
Bandlik vazirligi
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
🟣
Ishdan bo‘shatish nafaqasi
— bu xodim mehnat shartnomasi bekor qilinganda, daromadsiz qolmasligi uchun bir yo‘la to‘lanadigan pulli kompensatsiya hisoblanadi.
⬇️
Quyidagi holatlarda nafaqa to‘lanadi:
✔️
Ish beruvchi tashabbusi bilan (xodim aybdor bo‘lmagan holda);
✔️
Xodim harbiy xizmatga chaqirilsa;
✔️
Avvalgi ishiga tiklansa;
✔️
Tashkilot tugatilsa;
✔️
Deputatlik vakolati tugasa va ishiga qaytsa;
✔️
Ishga qabul qilishda qonun buzilishi bo‘lsa (aybsiz holatda);
✔️
Tibbiy sabablarga ko‘ra ishni davom ettira olmasa;
✔️
Yangi shartlarga rozi bo‘lmasa;
✔️
Ko‘chishga rozi bo‘lmasa;
✔️
Egasi yoki tashkilot tuzilmasi o‘zgarsa.
💰
To‘lanadigan nafaqa miqdori:
🔘
3 yilgacha staj — o‘rtacha ish haqining 50%;
🔘
3-5 yil — 75%;
🔘
5-10 yil — 100%;
🔘
10-15 yil — 150%;
🔘
15 yildan ortiq — 200% dan kam bo‘lmasligi kerak.
📑
Batafsil
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
X
📇
Yangi avtobuslar — yangi ish o‘rinlari!
🚌
🚌
Poytaxt jamoat transportida ishlashni istaysizmi? Unda bu imkoniyat siz uchun!
➡️
“Toshshahartransxizmat” AJ
tomonidan tez kunlarda
200 ta yangi elektrobus
xarid qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu esa yangi ish o‘rinlari yaratilishi va haydovchilarga bo‘lgan talabning ortishini anglatadi.
Kimlar ishga taklif etiladi?
✅
21 yoshga to‘lgan fuqarolar;
✅
“D”
yoki
“DE”
toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lganlar.
💼
Ishga joylashish istagidagi nomzodlarga
“Toshshahartransxizmat” AJ
filiallarida zarur amaliy yordam ko‘rsatiladi.
📞
Batafsil ma'lumot uchun tel:
(71) 233-03-23, (55) 508-02-02 (ichki raqam: 214)
🌐
Barcha vakansiyalar
Osonish.uz platformasida
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
X
Huquqiy bilim va islohotlar — samarali faoliyat asosi
📄
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy
qonun
mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan huquqiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda yuridik fanlari nomzodlari
Raʼno Turdiboyeva
hamda
Shoira Umarova
tomonidan mazkur qonun bilan belgilangan vazifalar, Prezident Administratsiyasining davlat boshqaruvi tizimidagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
✔️
Mazkur tadbir xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish va xizmat vazifalarini samarali bajarishda muhim ahamiyatga ega.
Administratsiya faoliyatining
asosiy prinsiplari
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi, inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligi, xolislik, mustaqillik, ochiqlik hamda shaffoflikdan iborat.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
| Youtube
|
X
#qonunchilikdagi_yangiliklar
🌱
Issiqxona egalari uchun yangi talablar va moliyaviy imtiyozlar
belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-oktabrdagi
586-son qarori
bilan Toshkent shahri va unga tutash hududlarda issiqxona xo‘jaliklarining ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi.
➡️
Yangi tartib qaysi hududlarda amal qiladi?
Maxsus ekologik tartib Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Zangiota va Toshkent tumanlaridagi issiqxona xo‘jaliklariga tatbiq etiladi.
➡️
1-dekabrgacha qanday talablar bajarilishi kerak?
Mazkur hududlarda ko‘mir, briket va biomassa pelletlari bilan isitiladigan issiqxonalar 2026-yil 1-dekabrgacha ekologik toza isitish tizimlariga o‘tishi lozim.
Bunda tabiiy yoki suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, quyosh va geotermal energiya, shuningdek, issiqlik elektr stansiyalaridan olinadigan ikkilamchi issiqlik energiyasidan foydalanish mumkin.
