Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Moliya fakulteti

moliya_fakulteti
#Moliya fakultetida olib borilayotgan ishlar #Fakultet hayotida bo'layotgan so'nggi yangiliklar Agarda sizda fakultet miqyosida amalga oshirmoqchi bo'lgan loyihalar yoki takliflar bo'lsa biz bilan bog'laning!
Subscribers
2 548
24 hours
-4
30 days
-55
Post views
843
ER
33,08%
Posts (30d)
61
Characters in post
751
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
18-24
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 26, 08:17
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

🎆
Moliya fakulteti bitiruvchi kurs talabalarining yaşaş şaroitlari örganildi
⚡
Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2026-yil 13-oktabrdagi 386-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlaş maqsadida
Moliya fakulteti
bitiruvchi kurs talabalarining yaşaş şaroitlarini örganish işlari
“Xalqaro moliya”
kafedrasi professor-öqituvçilari tomonidan olib borildi.
🔘
Örganish jarayonida talabalarning yaşaş şaroitlari, ijara xonadonlarining sanitariya-gigiyena holati hamda xavfsizlik talablariga rioya etilişi közdan keçirilmoqda.
🌟
Mazkur örganish işlari talabalarning yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, ularning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlaş hamda soğlom va xavfsiz turmuş tarzini şakllantirişga qaratilgan.
✈️
@moliya_fakulteti

October 26, 07:50
Media unavailable
8
4
Show in Telegram

🔖
Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy taşrif taşkil etildi
🎓
Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti
“Moliya” kafedrasi dosenti N.A. Safarova
tomonidan
MMT-84 guruhi
talabalari uçun Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy taşrif tashkil etildi.
✨
Taşrif davomida talabalar islom sivilizatsiyasining boy tarixi, ajdodlarimizning ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘şgan hissasi hamda bebaho ma’naviy merosimiz bilan yaqindan tanişish imkoniyatiga ega böldilar.
🌟
Mazkur taşrif talabalarning tarixiy bilimlarini boyitiş, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş hamda ma’naviy dunyoqaraşini yanada kengaytirişga xizmat qildi.
✈️
@moliya_fakulteti

October 24, 17:16
Media unavailable
4
Show in Telegram

Kutganmidingiz? Tayyormisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uçun!
🚀
💻
IT CLUB’da yangi kurslarga qabul boşlandi!
Zamonaviy texnologiyalar olamiga qadam qöyiş, yangi bilim va könikmalarga ega böliş hamda öz kelajagingiz uçun muhim poydevor yaratiş vaqti keldi!
Sizni quyidagi bepul kurslarga taklif qilamiz:
AI & Maçine Learning
Data Analysis.
Python
Mobilografiya
Sizdan katta tajriba yoki oldindan mukammal bilim talab qilinmaydi. Biz uçun eng muhimi — IT sohasiga bölgan qiziqişingiz, örganişga bölgan iştiyoqingiz.
Imkoniyatni qöldan boy bermang!
✉️
Iştirok etiş uçun
havola
orqali röyxatdan öting!
Öz ğoyangizni loyihaga aylantirişni bugundan boşlang!
🚀
IT Club rasmiy sahifalari
💻
💬
Telegram
📹
Instagram

October 23, 17:44
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

📣
Nazariya va amaliyot uyğunligi: “Kafolat” AJ suğurta kompaniyasida sayyor dars tashkil etildi
🇺🇿
Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti MMT-34i guruhi talabalari uçun
“Moliya asoslari”
fanidan
“Kafolat” AJ suğurta kompaniyasi
da sayyor amaliy dars taşkil etildi. Mazkur taşrif davomida talabalar kompaniyaning faoliyati, taşkiliy tuzilmasi, departamentlarning asosiy vazifalari, suğurta va qayta suğurtalaş jarayonlari bilan yaqindan tanişdilar.
🔥
Kompaniya mutaxassislari tomonidan sohaning amaliy jihatlari yuzasidan taqdimotlar ötkazilib, talabalarning savollariga batafsil javob berildi. Uşbu sayyor dars talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaş, kasbiy könikmalarini rivojlantiriş hamda moliya va suğurta sohasidagi zamonaviy jarayonlar haqida tasavvurlarini kengaytirişga xizmat qildi.
✈️
@moliya_fakulteti

October 23, 14:24
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

🎆
XALQARO AKADEMIK ALMASHINUV — YANGI IMKONIYATLAR SARI!
🌍
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Moliya fakulteti
3-kurs, MMT-56 guruhi talabasi
Toshtemirov Ruslan Ziyadullo o‘g‘li
Ruminiyaning Buxarest iqtisodiy fanlar universiteti
da akademik almashinuv dasturida ishtirok etmoqda.
🌟
Mazkur dastur talabaning xalqaro tajriba orttirishi, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi, xorijiy ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishishi hamda kasbiy salohiyatini oshirishida muhim ahamiyat kasb etadi.
✈️
@moliya_fakulteti

October 22, 04:05
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇿
21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
🎆
O‘zbek tili — ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan bebaho boylik, milliy g‘ururimiz va faxrimiz, xalqimiz tarixi, madaniyati hamda qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan muqaddas ne’matdir.
✨
Ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligini saqlash, boy imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish va kelajak avlodga munosib yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir!
✈️
@moliya_fakulteti

October 21, 13:43
Media unavailable
7
1
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
TDIUda ta’lim va amaliyot uyg‘unligi ta’minlanmoqda
☑️
TDIU “Moliya” kafedrasi dotsenti M. Sharapova tomonidan “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yo‘nalishining 4-bosqich talabalari uchun
“Moliyaviy nazorat” fanidan “Budjet nazorati”
mavzusida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
▶️
Mashg‘ulotlar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasida
joylashgan kafedra filialida o‘tkazilib, talabalar jamg‘arma mablag‘larining shakllanishi, sarflanishi hamda ular ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish mexanizmlari bilan yaqindan tanishdilar.
🔥
Mazkur amaliy mashg‘ulotlar talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, tahliliy fikrlash va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni kelgusidagi professional faoliyatga tayyorlashga xizmat qiladi.
🔵
@moliya_fakulteti

October 21, 08:59
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

🔖
DAVLAT TILI — MILLAT KO‘ZGUSI, MA’NAVIYATIMIZ TIMSOLI
🇺🇿
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
“Moliya“ fakulteti
hamda
“Kechki ta’lim va magistratura”
bo‘limi hamkorligida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Adiblar xiyobonida, Muqimiy haykali poyida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
⚡
Tadbir davomida o‘zbek tilining milliy o‘zligimizni anglash, ma’naviy merosimizni asrab-avaylash va milliy qadriyatlarimizni kelajak avlodga yetkazishdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, atoqli o‘zbek adibi va ma’rifatparvar shoiri Muqimiy ijodi, uning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
✨
Tadbir ishtirokchilari ona tilimizni e’zozlash, uning boyligi va sofligini saqlash, adabiy merosimizni chuqur o‘rganish hamda yoshlar qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.
✈️
@moliya_fakulteti

October 21, 08:52
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

🔖
DAVLAT TILI — MILLIY MA’NAVIYATIMIZ TIMSOLI
🇺🇿
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida
“Kapital bozori va moliyaviy texnologiyalar” kafedrasi
tomonidan
“Moliya”
hamda
“Soliq va budjet hisobi” fakultet
lari hamkorligida
“Davlat tili — milliy ma’naviyatimiz timsoli” mavzusi
da davra suhbati tashkil etildi.
⚡
Tadbir mehmoni Iroda Murodjonova bo‘lib, suhbat davomida davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni, o‘zbek tilining milliy o‘zlik va qadriyatlarni asrab-avaylashdagi ahamiyati, shuningdek, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.
✨
Davra suhbati davomida ona tilimizning boy imkoniyatlaridan samarali foydalanish, uning sofligini saqlash va kelajak avlodga munosib yetkazish har bir fuqaroning muhim vazifasi ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, davlat tiliga hurmat milliy ma’naviyat va madaniyatni yuksaltirishning muhim omili ekani qayd etildi.
@moliya_fakulteti

October 21, 08:49
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

📌
“Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
⚡
2026-yil 19-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliya fakulteti
“Xalqaro moliya” kafedrasi
professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Qashqar mahalla fuqarolar yig‘inida
“Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi
doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✨
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, mahallada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, fuqarolarning o‘z mahallasiga bo‘lgan mehr-muhabbati, daxldorlik va faxr tuyg‘ularini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.
🌟
Mazkur tashabbus universitet, mahalla va keng jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yosh avlodni ma’naviy barkamol, vatanparvar va intellektual salohiyati yuksak insonlar etib tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
✈️
@moliya_fakulteti