Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

O'zbek milliy musiqasi

maqomot
Ushbu kanalda o'zbek milliy musiqa san'atining, xususan, maqomlarning amaliy, tarixiy va nazariy masalalari baholi qudrat yoritiladi. Murojaat uchun: @musicolog_uz
Подписчики
1 161
24 часа
2
30 дней
21
Просмотры
265
ER
22,83%
Посты (30д)
19
Символов в посте
648
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Искусство и культура
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
July 20, 16:57

E’tirof etishga arzigulik yaxshi loyihalar qilinyapti. Shulardan biri — “Ohang”. Kirasiz, istalgan milliy cholg‘uda deyarli barcha mashhur kuylarni topa olasiz. Ulardan bemalol istalgan kontentingizda foydalansangiz bo‘ladi. Men o‘zim allaqachon bir-ikki videolarimda…

July 20, 16:57

E’tirof etishga arzigulik yaxshi loyihalar qilinyapti. Shulardan biri —

Ohang

. Kirasiz, istalgan
milliy cholg‘uda
deyarli barcha
mashhur kuylarni
topa olasiz. Ulardan bemalol istalgan kontentingizda foydalansangiz bo‘ladi. Men o‘zim allaqachon bir-ikki videolarimda ishlatdim ham. Ishlatmasangiz ham, shunchaki kirib eshitishning o‘zi ham mazza. Masalan, menga o‘xshab
chang
yo
qonunda
chalingan kuylarni eshitib, rohatlanish mumkin.

July 19, 21:06
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#ТАБРИК
💐
📆
Бугун, 20-июль
— Ўзбекистон Республикаси санъат арбоби, санъатшунослик фанлари номзоди, профессор
Юнусов
Равшан Юсупович таваллуд топган кун.
Биринчи даражали “Меҳнат фахрийси”, “Маданият ва санъат фидокори” каби кўкрак нишонларининг ҳақли соҳиби
Равшан Юсупович
мамлакатимиздаги етакчи мусиқашунос олимлардандир.
📚
Илмий салоҳияти юксак олим Р.Юнусов анъанавий мусиқа мероси ҳамда замонавий мусиқа санъатининг ривожланиш жараёнида юзага келган долзарб масалалар ва муаммоларга бағишланган илмий-маърифий мақола ва рисолалар, монография ва ўқув қўлланмалар, илмий-оммабоп нашр ва дарсликлар, маъруза ва телевизион кўрсатувлар билан санъат аҳлига яхши таниш.
🎉
Фурсатдан фойдаланиб, устоз мусиқашунос Равшан Юнусовни таваллуд айёмлари билан самимий муборакбод этган ҳолда уларга ҳамиша сиҳат-саломатлик ёр бўлишини тилаймиз.
👉🏻
https://t.me/maqomot

July 18, 16:21
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va sanʼatni rivojlantirish, milliy merosni asrab-avaylash hamda xalqaro miqyosda keng targʻib qilishga qaratilgan loyiha va tadbirlar
taqdimoti
bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
проектов и мероприятий, направленных на развитие культуры и искусства, сохранение национального наследия и его широкую популяризацию на международной арене.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#madaniyat
#sanat
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

July 18, 08:57
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

“O‘zbek romanslari
— milliy musiqa san’atimizning eng nafis va betakror durdonalaridir. Ular qalbning eng nozik tuyg‘ularini, muhabbat, sog‘inch va sadoqatni musiqa orqali ifoda etadi.
Buyuk bastakor
Salomon Yudakov
ning
“Kuylama, sohibjamol”
romansi ana shunday bebaho asarlardan biridir. Yillar osha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmagan bu romans bugun ham tinglovchilar qalbidan chuqur joy oladi.
Men ushbu durdona asarni zamonaviy talqinda ijro etishga harakat qildim. Asarning asl ruhi va jozibasini asragan holda, unga yangicha musiqiy nafas berishni maqsad qildim.
Azizlar, ushbu ijroni tinglab, o‘z fikr va taassurotlaringizni izohlarda qoldirsangiz, bundan juda mamnun bo‘laman.
Yoqimli tinglovlar!”
Degan o’z instagramida O’zbekiston xalq artisti
Ramiz Usmonov
.
@maqomot

July 18, 08:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Knyaz Romanov saroyi, vanihoyat, ochilarkan
Bu saroy ko’pchilikda har doim qiziqish uyg’otgan. XIX asrga xos qurilish dizayni, sirli tarix ufurib turishi va albatta yopiqligi uchun.
Bu yerda batafsil ma’
lumot berishibdi
Ulashing
👉
@maqomot

July 18, 08:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Muxtor Ashrafiy uy-muzeyida restavratsiya ishlari
davom etmoqda
. Binoning fasadi va tarixiy interyerlari tiklanib, ekspozitsiya yangilanadi.
Muzey zamonaviy muhandislik tizimlari, xavfsizlik va iqlim nazorati uskunalari, multimedia texnologiyalari hamda ovoz yozish studiyasi bilan jihozlanishi rejalashtirilgan.
@maqomot

July 17, 10:56
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ilmiy kengashlar mas’uliyati va vakolatlari bosqichma-bosqich kengaytirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-son Farmoni bilan yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotlar doirasida 2027-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy darajalar berish tartibida muhim o‘zgarishlar joriy etilmoqda. Xususan, ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligi va mustaqilligini oshirish maqsadida Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari bo‘yicha ekspert kengashlari tomonidan dissertatsiyalarni ilmiy ekspertizadan o‘tkazish hamda himoya qilingan dissertatsiyalar bo‘yicha ilmiy kengash qarorlarini Rayosat qarori bilan tasdiqlash amaliyoti bekor qilinadi.
Ilmiy seminarlar faoliyatini takomillashtirish, avtoreferatlarning mazmunan va me’yoriy-texnik jihatdan sifatli ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash hamda mazkur jarayonda shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirish zarur.
Batafsil:
https://oak.uz/pages/31164

July 16, 06:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

💡
Siz
san'atshunoslik, tarix, falsafa va filologiya fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgormisiz?
OAK ro‘yxatidan o‘tgan jurnal
qidiryapsizmi? U holda bu – Siz uchun
eng yaxshi imkoniyat!
🇺🇿
Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot
instituti
ning
“Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti Axborotnomasi”
nomli ilmiy-nazariy, amaliy-uslubiy jurnali tahririyati navbatdagi son uchun ilmiy maqolalar qabulini e’lon qiladi.
⚡️
Tadqiqotlaringiz, yangi ilmiy qarashlaringiz va amaliy natijalaringizni ilmiy jamoatchilik bilan baham ko‘rish uchun ayni fursat!
✍️
Biz tajribali olimlar bilan bir qatorda ilm yo‘liga endigina qadam qo‘yayotgan yosh tadqiqotchilarni ham faol hamkorlikka chorlaymiz. Chunki ilm-fan avlodlar davomiyligi bilan yuksaladi, yangi g‘oyalar esa millat taraqqiyotining eng katta kuchidir!

Maqolalar qabul qilish muddati: 15-iyul – 15-avgust.
icrich.uz|
Telegram|
Facebook|
Instagram|
X|
YouTube

July 12, 10:10
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
41 та хорижий атаманинг расмий ўзбекча муқобили тасдиқланди
Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Атамалар комиссияси расмий муомалада қўлланиши тавсия этиладиган 41 та янги ўзбекча атамани тасдиқлади. Мазкур ўзгаришлар давлат тилида ягона терминологияни шакллантириш, расмий ҳужжатлар ва оммавий ахборот воситаларида ўзбекча муқобилларни кенг қўллаш мақсадида қабул қилинган.
Тасдиқланган атамалар орасида кундалик ҳаётда тез-тез учрайдиган бир қатор хорижий сўзларнинг ўзбекча муқобиллари бор. Жумладан:
Антракт — танаффус
Банкет — зиёфат
Брекет — тишсим
Бренд — хосном
Датчик — сезгич
Дедлайн — сўнгмуддат
Декорация — саҳнабезак
Миксер — қорғич
Палатка — чодир
Раковина — чаноқ
Распродажа — арзонсотув
Суфлёр — шивирчи
Фрилансер — эркин ишчи
Эможи — ҳисбелги
Хештег — калитсўз
Хостел — қўноқуй
Комиссияга кўра, янги атамалар ўзбек тилининг ички имкониятларидан келиб чиққан ҳолда ишлаб чиқилган бўлиб, давлат идоралари, таълим муассасалари, нашриётлар ва оммавий ахборот воситаларида босқичма-босқич қўлланилиши тавсия этилади.
📱
ROST24.uz
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
YouTube