Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Milliy rassomlik va dizayn instituti | RASMIY |

mrdi24yangiliklar
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining rasmiy sahifasi • Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi, 123-uy
Подписчики
5 988
24 часа
-16
30 дней
-182
Просмотры
1 356
ER
22,65%
Посты (30д)
92
Символов в посте
938
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Дизайн и творческие искусства
Краткое описание
September 11, 12:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ayni paytda
“Oliy ta’lim muassasalarida
nogironligi bo‘lgan talabalar uchun qanday imtiyozlar bor?”
mavzusida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari bilan ochiq chat bo‘lib o‘tmoqda.
🧑🏻‍🎓
Suhbat davomida yaqinda OTTga o‘qishga kirgan nogironligi bo‘lgan talabalar uchun ta’lim olish jarayonida belgilangan imtiyozlar:
🔹
Nogironligi bor talabalar uchun yotoqxonalarga joylashishda imtiyozlar;
🔹
Nogironligi bor talabalar uchun ustamali stipendiya;
🔹
Sizdan kelib tushgan boshqa savollarga ham javob beriladi.
Ovozli chat qo‘shilish:
👉
https://t.me/huquqplus?livestream
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 11, 09:56
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇲🇾
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
🗣
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga Malayziyaning Sulton Idris Taʼlim universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi!

Bugun institutimizga Malayziyaning nufuzli
Sulton Idris Taʼlim universiteti
professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif avvalida mehmonlar institut galereyasida bo‘lib, u yerda namoyishga qo‘yilgan ijodiy ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar galereya ekspozitsiyasidagi ijodiy ishlarning badiiy saviyasi, milliy koloriti hamda yuksak maxorat bilan yaratilganiga yuqori baho berishdi.
💬
Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari Tasviriy san’at fakultetining o‘quv hamda ijodiy jarayonlarni bevosita kuzatdilar. Xususan, mehmonlar haykaltaroshlik, miniatyura va teatr bezagi yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarning amaliy mashg‘ulot xonalarida bo‘lib, yaratilayotgan asarlar hamda o‘qitish metodikasi bilan tanishdilar.
💬
Shuningdek
,
tashrif doirasida Sulton Idris Taʼlim universiteti San’at va dizayn kafedrasi mudiri,
Dr. Jamilah Omar
hamda Ijodiy multimedia kafedrasi katta oʻqituvchisi
Dr. Nur Syuhada Mat Sin
tomonidan
institutimiz talabalari uchun maʼruza va amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi.

Mashgʻulot davomida talabalar zamonaviy kengaytirilgan reallik (AR) imkoniyatlarini ijodiy jarayonlar bilan uygʻunlashtirish, interaktiv loyihalar tuzish va kitob tayyorlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻldilar.
▶️
Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook

September 11, 05:16
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Sizning fikringiz — Yangi O‘zbekiston kelajagining muhim poydevori!

O‘zbekiston yoshlarining axborot maydonidagi faolligi hamda milliy va vatanparvarlik qadriyatlariga munosabatini o‘rganish maqsadida
“Raqamli muhitning Yangi O‘zbekiston yoshlaridagi vatanparvarlik dunyoqarashiga ta’siri”
mavzusida respublika onlayn so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda.
📊
So‘rovnoma orqali raqamli muhit, ijtimoiy tarmoqlarning hayotingizdagi o‘rni hamda vatanparvarlik haqidagi xolis fikr va takliflaringizni bildirishingiz mumkin.
📲
So‘rovnomada qatnashish uchun havola:
👉
So‘rovnomadan o‘tish
🏛
Har bir yoshning bildirgan munosabati davlatimiz sohadagi kelgusi strategiyalarini belgilashda alohida ahamiyatga ega.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 10, 13:08
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram


“Kelajakka qadam” — yoshlarga keng imkoniyatlar!
🎓
“Kelajakka qadam”
dasturi doirasida yoshlar va bitiruvchilar uchun turli yo‘nalishlarda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etilmoqda.
💼
Dastur doirasidagi asosiy yo‘nalishlar:

“Tadbirkorlikka ilk qadam”

“Biznes start”

“Biznes progress”

“Talaba invest”

Ushbu loyihalar orqali siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
💬
biznesni boshlash va kengaytirish
💬
kasb egallash va malaka oshirish
💬
yangi ish o‘rinlari yaratish
💬
xorijda o‘qish va tajriba orttirish

Endi siz ham o‘z g‘oyangizni real loyihaga aylantiring!
🌐
Batafsil ma’lumot uchun:
nbu.uz
📱
Aloqa markazi: (78) 148 00 10
▶️
Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook

September 10, 12:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

❗️
Barcha talabalar diqqatiga!
📲
To‘lov shartnomasini olish uchun
kontrakt.edu.uz
platformasidan onlayn ariza yuboring.
➡️
Arizangiz oliygoh tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Tayyor shartnomani tizimdan yuklab olishingiz mumkin.
📌
“KONTRAKT EDU” mobil ilovasi
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 09, 13:59
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

❤️
❤️
❤️
🏛
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti galereyasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi

Mazkur ko'rgazmada qo'yilgan tasviriy san’at asarlari orqali Mustaqillikning mamlakatimiz hayoti va ma’naviy-madaniy taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyati yoritildi. Ko‘rgazma ekspozitsiyasidan institutimiz professor-o‘qituvchilarining eng sara ijodiy asarlari joy oldi.
💬
Ko‘rgazma yosh ijodkorlarning badiiy tafakkurini namoyon etish, milliy qadriyatlarni san’at orqali targ‘ib qilish hamda tomoshabinlarga estetik zavq ulashishga xizmat qilmoqda.

