Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Sport vazirligi

minsportuz
Veb-sayt: https://gov.uz/sport/ Facebook: fb.com/MinistrySportUz Instagram: instagram.com/minsport.uz Youtube: bit.ly/30pICdW Linkedin: https://www.linkedin.com/in/sport-uz/ Twitter: https://x.com/sportvazirligi Telefon: +998(55) 520-90-07 E-mail: info@sport.uz
Подписчики
28 450
24 часа
-78
30 дней
-1 546
Просмотры
2 290
ER
8,05%
Посты (30д)
489
Символов в посте
1 154
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Спорт
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 26, 00:10
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🏆
“Prezident olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika bosqichida ishtirok etuvchi Qashqadaryo viloyati sportchilari ham poytaxtga yoʻl olishdi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

October 25, 17:30
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida Sport vaziri ITTF prezidenti bilan uchrashdi
Xabar berganimizdek, joriy yilning 19–25-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida stol tennisi bo‘yicha 29-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston tarixida ilk bor tashkil etilayotgan mazkur nufuzli musobaqada 33 ta mamlakatdan 255 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
Chempionat doirasida Sport vaziri Adkham Ikramov Xalqaro stol tennisi federatsiyasi (ITTF) prezidenti Petra Sörling bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonda stol tennisini yanada rivojlantirish, ushbu sport turining ommaviyligini oshirish, sportchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, mamlakatimizda xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish, stol tennisi infratuzilmasini rivojlantirish va o‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro maydondagi ishtirokini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan Osiyo chempionati mamlakatimizda stol tennisini rivojlantirish va xalqaro sport hamkorligini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

October 25, 16:43
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Surxondaryo sportchilari “Prezident olimpiadasi” respublika bosqichiga kuzatildi
Poytaxtimizda oʻtkaziladigan “Prezident olimpiadasi” sport musobaqasining respublika bosqichida Surxondaryo viloyati sharafini himoya qiluvchi sportchilarni temir yo‘l vokzalidan kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida sportchilarga musobaqada mas’uliyat va intizom bilan qatnashish, g‘alabaga ishonch bilan bellashish hamda viloyat sharafini munosib himoya qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

October 25, 12:31
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

“Prezident Olimpiadasi” final bosqichiga tayyorgarlik jarayoni ko‘zdan kechirildi
Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov Olimpiya shaharchasi hududida joylashgan Markaziy o‘yingoh sport majmuasiga tashrif buyurib, “Prezident Olimpiadasi” musobaqasining final bosqichiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.
Tashrif davomida vazirga bellashuvlar o‘tkaziladigan sport inshootlarining tayyorgarlik holati, ishtirokchilar va mehmonlarni joylashtirish, shuningdek, musobaqani yuqori saviyada tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, nufuzli musobaqaning ochilish marosimiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, tadbirni yuqori saviyada tashkil etish va barcha tashkiliy jarayonlarni muvofiqlashtirish masalalari mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi.
Shuningdek, final bosqichiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish hamda ochilish marosimini yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

October 25, 12:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga
tabrik
—
Поздравление
победителям и участникам V летних Параазиатских игр
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 25, 12:00
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

V Paraosiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etgan para atletlarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi
Bugun Toshkent xalqaro aeroportining 3-terminalida Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tgan V Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etib, tarixiy natijaga erishgan O‘zbekiston sport delegatsiyasini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali marosimda Paraosiyo o‘yinlari g‘olib va ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
tabrigi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva tomonidan o‘qib eshittirildi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi, Milliy gvardiya bayroqdorlari saf tortdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov, Prezidentning sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov, sport vaziri Adkham Ikramov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov hamda Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ishtirok etdi.
Marosim davomida V Paraosiyo o‘yinlari qahramonlariga bag‘ishlangan maxsus videorolik namoyish etildi.
Tantanali tadbirda O‘zbekiston sport delegatsiyasi bayroqdorlari, para velosport bo‘yicha jahon va Paraosiyo o‘yinlari chempioni Marjona Pardaboyeva, para suzish bo‘yicha Paraosiyo o‘yinlari chempioni Azizbek Boynazarov hamda Paraosiyo o‘yinlarida uchta oltin medalni qo‘lga kiritgan Xurshid Kodirovning onasi Kamola Xidirboyeva va murabbiylar so‘zga chiqib, yurtimizda sportchilarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar uchun Davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirishdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 18-24-oktabr kunlari Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan V Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston 11 ta sport turi bo‘yicha 149 nafar para atlet bilan ishtirok etdi. Osiyoning 45 ta davlatidan 2 ming 600 nafardan ortiq sportchi qatnashgan musobaqalarda 18 ta sport turi bo‘yicha 490 ta medal jamlanmasi uchun bahslar olib borildi.
O‘zbekiston sport delegatsiyasi musobaqalarni 45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza, jami 145 ta medal bilan yakunladi. Vakillarimiz umumjamoa hisobida Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi o‘rinni egallab, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
E’tiborlisi, O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu natija bilan Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hamda islom davlatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.
Tadbirning badiiy qismida taniqli san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

