Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Mirzo Ulug'bek maktabi

muimiuz
Official website: muss.uz Murojaatlar uchun: @muss_uz_bot Facebook: https://www.facebook.com/muimi.mirzoulugbek?mibextid=ZbWKwL Instagram https://instagram.com/mirzo_ulugbek_maktabi?igshid=NGExMmI2YTkyZg== You Tube https://youtube.com/@MirzoUlugbekMaktab
Subscribers
2 422
24 hours
2
30 days
-78
Post views
516
ER
21,3%
Posts (30d)
78
Characters in post
750
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 27, 05:36
Media unavailable
10
Show in Telegram

🔱
TRENING
🔰
Mirzo Uluğbek nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab pedagog xodimlar iştirokida
"Ruhiy xotirjamlik — muvaffaqiyat garovi”
mavzusida psixologik trening taşkil etildi.
✅
Treningdan közlangan asosiy maqsad pedagoglarning ruhiy barqarorligini mustahkamlaş, hissiy zöriqişlarni yengib ötiş, stress holatlarini boşqariş hamda jamoada soğlom psixologik muhitni şakllantirişdan iborat böldi.
❇️
Tadbir davomida öqituvchilar turli psixologik maşqlar va amaliy topşiriqlarda faol iştirok etib, kundalik faoliyatda ruhiy xotirjamlikni saqlaş, ijobiy fikrlaş va samarali muloqot qiliş könikmalarini yanada rivojlantirdilar.
🌟
Bunday psixologik treninglar pedagoglarning kasbiy faoliyati samaradorligini oşiriş, jamoada özaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlaş hamda ta’lim jarayonida ijobiy muhitni ta’minlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

October 26, 12:16
Media unavailable
4
Show in Telegram

🔬
DARS TAHLILLARI | FIZIKA
Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — samarali ta’lim asosi!
Maktabimizda fizika fani o‘qituvchisi
Majidov Xusan
tomonidan olib borilgan dars tahlili jarayonida fizik hodisalarning hayotiy misollar orqali tushuntirilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Darsda ultratovushning tibbiyotdagi qo‘llanilishi, delfinlarning exolokatsiya xususiyati hamda kemalarda sonar qurilmasining ishlash prinsipi misolida tovush to‘lqinlarining amaliy ahamiyati yoritildi. Bu yondashuv o‘quvchilarga fizik qonuniyatlarni real hayot bilan bog‘lash, ilmiy mushohada yuritish va sabab-oqibat munosabatlarini anglash imkonini beradi.
🎯
Dars davomida fanlararo integratsiya, hayotiy misollar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi hamda
tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirishga urg‘u berildi.

October 26, 11:25
Media unavailable
5
Show in Telegram

🚀
KELAJAK SOATI | KELAJAK KASBLARI
Bugungi qiziqish — ertangi kasb!
Maktabimizda “Kelajak soati” mashg‘ulotlari doirasida
“Kelajak kasblari”
mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar zamonaviy kasblar, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va kelajak mehnat bozorida talab yuqori bo‘lishi kutilayotgan mutaxassisliklar haqida fikr almashdilar. Shuningdek, o‘z qiziqishlari va qobiliyatlariga mos kasb tanlash, maqsad sari intilish hamda bugundan boshlab zarur ko‘nikmalarni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Zero, kelajak tasodifan yaratilmaydi — u bugungi bilim, izlanish va qat’iy maqsadlar bilan bunyod etiladi!

October 25, 20:39
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

Girlhood Society
“
The Power to Begin
” tadbirida turli maktab va universitetlardan kelgan qizlar bir joyga jamlanib, muammolarga noodatiy yechimlar topish va ularni boshqalarga ishonch bilan taqdim etish imkoniga ega bo‘lishdi.
Maxsus mehmonimiz bilan bo‘lgan suhbat esa ularga yangi imkoniyatlar va o‘z yo‘llarini yaratish haqida yanada kengroq tasavvur berdi.
💌
Girlhood Society asoschilari
Mushtariy Xaitova va Muslimova Jasmina, bizning 10-sinf o’quvchilarimiz,
tomonidan tashkil etilgan ushbu gatheringning maqsadi qizlarni mustaqil fikrlashga va o‘z g‘oyalarini amalga oshirishga undashdir.
@girlhoodsociety

October 22, 16:28
Media unavailable
7
Show in Telegram

#Til_bayrami
ONA TILI — MILLAT RUHI VA G‘URURI!
Maktabimizda 21-oktabr —
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi
munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarimiz ona tilimizning betakror jozibasi, boy imkoniyatlari va milliy o‘zligimizni ifodalashdagi beqiyos ahamiyatini namoyon etdilar. She’rlar, hikmatli so‘zlar va ijodiy chiqishlar orqali o‘zbek tiliga bo‘lgan mehr va ehtiromlarini ifoda etdilar.
🎤
📖
💙
1989-yil 21-oktabr — ona tilimiz tarixida muhim sana. Bu kun bizga tilimizni asrash, uning nufuzini oshirish va kelajak avlodga bebaho meros sifatida yetkazish mas’uliyatini eslatadi.
👏
Tadbirni tashkil etgan ustozlarimizga hamda faol ishtirok etgan o‘quvchilarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz!
🤍
“Ona tilim — onam allasi, millatimning qalb navosi!”

