
Innovatsiyalar Milliy ofisi
#Umumxalq_hashari
Joriy yilning 13–14 mart kunlari butun mamlakatimiz bo‘ylab
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Innovatsiyalar Milliy ofisi xodimlari ham mazkur tadbirda faol ishtirok etib, obodonlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Hashar davomida daraxtlarga parvarish ishlari olib borildi, ariqlar tozalandi, yer maydonlari yumshatildi. Shuningdek, jamoat joylari va piyodalar yo‘laklari ham obodonlashtirildi.
Bu kabi hashar tadbirlari jamoani yanada birlashtirish bilan bir qatorda hududlarning ozoda va fayzli bo‘lishiga, atrof-muhitni asrashga hamda jamiyatda ekologik madaniyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
:
🌐
Veb-sayt
🌐
Facebook
🌐
Instagram
📱
YouTube
#KelajakMuhandislari
#YoshMuhandislar
😅
Muhandislikda iste’dod gender tanlamaydi
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali faqat o‘g‘il bolalar uchun emas. Bugun qizlar ham tanlovlarda faol qatnashib, o‘z g‘oyalari va ishlanmalari bilan texnologiya sohasida o‘z o‘rnini topmoqda.
Ular robotlar yaratmoqda, innovatsion loyihalarni ishlab chiqmoqda va muhandislik orqali ertangi kunni barpo etishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Kelajakni kim quradi?
Albatta —
Kelajak muhandislari.
🚀
👉
Ro‘yxatdan o‘tish:
https://km.edu.uz/uz
KELAJAK MUHANDISLARI
| XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🗣
Web sahifa
#KelajakMuhandislari
#YoshMuhandislar
“Men “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining “Yangi avlod avtomobili” tanlovida ishtirok etmoqchiman
…
Sizchi?”
👉
Ro‘yxatdan o‘tish:
https://km.edu.uz/uz
😅
KELAJAK MUHANDISLARI
| XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🗣
Web sahifa
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
#Kelajak_muhandislari
“Kelajak muhandislari” respublika ko'rik tanlovi
da ishtirok etmoqchisiz, lekin sizda savollar bormi?
Unda sizni maxsus ovozli chatga taklif qilamiz!
Ovozli chat davomida tadbir tashkilotchilari:
✅
tanlov shartlari,
✅
ro‘yxatdan o‘tish jarayoni
✅
ishtirok etish tartibi haqida batafsil ma’lumot berib, barcha savollaringizga javob berishadi.
🕖
12-mart soat 20.00
da ovozli chatga qo'shiling va barcha savollaringizga javob oling!
🎙
Spiker:
Davron Nuriddinov - Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi
Mavzu yuzasidan savollaringizni bo’lsa, kommentariyada qoldiring:
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🗣
Web sahifa
😅
Endi “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalida tibbiyot muhandisligi yo‘nalishi ham mavjud
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali faqat muhandislik va texnik yo‘nalishlar bilan cheklanib qolmaydi. Bu yildan boshlab festival doirasida
tibbiyot muhandisligi yo‘nalishi
bo‘yicha ham alohida tanlovlar tashkil etilmoqda.
Mazkur yo‘nalish festival tarixida ilk bor joriy etilib,
tibbiyot va muhandislik sohalari kesishgan innovatsion g‘oyalar
hamda
ishlanmalarni
qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Yangi yo‘nalish yosh tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar uchun
tibbiyot texnologiyalari, biotibbiy qurilmalar
va
sog‘liqni saqlash
sohasidagi muhandislik yechimlarini namoyish etish imkonini yaratadi.
#KelajakMuhandislari
#TibbiyotMuhandisligi
#YoshMuhandislar
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🗣
Web sahifa
😅
Bu shunchaki tadbir emas — bu yosh muhandislar uchun yaratilgan yirik ekotizim!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan
“Kelajak muhandislari”
brendi ostida yoshlar uchun 3 ta yirik loyiha yo‘lga qo‘yilgan.
Xalqaro muhandislik festivali:
10 ga yaqin yo‘nalish, 40 ga yaqin musobaqa. Bu yerda yuzlab yosh muhandislar o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazadi.
Respublika ko‘rik-tanlovi:
Yosh muhandislar o‘rtasida
g‘oya, ixtiro va innovatsion loyihalar
bo‘yicha eng yaxshi ishlanmalar aniqlanadi.
Stajirovka dasturi:
Muhandislik sohasidagi yirik kompaniyalarda amaliyot o‘tash va real tajriba orttirish imkoniyati.
“Kelajak muhandislari” — bu shunchaki tanlov emas.
Bu g‘oya, texnologiya va kelajakni birlashtiradigan platforma.
#KelajakMuhandislari
#Engineering
#Innovatsiya
#YoshMuhandislar
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🗣
Web sahifa
#Chellenj
#Kelajak_muhandislari
“Kelajak muhandislari” – bu bilim, gʻoya va tafakkur.
Qarshi davlat texnika universiteti
ning iqtidorli, tashabbuskor va yangilikka intiluvchan talabalari “
Kelajak muhandislari” xalqaro festivali
ga puxta tayyorgarlik koʻrmoqdalar. Ular oʻzlarining i
nnovatsion va kreativ gʻoyalari, startap loyihalari
bilan bu festivalda albatta ishtirok etadilar. Siz-chi?
Mazkur xalqaro festival –
tashabbuskor, izlanuvchan va ixtirochi yoshlar
uchun ajoyib imkoniyat! Biz Sizni unda faol bo‘lishga chorlaymiz!
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
😅
“Kelajak muhandislari”
Respublika ko‘rik tanloviga ariza topshirdingizmi? Atigi 10 kun qoldi!
Muhandislik g‘oyalari, innovatsion loyihalar va yangi ixtirolar
egalarini birlashtirayotgan
“Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovi
uchun arizalar qabul qilinmoqda.
O‘tgan yili yuzlab iqtidorli yoshlar qatnashgan ushbu tanlov bu yil yanada kengroq miqyosda o‘tkaziladi. Eng katta yangilik esa —
har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-o‘rin sohiblari elektromobil bilan taqdirlanadi!
🚗
⚡️
🧠
Tanlov yo‘nalishlari:
✅
Eng yaxshi g‘oya
✅
Eng yaxshi loyiha
✅
Eng yaxshi ixtiro
👥
Kimlar qatnasha oladi?
✔️
Professor-o‘qituvchilar
✔️
Talabalar
✔️
Amaliy muhandislar
❗️
Eslatma: har bir ishtirokchi
faqat bitta yo‘nalish
bo‘yicha qatnashishi mumkin.
🗓
Arizalar 2026-yil 20-martgacha qabul qilinadi.
Agar sizda yangi texnologiya, qurilma yoki ishlab chiqarishga joriy etish mumkin bo‘lgan muhandislik g‘oyasi bo‘lsa — imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
👉
Ro‘yxatdan o‘tish:
muhandis.edu.uz
📞
Qo‘shimcha ma’lumot:
+998 50 210 63 38
🔥
Balki bu yilgi elektromobil egasi
aynan siz bo‘larsiz!
#Kelajak_muhandislari
#koʻrik_tanlovi
#innovatsiya
😅
KELAJAK MUHANDISLARI
| XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🗣
Web sahifa
Hurmatli ayollar!
Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan Innovatsiyalar milliy ofisi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Jamiyatimiz taraqqiyoti, ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar rivojida siz ayollarning o‘rni beqiyosdir. Sizlarning fidoyiligingiz, donoligingiz va bunyodkorlikka bo‘lgan intilishingiz har bir sohada yangi yutuq va tashabbuslarning paydo bo‘lishiga ilhom bag‘ishlamoqda.
Ushbu bayram munosabati bilan sizlarga mustahkam sog‘liq, cheksiz baxt, oilaviy farovonlik va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Hayotingiz doimo mehr, e’tibor va quvonchga boy bo‘lsin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Bizni kuzating
:
🌐
Veb-sayt
🌐
Facebook
🌐
Instagram
📱
YouTube
🚗
“Yangi Avlod Avtomobili” musobaqasi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
🔧
Kelajak muhandislari uchun mutlaqo yangi formatdagi musobaqa!
O‘z avtomobilingizni yarating va uni trassada sinab ko‘ring.
⚡️
Musobaqaning eng qiziq tomoni — bu tezlik emas, samaradorlik!
Eng kam energiya sarfi bilan eng uzoq masofani bosib o‘tgan jamoa g‘olib bo‘ladi.
👥
Ishtirokchilar:
16 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan jamoalar
📅
Musobaqa sanasi:
28–29–30 aprel
🌐
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish:
https://km.edu.uz/uz
🚀
O‘z g‘oyangizni haqiqiy avtomobilga aylantiring va imkoniyatlaringizni hammaga ko‘rsating!
Bizni kuzating
:
🌐
Veb-sayt
🌐
Facebook
🌐
Instagram
📱
YouTube