October 25, 12:00
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

October 25, 11:40
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Ozarbayjon poytaxti Bokuda FIFA U-15 Jahon chempionati va futbol festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali ochilish marosimida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, FIFA prezidenti Janni Infantino hamda O‘zbekiston sport vaziri Adkham Ikramov ishtirok etdi.
15 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida ilk bor tashkil etilayotgan mazkur xalqaro musobaqada FIFAga a’zo 189 mamlakat vakillari qatnashmoqda.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida sport sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. Ikki mamlakat 2027-yilda FIFA U-20 Jahon chempionatiga birgalikda mezbonlik qiladi. Bu esa xalqaro futbol musobaqalarini tashkil etish, sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda yosh futbolchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

October 25, 11:27
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

O‘zbekiston delegatsiyasi FIHning 50-kongressida ishtirok etdi
2026-yil 24-oktabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida Xalqaro xokkey federatsiyasining (FIH) 50-kongressi bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi Avazjon Karimov ishtirok etdi.
Kongress davomida xalqaro xokkeyni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, yangi strategik tashabbuslar, milliy federatsiyalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda sportning global miqyosdagi ommaviyligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Kongress kun tartibidan FIH Ijroiya kengashi saylovi, Livan xokkey federatsiyasining tashkilotga a’zolik arizasi hamda xalqaro xokkeyni yanada rivojlantirishga qaratilgan masalalar o‘rin oldi.
Yig‘ilish yakunida delegatlar Xalqaro olimpiya qo‘mitasining “Fit for the Future” tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqladi hamda jahon xokkeyining kelgusi rivojlanishiga qaratilgan “Made For Hockey 2032+” yangi strategik doirasini ma’qulladi.
Tadbir doirasida Avazjon Karimov Xalqaro xokkey federatsiyasi prezidenti Tayyab Ikram, FIH bosh direktori Mike Joyce, Osiyo mintaqasi xokkey rahbariyati, shuningdek, Yaponiya, Hindiston, Tailand, Malayziya, Qatar, Niderlandiya va Belgiya davlatlari milliy chim ustida xokkey federatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muloqotlar davomida chim ustida xokkeyni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish hamda istiqboldagi hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Kongress arafasida, 23-oktabr kuni tashkil etilgan FIH Hockey Stars Awards 2026 taqdirlash marosimida yilning eng yaxshi xokkeychilari, darvozabonlari, yosh iqtidorlari, murabbiylari va hakamlari e’tirof etildi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

October 25, 08:23
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Andijonda “Prezident olimpiadasi” respublika bosqichiga yo‘llanma olgan sportchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Andijon viloyatida “Prezident olimpiadasi” respublika bosqichiga yo‘llanma olgan sportchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Akmaljon To‘lanov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yosh sportchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning sportdagi yutuqlari, kelgusidagi maqsadlari va musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni haqida fikr almashildi. Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘stmatov ham sportchilar bilan suhbatlashib, o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi hamda ularni izchil mashg‘ulot olib borish, qat’iyatli bo‘lish va yuksak marralar sari intilishga chorladi.
Muloqotda sportchilar o‘z fikr va takliflarini bildirib, musobaqalarda munosib ishtirok etish hamda yuqori natijalarga erishish borasidagi maqsadlarini bayon etdilar.
“Prezident olimpiadasi” respublika bosqichi yosh sportchilar uchun o‘z iqtidor va mahoratini namoyon etish, tajriba orttirish hamda yurtimiz sporti rivojiga munosib hissa qo‘shish yo‘lidagi muhim musobaqalardan biridir.
Uchrashuv yakunida sportchilarga respublika bosqichida omad tilanib, Andijon viloyati sharafini munosib himoya qilish, yuqori natijalarga erishish va O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishlariga ishonch bildirildi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube