Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Sport vazirligi

minsportuz
Veb-sayt: https://gov.uz/sport/ Facebook: fb.com/MinistrySportUz Instagram: instagram.com/minsport.uz Youtube: bit.ly/30pICdW Linkedin: https://www.linkedin.com/in/sport-uz/ Twitter: https://x.com/sportvazirligi Telefon: +998(55) 520-90-07 E-mail: info@sport.uz
Subscribers
22 157
24 hours
347
30 days
651
Post views
2 669
ER
12,05%
Posts (30d)
375
Characters in post
964
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Sports
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 05:29
Media unavailable
10
Show in Telegram

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gandbol bo‘yicha yarim final bahslari o‘tkazildi
Toshkent shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida O‘zbekiston Mahallalari Uyushmasi Kubogi uchun gandbol sport musobaqasining Respublika final bosqichida erkaklar jamoalari o‘rtasida yarim final uchrashuvlari o‘tkazildi.
Murosasiz va keskin kechgan bahslarda jamoalar final yo‘llanmasi uchun munosib kurash olib bordilar.
Yarim final natijalariga ko‘ra, g‘olib jamoalar musobaqaning final bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

September 10, 18:25
Media unavailable
10
Show in Telegram

Samarqand III Butunjahon shaxmat paralimpiadasiga mezbonlik qilmoqda
Bugun Samarqand shahrida III Butunjahon shaxmat paralimpiadasiga start berildi. Tantanali tadbirda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) boshqaruvi raisi o'rinbosari Dana Reizniece-Ozola, Sport vaziri Adkham Ikramov, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari Komiljon Sindorov, O’zbekiston Milliy Paralimpiya qo’mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ishtirok etdi.
Samarqand mezbonlik qilayotgan bu yilgi III Butunjahon shaxmat paralimpiadasi dunyoning 35 ta davlatidan 191 nafar ishtirokchi qatnashmoqda. Ushbu tadbir Butunjahon shaxmat olimpiadasi bilan parallel ravishda yuqori saviyada tashkil etilayotgani bilan eʼtiborlidir.
Shaxmatni inklyuziv sport turi sifatida rivojlantirish va nogironligi bor sportchilarga xalqaro maydonda o‘z salohiyatini namoyish etish imkonini beradigan ushbu nufuzli musobaqa 7 turdan iborat bo‘lib, shevetsarcha tizimda oʻtkaziladi va 18-sentabrga qadar davom etadi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

September 10, 18:12
Media unavailable
7
Show in Telegram

Qoraqalpog‘istonda sport maktablari faoliyatini raqamlashtirish yo‘nalishidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov tomonidan trenerlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida bildirilgan muammo va takliflarni joylarda o‘rganish, mavjud masalalarga amaliy yechimlar ishlab chiqish maqsadida ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat olib bormoqda.
Tashrif doirasida hududdagi sport tizimining amaldagi holati, sport maktablari faoliyati hamda sohani raqamlashtirish jarayonlari o‘rganilmoqda.
Bugun Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i Navruz Shoymardanov ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tuman va shaharlaridagi sport maktablari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda sport maktablari faoliyatida mavjud muammolar, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, ma’lumotlar almashinuvini takomillashtirish, ish jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish va boshqaruv samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, sport maktablari rahbarlarining muammo va takliflari tinglanib, ularni joylarda o‘rganish hamda bosqichma-bosqich amaliy yechimlar ishlab chiqish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Ishchi guruh faoliyatining asosiy maqsadi mavjud muammolarni aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, ularni joyida o‘rganish, aniq yechimlar ishlab chiqish va amaliy natijaga erishishdan iborat.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

September 10, 18:03
Media unavailable
3
Show in Telegram

O‘zbekiston yengil atletika terma jamoasi a’zolari bugun Toshkent xalqaro ayeroportidan Yaponiyaga jo‘nab ketishdi. Ular kun chiqar yurtda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotini davom ettirishadi. Uni tugatgach Osiyo o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini himoya qilishadi.
Sportchilarimizga ushbu nufuzli musobaqada muvaffaqiyat tilaymiz.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

