Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Harbiy blog | Temur Malik

mudofaauz
⚡️ Eng sara harbiy suratlar, jangovаr videoroliklar, muhim xabarlar va shaxsiy qarashlar!
Subscribers
3 260
24 hours
10
30 days
30
Post views
3 306
ER
102,98%
Posts (30d)
2
Characters in post
551
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
March 05, 05:01

Ko‘pgina takliflarni inobatga olib, kanal sotiladi. Blogni shu yo‘nalishda davom ettirmoqchi bo‘lgan talabgorlar bo‘lsa,
@maklersizbiz
ga aloqaga chiqsin. Gaplashamiz)
Harbiy blog
👉
@mudofaauz

March 04, 04:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Tinchlikni saqlash faqat harbiylarimizning ishi boʻlib qolmasligi kerak. Bu barchamizning, har bir Oʻzbekiston fuqarosining muqaddas burchi boʻlishi shart” – Shavkat Mirziyoyev.
P.s:
Dunyoda kuzatilayotgan harbiy tadbirlar fonida Mudofaa vazirligimizdan kutilmagan reaksiya. Videoda havo hujumidan mudofaa boʻlinmalarining jangovar shayligi namoyish etilgan.
Harbiy blog
👉
@mudofaauz

February 06, 11:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hamda uning tasarrufidagi institutlarning bitiruvchi bosqichida tahsil olayotgan to‘rt nafar kursanti
“Oliy Bosh Qo‘mondon”
davlat stipendiyasi bilan taqdirlanibdi.
Harbiy blog
👉
@mudofaauz

February 04, 07:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

Mudofaa vazirligi O‘zbekiston milliy armiyasini namoyon qiluvchi videorolik e'lon qildi
Videoda ko‘rinib
turibdiki,
bugungi kun mudofaa tizimimiz ancha yaxshilangan. Zamonaviy jang olib borish usul va uslublaridan foydalanilgan, tungi va kunduzgi mashg‘ulotlar aks ettirilgan. Uchuvchisiz uchish apparatlari, havo hujumidan mudofaa, harbiy aviatsiya, hatto dronlarni tutib olish tizimlaridan ham professional darajada foydalanilgan.
Oldinlari mudofaa qudratimiz ko‘pam ochiqlanavermasdi. Ko‘rib turibmizki, endi unaqamas. Hozirgi tahlikali bir davrda boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas-da. Zero, armiya — uning tadbirli generallari, intellektual, qo‘rqmas va jasur o‘g‘lonlari, moddiy ba'zasi, zamonaviy harbiy texnika va qudratli qurollari bilan g‘o‘zaldir.
Harbiy blog
👉
@mudofaauz

February 04, 06:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston Braziliyadan harbiy-transport samolyotlarini sotib oladi
O‘zbekiston Braziliyaning Embraer kompaniyasidan bir juft
C-390 Millennium
harbiy-transport samolyotlarini sotib olishi haqidagi xabar
tasdiqlandi.
Kompaniya ma’lumotiga
ko‘ra,
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari C-390 samolyotlaridan asosan
harbiy-transport va gumanitar missiyalarda
foydalanadi. Bu esa shaxsiy tarkib, texnika va insonparvarlik yuklarini uzoq masofalarga olib borish salohiyatini mustahkamlaydi.
C-390 Millennium ikki dvigatelli harbiy-transport samolyoti bo‘lib, asosan,
yuk va shaxsiy tarkibni tashish, tibbiy evakuatsiya hamda desant
amaliyotlarida foydalaniladi. Bundan tashqari, uni o‘rmon
yong‘inlarini o‘chirish
kabi missiyalarda ham qo‘llasa bo‘ladi.
Harbiy blog
👉
@mudofaauz

