
MILLIY GVARDIYA Toshkent shahri bo’yicha boshqarmasi
📣
MUHIM MA’LUMOT
➡️
Yangi Toshkent hududida o‘tkaziladigan bayram tadbiri yuzasidan kelib tushayotgan savollar munosabati bilan uning formatiga aniqlik kiritamiz.
🇺🇿
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan poytaxtimizda turli yo‘nalish va formatdagi bayram dasturlari tashkil etilmoqda.
🇺🇿
Yangi Toshkentdagi tadbir ana shunday dasturlardan biri bo‘lib, u
shahar hayotining uzluksizligini ta’minlash yo‘lida har kuni mehnat qilayotgan obodonlashtirish, suv, elektr, gaz, kommunal va boshqa xizmatlar xodimlariga e’tibor va minnatdorlik bildirish
, shuningdek,
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash doirasida e’tibor qaratilayotgan yurtdoshlarimizga bayram kayfiyatini ulashish
maqsadida tashkil etilgan.
Tadbirning mazkur formati oldindan shakllantirilgan ishtirokchilar tarkibini nazarda tutib, kirish taklifnomalar asosida amalga oshiriladi.
▫️
Shu bilan birga,
Mustaqillik bayrami munosabati bilan Toshkent aholisi va mehmonlari uchun ochiq konsertlar, xalq sayillari, madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirlar poytaxtimizning turli hududlaridagi istirohat bog‘lari, sayilgohlar va jamoat maydonlarida davom etmoqda.
🇺🇿
Barchangizni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz. Bayram shukuhi, ko‘tarinki kayfiyat va ezgu tilaklar har bir xonadonga kirib borsin!
⸻
📣
ВАЖНАЯ ИНФОРМАЦИЯ
➡️
В связи с поступающими вопросами хотели бы уточнить формат праздничного мероприятия, которое состоится на территории Нового Ташкента.
🇺🇿
В честь 35-летия Независимости в столице организованы праздничные программы различных форматов и направлений.
🇺🇿
Мероприятие в Новом Ташкенте является одной из таких программ и проводится, чтобы
выразить внимание и благодарность работникам сферы благоустройства, водо-, электро- и газоснабжения, коммунальных и других городских служб, которые ежедневно обеспечивают жизнедеятельность столицы
, а также
поделиться праздничным настроением с жителями, охваченными мерами социальной поддержки
.
Формат данного мероприятия предусматривает заранее определённый состав участников и вход на основе пригласительных билетов.
▫️
Вместе с тем
для жителей и гостей столицы открытые концерты, народные гуляния, культурно-просветительские и развлекательные программы в честь Дня независимости продолжаются в парках, прогулочных зонах и общественных пространствах разных районов Ташкента.
🇺🇿
Искренне поздравляем всех с 35-летием Независимости! Пусть праздничная атмосфера, хорошее настроение и самые добрые пожелания объединят весь наш город.
YouTube
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
Telegram-bot
O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q.
—
За тридцать пять лет независимого развития мы глубоко осознали одну истину: если народ и государство объединят усилия на пути к единой цели, то для них не будет недостижимых рубежей.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi
ga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:
—
Смотрите празднование
35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан
по следующим ссылкам:
Telegram
Youtube
Facebook
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida boʻlib, Mustaqillik monumenti poyiga
gulchambar qoʻydi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил парк «Янги Узбекистон» и
возложил венок
к подножию Монумента независимости.
#Mirziyoyev
#marosim
#monument
#mustaqillik35
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezident Shavkat Mirziyoyev "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida
ishtirok etdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев
принял участие
в церемонии поминовения жертв репрессий в мемориальном комплексе «Шахидлар хотираси».
#Mirziyoyev
#marosim
#shahidlar
#xotira
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Milliy gvardiya Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasida Mustaqillik kuni munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi
Tadbir dastlab videoselektor tarzida oʻtkazilib, unda Milliy gvardiya qoʻmondoni rahbarligida bayram munosabati bilan xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan harbiy xizmatchilar va xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan berilgan davlat mukofotlari hamda medallar oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Bayram tadbiri davomida 36 nafar harbiy xizmatchi “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, 16 nafar harbiy xizmatchi Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrugʻiga asosan, 17 nafar harbiy xizmatchi esa boshqarma boshligʻining buyrugʻiga asosan ragʻbatlantirildi.
Bundan tashqari, 19 nafar muddatli harbiy xizmatchining ota-onasiga minnatdorchilik xatlari topshirildi.
Tadbir yakunida xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan harbiy xizmatchi Oʻralov Javohir Botir oʻgʻlining xotirasiga hurmat bajo keltirilib, uning monumenti poyiga gul qoʻyildi.
✅
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📹
Youtube
|
✅
Facebook
#Mustaqillikka_35_yil
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari tomonidan urush va mehnat faxriylarining holidan xabar olindi.
Jumladan Sergeli tumanida yashovchi 89 yoshli Ananeva Nina Antonovnaning holidan xabar olindi. Shuningdek, unga bayram tabriklari yetkazilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur ezgu tashabbus yoshi ulug‘ insonlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning xizmatlarini munosib qadrlash hamda avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
✅
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📹
Youtube
|
✅
Facebook
Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi harbiy qismida harbiy tibbiyot xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda soha vakillari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida
“Eng ilg‘or feldsher” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi
o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlov davomida ishtirokchilar nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, tezkor qaror qabul qilish va tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mahoratini namoyish etishdi.
Yakunlarga ko‘ra, eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilarga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
✅
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📹
Youtube
|
✅
Facebook
#Mustaqillikka_35_yil
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
———
“Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз!”
✅
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📹
Youtube
|
✅
Facebook
Milliy gvardiya bir qator mutaxassisliklar boʻyicha ishga qabul eʼlon qiladi.
Website
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
OAV