Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

minstroyuz
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali ☎️ 1298 🌐 https://gov.uz/oz/mc 📲 https://www.facebook.com/minstroyuz https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/ Mail: minstroy2@exat.uz Yangi Toshkent hududi
Subscribers
16 902
24 hours
-298
30 days
-439
Post views
963
ER
5,7%
Posts (30d)
284
Characters in post
743
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Construction & Architecture
Summary
September 11, 13:16
Media unavailable
2
Show in Telegram

#JARAYON
Siz ham bu massivni yangi deb o‘yladingizmi?
Yo‘q, bu Prezidentimizning 48-son qarori asosida yangilangan, qiyofasi butunlay o‘zgargan hudud.
🏘
Vazir oʻrinbosari
Ozoda Jo’rayeva Nukus shahri
ga xizmat safari chog’ida davlatimiz rahbaring tegishli qarori bilan tasdiqlangan dastur asosida hududlarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
Jumladan, koʻp qavatli uylarning fasad, obodonlashtirish hududlarida amalga oshirilgan ishlar alohida e’tirof etildi.
📍
Mazkur hududda 48-son qaror ijrosi doirasida 11 ta ko‘p qavatli uyning fasadi ta’mirlanib, bolalar maydonchasi barpo etilgan, atrof hudud obodonlashtirilgan.
Shuningdek, jarayonda “Nukus kommunal servis” BSKning yangi boshqaruv binosi, kompaniya tomonidan ko‘p qavatli uylarda amalga oshirilgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Ozoda Jo’rayeva har bir ish samaradorligida sifat muhimligini qayd etar ekan, ushbu jihatga eng muhim mezon deb qarash kerakligiga urg’u berdi.
Mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|
🌍
Web
|
📸
Instagram
|
💬
Facebook
|
😎
Telegram
|
📹
Youtube
|

September 11, 13:07
Media unavailable
7
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi Qichqiriq mahallasida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari va aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan
tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев
ознакомился
с результатами благоустройства и созданными условиями для жителей махалли Кичкирик Алмазарского района.
#Mirziyoyev
#tanishuv
#Olmazor
#mahalla
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 11, 11:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi.

Глава нашего государства осмотрел ход строительства Национального музея Узбекистана.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 11, 11:29
Media unavailable
7
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimiz markazida barpo etilayotgan Oʻzbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayonini
koʻzdan kechirdi.

Президент Шавкат Мирзиёев
ознакомился
с ходом строительства Национального музея Узбекистана, который возводится в центре столицы.
#Mirziyoyev
#tanishuv
#bunyodkorlik
#muzey
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 11, 11:24
Media unavailable
6
3
Show in Telegram

🎦
#Onlayn
Nukus shahrida ko‘p kvartirali uylarning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan FELICITY II pilot loyihasi doirasidagi tadbir davom etmoqda.
Ta’kidlanganidek, loyiha doirasida ko‘p kvartirali uy yangi texnologiyalar asosida modernizatsiya qilinmoqda. Xususan, binoning issiqlik himoyasi kuchaytirilib, isitish va elektr tizimlari yangilanmoqda. Joriy yilning 10-sentabr holatiga qurilish-montaj ishlarining 45 foizi bajarilgan.
Tadbir doirasida mas’ullar va ishtirokchilar loyihaning amaliy jarayoni bilan joyiga borib tanishdilar. Bajarilgan ishlar, qo‘llanilayotgan yangi-zamonaviy texnologiyalar va energiya tejamkor yechimlar ko‘zdan kechirildi.
Mazkur loyiha orqali energiya resurslaridan samarali foydalanish bilan birga, ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.
📍
Nukusda to‘planayotgan tajriba kelgusida energiya samaradorligi bo‘yicha shunday loyihalarni boshqa hududlarda ham amalga oshirish uchun muhim amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi qayd etilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|
🌍
Web
|
📸
Instagram
|
💬
Facebook
|
😎
Telegram
|
📹
Youtube
|

