Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Mubosharat

mubosharat
Ushbu kanalda er-xotin orasidagi halol jinsiy aloqa haqida shariat doirasida so‘z yuritiladi. Linkni ko'rsatmay nusxa olishsa, rozi emasmiz! Reklama uchun: https://t.me/Hubbuna_uz/63
Subscribers
30 166
24 hours
30
30 days
-146
Unusual 24 hours growth
Post views
6 994
ER
23,19%
Posts (30d)
60
Characters in post
498
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Psychology
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Lifestyle & Services
Summary
October 27, 03:02

Istak qachon uyg‘onadi?
Jinsiy istak hammada ham bir xil paydo bo‘lmaydi. Kimdir avval yaqinlikni xohlaydi, keyin juftiga yaqinlashadi. Boshqa birovda esa istak yoqimli suhbat, quchoqlash yoki erkalash davomida uyg‘onadi. Bu ham tabiiy holat. Shuning uchun juftingizning o‘zi yaqinlik boshlamayotgani sizga qiziqmay qo‘yganini anglatavermaydi. Balki unda istak boshqacharoq uyg‘onar.
Biroq buni «Boshlayversam, keyin xohlab qoladi» deb tushunmang. Quchoqlash va erkalash ham juftingizga yoqimli bo‘lishi, uning xohishi bilan davom etishi kerak.
#Erkaklar
#ayollar
@Mubosharat

October 26, 15:01

Har safar yangidan
Juftingizga avval yoqqan usul bugun yoqmasligi mumkin. Shunday paytda «Oldin yoqardi-ku!» deb ajablanish o‘rniga, «Sekinroqmi? Shunday yaxshimi?» deb so‘rab ko‘ring.
O‘zingiz ham noqulaylikni yashirmang. Indamay chidab yotsangiz, juftingiz sizga yoqyapti deb o‘ylashi mumkin.
#tavsiya
@Mubosharat

October 26, 04:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kuniga bir siqim — taxminan, 75 gramm yong‘oq yeyish erkaklik urug‘i sifatini sezilarli darajada oshiradi. Tarkibidagi tabiiy omega-3 yog‘ kislotalari spermatozoidlarning yashovchanligini, harakat tezligini va to‘g‘ri shakllanishini yaxshilab, nasl qoldirish imkoniyatini kuchaytiradi.
Manba: «Biology of Reproduction» jurnali tadqiqoti, PubMed
#Fakt
@Mubosharat

October 25, 03:08

Kayfiyat ham yuqadi
Olimlar 2000 ga yaqin juftliklarni tahlil qilib, qiziq bir xulosaga kelishdi: depressiya va xavotir kabi holatlar «yuqumli» bo‘lishi mumkin.
Ularni ayniqsa yaqinlik — masalan, o‘pish orqali «yuqtirish» ehtimoli yuqori ekan.
Demak, juftingiz bilan nafaqat muhabbat, balki ruhiy holat ham almashadi. Shu bois, sog‘lom munosabat — ikki tomonning ichki xotirjamligi bilan chambarchas bog‘liq.
#tarjima
@Mubosharat

October 24, 05:18

Erkakning katta xatosi
Ba’zi erkaklar ayoliga kun bo‘yi e’tibor bermaydi. Kechqurun esa birdan mehribon bo‘lib qoladi.
Ayoli ham hayron:
— Tinchlikmi, dadasi? Biror narsa kerakmi?
😁
Ayollar hammasini sezadi, do‘stim. Ayniqsa, kechki payt favqulodda boshlangan mehribonlik sababini!
😉
#Tabassum
@Mubosharat

October 23, 03:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

Anorning foydalari
Anor antioksidantlarga boy bo‘lib, qon-tomir tizimini xolesterindan tozalashga yordam beradi. Ushbu foydali xususiyatlar qon aylanishni yaxshilash orqali erkaklar salomatligiga, jumladan, erektsiya sifatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
#Salomatlik
#erkaklar
@Mubosharat

October 22, 16:01
Media unavailable
2
Show in Telegram

Ko‘pincha ayol xizmatga yarab turgan vaqtda yaxshi muomala qilamiz-u, uzrli vaqtida undan uzoqlashish, qo‘pol gapirish, kelishmovchiliklar yuz berib qoladi.
Bu ayol organizmini yaxshi bilmaslik, holatni tushunmaslikdan kelib chiqadi. Bugun shu holatning muolajasi o‘laroq, erkaklar hamjamiyatida ayol uzrli vaqtda nimalarga e'tibor qilish kerakligi haqida yozdik.
Kanalga qo‘shilib shu va boshqa ko‘plab foydali maqolalarni o‘qib borishingiz mumkin:
https://t.me/+786ZVVLPjkhhZDdi
Izoh: bu faqat erkaklar uchun!
Havola ustiga bossangiz, sizga bot orqali xabar boradi. U yerda
obuna bo'lish
degan joyini bosib, karta raqam kiritgan holda (oyiga) 47 ming so'm to'lov qilasiz.
Texnik muammolar bo'yicha:
@TeXizmatbot

October 22, 15:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

— Dadasi, bugun juda charchadim...
— Men ham, onasi.
— Unda uxlaymizmi?
— Uxlaymiz.
Besh daqiqadan keyin:
— Dadasi, uxlamadingizmi?
— Yo‘q.
— Men ham...
😊
#Tabassum
@Mubosharat

October 22, 14:00
Media unavailable
6
Show in Telegram

Chiroyli libos topish oson. Ammo shariatga mos, qulay va sifatlisi liboslar.
✨
Shariatga mos erkin fasonlar.
🌿
Tabiiy matolar.
🧵
Sifatli tikuv va did bilan ishlangan detallar.
🤍
Doimiy yangi modellar.
🎁
birinchi xarid uchun 10% chegirma bor
Balki siz uzoq vaqtdan beri izlayotgan libos aynan bizning kanalimizdadir.
https://t.me/+zxM92G3Im-AyNjQ6

October 22, 12:02

Jinsiy aloqadan keyin nega og‘riq paydo bo‘ladi?
Ba’zan ayollar jinsiy aloqadan keyin qorinning pastki qismida og‘riq yoki sanchiq sezishadi. Ayrimlar bunga e’tibor bermaydi, boshqalar esa aytishga uyaladi.
Xo‘sh, buning sababi nima?
Jinsiy yaqinlik paytida bachadon va uning atrofidagi mushaklar qisqaradi. Ba’zi ayollarda shu qisqarishlar tufayli aloqadan keyin ham bir muddat og‘riq sezilishi mumkin.
Yana bir sabab ayolning jinsiy aloqaga yetarlicha tayyor bo‘lmasligi. Qin yaxshi namlanmagan bo‘lsa, aloqa paytida ishqalanish kuchayib, achishish va og‘riq paydo bo‘lishi mumkin.
Ba’zan erkakning juda chuqur kiritishi ham og‘riqqa sabab bo‘ladi. Ayniqsa, ayrim holatlarda bachadon bo‘yniga bosim tushishi ayolga noqulaylik tug‘diradi.
Lekin og‘riqning sababi har doim ham jinsiy aloqaning o‘zida bo‘lavermaydi. Bachadon yoki tuxumdon bilan bog‘liq ayrim kasalliklar ham shunday belgi berishi mumkin.
Shu bois, jinsiy aloqadan keyin og‘riq bo‘lsa, bunga befarq qaramaslik kerak. Keyingi safar shoshilmaslik, harakatlarni yumshatish va ikkala tomon uchun ham qulay holatni tanlash foyda berishi mumkin.
Og‘riq tez-tez takrorlansa yoki kuchli bo‘lsa, shifokorga ko‘ringan ma’qul. Ayniqsa, qon ketishi, isitma yoki kuchli sanchiq kuzatilsa, tekshiruvni kechiktirmaslik kerak.
Er-xotin bunday masalalarni bir-biridan tortinmay gaplasha olishi ham muhim. Chunki ayolning og‘riqni ichiga yutib, indamay yurishi muammoni hal qilmaydi.
#Erkaklar
#ayollar
@Mubosharat