Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®

mech_math6_1
Subscribers
1 713
24 hours
1
30 days
33
Post views
659
ER
38,47%
Posts (30d)
42
Characters in post
1 018
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 23, 09:06
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

"INTELLEKTUAL OLIMPIADA — 2026"
♟
SHAXMAT VA SHASHKA BO‘YICHA UNIVERSITET SARALASH MUSOBAQALARIGA MARHAMAT!
Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan
“Intellektual olimpiada — 2026”
musobaqasining navbatdagi bosqichi uchun O‘zbekiston Milliy universitetida universitet saralash bahslari tashkil etiladi.
Musobaqada shaxmat va shashka bo‘yicha o‘z bilim, mahorat va strategik fikrlash qobiliyatini namoyon etishni istagan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
📌
MUSOBAQA HAQIDA:
♟
Sport turlari:
shaxmat va shashka
📅
Qur’a tashlash (jerebyovka):
26-oktyabr, soat 14:00
📅
Musobaqa boshlanishi:
27-oktyabr, soat 10:00
📍
Manzil:
O‘zbekiston Milliy universiteti Sport majmuasi, 2-qavat.
🏆
G‘OLIBLAR UCHUN IMKONIYAT!
Saralash musobaqalarida g‘olib va yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar universitet rahbariyatining tavsiyasiga asosan respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan
“Intellektual olimpiada — 2026”
musobaqalarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Barcha shaxmat va shashka ixlosmandlarini musobaqada faol ishtirok etishga, o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazishga va universitet sharafini himoya qilishga chorlaymiz!
Aql, strategiya va g‘alaba sari birgalikda!
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin
🕊
Telegram

October 22, 10:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

📢
“ILMIY MUAMMOLAR: TAHLIL VA HAMKORLIK” ILMIY SEMINARI
V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining onlayn seminariga taklif etamiz.
🎙
Rasulova Muhaye Yunusovna
— fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zR FA Yadro fizikasi instituti.
📌
“Lieb–Liniger modelidagi Bethe Ansatzni kvant kriptografiyaga qo‘llash”
Ma’ruzada Bethe ansatz usuli va to‘qnashuv koeffitsiyentlaridan kvant kriptografik protokollarni ishlab chiqishda foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
📅
28-oktabr, soat 16:00
💻
Ishtirok shakli: onlayn
Seminar rahbarlari:
Akademik Sh. A. Ayupov
Akademik Sh. A. Alimov
Akademik A. A. Azamov
Akademik U. A. Rozikov
Professor R. R. Ashurov
Seminar kotibi: R. T. Zunnunov
🔗
Zoom:
https://us06web.zoom.us/j/75658491038?pwd=3AhXfNg0FzQM8zOoxBMenuz1KbNWJx.1
🔹
ID: 756 5849 1038
🔹
Kirish kodi: 123
Barcha qiziquvchilarni taklif etamiz!
Murojat uchun:
+998935299887
yoki
@Zunnunov_Raximjon
.
Bizni kuzatib boring
👇
🌐
Rasmiy sayt
|
📸
Instagram
|
📘
Facebook
|
✈️
Telegram

October 22, 09:43
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🇺🇿
ONA TILIM — MILLATIM FAXRI!
🟢
Joriy yilning 21-oktyabr sanasida 14-TTJda Özbek tili bayramiga bağişlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir ötkazildi.
📌
Özbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti Geometriya va topologiya kafedrasi taşrifi doirasida 14-sonli talabalar turar joyida
"21-oktyabr — Özbek tili bayrami"
munosabati bilan
“Ona tilim — jonu dilim”
nomli bayram tadbiri taşkil etildi.
📌
Tadbirda talaba-yoshlar tomonidan ona tilimizning boyligi va betakror jozibasini tarannum etuvçi şe’rlar, milliy raqslar, badiiy çiqişlar, sahna körinişlari hamda ğazallar namoyiş etildi. Matematika fakultetining “Tangens” jamoasi ijrosidagi adabiy-hajviy çiqişlar tadbirga özgaça ruh va kötarinki kayfiyat bağişladi.
📌
Tadbir yakunida uni taşkil etiş va ötkazişga munosib hissa qöşgan faol talabalar diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanişdi. Bu e’tirof yoşlarning taşabbuskorligi, faolligi va jamoat ishlaridagi ishtirokini rag‘batlantirişga xizmat qildi.
✔️
Mazkur tadbir talaba-yoşlar qalbida ona tiliga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat va ma’naviy merosimizga daxldorlik tuyğularini yanada mustahkamlaşga qaratildi.
Ona tilimiz — milliy özligimiz timsoli, ma’naviyatimiz közgusi va kelajagimiz poydevoridir!
#ÖzMU_Matematika_fakulteti
#Geometriya_va_Topologiya
#14_TTJ_Özbek_Tili_Bayrami
#Ona_Tilim_Jonu_Dilim

