Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Innovatsiyalar Milliy ofisi

milliyofis
Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi 🌐 www.milliyofis.uz 📷 instagram.com/innovatsiyalar_milliy_ofisi Murojaat uchun https://t.me/innovatsiyalar_milliy_ofisi_bot 📞 +998 (71) 203-32-0
Подписчики
1 570
24 часа
30 дней
-10
Просмотры
213
ER
13,57%
Посты (30д)
Символов в посте
807
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
May 15, 04:50
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#kelajak_muhandislari
#stajirovka_tanlovi
⚡️
“Kelajak muhandislari” stajirovkasi uchun arizalar qabuli yakunlanishiga oz vaqt qoldi!
Muhandislik yo‘nalishidagi istiqbolli loyiha va innovatsion ishlanmalar mualliflari uchun xorijning yetakchi muhandislik tashkilotlarida stajirovka o‘tash imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Ishtirokchilar:
– 20–40 yoshdagi yoshlar
– Talabalar, tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar

Talablar:
– Innovatsion loyiha yoki ishlanma muallifi bo‘lish
– Xorijiy tilni bilish
– Aniq maqsad va reja bilan ishtirok etishga tayyor bo‘lish
❗️
Arizalar 20-maygacha qabul qilinadi.
Shoshiling — o‘z g‘oyangizni global darajaga olib chiqing!
🌐
Batafsil:
muhandis.edu.uz
📞
Murojaat uchun telefon: +998 50 210 63 38
😅
KELAJAK MUHANDISLARI
| XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🗣
Web sahifa

May 08, 08:56
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

#Mirziyoyev
#uchrashuv
#Xotiravaqadrlashkuni
#faxriylar
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlar Bosh harbiy klinik gospitaliga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan
xabar oldi.
Bizni kuzating
:
🌐
Veb-sayt
🌐
Facebook
🌐
Instagram
📱
YouTube

May 04, 07:12
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Bugun
raqamli texnologiya va sunʼiy intellekt
deyarli barcha sohalarni mutlaqo yangi formatga olib chiqmoqda. Jahon savdo tashkiloti prognozlariga koʻra, 2040-yilga borib,
sunʼiy intellekt hisobiga xalqaro savdo aylanmasi qoʻshimcha 40 foizga oshadi.
Oʻzbekistonda ham axborot texnologiyalarini rivojlantirishga jiddiy kirishildi. Innovatsiya va bilimlarga asoslangan
Sunʼiy intellekt xabini tashkil qilish
boshlandi. Iqtisodiyot tarmoqlarida
200 dan ortiq sunʼiy intellekt loyihalari
ustida ishlanmoqda.
Hududlarda
data markazlar, super kompyuterlar va sunʼiy intellekt laboratoriyalarini
koʻpaytirish,
“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari”ni
tayyorlash boʻyicha dasturlar amalga oshirilmoqda.
“Bu yoʻnalishlarda
Osiyo taraqqiyot banki hamda AQSh, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaponiya, Koreya va Xitoydagi hamkorlarimiz
bizga yaqindan yordam berayotganini alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman”,
– dedi Prezidentimiz.
Albatta,
taʼlim, tibbiyot, suv xoʻjaligi, ekologiya, oziq-ovqat xavfsizligi
kabi aholining birlamchi ehtiyoji uchun eng zarur boʻlgan yoʻnalishlarda ham
ochiq sunʼiy intellekt modellaridan
foydalanish talab etilmoqda.
Buning uchun Prezidentimiz Osiyo taraqqiyot banki shafeligida
Rivojlanayotgan mamlakatlarda sunʼiy intellekt koʻlamini oshirish boʻyicha alohida dastur
ishlab chiqishni taklif etdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston bankning
“Osiyo uchun raqamli magistral” tashabbusiga qoʻshilishini
maʼlum qildi hamda
Toshkentda uning mintaqaviy muvofiqlashtirish markazini ochish
taklifini ilgari surdi.
Bizni kuzating
:
🌐
Veb-sayt
🌐
Facebook
🌐
Instagram
📱
YouTube

May 04, 07:09
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida oʻtayotgan
Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining 59-yillik yigʻilishida
nutq soʻzlamoqda
.
Davlatimiz rahbari tadbir ishtirokchilarini samimiy qutladi:
“Bunday nufuzli anjumanning yurtimizda oʻtkazilayotgani
bizga albatta gʻurur va iftixor bagʻishlaydi.
Bir necha ming yillik tarixga ega, Buyuk ipak yoʻlining chorrahasida joylashgan
diyorimiz qadimdan Sharq va Gʻarbni, Shimol va Janubni bogʻlovchi markaz boʻlib kelgan.
Bu yerda
azaldan dunyo tamadduni, ilm-fan va savdo yoʻllari tutashgan.
Buyuk tarix va yorqin kelajakni oʻzida mujassam etgan
Yangi Oʻzbekiston endilikda xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalar muhokama etiladigan yirik maskanga aylanib bormoqda.
Ishonchim komilki, Samarqand anjumani ilgʻor fikr va yangi tashabbuslarni ilgari surishga, muhim qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.
Yangi Oʻzbekistonga xush kelibsiz!

