab, ularga nafaqat kasbiy mahorat, balki mustaqil fikrlash, o‘z ijodiy yo‘lini topish va musiqiy an’analarga ehtirom bilan munosabatda bo‘lishni ham o‘rgatdi.
Ustozning yorqin xotirasi uning betakror musiqiy merosida, shogirdlari, hamkasblari hamda uning san’ati bilan yaqindan tanishish baxtiga muyassar bo‘lgan barcha insonlar qalbida mangu yashaydi.
———
Ушёл из жизни Феликс Маркович Янов-Яновский — выдающийся композитор, профессор Государственной консерватории Узбекистана, один из ярких представителей отечественной культуры, чей многолетний труд и преданность искусству оставили заметный след в музыкальной жизни Узбекистана.
Феликс Маркович был музыкантом редкой творческой индивидуальности, для которого искусство становилось непрерывным поиском новых выразительных форм и собственного музыкального языка. В его произведениях органично соединяются традиции мировой классики, новаторство современной музыки и богатство национальной культуры, а его творчество отличает интеллектуальная глубина, тонкое чувство формы и стремление к подлинной художественной правде.
Особое место в жизни Феликса Марковича занимала педагогика. Он воспитал плеяду ярких композиторов, передавая им не только профессиональное мастерство, но и умение мыслить самостоятельно, искать собственный путь и бережно относиться к музыкальной традиции.
Светлая память о Мастере всегда будет жить в его музыке, сердцах учеников, коллег и всех, кому посчастливилось соприкоснуться с его искусством.
🔸
TO'Y SANDIG'I OCHILGANDA...
⚡️
O‘zbek to‘ylari – xalqimizning boy an’analari, milliy qadriyatlari va madaniy merosining yorqin ifodasidir. To‘y marosimlari hududlarda qanday farqlanadi? Qadimiy urf-odatlar zamonaviy to‘ylarda qay darajada saqlanmoqda?
🎙
“TEGIRMON”
Podkastning navbatdagi sonida to‘y marosimlarining tarixiy ildizlari, hududiy xususiyatlari va zamonaviy o‘zgarishlari haqida suhbatlashamiz.
▶️
To‘liq suhbatni YouTube kanalimizda tomosha qiling
va hududingizga xos to‘y an’analari haqida izohlarda fikr bildiring!
#TEGIRMON
#OʻzbekToʻylari
#Madaniyatshunoslik
#NomoddiyMadaniyMeros
#ICRICH
🌍
icrich.uz|
🕊
Telegram|
📱
Facebook|
📱
Instagram|
🕊
X|
📺
YouTube