October 21, 12:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Qonunçilik_yangiliklar
#Taʼlim_huquqi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida Prezident qarori qabul qilindi
🔰
Özbekiston Respublikasi Prezidentining
“Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”
2026-yil 19-oktabrdagi PQ–380-son qarori qabul qilindi.
❇️
Qaror bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini taşkil etişning
asosiy yönalişlari, taşkiliy tuzilmasi hamda tizim oldidagi ustuvor vazifalar
belgilandi.
⏺️
Qarorga muvofiq, ta’limning barça bosqiçlarini qamrab olgan yagona
davlat siyosatini amalga oşiriş, ta’lim mazmuni va sifatini takomillaştiriş, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş hamda ta’lim tizimida samarali boşqaruvni yölga qöyiş
nazarda tutilgan.
▶️
Şuningdek, qaror bilan:
🔹
aholi murojaatlari, şikoyatlari, takliflari va e’tirozlarini qabul qiliş, ularni tezkor körib çiqiş hamda tegişli taşkilotlarga yönaltiriş maqsadida
“Call-markaz”
;
🔹
aholi hamda ta’lim va ilm-fan tizimi xodimlari bilan tizimli muloqotni ta’minlaş, ta’lim xizmatlari sifati, ommabopligi va mavjud muammolar yuzasidan tezkor axborot oliş hamda tahlil qiliş maqsadida
qayta aloqa tizimi
.
👥
Ta’lim va ilm-fan vaziri huzurida ta’lim oluvçilar, talabalar, ota-onalar, pedagoglar va iş beruvçilar vakillaridan iborat
Ta’lim böyiça jamoatçilik kengaşi
taşkil etiladi.
🏛
Vazirlik hay’ati
vazir (hay’at raisi), uning örinbosarlari, Vazirlik huzuridagi agentliklar direktorlari, şuningdek, yetakçi oliy ta’lim taşkilotlari rektorlari, olimlar va pedagoglar orasidan
15 nafar
a’zodan iborat tarkibda tuziladi.
💼
Vazirga istisno tariqasida Vazirlikning markaziy apparatiga
2027-yil 1-fevralga qadar
xodimlarni töğridan töğri suhbat asosida işga qabul qiliş vakolati beriladi.
📋
Bundan taşqari:
➖
Prezident Administratsiyasi huzurida
Inson kapitalini rivojlantiriş va uzluksiz ta’lim strategiyasini işlab çiqiş
böyiça maxsus işçi guruh taşkil etiladi;
➖
Vazirlik huzurida
Inson kapitalini rivojlantiriş jamğarmasi hamda Ta’lim va ilm-fan böyiça strategik tadqiqotlar va baholaş markazi
taşkil etiladi;
➖
Vazirlik huzurida
Bilim va malakalarni baholaş agentligi
taşkil qilinmoqda, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi
Respublika ta’lim markazi faoliyati
tugatilmoqda.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 21, 10:21

"APEX INSURANCE" АЖ -янги Актуарий марказимизга 4 нафар мутахассисларни
ишга таклиф қилади.
Бўш иш ўрни: АКТУАРИЙ МУТАХАССИСЛАРИ
Вазифалари:
• суғурта бўйича актуар ҳисоб-китоб ва таҳлилларни амалга ошириш;
• IFRS 17 талаблари асосида ҳисоботлар тайёрлашда иштирок этиш.
Талаблар:
• олий маълумот, математика бўйича мустаҳкам билим;
• аналитик фикрлаш ва ҳисоб-китоблар билан ишлаш қобилияти;
• инглиз тилини яхши билиш;
• масъулиятлилик ва тез ўрганишга тайёрлик.
Актуарийлик соҳасида тажриба
шарт эмас
— компания ўқув ва амалий тайёргарликни таъминлайди.
Математика ўқитувчилари ва шу йўналишдаги бошқа мутахассислар ҳам кўриб чиқилади.
Биз таклиф қиламиз:
касбий тайёргарлик, IFRS 17 билан ишлаш тажрибаси, ўсиш имконияти ва барқарор иш ўрни.
Иш ҳақи:
суҳбат асосида.
Ўзингиз хақингиздаги маълумотларни (резюме) телеграм орқали қуйидаги рақамга юборинг
+998952223333

October 19, 08:16
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Videorolik
Matematika fakultetida zakovat intellektual o'yini o'tkazildi.

October 19, 05:59

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun “Xavfsiz talaba” mobil ilovasi ishlab chiqilib, sinov tariqasida foydalanishga topshirildi.
Mobil ilovada ta’lim jarayoni, talabalar turar joylari, xavfsizlik hamda talabalar uchun zarur bo'lgan boshqa muhim ma’lumot va xizmatlar jamlangan.
“Xavfsiz talaba” mobil ilovasining imkoniyatlaridan faol foydalanishingizni tavsiya etamiz.
Yuklab olish:
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.uzinfocom.student

October 18, 16:57
Media unavailable
5
Show in Telegram

#Matematika_fakulteti
🔷
Matematika fakulteti 1-kurs talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsadida “Besh tashabbus” doirasida mini-futbol bo‘yicha musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
📌
Musobaqada fakultetning turli guruh va yo‘nalishlaridan tarkib topgan jamoalar o‘zaro kuch sinashib, o‘yin davomida yuqori mahorat, irodaviy sifat va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyish etdilar.
✅
Zero bu kabi musobaqalar, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat va do‘stlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.

October 17, 22:07
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

Matematika fakultetida „Zakovat“ intellektual musobaqasi boʻlib oʻtdi!
🟢
Joriy yilning 16-oktabr kuni Oʻzbekiston Milliy universiteti Matematika fakultetiga qarashli 14-sonli Talabalar turar joyida (TTJ) talabalarning mantiqiy bilimlarini sinovdan oʻtkazish hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida „Zakovat“ intellektual musobaqasi tashkil etildi.
☄️
Yosh intellektual kashfiyotlar va qizgʻin bahslarga boy boʻlgan ushbu tadbirda 24 dan ortiq jamoa tarkibida 120 nafardan ziyod talabalar oʻzaro bellashdilar.
Tadbirda fakultetimizning „Algebra va funksional analiz“ kafedrasi professor-oʻqituvchilari ham faxriy mehmon sifatida ishtirok etib, yoshlarning bilimga boʻlgan intilishlarini yuqori baholashdi va ularni qoʻllab-quvvatlashdi.
✨
Yakuniy natijalarga koʻra, murosasiz kechgan bahslarda quyidagi jamoalar faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar:
🥇
„Miraculous“ jamoasi
🥈
„Evklid“ jamoasi
🥉
„1,618“ jamoasi.
✔️
Barcha gʻolib va sovrindorlarni, shuningdek, musobaqada faol ishtirok etgan barcha jamoalarni samimiy qutlaymiz! Kelgusi intellektual sinovlarda ham omad va zafarlar yor boʻlishini tilaymiz.

October 17, 15:43

🏬
TAJRIBALI XODIM KERAK
🏬
O'quv markaz: Algoritm(Al-jabr)
📗
Fan(lar): 1. Matematika(rus tilida)
2. Matematika oʻzbek(asosiy oʻqituvchi)
3. Matematika oʻzbek (yordamchi oʻqituvchi)
📱
Telegram:
@Bek050804
☎️
Aloqa:
@Bek050804
Ⓜ️
Manzil: Toshkent shahri chilonzor va sergeli
✍️
Mas'ul: Izzatilla
🕰
Ish vaqti: Kelishiladi(grafik asosida)
🕰
Murojaat vaqti: 24/7
💰
Maosh: kelishiladi
📜
Qo'shimcha ma'lumotlar: Jamoamizga
1.matematikani rus tilida o’taoladigan
2. Matematika oʻzbek sinflarga ma’sulyatli, o’z kasibini hurmat qiladigan va eng asosiysi shunchaki dars o’tadigan emas balki o’quvchilarni o’qitadigan, o’rgatadigan tajribali xodimlarni jamoamizga taklif qilamiz.
Talablarimiz: Kamida 2 yil shu sohada ishlagan bo’lishi va matematikani yaxshi darajada bilishi zarur sertifikat ustunlik beradi.
Endi markazlarda oʻzini ishini boshlamoqchi boʻlganlarga yordamchi(asisient) oʻqituvchilikdan boshlab asosiy oʻqituvchilikka chiqish imkoniyati.
Ishga faqat oʻgʻil bolalar qabul qilinadi !!!
Ishga kirmoqchi bo’lgan talabgorlar yuqorudagi telegram lichkasiga rezume qoldirisin. Ishga suhbat va test asosida qabul
qilinadi.