
Bandlik vazirligi
❗️
Ish joyingiz haqidagi ma’lumotlar to‘g‘rimi? Hoziroq tekshiring
Pasport ma’lumotlaringizni begonalarga bermang. Ishonchsiz joylarga hujjat yubormang.
👉
my.gov.uz
va
my.mehnat.uz
orqali o‘zingiz haqingizdagi ish ma’lumotlarini tekshirib turing.
🔐
Xavfsizlik — o‘zingizdan boshlanadi.
Ehtiyot bo‘ling va yaqinlaringizni ham ogohlantiring!
#MyGov
#Xavfsizlik
#ShaxsiyMalumot
#Ogohlik
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
| Youtube
|X
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
Davlat fuqarolik xizmatchisining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki davlat himoyasida
✔️
Davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida jarohatlansa yoki sog‘lig‘iga zarar yetsa, yetkazilgan zararning o‘rni davlat organi tomonidan qoplanadi.
✔️
Davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat majburiyatlarini bajarayotganda vafot etsa, uning qaramog‘idagi oila a'zolariga
o‘rtacha yillik ish haqining 6 baravaridan kam bo'lmagan miqdorda
bir martalik nafaqa to‘lanadi.
✔️
Xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda davlat fuqarolik xizmatchisining mol-mulkiga yetkazilgan zarar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplanadi.
➡️
Batafsil
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
| Youtube
| X
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
O‘z biznesingizni boshlamoqchisiz, lekin mablagʻ yetmayaptimi?
✅
“Ijtimoiy reyestr”
dagilar uchun
20 mln 600 ming
so‘mgacha
ssuda bor!
❗️
Hech bir foizsiz, lekin qaytariladigan yordam sifatida.
🛠
Eng muhimi – sizga naqd pul emas
, kerakli asbob-uskuna beriladi.
📑
Ssuda
asosida
beriladigan asbob-uskunalar ro'yxati
✈️
bu yerda.
⏳
Muddati:
6 oydan 3 yilgacha.
📝
Ariza berish uchun
online-mahalla.uz
saytiga kiring.
🔍
Tanlash
smart-market.uz
orqali.
🚚
Barcha jarayon yakunlangach, uskunalar bir necha kunda uyingizga yetkaziladi.
☎️
Batafsil ma’lumot:
+998 71 238 69 96
💬
Telegram:
@KQDMJ_chatbot
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
X
Yagona milliy mehnat tizimida yangi imkoniyatlar
Yagona milliy mehnat tizimi (
my.mehnat.uz
) mehnat munosabatlarini yanada raqamlashtirishga qaratilgan yangi xizmatlar bilan boyitildi:
✔️
Mehnat shartnomalarini to‘liq elektron rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. Tizimda Mehnat kodeksi talablariga mos
5 turdagi elektron shartnoma
mavjud.
✔️
Endilikda
FHTSH (fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalari)
ham YMMTda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ushbu shartnomalar asosida ishlovchilar davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan qamrab olinib,
kasallik va dekret nafaqalarini olish huquqiga ega bo‘ladi.
✔️
Kasallik va homiladorlik nafaqalarini tayinlash jarayoni to‘liq raqamlashtirildi. Fuqarolar nafaqa holati va hisoblangan summani
my.mehnat.uz
hamda mobil ilovalar orqali onlayn kuzatishi mumkin.
✔️
Kamida 15 yillik stajga ega
shifokor, farmatsevt va oliy malaka toifasidagi pedagoglarga uy-joy subsidiyalarini ajratishda YMMT ma'lumotlari avtomatik qo‘llaniladi.
YMMT mehnat munosabatlarida shaffoflikni ta'minlash, qog‘ozbozlikni kamaytirish va fuqarolar uchun davlat xizmatlarini yanada qulay qilish yo‘lida izchil takomillashmoqda.
➡️
Batafsil
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
| Youtube
|
X
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
1,5 million so‘mlik daromaddan 20 milliongacha
📍
Piskent tumani
Bekobod
mahallasida yashovchi
Mastura G‘ulomovaga
imtiyozli kredit, tikuv mashinalari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun bino ajratildi.
Hokim yordamchisi ko‘magida u tikuvchilik korxonasini tashkil etib,
12 nafar
fuqaroni doimiy ish bilan ta’minladi.
✔️
Bugungi kunda Mastura G‘ulomovaning oylik daromadi
15–20 million
so‘mga yetib, uning faoliyati mahalladagi xotin-qizlar bandligini ta’minlash va oilalar farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
| Youtube
|
X
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
Yakka tartibdagi mehnat nizolari bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqi
Quyidagilar sudga murojaat qilish huquqiga ega:
1️⃣
Xodim yoki kasaba uyushmalari;
2️⃣
Davlat mehnat inspeksiyasi mansabdor shaxslari;
3️⃣
Ish beruvchi
(komissiya qaroridan norozi bo‘lsa yoki o‘ziga xodim tomonidan yetkazilgan moddiy zararni undirishda);
4️⃣
Adliya organlari
(qonunchilikka muvofiq);
5️⃣
Prokuror.
