
Moliya fakulteti
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Moliya estafetasi - bilim, tanishuv va yangi imkoniyatlar maydoni!
🚀
Estafetaga tayyormisiz? Unda o‘zingizni sinash, yangi do‘stlar orttirish va kelajakdagi imkoniyatlar sari bir qadam tashlash vaqti keldi.
⚡️
Moliya estafetasi -
bilim, jamoaviylik va networking birlashadigan o‘ziga xos maydon. Bu yerda sizni qiziqarli interaktiv o‘yinlar, bilimni sinovdan o‘tkazuvchi topshiriqlar va yangi tanishuvlar kutmoqda.
📅
12-sentabr, shanba
⏰
09:30
📍
TDIU Moliya kampusi, 8-bino, 1-bochka
🔵
@moliya_fakulteti
🟦
🟦
🟦
Moliya fakulteti — estafeta bahslarida 2-o‘rin!
⚡️
“Mustaqillik kubogi — 2026” sport musobaqalarining estafetali bahslarida Moliya fakulteti talabalari munosib ishtirok etib,
faxrli 2-o‘rinni
qo‘lga kiritdilar.
✔️
Turli shartlarda tezkorlik, chaqqonlik, kuch va eng muhimi - jamoaviy birdamlikni namoyon etgan moliyachilar o‘zlarini munosib tarzda ko‘rsatishdi.
🔥
Bu natija - har bir ishtirokchining harakati, jamoaning birligi va g‘alabaga bo‘lgan ishonchining mevasi.
🔵
@moliya_fakulteti
🟦
🟦
🟦
Moliya fakulteti — estafeta bahslarida 2-o‘rin!
⚡️
“Mustaqillik kubogi — 2026” sport musobaqalarining estafetali bahslarida Moliya fakulteti talabalari munosib ishtirok etib,
faxrli 2-o‘rinni
qo‘lga kiritdilar.
✔️
Turli shartlarda tezkorlik, chaqqonlik, kuch va eng muhimi - jamoaviy birdamlikni namoyon etgan moliyachilar o‘zlarini munosib tarzda ko‘rsatishdi.
🔥
Bu natija - har bir ishtirokchining harakati, jamoaning birligi va g‘alabaga bo‘lgan ishonchining mevasi.
🔵
@moliya_fakulteti
🟦
🟦
🟦
🎓
Moliya fakultetida
“Birinchi kurs maktabi” doirasida navbatdagi uchrashuv bo’lib o’tdi!
🎆
Moliya fakultetining 1-bosqich talabalari uchun
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh. Baymuradov
rahbarligida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
🔖
Uchrashuv davomida talabalarga boshqarmaning faoliyat yo‘nalishlari, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek,
vaqtni samarali boshqarish, shaxsiy brendni shakllantirish, to‘garak va klublarda faol ishtirok etish hamda networking imkoniyatlaridan foydalanish
bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
💬
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda universitet hayotida faol ishtirok etish bo‘yicha fikr va takliflarini bildirdilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarning universitet muhitiga muvaffaqiyatli moslashuvi, o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri anglab yetishi va faol talabalik hayotini yo‘lga qo‘yishida muhim ahamiyat kasb etadi.r.
🔵
@moliya_fakulteti
#
Elon #Media_jamoa
📣
Diqqat, mediaga qiziquvchi TDIU talabalari!
🎬
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Talabalar Media jamoasi yangi ijodkorlarni o‘z safiga chorlaydi!
Agar siz:
⏺
Kreativ fikrlashni yoqtirsangiz
⏺
Mobilografiya
⏺
Zamonaviy video tahrir dasturlarida ishlay olsangiz
⏺
Grafik dizayn va AI media dasturlariga qiziqsangiz
⏺
Harakatchan va ijodkor bo‘lsangiz – demak, bu imkoniyat aynan siz uchun!
⏺
Kopirayter
📍
Media jamoa safida siz:
🎥
Universitet hayotidagi eng qiziqarli voqealarni yoritish
🎤
Foto va videoreportajlar tayyorlash
🧑💻
👩💻
Dizayn, montaj va kontent yaratishda ishtirok etish
💰
Moddiy rag'batlantirish
🔥
Zamonaviy media texnologiyalari bilan tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
🚀
Kreativ g‘oyalaringizni hayotga tatbiq etishni istasangiz – bizga qo‘shiling!
⏰
Deadline:
10-sentyabr, 23:59
📩
Murojaat uchun:
@Nafasov_official
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬
Telegram
📹
Instagram
🟦
🟦
🟦
Talabaning o‘quv muvaffaqiyati: baholash tizimi, akademik halollik va mustaqil ta’lim ko‘nikmalari
🎓
Talabalarning mutaxassislik bo‘yicha amaliy bilim va tasavvurlarini kengaytirish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tashrif
tashkil etildi.
🔖
Tashrif davomida talabalar vazirlikning faoliyat yo‘nalishlari, asosiy vazifalari hamda moliya-iqtisodiyot sohasidagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, talabalarga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kelgusidagi kasbiy faoliyat va sohadagi imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
✨
Mazkur tashrif talabalarning kasbiy qiziqishini oshirish va kelajakdagi faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishida muhim ahamiyat kasb etdi.
🔵
@moliya_fakulteti
🟦
🟦
🟦
Akademik jarayonlar bo‘yicha muhim uchrashuv!
☑️
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 1-kurs talabalarining universitetdagi
ta’lim jarayoniga moslashuvi
va akademik tizimni tushunishiga qaratilgan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
▶️
Unda Moliya va moliyaviy texnologiyalar kafedrasi mudiri
X. Qobulov,
Xalqaro moliya kafedrasi mudiri
J. Ataniyazov
hamda Registrator ofisi bo‘limi boshlig’i
O. Xudayberdiyev
va
kafedraning mas
’
ul professor-o’qituvchilari
ishtirok etib, talabalarga kredit-modul tizimi, HEMIS platformasi, tanlov fanlari hamda akademik jarayonlarga oid muhim tushunchalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
🔥
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, universitetdagi o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
🔵
@moliya_fakulteti
🟦
🟦
🟦
Talaba qizlar bilan samimiy muloqot!
☑️
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliya fakultetida 1-kurs talaba qizlari uchun
“Xotin-qizlar maslahat kengashi”
doirasida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
▶️
Uchrashuvda TDIU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi
Xakimova Muhabbat Fayziyevna
hamda Moliya fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, dekan maslahatchisi
Otaxonova Shohyora Xamidullaxon qizi
ishtirok etdilar.
🔥
Suhbat davomida talaba qizlarning universitet hayotidagi faolligi, ta’lim va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari, tashabbuskorlik hamda kelajakdagi maqsadlar haqida fikr almashildi.
🔵
@moliya_fakulteti
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talaba-yoshlari o`rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
degan bosh g‘oya va shior ostida
🏆
“Mustaqillik kubogi-2026” sport musobaqalari
oʻtkaziladi.
⏱️
Oʻtkazilish vaqti va manzili:
📅
Sana:
11-sentabr
⏰
Boshlanish vaqti:
Soat
9:00
📍
Manzil:
TDIU asosiy binosi,
fontan oldi
📋
Musobaqa dasturi va shartlari:
1. Jamoaviy sport turlari (Har bir fakultetdan jamoalar shakllantiriladi):
⚽️
Futbol
(oʻgʻil bolalar)
🏐
Voleybol
(qizlar)
🏃♂️
Estafetali musobaqalar
—
Paragvay darvozasiga gol urish
Mini futbol darvozasiga gol urish
Darts
Basketbol toʻpini savatga tushirish
Kamondan oʻq uzish
Arqon tortish
Qarab tep (lanka)
Tosh kotarish
2. Individual (Yakkalik) sport turlari:
🏓
Stol tennisi (Oʻgʻil bolalar va qizlar)
♟
Shaxmat (Oʻgʻil bolalar va qizlar)
Musobaqalarda ishtirok etmoqchi bolgan talabalar fakultet yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha dekan o`rinbosarlariga muorjaat qilishlari mumkin.
🟦
🟦
🟦
“Birinchi kurs maktabi” Moliya fakultetida ham davom etmoqda!
☑️
Bugun 1-kurs talabalari hamda Universitetning
iqtidorli talabalar bo’limi vakillari ishtirokida
uchrashuv tashkil etildi.
▶️
Uchrashuv davomida talabalar uchun yaratilayotgan turli imkoniyatlar, grantlar, tanlovlar va talabalik davrida o‘z ustida ishlash uchun muhim bo‘lgan yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar berildi.
🔥
Iqtidorli va faol talabalar bilan muloqot esa birinchi kurs talabalari uchun yangi g‘oyalar va imkoniyatlarni kashf etish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.
🔵
@moliya_fakulteti