
Mubosharat
Kuniga bir siqim — taxminan, 75 gramm yong‘oq yeyish erkaklik urug‘i sifatini sezilarli darajada oshiradi. Tarkibidagi tabiiy omega-3 yog‘ kislotalari spermatozoidlarning yashovchanligini, harakat tezligini va to‘g‘ri shakllanishini yaxshilab, nasl qoldirish imkoniyatini kuchaytiradi.
Manba: «Biology of Reproduction» jurnali tadqiqoti, PubMed
#Fakt
@Mubosharat
Kayfiyat ham yuqadi
Olimlar 2000 ga yaqin juftliklarni tahlil qilib, qiziq bir xulosaga kelishdi: depressiya va xavotir kabi holatlar «yuqumli» bo‘lishi mumkin.
Ularni ayniqsa yaqinlik — masalan, o‘pish orqali «yuqtirish» ehtimoli yuqori ekan.
Demak, juftingiz bilan nafaqat muhabbat, balki ruhiy holat ham almashadi. Shu bois, sog‘lom munosabat — ikki tomonning ichki xotirjamligi bilan chambarchas bog‘liq.
#tarjima
@Mubosharat
Erkakning katta xatosi
Ba’zi erkaklar ayoliga kun bo‘yi e’tibor bermaydi. Kechqurun esa birdan mehribon bo‘lib qoladi.
Ayoli ham hayron:
— Tinchlikmi, dadasi? Biror narsa kerakmi?
😁
Ayollar hammasini sezadi, do‘stim. Ayniqsa, kechki payt favqulodda boshlangan mehribonlik sababini!
😉
#Tabassum
@Mubosharat
Anorning foydalari
Anor antioksidantlarga boy bo‘lib, qon-tomir tizimini xolesterindan tozalashga yordam beradi. Ushbu foydali xususiyatlar qon aylanishni yaxshilash orqali erkaklar salomatligiga, jumladan, erektsiya sifatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
#Salomatlik
#erkaklar
@Mubosharat
Ko‘pincha ayol xizmatga yarab turgan vaqtda yaxshi muomala qilamiz-u, uzrli vaqtida undan uzoqlashish, qo‘pol gapirish, kelishmovchiliklar yuz berib qoladi.
Bu ayol organizmini yaxshi bilmaslik, holatni tushunmaslikdan kelib chiqadi. Bugun shu holatning muolajasi o‘laroq, erkaklar hamjamiyatida ayol uzrli vaqtda nimalarga e'tibor qilish kerakligi haqida yozdik.
Kanalga qo‘shilib shu va boshqa ko‘plab foydali maqolalarni o‘qib borishingiz mumkin:
https://t.me/+786ZVVLPjkhhZDdi
Izoh: bu faqat erkaklar uchun!
Havola ustiga bossangiz, sizga bot orqali xabar boradi. U yerda
obuna bo'lish
degan joyini bosib, karta raqam kiritgan holda (oyiga) 47 ming so'm to'lov qilasiz.
Texnik muammolar bo'yicha:
@TeXizmatbot
— Dadasi, bugun juda charchadim...
— Men ham, onasi.
— Unda uxlaymizmi?
— Uxlaymiz.
Besh daqiqadan keyin:
— Dadasi, uxlamadingizmi?
— Yo‘q.
— Men ham...
😊
#Tabassum
@Mubosharat
Chiroyli libos topish oson. Ammo shariatga mos, qulay va sifatlisi liboslar.
✨
Shariatga mos erkin fasonlar.
🌿
Tabiiy matolar.
🧵
Sifatli tikuv va did bilan ishlangan detallar.
🤍
Doimiy yangi modellar.
🎁
birinchi xarid uchun 10% chegirma bor
Balki siz uzoq vaqtdan beri izlayotgan libos aynan bizning kanalimizdadir.
https://t.me/+zxM92G3Im-AyNjQ6
Jinsiy aloqadan keyin nega og‘riq paydo bo‘ladi?
Ba’zan ayollar jinsiy aloqadan keyin qorinning pastki qismida og‘riq yoki sanchiq sezishadi. Ayrimlar bunga e’tibor bermaydi, boshqalar esa aytishga uyaladi.
Xo‘sh, buning sababi nima?
Jinsiy yaqinlik paytida bachadon va uning atrofidagi mushaklar qisqaradi. Ba’zi ayollarda shu qisqarishlar tufayli aloqadan keyin ham bir muddat og‘riq sezilishi mumkin.
Yana bir sabab ayolning jinsiy aloqaga yetarlicha tayyor bo‘lmasligi. Qin yaxshi namlanmagan bo‘lsa, aloqa paytida ishqalanish kuchayib, achishish va og‘riq paydo bo‘lishi mumkin.
Ba’zan erkakning juda chuqur kiritishi ham og‘riqqa sabab bo‘ladi. Ayniqsa, ayrim holatlarda bachadon bo‘yniga bosim tushishi ayolga noqulaylik tug‘diradi.
Lekin og‘riqning sababi har doim ham jinsiy aloqaning o‘zida bo‘lavermaydi. Bachadon yoki tuxumdon bilan bog‘liq ayrim kasalliklar ham shunday belgi berishi mumkin.
Shu bois, jinsiy aloqadan keyin og‘riq bo‘lsa, bunga befarq qaramaslik kerak. Keyingi safar shoshilmaslik, harakatlarni yumshatish va ikkala tomon uchun ham qulay holatni tanlash foyda berishi mumkin.
Og‘riq tez-tez takrorlansa yoki kuchli bo‘lsa, shifokorga ko‘ringan ma’qul. Ayniqsa, qon ketishi, isitma yoki kuchli sanchiq kuzatilsa, tekshiruvni kechiktirmaslik kerak.
Er-xotin bunday masalalarni bir-biridan tortinmay gaplasha olishi ham muhim. Chunki ayolning og‘riqni ichiga yutib, indamay yurishi muammoni hal qilmaydi.
#Erkaklar
#ayollar
@Mubosharat
Ayolni xursand qilish, ko’nglini olish uchun puldan ko’ra ko’proq til — shirin so’z kerak.
Erkakni xursand qilish, uni o’ziga bog’lab olish uchun ham ayolda shirin til bo’lishi kerak.
Erkakni ayolga muhabbatli qiladigan eng birinchi navbatdagi a’zo tildir, ikkinchi o’rinda ayollik.
Chunki kishilar aloqa qilib bo’lmay qolgan ayol bilan ham yashashadi, ammo tili zahar bo’lgan ayolga bir umr chidashmaydi.
#Ayollar
@Mubosharat
Har bir kutilgan narsa yoqimli bo’lavermaydi.
Masalan, ayolning uzrli holati. )
@Mubosharat