September 11, 11:01
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

🎦
#Onlayn
🫥
Namangan viloyatida issiqlik ta’minoti obyektlari o‘rganilmoqda
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari T.Alimatovning Namangan viloyatidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda. Xususan,
Davlatobod tumanidagi “Issiqlik manbai” korxonasiga qarashli RK-1 va RK-3 qozonxonalari
faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Ayni paytda RK-3 qozonxonasi hududida issiqlik tarmoqlarini tortish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish davomida mazkur ishlarni belgilangan muddatlarda, sifatli va jadal sur’atlarda yakunlash, tarmoqni yangi isitish mavsumiga qadar to‘liq ishga tayyor holatga keltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Vazir o‘rinbosari mas’ullarga qurilish-montaj ishlarida belgilangan texnik talab va me’yorlarga qat’iy rioya etish, mehnat muhofazasi hamda texnika xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, issiqlik ta’minoti tizimlarining kuz-qish mavsumida barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
Namangan viloyatida 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida qozonxonalar va issiqlik tarmoqlarini mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Dasturga muvofiq 3 ta qozon hamda 1,7 km issiqlik tarmoqlarini mukammal ta’mirlash belgilangan.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|
🌍
Web
|
📸
Instagram
|
💬
Facebook
|
😎
Telegram
|
📹
Youtube
|

September 11, 10:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
🏆
🏋🏻‍♂️
Kattalar va yoshlar (U-20) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi. Musobaqalarning 3-kuni.
📹
Hozirning o'zida
O’zbekiston kubogini jonli efirda tomosha qiling
👇
👇
👇
https://www.youtube.com/live/3t7OVMc58PI?si=ctzH31tNEtgLtEvT
💻
Instagram
|
🎞
YouTube
📝
Telegram
|
📝
Facebook

September 11, 09:56
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#Xalqaro_hamkorlik

Vazirlik xodimi Koreyada zamonaviy HR boshqaruvi tajribasini o‘rganmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligida
Seul shahrida
davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli dastur
tashkil etildi.
Unda
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi mas’uli
A.Sharipov
ham ishtirok etmoqda.
🫥
Dastur doirasida davlat xizmatida HR boshqaruvi, xodimlarni baholash va rivojlantirish, lavozimlar tahlili hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha Koreyaning ilg‘or tajribasi o‘rganilyapti.
Mazkur tajriba vazirlik tizimida
zamonaviy HR yondashuvlarini takomillashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirish
ga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|
🌍
Web
|
📸
Instagram
|
💬
Facebook
|
😎
Telegram
|
📹
Youtube
|

September 11, 09:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishining borishi hamda Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi. Davlatimiz rahbari aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini Olmazor tumani misolida o‘rganish yuzasidan videoselektor yig‘ilishini ham o‘tkazadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с ходом строительства Национального музея Узбекистана и созидательной работой, проводимой в Алмазарском районе столицы. Глава нашего государства также проведет видеоселекторное совещание по изучению исполнения задач по повышению доходов населения на примере Алмазарского района.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 11, 09:17
Media unavailable
2
Show in Telegram

🎦
#Onlayn
FELICITY II pilot loyihasi doirasida Nukus shahrida o‘tkazilayotgan tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva nutq so‘zladi.
U o‘z nutqida ko‘p kvartirali uylarning energiya samaradorligini oshirish, zamonaviy va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish orqali aholi uchun yanada qulay yashash sharoitlarini yaratish muhimligini ta’kidladi.
- Loyihaning asosiy mezoni xonadonlardagi qulaylik va energiya tejamkorligidir. Nukusda to‘planayotgan tajriba kelgusida yuzlab va minglab xonadonlarni yangilash uchun amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi lozim, — dedi Ozoda Jo‘rayeva.
Shuningdek, xalqaro hamkorlar bilan birgalikda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni mahalliy sharoitga moslashtirish va ularni boshqa hududlarda kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|
🌍
Web
|
📸
Instagram
|
💬
Facebook
|
😎
Telegram
|
📹
Youtube
|