Ushbu ko‘rgazmada namoyish etilgan asarlarda
Mustaqillik, Vatan, milliy qadriyatlar va Yangi O‘zbekiston
kabi mazmunan teran va muhim mavzular aks ettirilgan.
▶️
Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook

September 09, 10:27
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🏢
🟦
🟦
🟦
🇺🇿
🟦
🟦
🟦
🏛
🏛
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🦅
Bugun institutimizda katta bayram tantanalari bo'lib o'tdi. Mamlakatimiz
Mustaqilligining 35 yilligi
hamda yangi 2026/2027 - o'quv yili boshlanishi munosabati bilan
"Talabalikka bag'ishlov"
tadbiri  o'tkazildi.

Tantanali marosimda O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O'zbekiston xalq rassomi
Akmal Nuridinov
hamda institutimiz rektori
Omonulla Salixov
so'zga chiqib, institut xodimlari, professor-o'qituvchilar hamda talabalarga yangi o'quv yili munosabati bilan o'zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.
🎁
Tadbir davomida iqtidorli, tashabbuskor talabalar hamda joriy yilgi
"Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyasi"
g'oliblari ham e'tirof etilib, esdalik sovg'alalari bilan taqdirlandi.
🗝
Shuningdek 1-bosqichga qadam qo'ygan talabalarga o'tgan o'quv yilida institutni tamomlagan bitiruvchilar tomonidan o'quv yilini boshlash uchun oliygohning ramziy kaliti hamda qalam tantanali ravishda topshirildi.
▶️
Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook

September 08, 18:32
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram





🔄
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🏛
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ma’rifiy hamda ilmiy-ijodiy muloqot tashkil etildi

Uchrashuvga Temuriylar tarixi davlat muzeyining Ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, katta ilmiy xodim, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Shaxnoza Miraliyeva
tashrif buyurdi.
💬
Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, bo‘lajak san’atshunoslar, muzeyshunoslar ijtimoiy-madaniy merosimizning nodir sahifalarini qayta kashf etish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tadbir mehmon "
Temuriylar tarixi davlat muzeyi"ning 30 yillik bosib o‘tgan yo‘li
, uning tashkil topish jarayonlari va bugungi kunga qadar erishgan ilmiy-amaliy yutuqlari haqida batafsil to‘xtaldi. Ma’ruzada muzey fondida saqlanayotgan nodir eksponatlar, Temuriylar davri tasviriy va amaliy san’at namunalari, miniatyura maktabi an’analari hamda ushbu merosni xalqaro maydonda targ‘ib etish borasida olib borilayotgan zamonaviy tadqiqotlar haqida ma'lumot berildi.
💬
Shuningdek, muzeydagi bugungi zamonaviy ekspozitsion jarayonlar, eksponatlarni restavratsiya qilish va saqlash texnologiyalari hamda raqamlashtirish loyihalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

San’at va tariximizni tadqiq etayotgan talaba-yoshlar uchun mazkur muzey ulkan ilmiy va ijodiy laboratoriya vazifasini o‘tashi alohida ta’kidlandi. Bu kabi ilmiy va ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lajak ijodkor hamda san’atshunoslarning professional mahoratini oshirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
▶️
Institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
🚀
Telegram
📷
Instagram
🔵
Facebook

September 08, 15:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi
Qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich
topshirdi.
Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak hurmati, mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qatʼiy intilish ramzi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.
❗️
Maʼlumot uchun:
Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lib, xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda Serbiya Respublikasi bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 08, 09:41
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🎓
Diplom — marra emas, balki karyeradagi birinchi qadam!
Diplom oldingiz, lekin mos ish topishda ikkilanyapsizmi?
Career Edu yechim beradi!
🤔
Career Edu platformasi:
🔆
Yosh mutaxassislarni nufuzli ish beruvchilar bilan bog‘laydi;
🔆
Mutaxassisligingizga mos ish va amaliyot o‘rinlarini taklif etadi;
🔆
Birinchi ish joyingizni topishni sezilarli darajada osonlashtiradi.
📈
Platformada nafaqat vakansyalarni izlashingiz, balki:
• HR suhbatlariga tayyorlanishingiz,
• rezyume yaratishingiz;
• frilans eʼloningizni joylashingiz mumkin.
🔗
career.edu.uz
hoziroq sinab ko‘ring!
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram