Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

milliy_universitut
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti (rasmiy xabar) National university of Uzbekistan Manzil: Olmazor tumani, Farobiy ko’chasi, M Beruniy, 4-uy Rasmiy sayt: nuu.uz Reklama uchun: @zamdekan Guruhmiz: @nuu_student_s Sport: @nuu_sport
Subscribers
30 171
24 hours
-231
30 days
-114
Unusual 24 hours drop
Post views
2 496
ER
8,27%
Posts (30d)
151
Characters in post
654
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 21, 06:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

📌
Masofaviy ta’lim shakli yomonmi yoki yaxshi?
Masofaviy ta’lim shakli davlat standartlari bo‘yicha tashkil etilsa, kunduzgi ta’lim shaklidan sifat jihatidan katta farq qilmasligi mumkin. Bunda talabaning shaxsiy o‘zlashtirish qobiliyatiga ham bog‘liq.
Biroq bir universitet qabul qilayotgan talabalarining katta qismini masofaviy ta’lim shakliga qabul qilsa, bu
qonunchilik talablari buzilishi hisoblanadi.
Va qachondir shu sababli litsenziyasi bekor qilinishini istisno etib bo‘lmaydi.
Maqsadi
soqqa qilish bo‘lmagan
universitetlar davlat standarti bo‘yicha kunduzgi talabalarning
50 foizi miqdorida
boshqa ta’lim shakllariga talaba qabul qiladi.
☑️
O’zbekiston Milliy universiteti

September 20, 05:12
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Diqqat
#OvozliChat
O’zbekiston Milliy universiteti talabalari hamda
oʻqituvchilarni ovozli chatga tallif qilamiz!
Yaxshi qiziqarli savol va javob berib boradiganlarga sovg’alar beriladi.
📅
Qachon
:Erta, 22-sentyabr, 15.00 da
📍
Qayerda
:
@nuu_student_s
Telegram kanalida
Mazkur ovozli chatda barchani faol ishtirok etishga chorlaymiz.
☑️
O’zbekiston Milliy universiteti

September 20, 05:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

#kayfiyat
Hukumat vakillariga, deputat va amaldorlarga murojaatim bor. Nimaga sizlar uchun biz taksistlardan gap eshitamiz?
☑️
O’zbekiston Milliy universiteti

September 20, 04:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

📌
Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi
2026/2027-oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati
15-oktyabrga qadar (shu kuni ham)
uzaytirildi
.
Bu muddat:

bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar;

oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar;

oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.
15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha
yillik qiymatning kamida 25 foizi
, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa
kamida 50 foizi
toʻlanishi lozim.
☑️
O’zbekiston Milliy universiteti

September 19, 10:56
Media unavailable
2
Show in Telegram

#KechaVaBugun
#MaxsusReportaj
🎬
Talabalarni turar joy bilan ta'minlash masalasiga bag’ishlangan maxsus reportaj efirga uzatildi.
🇺🇿
O’zbekiston Milliy universitetida bu borada amalga oshirilgan ishlar televideniye nigohida
☑️
O’zbekiston Milliy universiteti

September 18, 19:21
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Psixotrop moddalar savdosi hamda qimor o‘yinlarining salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
🇺🇿
O'zbekiston Milliy universiteti
psixotrop va narkotik moddalari savdosi hamda iste’moliga qarshi kurashish asoslari
, shuningdek,
qimor o‘yinlarining kelib chiqishi va salbiy oqibatlari
bo‘yicha profilaktik seminar tashkil etildi. Tadbirda
rektor maslahatchisi Jahongir Jabborov
hamda
birinchi prorektor Tunis Xojiyev
boshqa tegishli mas'ullar ishtirok etdi.
📰
Seminarda yoshlar o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar va ularning oldini olishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan omillar batafsil muhokama qilindi.

Xususan, talabaning qimor o‘yinlariga berilganligini ko‘rsatuvchi
xulq-atvordagi o‘zgarishlar
, kayfiyatning tez-tez o‘zgarishi, asabiylashish, o‘zini yopiq tutish hamda telefondan yashirincha va haddan tashqari foydalanish kabi belgilarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
☑️
O’zbekiston Milliy universiteti

September 18, 11:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 18, 05:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

#kayfiyat
- Sen uchun baxt nima?
- Metro, avtobusda o’tirib ketish!
-
🗿
☑️
O’zbekiston Milliy universiteti

September 18, 05:10
Media unavailable
1
Show in Telegram


Talaba qaysi holatlarda o‘qishdan chetlashtiriladi yoki kursda qoldiriladi?
📄
Vazirlar mahkamasining
“Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”
gi qarorida talabalarni o‘qishdan chetlatish va kursdan-kursga qoldirish tartiblari
belgilangan
.

Qanday holatlarda talaba chetlashtiriladi?
Talabalar quyidagi holatlarda oliy ta’lim tashkilotidan chetlashtirilishi mumkin:

o‘z xohishiga ko‘ra;

o‘qishini boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirganda;

OTMning ichki tartib-qoidalari yoki odob-axloq qoidalarini buzganda;

bir semestr davomida uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq dars qoldirganda. Bunda salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holatlar bundan mustasno;

to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talaba belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganda;

sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;

sud qarori bilan kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda;

kursda qoldirilgan talaba o‘qishini davom ettirish uchun belgilangan muddatda murojaat qilmaganda;

qabul vaqtida taqdim etilgan hujjatlarning qalbaki ekani yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlanganda;
talaba vafot etganda.

Qanday holatlarda talaba kursdan-kursga qoldiriladi?
Talabalar oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan quyidagi hollarda kursdan-kursga qoldiriladi:

belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmaganda (akademik qarzdor bo‘lganda), o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno;

o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlarida semestr va o‘quv yili yakuni natijalari bo‘yicha GPA o‘tish ballini to‘play olmaganda;

malakaviy amaliyotga qatnashmagan, shuningdek, malakaviy amaliyot yakunlari bo‘yicha qoniqarsiz baholanganda.
☑️
O’zbekiston Milliy universiteti

September 18, 05:02
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

O‘zMU professori MDH davlatlari ishtirokidagi xalqaro forumda ma’ruza qilmoqda
🇺🇿
O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti Gidrologiya va iqlimshunoslik kafedrasi professori
Fazliddin Xikmatov
15–18-sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasi, Ufa shahridagi Ufa fan va texnologiyalar universitetida o‘tkazilayotgan
“Цифровые технологии и искусственный интеллект: современные тренды в науке и образовании государств-участников СНГ”
mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etmoqda.
📰
Forum doirasida professor
ilmiy ma’ruza bilan ishtirok etib
, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning zamonaviy fan hamda ta’limdagi o‘rni bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘z ilmiy qarashlarini taqdim etmoqda.
☑️
O’zbekiston Milliy universiteti