Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Milliy rassomlik va dizayn instituti | RASMIY |

mrdi24yangiliklar
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining rasmiy sahifasi • Toşkent şahri, Mirobod tumani, Mironşoh köçasi, 123-uy
Subscribers
5 680
24 hours
-4
30 days
-193
Post views
873
ER
15,37%
Posts (30d)
149
Characters in post
1 265
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Design & Creative Arts
Summary
October 23, 13:45
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🗣
🎗️
🎗️
🎗️
🎗️
🎗️
🏛
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” va “Tinchlik — eng oliy ne’mat” mavzularida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
✅
Bugun institutimizda talaba-yoshlar o‘rtasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etish, ularni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan ma’rifiy tadbir tashkil etilib, uni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori
Ravshan Yunusov
kirish so‘zi bilan ochib berdi.
💬
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, falsafa fanlari doktori, professor
Matlyuba Qaxxarova
hamda qo‘mitaning Xotin-qizlar bilan ishlash va targ‘ibot guruhlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i
Iroda Axmedova
ishtirok etdi.
💬
Suhbat davomida jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, ilm-fan va kitobxonlikning ahamiyati, yot g‘oyalarning oldini olish, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik va millatlararo totuvlikni asrash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
✅
Mazkur tadbir yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash, ularda tinchlik va osoyishtalikni qadrlash tuyg‘usini kuchaytirish hamda yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
▶️
Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook

October 23, 13:17
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🗣
🔥
🔥
🔥
🔥
🔥
🔥
🏛
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Mavjud ilmiy manbalar, stipendiyalar va startap loyihalari” mavzusida amaliy seminar-trening o‘tkazildi
✅
Bugun institutimizda talaba-yoshlar hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy-ijodiy salohiyatini yuksaltirish, ularni davlat stipendiyalari, ilmiy tanlovlar va startap loyihalariga keng jalb etish maqsadida
“Mavjud ilmiy manbalar, stipendiyalar va startap loyihalari”
mavzusida
amaliy seminar-trening tashkil etildi.
💬
Mazkur seminarni institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
Dilafruz Qurbonova
ochib berib, institut ilmiy nashrlari, ulardan foydalanish va maqolalar chop etish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
💬
Shundan so'ng, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
Shahzodbek Risqiboyev
davlat stipendiyalari va tanlovlarda ishtirok etish, hujjatlarni tayyorlash hamda portfolio shakllantirish tartibini tushuntirdi.
💬
Seminar doirasida IT Technopark rahbari, Moliyaviy bozorlar eksperti va tahlilchsi
,
Tasviriy san’at fakulteti 1-bosqich magistranti
Akobir Ismoilov
esa startap loyihalarni shakllantirish, ijodiy g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish va grant imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.
Seminar davomida tadbirkor tomonidan eng faol ishtirok etgan talaba moddiy rag'batlantirildi.
✅
Mazkur seminar-trening talaba-yoshlar va yosh tadqiqotchilarning ilmiy-ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion fikrlashini rivojlantirish hamda ularning ilmiy va amaliy loyihalardagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.
▶️
Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook

October 23, 05:55
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#InnoWeek_2026
Joriy yilning 27-29-oktabr kunlari “Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar” şiori ostida InnoWeek–2026 — xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi bölib ötadi.
Mazkur haftalikda siz:
🔤
eng sönggi innovatsion işlanmalar bilan tanişasiz;
🔤
mahalliy va xalqaro startaplar ekotizimini kaşf etasiz;
🔤
ilm-fan yutuqlarini amaliy loyihalarga boğlaydigan yangi yeçimlarni körasiz;
🔤
investorlar va biznes vakillari bilan istiqbolli hamkorliklarni yölga qöyasiz;
🔤
xalqaro ekspertlar iştirokidagi forumlar, panel sessiyalar va mahorat darslarida qatnaşasiz.
😄
Hoziroq
röyxatdan öting
va innovatsiyalar kelajagining bir qismiga aylaning!
❗️
Röyxatdan ötganlar tadbirda ishtirok etganlaridan söng elektron sertifikat yuklab olishlari mumkin.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 22, 10:47
Media unavailable
10
1
Show in Telegram

🗣
🟦
🟦
🟦
🏛
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Akademik chizmatasvirdan namunalar” nomli ko‘rgazma ochildi
!
✅
Bugun institutimiz Ko'rgazmalar zalida Tasviriy san’at fakulteti “Dastgohli rangtasvir” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Anvar Usmonov
kuratorligida tashkil etilgan ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
💬
Ko‘rgazmani
institut rahbariyati ochib berib, unda akademiklar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
💬
Shuningdek, tadbir davomida institutimiz akademiklari va professor-o‘qituvchilari ham so‘zga chiqib, namoyish etilgan ishlarga yuqori baho berdilar hamda akademik chizmatasvir an’analarini o‘rganish, yosh rassomlarning kasbiy mahoratini oshirish va ta’lim jarayonida amaliy tajribani boyitishdagi ahamiyatini ta’kidladilar.
✅
Mazkur ko‘rgazma talaba-yoshlarning tasviriy san’atga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, akademik chizmatasvirning o‘ziga xos jihatlarini chuqurroq anglash hamda ijodiy izlanishlarini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
▶️
Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook

October 22, 10:47
Media unavailable
10
Show in Telegram

October 22, 08:44
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

🏛
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o'qituvchisi Alisher Hamdamovnig "1+1" qo'shma ko'rgazmasi tashkil etildi
✅
Toshkent Fotosuratlar uyida institutimizning Tasviriy san'at fakulteti, Miniatyura va kitob grafikasi kafedrasi o'qituvchisi, rassom
Alisher Hamdamov
hamda Qirg‘izistonlik rassom
Almazbek Sharshekeyev
ning
«1+1»
nomli qo‘shma ko‘rgazmasi ochildi.
🎓
Mazkur ko'rgazmada institutimiz rahbariyati, professor-o'qituvchilar, talabalar ishtirok etib, ko'rgazmada taqdim etilgan ijodiy ishlar bilan tanishdilar.
✅
Alisher Hamdamov
ijodida yorqin kolorit, dinamik kompozitsiya va ranglar orqali insoniy kechinmalarni ifodalash muhim o‘rin tutadi. 2025-yilda rassom Toshkent Fotosuratlar uyida
«Ranglarda yashovchi hislar»
shaxsiy ko‘rgazmasini taqdim etgan bo‘lsa, joriy
«1+1»
ko‘rgazmasi
O‘zbekiston
va
Qirg‘iziston
rassomlari ijodiy hamkorligini namoyon etdi.
▶️
Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook

October 22, 06:34
Media unavailable
3
Show in Telegram

Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva global soğliqni saqlaşga qöşgan hissasi uçun nufuzli mukofotga sazovor böldi
“Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uçun barqaror va adolatli taraqqiyot yölida” xalqaro sammiti hamda Bolalar onkologiyasi va gematologiyasi böyiça II xalqaro kongress doirasida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Boş direktori
Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyevaga
onkologik kasalliklarga çalingan bolalarga tibbiy yordam körsatiş tizimini rivojlantirişdagi yetakçiligi va har bir bolaning soğlom hayot keçiriş huquqini global miqyosda ilgari surgani uçun nufuzli xalqaro mukofotni topşirdi.
“Siz butun dunyoda bolalar, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kuraşayotgan bolalar manfaatlari yölida çinakam kuraşçisiz”
, — dedi JSST Boş direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.
Mukofot 2019-yilda ta’sis etilgan. U aholi salomatligini muhofaza qiliş sohasida aniq natijalar bergan alohida
yetakçilik va yuksak yutuqlar uçun
beriladi.
Avvalgi yillarda uşbu mukofotga d
avlatlar va xalqaro taşkilotlar rahbarlari, Nobel mukofoti sovrindorlari, taniqli olimlar va jamoat arboblari
sazovor bölgan. Ular global emlaşni rivojlantiriş, yuqumli kasalliklarga qarşi kuraşiş, tibbiy yordamdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va soğliqni saqlaş sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşga qöşgan hissasi uçun taqdirlangan.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 21, 16:48
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📣
📣
📣
📣
📣
🗣
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Ko'rgazmalar zalida Tasviriy san'at fakulteti "Dastgohli rangtasvir" kafedrasi Katta o'qituvchisi
Anvar Usmonov
kuratorligida 2026-yilning 22-24 oktabr kunlari
“Akademik chizmatasvirdan namunalar”
nomli ko'rgazma tashkil etilmoqda.
⭕️
Ko'rgazmaning ochilish marosimi
2026-yil 22-oktabr kuni Soat: 11:30 da
o'tkaziladi.
📍
Manzil:
Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi 123-uyda joylashgan
Institut Ko'rgazmalar zali.
✅
Barcha professor-o'qituvchilar, talabalar hamda san'at ixlosmandlarini mazkur ko'rgazmaga taklif etamiz!
▶️
Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook

October 21, 15:16
Media unavailable
10
1
Show in Telegram

🏤
👥
👥
👥
👥
👥
👥
🏛
🗣
O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
✅
Bugun O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida
institutimiz va galareya rahbariyati ishtirokida uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuv doirasida galereya direktori
Kamola Akilova
hamda institutimiz rektori
Omonulla Salixov
birgalikda galereyadagi ijodiy ishlar bilan tanishishdi.
💬
Shundan so'ng, insitutimiz professor-o'qituvchilari hamda talabalari ishtirokidagi
uchrashuvda ikki tomon rahbariyati o'rtasida galereyada
“San’at tarixi va nazariyasi”
kafedrasi filialini tashkil etish bo'yicha o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
💬
Memorandum doirasida shu kunning o'zidayoq hamkorlik ishlari boshlab yuborildi. Jumladan, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi direktori, San’atshunoslik fanlari doktori, professor
Kamola Akilova
tomonidan hamkorlik doirasida
«Abu-Dabi muzeylari va galereyalari: san’at, ma’no va madaniyatlar muloqoti»
mavzusidagi ma’ruza tashkil etilib, unda institutimiz rahbariyati, professor-o'qituvchilar, doktorantlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
📆
Shuningdek, hamkorlik doirasida endilikda mazkur galareyada har haftaning
chorshanba
kuni san'atshunoslik va muzeyshunoslik sohasiga oid ma'ruzalar yo'lga qo'yiladi.
✅
Mazkur hamkorlik nazariy bilimlarni muzey-galereya amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish, talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar, seminarlar va mahorat darslarini tashkil etish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar uchun dolzarb mavzular bankini shakllantirish hamda maslahatlar tizimini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
▶️
Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook

October 21, 15:16
Media unavailable
10
Show in Telegram