.
Bizni kuzating
:
🌐
Veb-sayt
🌐
Facebook
🌐
Instagram
📱
YouTube

May 04, 07:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali – innovatsion fikrlaydigan yangi avlod maydoni
28–30-aprel kunlari Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali
13 mingdan ortiq yoshlar
ni birlashtirib, ularning
muhandislik va innovatsion salohiyati
ni namoyon etish uchun yirik platformaga aylandi.
#Kelajak_muhandislari
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

April 30, 08:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Kelajak_muhandislari
#2_Kun
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali ikkinchi
kun
tafsilotlaridan videolavha
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

April 30, 04:21
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

#Kelajak_muhandislari
#Vazir_tashrifi
Vazir “Alpomish” muz saroyida o‘tkazilayotgan musobaqalarni ko‘zdan kechirdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qo‘ng‘irotboy Sharipov
bugun “Alpomish” muz saroyida o‘tkazilayotgan
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali
doirasidagi musobaqalar jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Vazir festival dasturidan o‘rin olgan zamonaviy texnologiyalar va muhandislik yo‘nalishidagi bellashuvlarni ko‘zdan kechirdi. Jumladan,
Tiny Whoop, dron futbol (soccer), robot-sapyor, Robo War, Robo War Mini, gumanoid robotlar, robo futbol, robo sumo, robo follower, WRO RoboMission, chip dizayn, Robo Coders, 3D modellashtirish
hamda
mexanizmlar estafetasi
kabi musobaqalar bilan tanishildi.
Shuningdek, yosh muhandislarning
innovatsion ishlanmalari, robototexnika yechimlari
va
amaliy loyihalari
ko‘zdan kechirilib, ularning bilim va salohiyatini yanada rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Ma’lumot o‘rnida, “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali muhandislikning
9 ta dolzarb yo‘nalishini
qamrab olib, unda
aviatsiya, robototexnika, agrotexnologiyalar, chip dizayn, yashil energetika, arxitektura
hamda
tibbiyot
muhandisligi sohalarida
30 dan
ortiq respublika va xalqaro musobaqalar tashkil etilgan.
Festival doirasida
6 yoshdan 40 yoshgacha
bo‘lgan ishtirokchilar qatnashib, joriy yilda
14 mingga yaqin yosh muhandislar
jalb etilgani ushbu tadbirning keng qamrovini namoyon etadi.
😅
KELAJAK MUHANDISLARI
| XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🗣
Web sahifa

April 30, 04:21
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#Kelajak_muhandislari
#Vazir_tashrifi
Vazir “Yangi avlod avtomobili” musobaqasini kuzatdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qo‘ng‘irotboy Sharipov
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida o‘tkazilayotgan
“Yangi avlod avtomobili” musobaqasi
jarayonlari bilan tanishdi.
Musobaqada respublikaning turli hududlaridan kelgan
20 dan ortiq jamoa
hamda
200 nafardan ziyod yosh muhandislar
o‘zlari ishlab chiqqan innovatsion elektromobillar bilan ishtirok etmoqda.
Bellashuv davomida prototiplar
10 kilometrlik yopiq trassa
sharoitida sinovdan o‘tkazilmoqda. Asosiy mezon sifatida
minimal energiya sarfi evaziga maksimal masofani bosib o‘tish
qobiliyati belgilangan.
Kuzatuv davomida vazir yosh muhandislar ishlanmalarini yuqori baholab, ularning yaratuvchan g‘oyalari va innovatsion yondashuvlari haqida ishtirokchilar bilan suhbatlashdi hamda o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi.
😅
KELAJAK MUHANDISLARI
| XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🗣
Web sahifa

April 28, 12:00
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Kelajak_muhandislari
#ochilish
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining ochilish marosimi jarayonlaridan videolavha
😅
KELAJAK MUHANDISLARI
| XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🗣
Web sahifa

April 28, 09:19
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

#Kelajak_muhandislari
#Ochilish
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali tantanali ravishda start oldi!
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivalini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari
Sardor Radjabov
kirish so‘zi bilan tantanali ochib berdi.
Bugun innovatsiya, ilm-fan va texnologiyalar markaziga aylangan ushbu nufuzli festival doirasida
30 ga yaqin musobaqa va tanlovlar
tashkil etilib,
14 ming nafardan ortiq ishtirokchilar bir maydonda jam
bo‘ldi.
Festival doirasida nufuzli xorijiy mehmonlar ham ishtirok etib, o‘z nutqlari bilan tadbir mazmunini yanada boyitdi. Jumladan:
Jonathan Freedman
— AQShdagi Jahon savdo markazi prezidenti va bosh direktori;
Moez Chakchouk
— Jahon muhandislik tashkilotlari federatsiyasi ijrochi direktori;
Serge Haroche
— Nobel mukofoti sovrindori (Fransiya);
Akiko Fujii
— BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili.
Mazkur festival 30-aprelga qadar davom etadi.
Jonli efir orqali kuzatib boring!
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram