Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)

milliy_universitut
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti (rasmiy xabarlar) National university of Uzbekistan Olmazor tumani, Farobiy ko’chasi, metro Beruniy. Reklama uchun: @khusanoff_a Guruhmiz: @nuu_student_s Sport: @nuu_sport
Подписчики
12 600
24 часа
30 дней
-1 000
Просмотры
3 541
ER
28,46%
Посты (30д)
5
Символов в посте
869
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 22, 04:42

📌
Endi super-kontrakt miqdorini OTM rahbari belgilaydi
Hukumat qaroriga asosan endi super-kontrakt miqdori oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadi. Avval
bu vakolat Davlat qabul komissiyasida
edi.
Hukumat qarori bilan Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi.
Unga koʻra, Nizomning 74-bandi birinchi xatboshidagi
“nisbatan Davlat komissiyasi”
soʻzlari
“nisbatan oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori)”
soʻzlari bilan almashtirildi.
Endi ushbu band quyidagi tahrirda bayon etiladi: Kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon)da toʻplagan ballari
Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam boʻlmagan
, belgilangan qabul parametrlari doirasida hamda qoʻshimcha qabul asosida qabul qilinmagan va oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi oʻquv yilida amalda oʻrnatilgan toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan
belgilanadigan super-kontrakt miqdorida toʻlovni amalga oshirish sharti bilan oʻqishga kirish huquqi
beriladi.
Bunda qabul chegaralariga
4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun
super-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan
bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda
belgilandi.
@nuu_student_s

April 18, 14:39
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📚
Tajribali rus tili ustozimisiz ?
Sizni
Registan LC Rus tili ustozi
lavozimiga ishga taklif qilamiz!
📍
Toshkent shahar va Toshkent viloyati
Talablar:
— Milly sertifikat: A/A+
— Ustozlikda eng kamida 1 yillik tajriba;
— Rus tilida erkin og'zaki va yozma muloqot darajasi;
— Jamoa bilan ishlash ko'nikmasi, xushmuomalalik, kirishimlilik;
Ish vaqti
:
— 8:00 - 14:00 va 14:00 - 20:00, 6/1
Takliflar:
— O'zbekistondagi yetakchi ta'lim markazlaridan birining a'zosi bo'lish imkoniyati;
— Raqobatbardosh oylik maosh;
— O'quv kurslarimiz uchun maxsus chegirmalar;
— Shaxsiy va professional o'sish imkoniyati;
— Do'stona va ahil jamoa;
💡
O'qituvchilikda karyerangizni keyingi darajaga olib chiqing - bizga qo'shiling!
👉
Anketa to'ldirish uchun bosing
*Yaqinlaringizga ulashishni unutmang!

April 16, 11:49

📚
Kitob magazini va nashriyotiga kop kitob oquvchilarni taklif qilamiz
Kalibr books
Endi kitob sotib olmasdan oqishingiz mumkin

Kitoblar oqib kitobni ichidan tasirli joyini belgilab berish

Kitobni oqib tugatgach qisqacha gapirib berish

Ihtiyoriy : Kitob oqib tugatgach reviev yoki qisqacha tasirli gapirib berish
🎯
Afzaligi oqivotgan kitob ozizga sovga qoladi va doimiy skidkaga ega bolasiz
Erkin grafik :
Kitoblar rus, ingliz , uzbek tillarida
Imkoniyatlar: Kitob industriyasi organish va albatta marketing qismini tushunish
📞
Aloqa: +998 90 930 30 17
https://www.instagram.com/kalibr_books?igsh=bm5rcjN6MzV3b2px
https://t.me/kalibr_books
Manzil: Seuol Moon va Solnichniy kitob bozori

April 07, 07:26

📌
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
Oliy ta’lim muassasalarida davlat grantlari asosida ta’lim olgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash tizimini takomillashtirish maqsadida amaldagi tartibga bir qator muhim o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda
Jumladan, amaldagi nizomda belgilangan
“kamida uch yil” ishlab berish majburiyatiga oid normalar chiqarib tashlanishi taklif etilmoqda.
Yangi tartibga muvofiq, davlat grantlari asosida tahsil olgan bitiruvchilarning ishlab berish muddati ta’lim yo‘nalishining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda vakolatli organ tomonidan alohida belgilanadi.
Shuningdek, bitiruvchilarni ishga taqsimlash bilan bog‘liq ayrim tushunchalarga aniqlik kiritilib, “doimiy yashash joyi” atamasini “yashash joyi” deb almashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Qaror loyihasida ishlab berish majburiyatini belgilashda yagona yondashuvdan voz kechib, sohalar kesimida differensial tartibni joriy etish orqali kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsad qilingan.
Mazkur o‘zgartishlar bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash jarayonini yanada shaffof va samarali tashkil etishga, shuningdek, mehnat bozori ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringizga ulashing
@nuu_student_s

April 01, 14:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
OTMlarga qabul boshlanishiga atigi 2 oy qoldi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Ma'lumki, o'tgan yilidan boshlab davlat OTMlariga hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshirilyapti.
1️⃣
-bosqich:
O'tgan yili
5-iyundan 25-iyunga qadar
(shu kuni ham)
amalga
oshirilgan.
Amaldagi tartib bo'yicha bu yil ham shu sanada qabul boshlanishi kerak. Bu degani: abituriyentlar atigi 2 oydan keyin hujjat topshirishadi.
Avval hamma OTMga kirish uchun
imtihon topshiradigan fanlarini
tanlaydi. Kirish imtihonlari tugagach, 2-bosqich uchun hujjat topshirishadi.
2️⃣
-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng
15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar
.
🖥
Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar
kollej va (yoki) texnikum
ni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng
10 kun muddatda tanlaydi.
@nuu_student_s

March 28, 14:38

❗️
"Perevod"chilar 5 ta yo'nalish tanlay olmaydi
O'qishni ko'chirishda talabalar huddi abituriyentlar singari beshta ta'lim yo'nalishi tanlay olmaydilar. Faqatgina
bitta ta'lim yo'nalish tanlash huquqi berilgan.
O'qishni ko'chirishda quyidagilar imtiyoz sifatida amal qilmaydi
:

5 ta ta'lim yo'nalishiga topshirib bo'lmaydi;

Avval test, keyin tanlov qilib bo'lmaydi;

Har qanday imtiyozlar amal qilmaydi;

Hech qanday til sertifikatlari imtiyoz bermaydi;

Oilaviy sharoit inobatga olinmaydi;

Har qanday xalqaro musobaqa yoki fan olimpiadasi ahamiyatsiz.

@nuu_student_s

March 25, 07:25

📌
“Yurisprudensiya” yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda ayrim imtiyozlar bekor qilindi
Prezident farmon
iga muvofiq, 2026-
yil 1-martdan boshlab ushbu yo‘nalishga o‘qishga qa
bul qilishda quyidagilarga tatbiq etiladiganla
rdan tashqari
barcha imtiyozlar bekor
qilinadi:

Qurolli kuchlar harbiylari;

Ichki ishlar organlarining xodimlari;

Fan olimpiadalari g‘oliblari;

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar.
Demak, endilikda “Yurisprudensiya” yo‘nalishiga aloqador bo‘lmagan OTMlarga kirishda tatbiq etiladigan imtiyozlarga ega ab
ituriyentlar (masalan, “Zulfiya”, “Mard o‘g‘lon” mukofotlari s
o
vrindorlari) yuridik yo‘nalishda o‘qish uchun imtiy
oz olol
maydi.
@nuu_student_s

March 23, 03:42
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Startap va innovatsion loyihalarni amaliyotga joriy etish bo’yicha seminar-trening tashkil etildi
🗣
O’zbekiston Milliy universitetida yosh olimlar va magistrantlar ishtirokida “Startaplarni texnik sinovdan o‘tkazish va texnik baholash metodikasi” mavzusida seminar-trening o’tkazildi
🔺
Unda texnika fanlari doktori Orifjon Qodirov ishtirokchilarga startap loyihalarni texnik jihatdan tahlil qilish, ularni sinovdan o‘tkazish bosqichlari, samaradorlikni baholash mezonlari hamda zamonaviy metod va yondashuvlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🔺
Trening jarayonida yosh olimlar o‘z startap loyihalari ustida ishlash, texnik ekspertiza o‘tkazish va baholash ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
#PayshanbaYoshlarKuni
#StartapInnovatsiya

O’zbekiston Milliy universiteti

March 20, 02:38
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🌙
Muqaddas Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
Mehr-oqibat, shukronalik va bag‘rikenglik ayyomi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni, xususan, yurtimiz tayanchi bo‘lgan shijoatli yoshlarimizni
Yoshlar ishlari agentligi
jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Ushbu shukuhli onlarda barchamizni mana shunday fayzli va saodatli kunlarga yetkazgani uchun
Yaratganga cheksiz
shukronalar aytamiz.
🌙
Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

March 14, 07:14
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

#Forum
#xalqaro_hamkorlik
Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi oʻtkazildi

Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida 13-mart kuni
Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining III forumi
boʻlib oʻtdi. Mazkur nufuzli tadbir ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoniga aylandi.

Mazkur forumda
O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov hamda prorektor Ravshan Musurmanov
ham ishtirok etdi. Rektor ma’ruza bilan chiqish qilib, so‘nggi yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Tojikistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Forum doirasida Mirzo Ulugʻbek nomidagi
Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti
o‘rtasida akademik va ilmiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.
Batafsil
👉
nuu.uz

O’zbekiston Milliy universiteti