Qattiq yoqilg‘idan foydalanishni davom ettirish uchun esa bir vaqtning o‘zida quyidagi talablar bajarilishi shart:
- Qozonxonalarni avtomatik boshqaruv va chang-gaz tozalash uskunalari bilan jihozlash;
- Uzluksiz avtomatik monitoring tizimini o‘rnatish va Ekologiya qo‘mitasining axborot tizimlariga ulash;
- Uskunalarning muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lish;
- Onlayn kuzatuv kameralari, elektr ta’minoti va zaxira generatorini o‘rnatish;
- Hosil bo‘ladigan chiqindilarni belgilangan tartibda utilizatsiya qilish.
🚫
Nimalarni yoqilg‘i sifatida ishlatish taqiqlanadi?
❗️
Issiqxonalarda avtomobil shinalari, mazut, bitum, plastmassa, polimer plyonkalar, rezina, ishlatilgan moylar, maishiy va ishlab chiqarish chiqindilarini hamda shu kabi zararli materiallarni yoqish qat’iyan taqiqlanadi.
💰
Issiqxona egalari qanday imtiyozlardan foydalanishi mumkin?
➡️
50 foiz subsidiya.
2028-yil 1-yanvarga qadar ekologik toza isitish texnologiyalari, chang-gaz tozalash uskunalari, energiya tejamkor ekranlar va tegishli jihozlarni xarid qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir gektar uchun 50 million so‘mdan oshmagan qismi qoplab beriladi.
➡️
350 million so‘mgacha foizsiz mablag‘.
Avtomatik monitoring stansiyalarini xarid qilish uchun har bir stansiyaga 350 million so‘mgacha mablag‘ 7 yil davomida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan ajratilishi mumkin.
➡️
3 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit.
2026–2027-yillarda elektr, quyosh, geotermal energiya va kogeneratsiya asosidagi isitish tizimlariga o‘tish loyihalari uchun 7 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada kredit ajratiladi. Kredit loyiha qiymatining 50 foizigacha, har bir gektar uchun esa 3 milliard so‘mgacha bo‘lishi mumkin.
⚠️
Talablar bajarilmasa nima bo‘ladi?
🔵
2026-yil 1-dekabrdan belgilangan ekologik talablarga javob bermaydigan issiqxonalarga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi berilmaydi. Avval berilgan xulosaning amal qilishi vaqtincha to‘xtatiladi hamda elektr, gaz va suv ta’minotidan uzish choralari ko‘riladi.
🔵
Shuningdek, maxsus hududdagi issiqxonalarda har yili
15-oktabrdan 15-martgacha
ekologik monitoring va nazorat tadbirlari o‘tkaziladi.
🔵
Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf tug‘diruvchi holatlar aniqlansa, issiqxona faoliyati yoki ifloslantiruvchi manba 10 kungacha vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
X
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.
💰
Hisob-kitob xodimga:
✅
oxirigacha olinmagan ish haqini;
✅
xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta'tillar uchun kompensatsiyalarni;
✅
agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi.
🗃
Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.
Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli summalar hisob-kitob qilish to‘g‘risida xodim tomonidan talab qo‘yilganidan keyin
uch kun
dan kechiktirmay to‘lanishi kerak.
👉
Batafsil
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
| Youtube
|
X
1️⃣
2️⃣
4️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
Ish suhbatida eng ko‘p beriladigan 7 ta savol
Ish beruvchi sizning nafaqat tajribangizni, balki o‘zingizni qanday namoyon qila olishingizni ham baholaydi.
1️⃣
O‘zingiz haqingizda gapirib bering
– Tajribangiz, ko‘nikmalaringiz va maqsadingiz haqida qisqacha ayting.
2️⃣
Nega aynan bizda ishlamoqchisiz?
– Kompaniya haqida bilimingizni ko‘rsating.
3️⃣
Kuchli tomonlaringiz qaysilar?
– Sifatlaringizni misollar bilan tushuntiring.
4️⃣
Kamchiliklaringiz nimada?
