Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

minstroyuz
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali ☎️ 1298 🌐 https://gov.uz/oz/mc 📲 https://www.facebook.com/minstroyuz https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/ Mail: minstroy2@exat.uz Yangi Toshkent hududi
Подписчики
16 666
24 часа
-17
30 дней
-602
Просмотры
1 132
ER
6,79%
Посты (30д)
260
Символов в посте
632
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Строительство и архитектура
Краткое описание
September 19, 07:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Tarmoq rahbarlariga Qoraqalpog‘istonda
“xomashyo – tayyor mahsulot – eksport” zanjiri
asosida loyihalar, ish o‘rinlari va qo‘shilgan qiymat bo‘yicha aniq rejalar belgilash topshirildi.
Amudaryo, Beruniy, Taxtako‘pir, Kegeyli
va
To‘rtko‘lda
to‘qimachilik hamda charm sanoatida kamida 150 million dollarlik loyihalar
amalga oshiriladi.
Nukus shahri, Nukus tumani
va
Qorao‘zakda
elektrotexnika sanoatida 200 million dollarlik, Qorao‘zak, Bo‘zatov
va
Beruniyda energiya tejamkor qurilish materiallari bo‘yicha 100 million dollarlik
loyihalar
tashkil etiladi.
Nukus shahrida avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish
bo‘yicha
120 million dollarlik,
Nukus shahri, Qonliko‘l, Kegeyli, Chimboy
va
Bo‘zatovda farmatsevtika sohasida 50 million dollarlik loyihalar
yo‘lga qo‘yiladi.
Italiyaning “Bonifika Ferrarizi” kompaniyasi
bilan
Taxtako‘pirda 50 million dollarlik loyiha
boshlanmoqda. 2 ming gektarda Italiya texnologiyasi asosida
pomidor va g‘alla yetishtirilib, chuqur qayta ishlanadi hamda Yevropaga eksport qilinadi.
15-oktabrgacha
har bir tuman bo‘yicha “road show”lar
o‘tkaziladi. Viloyat hokimlari o‘z investorlarini jalb qilib,
2-3 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratadigan loyihalarni
boshlaydi.
Umuman, kelasi yil Qoraqalpog‘istonga
5 milliard dollar investitsiya jalb qilish
vazifasi belgilandi.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 19, 07:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kecha Nukus shahrining “Ashshiko‘l” hududida
50 ming aholiga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston” massivi – “Nukus siti” qurilishi boshlandi.
270 gektarda ilg‘or arxitektura yechimlari va energiya tejamkor texnologiyalar asosida osmono‘par binolar, biznes, savdo va servis markazlari, yashil xiyobonlar
barpo etiladi. Investitsiya loyihalariga xorijdan salohiyatli investorlar jalb qilinadi.
Nukusdagi Mustaqillik ko‘chasi tun-u kun ishlaydigan maskanga
aylandi.
28 nafar tadbirkor
ish boshlab,
50 nafarining faoliyati kengaygani
hisobiga bir haftada
savdo tushumi 2 karra oshdi.
Nur
va
Elobod mahallalari
Olmazorning Qichqiriq mahallasi namunasida obod qilinadi. Navro‘z bayramigacha
shu yerdagi istirohat bog‘ida aholini jalb qiladigan zamonaviy maskan barpo etish
topshirildi.
Kegeylida
3,5 kilometr zovurni yopib, 100 ta servis obyekti qurish
boshlangan. Buning hisobiga
320 ta ish o‘rni
yaratiladi.
Qolgan viloyat hokimlariga ham Navro‘zgacha
o‘zlariga biriktirilgan tumanlarda bittadan mahalla va markaziy ko‘chada shunday loyihalarni amalga oshirish
vazifasi qo‘yildi.
Obod qilingan ko‘cha va mahallalarga aholining o‘zi baho berishi,
odamlar ma’qul topsa, ushbu ko‘chalarga ularni obod qilgan viloyatlar nomini berish taklifi bildirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 19, 06:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish
bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari
mustaqilligimizning 35 yillik bayrami
shukuhi davom etayotgan kunlarda
Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini
bildirdi.
So‘nggi yillarda
hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar
yaratildi.
Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi,
ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.
O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga
1 milliard 700 million dollar investitsiya
kiritildi. Bu 2021-yildagidan
22 karra
ko‘p.
Bu yil Qoraqalpog‘iston
iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga
aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida
iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 19, 06:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qoraqalpog‘istonning
har bir tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladigan loyihalar
amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Bo‘zatovda
zamonaviy sanatoriy,
Nukusda
onkologiya va radiologiya markazi,
Qo‘ng‘irotda
bolalar shifoxonasi va tug‘uruqxona ishga tushirildi.
Amudaryo
va
To‘rtko‘lda
har biri 2 ming o‘rinli amfiteatr,
Nukus shahrida
gimnastika markazi va Konservatoriya filiali foydalanishga topshirildi.
Osiyo taraqqiyot banki bilan
384 million dollar
hisobiga
A-380 magistral yo‘lining Qo‘ng‘irotdan o‘tgan 240 kilometri to‘liq beton qoplamaga o‘tkazildi.
Kecha yo‘lning
To‘rtko‘l, Ellikqal’a va Beruniydan o‘tgan yana 92 kilometrini qurish boshlandi.
Mazkur loyihaning qiymati
233 million dollar.
Natijada
tranzit 1,5 karra oshadi.
To‘rtko‘lga kirgan yuklar Qozog‘iston chegarasiga
bir sutka o‘rniga 10 soatda yetib boradi.
Kelasi yil mart oyidan
Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilib, safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi.
“Tuyamo‘yin” suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish
va
Qo‘ng‘irotdan Mo‘ynoqqa 100 kilometr ichimlik suv tarmog‘ini tortish
boshlanadi.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 19, 05:56
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Savol_bering_javob_beramiz
Ijtimoiy tarmoqdan kelgan savol
🏢
Noturar binoni turarga o’zgartirish tartibi qanday?
📹
Batafsil mutaxassis javob beradi
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|
🌍
Web
|
📸
Instagram
|
💬
Facebook
|
😎
Telegram
|
📹
Youtube
|

September 18, 17:32
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

❗️
"Biz sizni yaxshi ko‘ramiz"
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 24/7 ishlaydigan ko‘chaga tashrif buyurdi. Prezident korteji ko’chada rejadan tashqari to’xtadi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

September 18, 16:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Davlatimiz rahbari mahalliy bazaltdan ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qurilish materiallarini ko‘zdan kechirdi.
—
Глава нашего государства осмотрел современные стройматериалы, выпускаемые на базе местного базальта.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 18, 15:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻistonda yakunlangan loyihalarni ishga tushirdi, yangi quvvatlarning qurilishiga start berdi.
—
Глава нашего государства запустил завершенные проекты и дал старт строительству новых мощностей в Каракалпакстане.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 18, 14:49
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi doirasida yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida
ishtirok etdi
.
—
В рамках поездки в Республику Каракалпакстан Президент Шавкат Мирзиёев
принял участие
в церемонии запуска и начала строительства новых объектов.
#Mirziyoyev
#safar
#Qoraqalpogiston
#loyihalar
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 18, 12:55
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#JARAYON
🎓
Talabalar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ko‘magida talabalar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbir talabalarning kasbiy qiziqishlari…