Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar
E'tibor markazidagi voqealar haqida tushunarli va sodda tilda o'qib boring!
Subscribers
15 569
24 hours
-25
30 days
-708
Post views
271
ER
1,74%
Posts (30d)
259
Characters in post
516
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 26, 16:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Özbekfilm kino şaharçasi” taşkil etiladi
Prezident “Özbekfilm”ning 10 gektarlik hududida kino xizmatlari jamlangan yagona industrial klaster – kino yaratiş uçun zamonaviy infratuzilma barpo etilişini ma’lum qildi. “Kino şaharçasi”da zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Dublyaj va ovozlaştiriş markazi quriladi.
Ikki oyda malakali loyiha taşkilotini jalb qilib, şaharçaning master-rejasi va loyiha-smetasi işlab çiqiladi. Quriliş işlari keyingi yilning mart oyidan boşlanadi. Kino tizimidagi böş turgan davlat aktivlarini oçiq savdoga çiqariş topşirildi.
@markaz_uzbekistan

October 26, 14:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ramazon Temirov UFC 333 turnirida qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi
UFC 333 turnirida ishtirok etgan jangchilarning taxminiy gonorarlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik jangchi Ramazon Temirovning daromadi 61 ming dollarga baholangan.
@markaz_uzbekistan

October 26, 11:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

Suyultirilgan gaz bilan boğliq bir neçta noqonuniy holatlar aniqlandi
Pastdarğom tumanida gaz tarqatiş şoxobçasi mansabdorlari til biriktirib 6 tonna hajmli sisterna örnatib, aholiga tarqatiş uçun möljallangan 32,2 mln sömlik 3,1 tonna suyultirilgan gaz töldirilgan ballonlarni kompressor orqali uşbu sisternaga böşatib, söngra uni özlariga qaraşli avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçasida noqonuniy sotiş bilan şuğullangan. Şuningdek, elektr energiyasiga noqonuniy ulaniş orqali byudjetga 1 mlrd sömlik zarar yetkazilgan.
Qöşrabot tumanida ham fuqaroning xonadonida 130 kg suyultirilgan gaz bilan töldirilgan 35 ta gaz balloni noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan.
Şuningdek, Qoraqalpoğistonda ham Amudaryo tuman gaz bölimi işçisi va yana 1 kişining xonadonidan 23 ta gaz ballon borligi ma’lum bölgan. Xorazm viloyati Boğot tuman gaz bölimining 3 nafar çilangari xonadonida 300 kg suyultirilgan gaz bilan töldirilgan 25 ta gaz ballon topilgan.
@markaz_uzbekistan

October 26, 10:12
Media unavailable
6
Show in Telegram

🇮🇩
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
Indoneziyaning Palangka-Raya shahrida kuchli o‘rmon yong‘inlari hududni qoplagani sababli osmon tutun, qizil va sariq tusga kirgan. Avgust oyining o‘rtalaridan buyon yong‘inlardan zarar ko‘rgan hududlarda nafas yo‘llari infeksiyasi bilan bog‘liq kasallanishlar soni 280 mingdan oshib ketgan.
Yuzaga kelgan og‘ir ekologik va ijtimoiy vaziyat fonida talabalar hamda mahalliy aholi vakillari hududda milliy miqyosdagi tabiiy ofat e’lon qilishni talab qilib murojaat yo‘llamoqda.
@markaz_uzbekistan

October 26, 09:53
Media unavailable
4
Show in Telegram

🇧🇷
Lulaning minglab tarafdorlari San-Paulu shahrida g‘alabani nishonladi
Yakshanba oqshomida Lula da Silvaning minglab tarafdorlari ovozlarning 51,74 foizini qo‘lga kiritib, Flavio Bolsonaro ustidan ikkinchi turda qozonilgan g‘alabani shiorlar va mushakbozliklar ostida nishonlash uchun San-Paulu shahridagi Paulista xiyobonini to‘ldirgan.
@markaz_uzbekistan

October 26, 09:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

Sirdaryoda kundoshi va uning qizini o‘ldirgan ayol 13 yilga qamaldi
Shirin shaharchasida norasmiy nikohdagi ayol erining qonuniy xotini va uning 5 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirgan. Mazkur jinoyatni sodir etgan ayol 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Jinoyatga erkakning qonuniy rafiqasi farzandli bo‘lib kelayotgani, sudlanuvchiga esa farzandli bo‘lishga ruxsat bermagani sabab bo‘lgan.
@markaz_uzbekistan

October 26, 07:26
Media unavailable
6
Show in Telegram

🇷🇸
Belgradda saylovdan keyingi nishonlashlar tartibsizlikka aylanib ketdi
Serbiyadagi muddatidan oldin o‘tkazilgan umumiy saylovlarda “Talabalar ro‘yxati” sobiq prezident Aleksandr Vuchich koalitsiyasini mag‘lub etganidan so‘ng, Belgrad markazida boshlangan bayramona tadbirlar nazoratdan chiqqan. Avtomobillar alanga ichida qolgan, shuningdek, politsiya mashinalari toshbo‘ron qilinib, oynalari sindirilgan.
Prezident qarorgohi yaqinidagi sobiq hukumatparast lagerda joylashgan chodirlar va mebellar ham yoqib yuborilgan.
@markaz_uzbekistan

October 26, 06:44
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇸
Tramp Eronning barcha yadroviy obyektlarini kuzatib borayotganini bildirdi
“Biz Eronning har bir yadroviy obyektini nazorat ostida tutmoqdamiz. Agar u yerda qandaydir harakat boshlansa, nima qilishimizni aniq bilamiz. Biroq, bunday holat sodir bo‘lmaydi. Biz ham Eron, ham Kanada bilan ajoyib bitimlar tuzamiz.
Men Kanadani va u bilan bog‘liq barcha narsani yaxshi ko‘raman, uning ayrim rahbarlari bundan mustasno. Kanada bizning fermerlarimizga zarar yetkazdi. Endi vaziyat ma’lum darajada aks tarafga o‘zgaradi”, deb aytgan Tramp.
@markaz_uzbekistan

October 25, 16:19
Media unavailable
12
Show in Telegram

🇮🇹
Italiyadagi namoyishlarda 380 dan ortiq kishi qo‘lga olindi
Italiya politsiyasi mamlakatning 8 ta shahrida bo‘lib o‘tgan namoyishlarning 9 nafar qatnashchisini hibsga olgan va yana 371 nafar ishtirokchini qisqa muddatga ushlab turgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bo‘limga keltirilganlar orasida 110 nafar voyaga yetmagan shaxs ham bo‘lgan.
@markaz_uzbekistan

October 25, 16:18
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇸
Ilon Mask urush davom etishini istovchilarni keskin qoraladi
Amerikalik milliarder va tadbirkor Ilon Mask Ukraina mojarosining davom etishini yoqlab chiqqan shaxslarga nisbatan qattiq bayonot berib, ularni ’insoniyatning eng tuban axlati” deb atagan.
“Ular shunchalik ahmoqki, hatto bizning siyosatimiz Ukraina xalqining manfaatlarini himoya qilishga qaratilganini ham tushunmayapti. Bunday pastkashlar urush oxirgi ukrainalik erkak qayerdadir jarlikda halok bo‘lgunicha davom etishini xohlaydi. Ular insoniyatning eng tuban axlatidir, deb yozib qoldirgan Mask.
@markaz_uzbekistan