– Rivojlantirayotgan jihatlaringizni ayting.
5️⃣
Avvalgi ish joyingizdan nega ketgansiz?
– Salbiy fikrlardan qoching.
6️⃣
Qiyin vaziyatni qanday hal qilgansiz?
– Aniq misol va natija keltiring.
7️⃣
Nega aynan sizni ishga olishimiz kerak?
– Kompaniyaga qanday foyda keltira olishingizni ayting.
💡
Eng yaxshi javob — yodlangan emas, o‘z tajribangizga asoslangan javob.
📌
Suhbatdan oldin puxta tayyorlaning: ishonchli javob — muvaffaqiyatning muhim omili.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
| Youtube
|
X
#Ona_tili_millat_iftixori
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida navbatdagi “Ma’naviyat soati” bo'lib o'tdi
🔔
O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkil etilgan
“Ona tili – millat iftixori”
nomli adabiy uchrashuvda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Do‘stlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibi, shoira
Zulfiya Mo‘minova
ishtirok etdi.
Tadbirda ona tilining millat ma’naviyati, madaniyati va milliy o‘zligini asrashdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.
“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqidagi
yangi qonunda belgilangan vazifalar muhokama qilindi.
Bu kabi ma’rifiy uchrashuvlar xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, davlat tiliga hurmatni mustahkamlash hamda siyosiy-huquqiy islohotlar mazmunini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
| Youtube
|
X
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
📍
Buxoro:
Orasta ayollar uchun yangi
loyiha
📍
Qashqadaryo:
“Onamda ham shunday qo‘l mashinasi
bo‘lardi
”
📍
Jizzax:
Baxmal tumanining ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyoti
📍
Namangan
: Tomorqadan xazina topgan
oila
📍
Navoiy:
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik sohasidagi
natijalar
📍
Sirdaryo:
Xovoslik matonatli
ayol
📍
Surxondaryo:
Sho'rchi tuproqlarida sitrus
bog'lar
📍
Toshkent viloyati:
O'qish, amaliyot va
daromad
📍
Toshkent shahri:
Jamiyatda xotin-qizlar faolligi
ortmoqda
📍
Farg'ona:
Tomorqadan unumli foydalanish ro‘zg‘orga daromad
keltirmoqda
📍
Qoraqalpog'iston Respublikasi:
"Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturining
samarasi
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
| Youtube
|
X
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni: malakali kadrlar tayyorlashda yangi hamkorlik
🇺🇿
🇸🇦
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari
Alisher Muratov
Saudiya Arabistonining KDOT Partners kompaniyasi bosh ijrochi direktori
Faysal Al-Davud
bilan uchrashdi.
Uchrashuvda kasbiy ta’limni rivojlantirish, xalqaro standartlar asosida mutaxassislar tayyorlash va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
🤝
Yakunda tomonlar o‘rtasida hamkorlik va investitsiyalar to‘g‘risidagi hamkorlik memorandumi imzolandi.
📃
Hujjat doirasida aviatsiya, energetika va qurilish sohalari uchun mutaxassislar tayyorlaydigan zamonaviy o‘quv markazini tashkil etish, kasbiy kompetensiyalarni baholash va xalqaro sertifikatlash tizimini joriy etish rejalashtirilgan.
Mazkur hamkorlik malakali kadrlar tayyorlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va fuqarolarning xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
X
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
Bolani parvarishlash taʼtilida ish joyi saqlanadimi?
☑️
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayol xodimning xohishiga ko‘ra, bolasi
2 yoshga to‘lguniga qadar
bolani parvarishlash ta’tili berilib, ushbu davr uchun belgilanadigan tartibda
nafaqa to‘lanadi.
☑️
Ayolning xohishiga ko‘ra, bolasi
3 yoshga to‘lguniga qadar
uni parvarishlash uchun
ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’til
ham beriladi.
☑️
Bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodimning
ish joyi (lavozimi)
saqlanadi.
Bu ta’tillarning ko‘pi bilan
6 yili mehnat stajiga qo‘shiladi
, shu jumladan, mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanadi.
➡️
Batafsil
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
X