⚖️
Huquqingizni biling va himoya qiling!
➡️
Batafsil
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
| Youtube
| X
1️⃣
2️⃣
4️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
Shanba kunida 15 daqiqalik moliyaviy mashq
🔅
"Ehtiyoj yoki xohish?"
testi
1️⃣
So'nggi haftadagi xaridlaringizni ro'yxat qiling
Masalan:
🍞
Non, sut, sabzavot —
150 000 so'm
🍔
Kafe yoki fastfud —
120 000 so'm
👕
Yangi kiyim —
300 000 so'm
🚕
Taksi
(piyoda borish mumkin bo'lgan masofaga)
—
40 000 so'm
2️⃣
Har birini 2 ta savol bilan tekshiring
➡️
Bu haqiqatan ham kerakmi?
➡️
Buni keyingi oyga qoldirsam bo'ladimi?
3️⃣
15 daqiqa ichida hisoblang
⚫️
"Xohish" toifasiga tushgan summani qo'shing
⚫️
Shu summani shaxsiy jamg'armangizga ajratish mumkinligini baholang
⚫️
Keyingi hafta bitta keraksiz xariddan ongli ravishda voz keching.
Natija:
✔️
Ongli xarid qilish odati shakllanadi.
✔️
Haftasiga kamida
50-100 ming
so'm ortiqcha mablag‘ jamg'arasiz.
✔️
Pulingiz qayerga sarflanayotganini aniq ko‘ra boshlaysiz.
🔅
Tavsiya:
Hafta davomida xaridlaringizni telefon "eslatmalari"ga yozib boring — shanba kuni tahlil qilish osonlashadi.
👉
Unutmang:
Moliyaviy erkinlik katta daromaddan emas, balki ongli qarorlardan boshlanadi.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
| Youtube
|
X
Andijonda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik loyihalari ijrosini o‘rgandi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari
Marat Jurayev Andijon viloyatida bo‘lib
, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, Xo‘jaobod tumanining
“Andijon”
mahallasi, Jalaquduq tumanining
“G‘alaba”
va
“Tayanch”
mahallalari, shuningdek, Buloqboshi tumanining
“Do‘lana”
mahallasida bo‘lib, yangi loyihalar, ijara yerlaridan va tomorqalardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
Joylardagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ilgari surilgan takliflar atroflicha muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, "
Dolzarb
40 kunlik
" doirasida Andijon viloyatida tashkil etilgan shtab faoliyati ham ko‘zdan kechirilib, belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
| Youtube
|X
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
Xorijiy mutaxassisni ishga olmoqchimisiz?
👍
Buning uchun xorijiy fuqaro
O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomaga
ega bo‘lishi shart.
📌
Tasdiqnoma olish uchun ish beruvchi arizani
my.gov.uz
yoki
licenses.uz
portali orqali elektron shaklda yuboradi.
Ushbu jarayonda tasdiqnomani rasmiylashtirish tartibi, arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari, davlat yig‘imi hamda qonunchilikda belgilangan talablarni bilish muhim ahamiyatga ega.
📹
Batafsil videoda.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
| Youtube
|X
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
📍
Andijon:
Bir paytlar ish qidirgan ayol – bugun
ish beruvchi
📍
Buxoro:
Mehnat yarmarkasi: munosib ish – munosib
kelajak
📍
Qashqadaryo:
“Yana “bolnichniy” ochtirdim, yana 5 kun pul
olaman”
📍
Jizzax:
Lalmikor mahallasida mehnat va imkoniyat
uyg‘unligi
📍
Namangan
: Yangi tadbirkorlik loyihalarida aholi
bandligi
📍
Samarqand:
Rahbar va yoshlar
uchrashuvi
📍
Sirdaryo:
Ayollarga e'tibor — yangi imkoniyatlar va yangi
ish o‘rinlari
📍
Surxondaryo:
Eksportga yuborilayotgan Sherobod
anorlari
📍
Toshkent
viloyati:
Ohangaronda aholi bandligi qaysi loyihalar hisobiga
ta’minlanmoqda?
📍
Farg'ona:
Turizm va tadbirkorlik orqali сhegara hududlarda mahalla ahlining farovonligi va bandligi
ta'minlanmoqda
📍
Xorazm:
Orzu mahallasida orzular amalga
oshmoqda
📍
Qoraqalpog'iston Respublikasi:
Qo‘ng‘irotda aholi bandligini ta’minlashda muhim
natijalar
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
| Youtube
|
X