September 10, 17:05
Media unavailable
10
Show in Telegram

Farg‘ona viloyatida sport obyektlari o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining o‘rinbosari Avazjon Karimovning Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida hududlarda sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud infratuzilma va kelgusidagi rejalar o‘rganildi.
Tashrif davomida Yozyovon tumanidagi yaqinda foydalanishga topshirilgan Sport maktabi binosi, markaziy o‘yingoh hamda sport to‘garaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi. Tumanda sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan birga, sport obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Buvayda tumanida Sport maktabi va Bachqir sport majmuasining holati baholanib, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulotlar jarayoni, moddiy-texnik baza hamda futbol maydonining imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, sport obyektlarini isitish tizimlari va kuz-qish mavsumida ularning barqaror faoliyatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Rishton tumani Sport maktabida esa qurilish-ta’mirlash ishlari, yaratilayotgan sharoitlar va kelgusidagi infratuzilma imkoniyatlari bilan tanishildi. Hududdagi geokollektor tizimlaridan foydalanish, ularning samaradorligini oshirish va sport ta’limi muassasalarini kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.
O‘rganishlar yakunida sport obyektlaridan samarali foydalanish, yoshlarni sportga keng jalb etish, mashg‘ulotlar sifatini oshirish, muhandislik va isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

September 10, 16:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Besh tashabbus olimpiadasi”: Andijonda oʻtkazilayotgan gandbol musobaqasi respublika bosqichidan reportaj
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

September 10, 16:34
Media unavailable
10
Show in Telegram

Namanganda sportning penchak silat turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yangi Namangan tumanidagi “Pahlavon” sport majmuasida kichik o‘smirlar, o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida penchak silat bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslariga start berildi.
Musobaqaning ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni musobaqa bilan tabrikladi hamda sportchilarga bellashuvlarda omad va yuqori natijalar tiladi.
O‘zbekiston kubogida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan 1600 nafardan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.
Sportchilar barcha vazn toifalarida o‘zaro kuch sinashib, mahorat, iroda va jismoniy tayyorgarliklarini namoyish etmoqda. Murosasiz kechayotgan bahslarda mamlakatimizning eng kuchlilar aniqlanadi.
Musobaqalar 12-sentabrga qadar davom etadi.
Bunday nufuzli musobaqalarning Namangan viloyatida o‘tkazilishi hududda penchak silat sport turini yanada rivojlantirish, yoshlar orasida sportga qiziqishni oshirish hamda iqtidorli sportchilarni saralab olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

September 10, 14:51
Media unavailable
7
Show in Telegram

September 10, 14:51
Media unavailable
5
Show in Telegram

Eron delegatsiyasi O‘zbekistondagi sport obyektlari bilan tanishdi
Eron Islom Respublikasining sport va yoshlar siyosati hamda xalqaro aloqalar sohasidagi mas’ul vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi doirasida "Humo Arena" sport majmuasi va muz saroyida, Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida hamda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida bo‘ldi.
Delegatsiya tarkibidan Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Sport va yoshlar ishlari vaziri janob Ahmad Dunyomoliy, Tashqi ishlar vazirligi Jamoatchilik diplomatiyasi bosh direktori janob Alireza Hidoyatpur hamda Eron Sport vazirligi Xalqaro aloqalar bosh direktori janob Muhammad Hasan Taqizoda Homane o‘rin oldi.
Tashrif davomida Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov tomonidan mehmonlarga O‘zbekistonda sportni rivojlantirish, sportchilar uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar, Olimpiya shaharchasining infratuzilmasi hamda yuqori malakali sportchilarni tayyorlash tizimi haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, delegatsiya Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyati, mashg‘ulotlar jarayoni va yosh bokschilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida O‘zbekiston va Eron o‘rtasida sport sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

September 10, 14:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

Aql va tafakkur maydoni - Samarqand jahon shaxmati markaziga aylanmoqda
Joriy yilning, 15-sentyabr kuni Samarqand shahridagi “Silk Road” xalqaro turizm markazida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga start beriladi.
1927-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqa tarixida Markaziy Osiyo ilk bor shaxmat olamining eng yirik jamoaviy turniriga mezbonlik qiladi.
Bugun esa ko‘hna Samarqand zaminida 3-Butunjahon shaxmat Paralimpiadasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Batafsil ma’lumot —
turnirning rasmiy saytida
.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube