
MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®
📢
E’LON
Hurmatli talabalar!
O‘zbekiston Milliy universitetida 1–2-bosqich talabalari uchun tashkil etilgan tanishuv mashg‘ulotlari yakunlandi.
Ertaga 11 sentyabr kuni mashg‘ulotlar bo‘lmaydi.
📚
14 sentyabrdan boshlab o‘quv mashg‘ulotlari tasdiqlangan dars jadvali asosida olib boriladi.
🎭
“QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR” — 2026!
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari diqqatiga!
✨
“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining
2026-yilgi mavsumi
hamda
Premier ligasining 5-mavsumi
da universitetimiz sharafini himoya qilish istagida bo‘lgan talabalarni jamoaviy ishtirokga taklif qilamiz!
😂
Hazil-mutoyiba
🧠
Zukkolik va topqirlik
🎤
Ijodkorlik
🔥
Jamoaviy ruh va sahna mahorati
Agar sizda
hazil, iste’dod va kreativ g‘oyalar
bo‘lsa — bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
📢
O‘zMU jamoasi safida maydonga chiqing va universitetimiz sharafini munosib himoya qiling!
📌
Batafsil ma’lumot:
@Hosilbek9393
📅
2026-yil 9-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti
Algebra va funksional analiz kafedrasi
mudiri hamda professor-o‘qituvchilari “Kafedra kuni” munosabati bilan
14-sonli Talabalar turar joyiga
tashrif buyurdilar.
🏢
Tashrif davomida yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan TTJning tayyorgarlik holati, talabalarning joylashish jarayoni hamda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Tarbiyachi-pedagog hamrohligida talabalarning
yashash xonalari, oshxona va umumiy foydalanish joylari
ko‘zdan kechirildi.
💬
Talabalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning TTJdagi hayoti, o‘qish jarayoni va mavjud sharoitlar yuzasidan fikrlari tinglandi. Kafedra faoliyati nafaqat sifatli ta’lim va ilmiy izlanishlar, balki
talabalarning ijtimoiy hayoti, ma’naviy muhiti va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish
bilan ham uzviy bog‘liq ekani ta’kidlandi.
📚
Kafedraning 2026/2027-o‘quv yili uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq,
har oyda kamida bir marotaba TTJga tashrif buyurish
, talabalar ishtirokida turli
ilmiy-ma’rifiy, fan va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari hamda uchrashuvlar
tashkil etish rejalashtirilgan.
🤝
Kafedra va talaba o‘rtasidagi doimiy muloqot — ta’lim, tarbiya va hamjihatlikning muhim omilidir!
#MuhimJavob
To‘lov-kontrakt mablag‘larini qachon to'lash kerak?
🇺🇿
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida
tahsil olayotgan hamda yangi o‘quv yilida (super-kontrakt asosida) tahsil olishni rejalashtirayotgan talabalarga
to‘lov-kontrakt mablag‘larini qismlarga bo‘lib to‘lash imkoniyati
mavjud.
🎓
1-bosqich talabalari uchun:
✅
25%
— 2026-yil 15-sentabrgacha
✅
50%
— 2026-yil 31-dekabrgacha
✅
75%
— 2027-yil 1-martgacha
✅
100%
— 2027-yil 1-maygacha
🎓
Yuqori bosqich talabalari uchun:
✅
25%
— 2026-yil 1-oktabrgacha
✅
50%
— 2026-yil 31-dekabrgacha
✅
75%
— 2027-yil 1-martgacha
✅
100%
— 2027-yil 1-maygacha
📌
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olmoqchi bo‘lgan talabalar uchun:
✅
50%
— 2026-yil 1-oktabrgacha
✅
75%
— 2027-yil 1-martgacha
✅
100%
— 2027-yil 1-maygacha
❗️
To‘lovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirishni unutmang!
Biz shu yerdamiz:
🌐
Veb-sayt
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin
Matematika fakulteti talabalari ishtirokida “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi
Bugun, 9-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
shiori ostida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
Tadbirda
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni, akademik Shavkat Ayupov
ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti jamoasi, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari qatnashdi.
“Mustaqillik darsi” davomida mamlakatimiz mustaqilligining mazmun-mohiyati, uning tarixiy ahamiyati, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va taraqqiyot bosqichlari haqida fikr yuritildi. Akademik Sh.A. Ayupov yoshlar bilan suhbat davomida
talabalik davridan unumli foydalanish, ilm olish, ilmiy izlanish olib borish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish
bo‘yicha o‘zining qimmatli tavsiya va fikrlarini bildirdi.
Biz shu yerdamiz:
🌐
Veb-sayt
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin
#OʻzMU_rahbariyati
🇺🇿
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti rahbariyati
Biz shu yerdamiz:
🌐
Veb-sayt
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin
#FakultetDekanlari
🇺🇿
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti fakultetlar dekanlari
Biz shu yerdamiz:
🌐
Veb-sayt
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin
#E’LON
To'lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlar diqqatiga!
🅰
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qarori bilan Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida to'lov kontraktlari mahalliy hokimliklar tomonidan qoplanishi mumkin.
📰
Ushbu masala yuzasidan quyidagi toifalarga tushuvchi xotin-qizlar 14-sentabr kuni, 16.00ga qadar fakultet tyutorlariga murojaat qilishlari lozim!
⏺
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar;
⏺
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlar;
⏺
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni boquvchisini yoʻqotgan (turmush oʻrtogʻi vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolgʻiz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.
Biz shu yerdamiz:
🌐
Veb-sayt
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin
#Maxsus_reportaj
| 07.09.2026
Mustaqillikning 35 yilligi: fidoyilar va mehnat e’tirofi
mtrk.uz
|
Instagram
|
Youtube
|
Facebook
|
Telegram
|
X (twitter)
Matematika fakultetida Mustaqillik darslari o‘tkazildi
🟢
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Matematika fakultetida talaba-yoshlarning Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yurtimiz tarixiga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi.
📌
Darslar davomida talabalarga O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishish tarixi, mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati hamda erishayotgan yutuqlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📌
Tadbir jarayonida Matematika fakultetining ko‘p yillik tarixida munosib iz qoldirgan, ta’lim va ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli olimlar va professor-o‘qituvchilarning faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi.
📌
Ayniqsa, ushbu olimlarning ilmiy izlanishlari, shogirdlar tayyorlash borasidagi ko‘p yillik mehnati va o‘zbek matematika maktabining shakllanishidagi xizmatlari yoshlar uchun ibrat maktabi ekani ta’kidlandi. Bugungi kunda ham fakultetda shakllangan ilmiy an’analar davom ettirilib, zamonaviy matematika yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borilayotgani qayd etildi.
✔️
“Mustaqillik darslari” talaba-yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, ularda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va kelajakka ishonch tuyg‘ularini shakllantirish bilan bir qatorda, Matematika fakultetida faoliyat yuritgan buyuk olimlarning ilmiy merosini yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etdi.