January 29, 06:46
Media unavailable
1
Show in Telegram

Askarlarni davri keldi!
🖋
Prezident ko‘rsatmasiga ko‘ra, endi muddatli harbiy xizmat shunchaki bir yillik umrni sarflash emas, balki mehnat bozoriga va mustaqil
kasbga tayyorlash bosqichi
sifatida tashkil etiladi.
🔹
Jumladan, armiyada yoshlar kamida bitta kasb egasi bo‘lib chiqishi bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilmoqda. Xo‘sh, qisqa va aniq nimalar bo‘ladi:
▪️
Harbiy qismlardagi asosiy yo‘nalish va mutaxassisliklardan kelib chiqib, askarlarni kasbga tayyorlash bo‘yicha
3—6 oylik dasturlar
ishlab chiqilyapti. Dasturni yakunlagan askarlar malaka imtihonidan o‘tkazilib, ularga
kasb sertifikati
beriladi;
▪️
Har yili 5 ming askar saralab olinib,
“Bir million dasturchi”
va
“Besh million sun’iy intellekt yetakchisi”
dasturlari doirasida o‘qitiladi;
▪️
Askarlarga muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida harbiy qismning o‘zida oliygohga
o‘qishga kirish uchun imtihon topshirish
imkoniyati yaratiladi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, talabalikka qabul qilingan askarlar muddatli harbiy xizmat yakunlanishi bilan oliygohda o‘qishini boshlaydi;
▪️
Armiyadan qaytib, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmoqchi bo‘lgan yoshlarga
xorijiy til va fan sertifikati
olish xarajatlari qoplab beriladi;
▪️
Askar oliygohlarga kontrakt asosida o‘qishga kirsa,
foizsiz ta’lim krediti
ajratiladi.
🔸
Bundan tashqari, muddatli harbiy xizmatini yakunlab qaytgan yigitlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ham alohida imtiyozlar beriladi. jumladan:
▪️
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlarning
kredit xarajatini 6 foizi
davlat tomonidan qoplanadi;
▪️
Davlat tashkilotlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test ballariga
10 foizlik imtiyoz berish amaliyoti
joriy qilinadi;
▪️
Xususiy sektorda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan yoshlarga kasbni egallash va
sertifikat olish xarajatlari
to‘lab beriladi va hk.
Muhimi, jarayonlar allaqachon boshlangan. E, bosib tashlash kerak, jigarlar!
Harbiy blog
👉
@mudofaauz

January 27, 12:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kimningdir O‘zbek armiyasidan shubha-gumoni bo‘lsa, ushbu videoni yuborib qo‘yaverasiz. To‘g‘ri, ayrim eski mashqlarni aytmasa, aksariyati yangi texnika va usullardan foydalanilganini ko‘rish mumkin. Bekorga Oʻzbekiston armiyasi
2026-yilda
dunyo reytingida 58 dan 53 ga balandlagani yo‘q. Tag‘in, Markaziy Osiyoda birinchi.
Harbiy blog
👉
@mudofaauz

January 27, 12:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

Olg‘a bos – yengib bo‘lmas to‘siq yo‘q!
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarni ruhiy va jismoniy jihatdan toblashga qaratilgan mashqlar yo‘lagidagi mashg‘ulotlar aks etgan videoni e'lon qildi.
Harbiy blog
👉
@mudofaauz

January 23, 16:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

Oʻzbekiston armiyasi dunyo reytingida yuqoriladi
“Global Firepower” portali “Global Firepower Index-2026” dunyo armiyalari reytingini
eʻlon qildi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari harbiy salohiyati boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi va dunyoning 145 mamlakati orasida 5 pogʻonaga balandlab, 53-oʻrinni qayd etdi.
Maʻlumot uchun, oʻtgan yili Oʻzbekiston ushbu reytingda 58-oʻrinda edi.
Shuningdek, reytingda
Qozogʻiston – 58-oʻrin,
Turkmaniston – 78-oʻrin,
Tojikiston – 100-oʻrin,
Qirgʻiziston – 109-oʻrin
ni egalladi.
Harbiy blog
👉
@mudofaauz

January 23, 04:55
Media unavailable
3
Show in Telegram

Kayf qiladigan joyi
Harbiy blog
👉
@mudofaauz