Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

MILLIY GVARDIYA Toshkent shahri bo’yicha boshqarmasi

milliygvardiya_toshkentshahar
BURCH, SADOQAT, JASORAT Instagram: http://instagram.com/milliygvardiya_toshkentshahar
Подписчики
2 979
24 часа
-6
30 дней
-10
Просмотры
672
ER
22,56%
Посты (30д)
38
Символов в посте
633
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 15, 09:52
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

“Jasorat maktablari” o‘quvchilari tantanali ravishda va’da berdi
“Jasorat maktablari” yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda intizom, mustahkam iroda, mardlik va yetakchilik fazilatlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bugun mamlakatimiz bo‘ylab ushbu maktablar o‘quvchilarining tantanali “Va’da berish” marosimlari bo‘lib o‘tdi. Poytaxtimizda marosimlar Yangi O‘zbekiston va G‘alaba bog‘larida tashkil etildi.
Ayni paytda mamlakatimizda 208 ta “Jasorat maktabi” faoliyat yuritmoqda. 2026–2027-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga 5 408 nafar o‘quvchi qabul qilingan.
Bu yerda fanlar chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishi bilan bir qatorda, o‘quvchilarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, ular robototexnika, tibbiy tayyorgarlik, huquqiy savodxonlik va milliy sport yo‘nalishlarida ham bilim va tajribalarini oshiradi.
✅
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📹
Youtube
|
✅
Facebook

October 13, 18:13
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida sun’iy intellektga asoslangan dron va robotlardan sinov tariqasida foydalanilish yo’lga qo’yilmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar jamoat joylaridagi vaziyatni kuzatish, ehtimoliy huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va xizmatsamaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa poytaxtimizda xavfsiz va osoyishta muhitni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
Website
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
OAV

October 13, 07:34
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

Muddatli harbiy xizmatchilar uchun kasb-hunar kurslari yakunlandi
Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi hamda Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamkorligida “Toshkent shahar Ilg‘or mahorat texnikumi”da muddatli harbiy xizmatchilar uchun tashkil etilgan uch oylik kasb-hunar kurslari yakunlandi.
Kurslar davomida harbiy xizmatchilar o‘zlari tanlagan kasb yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilimlarni egallab, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar. O‘quv jarayoni yakunida ularning bilim va mahoratini baholash maqsadida nazariy hamda amaliy imtihonlar o‘tkazildi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan harbiy xizmatchilarga tegishli sertifikatlar topshiriladi.
Mazkur tashabbus muddatli harbiy xizmatchilarning nafaqat xizmat davrida kasbiy salohiyatini oshirish, balki harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgach, egallagan kasbi orqali jamiyatda munosib o‘rin topishi va bandligini ta’minlashga ko‘maklashishga xizmat qiladi.
✅
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📹
Youtube
|
✅
Facebook

October 12, 09:36
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan
ochiq muloqot
oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел
открытый диалог
с инвесторами и предпринимателями по вопросам ускорения строительства Нового Ташкента.
#Mirziyoyev
#muloqot
#YangiToshkent
#investorlar
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 10, 10:44
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

Poytaxtimizda favqulodda holatlar hamda yongʻin sodir etilishining oldini olish, is gazidan zaharlanish, isitish moslamalaridan foydalanish bilan bogʻliq holatlarning oldini olishga oid xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilishga qaratilgan targʻibot tadbirlari davom etmoqda.
Xuddi shunday targʻibot tadbirlari Toshkent shahrida tashkil etilgan “Oilaviy bolalar uylari”da ham olib borilmoqda. Har bir xonadonga birma-bir tashrif buyurib, favqulodda holatlarda harakatlanish tartibi, yongʻin xavfsizligi qoidalariga doimiy amal qilish, shuningdek, gaz va elektr taʼminoti qoidalariga qatʼiy rioya etish, kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tushuntirishlar berilayapti.
✅
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📹
Youtube
|
✅
Facebook

October 10, 01:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

JANGOVAR SHAYLIK VA INNOVATSIYALAR — AMALIYOTDA
Bugun Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik B. Tashmatov Chirchiq dala o‘quv maydonida maxsus bo‘linmalarning amaliy mashg‘ulotlarini ko‘zdan kechirdi.
Unda harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligi, tezkor harakatlanishi va vazifalarni aniq bajarish mahorati sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, sun’iy intellektga asoslangan dronlar va ularga qarshi zamonaviy qurilmalarni takomillashtirish, ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Website
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
OAV

October 08, 12:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzdilar.
—
Президенты Узбекистана и Туркменистана создали Высший совет стратегического партнерства.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 08, 10:58
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🚫
BIZ YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!
📌
Payshanba — profilaktika kuni
munosabati bilan Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi harbiy qismida yosh harbiy xizmatchilar ishtirokida
“Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!”
mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, oilasi va kelajagiga salbiy ta’siri haqida tushuntirishlar berilib, yoshlarni turli illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📹
Youtube
|
✅
Facebook

October 07, 10:05
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🚫
Giyohvandlik — hayotni barbod qiluvchi illat!
Bugungi kunda narkotik moddalar nafaqat inson salomatligiga, balki uning kelajagiga ham jiddiy xavf solmoqda. Bir martalik qiziqish ko‘pincha og‘ir qaramlikka aylanishi va insonni o‘z yo‘lidan butunlay adashtirishi mumkin.
❗️
Giyohvandlikning oqibatlari:
-
Sog‘liqning keskin yomonlashuvi
- Ruhiy va jismoniy qaramlik
- Oila va jamiyatdan uzoqlashish
- Jinoyat yo‘liga kirib qolish xavfi
⚠️
Unutmang:
Hech qanday “sinab ko‘rish” xavfsiz emas. Har qanday narkotik modda inson hayotini izdan chiqaradi.
✅
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📹
Youtube
|
✅
Facebook

October 07, 00:13
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi ta’minlanmoqda.
Bugun Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik B. Tashmatov ishtirokida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash hamda mavjud muammolarga yechim topish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tegishli vazifalarni amalga oshirish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.
Website
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
OAV