Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Harbiy blog | Temur Malik

mudofaauz
⚡️ Eng sara harbiy suratlar, jangovаr videoroliklar, muhim xabarlar va shaxsiy qarashlar!
Подписчики
3 200
24 часа
30 дней
-40
Просмотры
5 136
ER
159,69%
Посты (30д)
3
Символов в посте
647
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
March 25, 05:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Haqiqiy mandat nimaligi hozirgi yosh ukalarga qiziq bo‘lsa, armiyaga boring!
Askarlar xizmati yakunida OTMga o‘qishga kirishda qo‘shimcha imtiyoz beradigan tavsiyanomalar uchun davlat imtihonini rasmiy ravishda
topshiradi.
Test sinovlarida belgilangan balni to‘plagan omadlilar ushbu qog‘ozga ega chiqadi. O‘tgan yoki o‘tmaganini mana bunday mandatlarda ko‘rishi mumkin.
Harbiy blog
👉
@mudofaauz

March 25, 05:25
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

O‘zbekiston harbiylari jahonda tengsiz!
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari kichik serjant Salomov Ilhom va III-darajali serjant Avlayev Turdimurod AQSHning Missisipi shtati “Camp Shelby” harbiy-oʻquv bazasida boʻlib oʻtgan “Eng ilgʻor jangchi–2026” musobaqasida ishtirok etib, rekordlarni yangilagan.
Bu dastlabki yutuq emas, albatta. Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar 2019-yildan beri muvaffaqiyatli qatnashib, har birida ishtirokchilardan mutlaq ustunlik bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritib keladi.
Musobaqa jarayonlari, shartlari, kimlar ishtirok etgani qiziq bo‘lsa,
ushbu videoni
tomosha qilishingiz mumkin.
Harbiy blog
👉
@mudofaauz

March 25, 05:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
O‘zbek mudofaa media maydoni davrga moslashuvchanlikni yaxshi amalga oshirishni boshlagan. Jahondagi ayrim voqea va hodisalar, gap-so‘zlarga o‘z pozitsiyasini nihoyat bildirib boryapti. Imkon qadar, albatta.
Mana bu video ham bekorga ochiq tarqatilmadi. Ko‘rinib turibdiki, unda zamonaviy texnologiyalar, xususan, uchuvchisiz uchish appparatlari, dron tutib olish qurilmalari va hokazolar aks etgan. Demakki, harbiylarimiz zamonaviy urush qoidalari (bo‘lsa) bo‘yicha, uning talablariga mos holda o‘qitilmoqda, tayyorlanmoqda.
Bu jarayonlar faqat bizni xursand, ko‘nglimizni to‘q qiladi. Avvalo, tinchlik tilamymiz, urushda hech kim g‘alaba qilmagan. Vatan omon bo‘lsin!
Harbiy blog
👉
@mudofaauz

March 05, 05:01

Ko‘pgina takliflarni inobatga olib, kanal sotiladi. Blogni shu yo‘nalishda davom ettirmoqchi bo‘lgan talabgorlar bo‘lsa,
@maklersizbiz
ga aloqaga chiqsin. Gaplashamiz)
Harbiy blog
👉
@mudofaauz

March 04, 04:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Tinchlikni saqlash faqat harbiylarimizning ishi boʻlib qolmasligi kerak. Bu barchamizning, har bir Oʻzbekiston fuqarosining muqaddas burchi boʻlishi shart” – Shavkat Mirziyoyev.
P.s:
Dunyoda kuzatilayotgan harbiy tadbirlar fonida Mudofaa vazirligimizdan kutilmagan reaksiya. Videoda havo hujumidan mudofaa boʻlinmalarining jangovar shayligi namoyish etilgan.
Harbiy blog
👉
@mudofaauz

February 06, 11:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hamda uning tasarrufidagi institutlarning bitiruvchi bosqichida tahsil olayotgan to‘rt nafar kursanti
“Oliy Bosh Qo‘mondon”
davlat stipendiyasi bilan taqdirlanibdi.
Harbiy blog
👉
@mudofaauz

