
Markaz
Biznes boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun garovsiz kredit limiti 100 mln so‘mdan 200 mln so‘mga oshiriladi
Olmazor tumanida ushbu imkoniyatlardan foydalanib, joriy yilning o‘zida 300 nafar yangi tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash va 1 mingta ish o‘rni yaratish belgilandi.
Mazkur tajribani poytaxtning boshqa tumanlariga ham kengaytirib, yil yakunigacha 20 ming nafar aholini daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
@markaz_uzbekistan
Toshkent shahridagi 100 ta ko‘chani kompleks yangilash uchun 1 trln so‘m ajratilgan
Shuningdek, 400 ta mahallani “Qichqiriq” namunasi asosida obod qilish bo‘yicha 4 yillik, 10 trln so‘mlik dastur ishlab chiqiladi.
Har bir tumanda qaysi ko‘cha va mahallada, qachon va qanday o‘zgarish bo‘lishi aniq belgilab olinib, mahalliy kengashlarda muhokama qilinishi va aholiga ochiq e’lon qilinishi zarurligi ta’kidlandi.
@markaz_uzbekistan
Toshkentda vertikal “parkovka”lar o‘rnatilmoqda
Ko‘p qavatli avtoturargohning dastlabki namunasi Olmazor tumanida o‘rnatib bo‘lindi. Ushbu tizim lift yordamida avtomobillarni bir necha qavatga avtomatik joylashtiradi hamda kichik hududda ko‘proq mashinalarni sig‘dirish imkonini beradi.
Yangi loyiha bugun Prezidentning Olmazor tumaniga tashrifi chog‘ida taqdim etilishi kutilmoqda.
@markaz_uzbekistan
🇨🇭
Shveysariyada sayyohlar avtobusi halokatga uchradi
Shveysariyaning Graubyunden kantonida Niderlandiyadan kelayotgan turistlar avtobusi ag‘darilib ketgan. YTH oqibatida besh kishi halok bo‘lgan, yana 40 kishi tan jarohati olgan.
Yol-transport hodisasi Sush va Sernes qishloqlari oralig‘ida yuz bergan. Avtobusda 45 nafar voyaga yetgan yo‘lovchi bo‘lgan. Jarohatlanganlarning uch nafari og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
@markaz_uzbekistan
O‘zbekistonda 6 mingdan ortiq ayol 40 yoshdan keyin ona bo‘ldi
Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida mamlakatda jami 373 389 ta tirik tug‘ilish qayd etilgan. Tug‘ilishlar onalarning yoshi bo‘yicha taqsimlaganda, 25 yoshgacha bo‘lgan ayollarda 147 355 ta, 25–39 yoshdagi ayollarda 219 588 ta tug‘ilish qayd etilgan.
40 yosh va undan katta ayollar hissasiga esa 6 446 ta tug‘ilish to‘g‘ri kelgan. Shundan 8 nafari 50 yosh va undan katta bo‘lgan.
@markaz_uzbekistan
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari kelasi hafta Janubiy Koreyaga boradi
Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myun ushbu mintaqa bilan iqtisodiy va strategik aloqalarni chuqurlashtirish maqsadida kelasi haftada Markaziy Osiyoning besh davlati yetakchilarini bir joyga jamlaydigan birinchi “Janubiy Koreya – Markaziy Osiyo” sammitiga mezbonlik qilishini ma’lum qildi.
@markaz_uzbekistan
🇺🇸
🇮🇷
AQSH saylovlar sabab Eronga qarshi to‘liq kuch bilan urush olib bormayapti
“Ehtimol, men buni saylovlar tufayli qilmayotgandirman. Tushunyapsizmi? Men hamma narsani o‘z holicha qolishini istayman”, deb ta’kidlagan AQSH yetakchisi.
@markaz_uzbekistan
🇺🇸
Nyu-Yorkda 11-sentyabr teraktlari xotirasiga bag‘ishlab deyarli 3000 ta dron Egizak minoralar tasvirini gavdalantirdi
2977 ta uchuvchisiz uchish apparatining har biri ushbu terrorchilik harakati oqibatida halok bo‘lgan inson hayotining ramzi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, “Al-Qoida” jangarilari 2001-yil 11-sentyabr kuni to‘rtta yo‘lovchi samolyotini egallab olib, ularni Nyu-Yorkdagi Egizak minoralar hamda Pentagon binosiga yo‘naltirgan edi. Hujum oqibatida 2977 kishi halok bo‘lgan: 265 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari, Butunjahon savdo markazidagi 2606 kishi hamda Pentagondagi 125 nafar xodim.
Ushbu fojia AQSHning terrorizmga qarshi global urush boshlashiga va Afg‘onistonga bostirib kirishiga sabab bo‘lgan edi.
@markaz_uzbekistan
Toshkentda avtobus va metro uchun yo‘lkirani oshirish taklif qilinmoqda
Toshkent shahrida 1-oktyabrdan avtobus va metroda elektron to‘lovda yo‘l haqini 1 700 so‘mdan 2 500 so‘mgacha – 47 foizga oshirish taklif qilinmoqda. Yangi abonement va transport almashtirish tariflari ham rejada borligi aytilgan.
Naqd pulda to‘lov tarifini esa 3 000 so‘m miqdorida saqlab qolish rejalashtirilgan.
@markaz_uzbekistan
🇨🇩
Kongo DR sharqidagi maktabda yuz bergan yong‘inda 20 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi.
@markaz_uzbekistan