October 22, 16:28
Media unavailable
6
Show in Telegram

🏛
AJDODLAR MEROSI — MA’NAVIYAT KO‘ZGUSI!
Maktabimizning 7-«B» sinf o‘quvchilning
Islom sivilizatsiyasi markaziga
ma’rifiy sayohat tashrifi uyushtirildi.
📖
Sayohat davomida o‘quvchilar xalqimizning boy ma’naviy merosi, islom sivilizatsiyasining ko‘p asrlik tarixi hamda buyuk allomalarimizning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi bilan yaqindan tanishdilar.
🌟
Mazmunli taassurotlar, samimiy muloqotlar va jamoaviy hamjihatlikka boy bo‘lgan ushbu sayohat o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, milliy va ma’naviy qadriyatlarga hurmatini oshirish hamda ajdodlar merosini chuqurroq anglashga xizmat qildi.
✨
Zero, o‘z tarixini anglagan, ajdodlari merosini qadrlagan avlodgina kelajakni mustahkam bilim va yuksak ma’naviyat bilan bunyod eta oladi!

October 22, 12:01
Media unavailable
10
Show in Telegram

Iqtidorli, tashabbuskor va mehnatsevar qizlar — kelajak bunyodkorlari
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchi qizlarning hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning mustaqil fikrlashi, tashabbuskorligi va amaliy mahoratini oshirishga qaratilgan mazmunli mashg‘ulot tashkil etildi.
👩‍🍳
Mashg‘ulot davomida o‘quvchi qizlar maktab hovlisida yetishtirilayotgan poliz ekinlaridan unumli foydalangan holda, o‘z qo‘llari bilan mazali salat va milliy taomlarimizdan biri bo‘lgan qovoq somsa tayyorladilar.
👩‍🌾
Jarayon o‘quvchilar uchun nafaqat kulinariya mahoratini namoyon etish, balki o‘z mehnati samarasini his qilish, tabiat ne’matlarini qadrlash, oziq-ovqat mahsulotlaridan tejamkorlik bilan foydalanish hamda sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga amal qilish borasida muhim amaliy tajriba bo‘ldi.
⚡️
Bunday tashabbuslar yosh avlodni mustaqil hayotga tayyorlash, ularda milliy qadriyatlarga hurmat, mas’uliyat va mehnatga bo‘lgan ijobiy munosabatni mustahkamlashga xizmat qiladi.

October 21, 10:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Ona_tilim
ONA TILIM — MILLATIM FAXRI!
🎬
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan 10-«B» sinf o‘quvchilari tomonidan kreativ videolavha tayyorlandi.
O‘quvchilar ijodiy yondashuv asosida videorolikni suratga olishdan tortib, montaj jarayonlarigacha mustaqil bajardilar. Bu jarayonda ularning ijodkorligi, raqamli savodxonligi va jamoada ishlash ko‘nikmalari namoyon bo‘ldi.
Ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni zamonaviy texnologiyalar orqali ifodalagan yoshlarimizning ushbu ijodiy ishi milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatning yorqin ifodasidir.
💫
Ona tilini sevish — millatni sevish, uni asrash esa kelajak oldidagi mas’uliyatdir!

October 21, 10:20
Media unavailable
4
Show in Telegram

📐
DARS TAHLILLARI | MATEMATIKA
Matematika — formulalar emas, fikrlash san’ati!
Bugungi dars tahlillarida asosiy e’tibor o‘quvchilarning masalalarga noodatiy yondashuvi, mantiqiy fikrlashi va mustaqil yechim topish ko‘nikmalariga qaratildi.
🔍
Matematik topshiriqlar orqali o‘quvchilar tayyor yechimni izlashdan ko‘ra, o‘z strategiyalarini ishlab chiqish, turli usullarni sinab ko‘rish va xulosalarini asoslashga undaldi. Zero, haqiqiy bilim — formulani yodlashda emas, undan o‘rinli va ijodiy foydalana olishda namoyon bo‘ladi.
🚀
Bir masala — turli yechimlar, bir maqsad — teran tafakkur!

October 21, 10:20
Media unavailable
4
Show in Telegram

DARS TAHLILLARI | INGLIZ TILI
7-sinflarda ingliz tili darslari tahlil qilindi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash va ingliz tilida erkin muloqot qilish qobiliyatlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Interaktiv topshiriqlar, savol-javoblar va faol ishtirok orqali o‘quvchilar o‘z bilimlarini namoyon etib, hamkorlikda ishlash hamda kommunikativ ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Dars tahlilining asosiy maqsadi
— ta’lim sifatini oshirish, samarali metodlarni aniqlash va har bir o‘quvchining salohiyatini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish.
Every lesson is a new opportunity to learn, communicate and grow!