February 04, 07:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Mudofaa vazirligi O‘zbekiston milliy armiyasini namoyon qiluvchi videorolik e'lon qildi
Videoda ko‘rinib
turibdiki,
bugungi kun mudofaa tizimimiz ancha yaxshilangan. Zamonaviy jang olib borish usul va uslublaridan foydalanilgan, tungi va kunduzgi mashg‘ulotlar aks ettirilgan. Uchuvchisiz uchish apparatlari, havo hujumidan mudofaa, harbiy aviatsiya, hatto dronlarni tutib olish tizimlaridan ham professional darajada foydalanilgan.
Oldinlari mudofaa qudratimiz ko‘pam ochiqlanavermasdi. Ko‘rib turibmizki, endi unaqamas. Hozirgi tahlikali bir davrda boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas-da. Zero, armiya — uning tadbirli generallari, intellektual, qo‘rqmas va jasur o‘g‘lonlari, moddiy ba'zasi, zamonaviy harbiy texnika va qudratli qurollari bilan g‘o‘zaldir.
Harbiy blog
👉
@mudofaauz

February 04, 06:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Braziliyadan harbiy-transport samolyotlarini sotib oladi
O‘zbekiston Braziliyaning Embraer kompaniyasidan bir juft
C-390 Millennium
harbiy-transport samolyotlarini sotib olishi haqidagi xabar
tasdiqlandi.
Kompaniya ma’lumotiga
ko‘ra,
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari C-390 samolyotlaridan asosan
harbiy-transport va gumanitar missiyalarda
foydalanadi. Bu esa shaxsiy tarkib, texnika va insonparvarlik yuklarini uzoq masofalarga olib borish salohiyatini mustahkamlaydi.
C-390 Millennium ikki dvigatelli harbiy-transport samolyoti bo‘lib, asosan,
yuk va shaxsiy tarkibni tashish, tibbiy evakuatsiya hamda desant
amaliyotlarida foydalaniladi. Bundan tashqari, uni o‘rmon
yong‘inlarini o‘chirish
kabi missiyalarda ham qo‘llasa bo‘ladi.
Harbiy blog
👉
@mudofaauz

January 29, 06:46
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Askarlarni davri keldi!
🖋
Prezident ko‘rsatmasiga ko‘ra, endi muddatli harbiy xizmat shunchaki bir yillik umrni sarflash emas, balki mehnat bozoriga va mustaqil
kasbga tayyorlash bosqichi
sifatida tashkil etiladi.
🔹
Jumladan, armiyada yoshlar kamida bitta kasb egasi bo‘lib chiqishi bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilmoqda. Xo‘sh, qisqa va aniq nimalar bo‘ladi:
▪️
Harbiy qismlardagi asosiy yo‘nalish va mutaxassisliklardan kelib chiqib, askarlarni kasbga tayyorlash bo‘yicha
3—6 oylik dasturlar
ishlab chiqilyapti. Dasturni yakunlagan askarlar malaka imtihonidan o‘tkazilib, ularga
kasb sertifikati
beriladi;
▪️
Har yili 5 ming askar saralab olinib,
“Bir million dasturchi”
va
“Besh million sun’iy intellekt yetakchisi”
dasturlari doirasida o‘qitiladi;
▪️
Askarlarga muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida harbiy qismning o‘zida oliygohga
o‘qishga kirish uchun imtihon topshirish
imkoniyati yaratiladi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, talabalikka qabul qilingan askarlar muddatli harbiy xizmat yakunlanishi bilan oliygohda o‘qishini boshlaydi;
▪️
Armiyadan qaytib, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmoqchi bo‘lgan yoshlarga
xorijiy til va fan sertifikati
olish xarajatlari qoplab beriladi;
▪️
Askar oliygohlarga kontrakt asosida o‘qishga kirsa,
foizsiz ta’lim krediti
ajratiladi.
🔸
Bundan tashqari, muddatli harbiy xizmatini yakunlab qaytgan yigitlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ham alohida imtiyozlar beriladi. jumladan:
▪️
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlarning
kredit xarajatini 6 foizi
davlat tomonidan qoplanadi;
▪️
Davlat tashkilotlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test ballariga
10 foizlik imtiyoz berish amaliyoti
joriy qilinadi;
▪️
Xususiy sektorda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan yoshlarga kasbni egallash va
sertifikat olish xarajatlari
to‘lab beriladi va hk.
Muhimi, jarayonlar allaqachon boshlangan. E, bosib tashlash kerak, jigarlar!
Harbiy blog
👉
@mudofaauz

January 27, 12:39
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kimningdir O‘zbek armiyasidan shubha-gumoni bo‘lsa, ushbu videoni yuborib qo‘yaverasiz. To‘g‘ri, ayrim eski mashqlarni aytmasa, aksariyati yangi texnika va usullardan foydalanilganini ko‘rish mumkin. Bekorga Oʻzbekiston armiyasi
2026-yilda
dunyo reytingida 58 dan 53 ga balandlagani yo‘q. Tag‘in, Markaziy Osiyoda birinchi.
Harbiy blog
👉
@mudofaauz